cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

Reklama postlari
20 812
Obunachilar
-1024 soatlar
-1877 kunlar
-3 07630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#diydor_shirin Termiz davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti vakillari fizika matematika fanlari doktori, professor Chorixon Saidov xonadonida boʻlishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 57 4👏 4
#xotira Ustozlar mehnati bebaho, qadri soʻnmasdir. Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi universitetda faoliyat yuritgan oʻqituvchilarini yod etishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 41🔥 2 1
Termiz davlat universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda uzoq yillar davomida universitet rivoji, taʼlim taraqqiyotiga hissa qoʻshgan 150 nafardan ortiq fidokor keksa-nuroniylar, professor-oʻqituvchilarga chuqur hurmat, eʼzoz koʻrsatildi. Tadbirda bugungi kunlarning qadri, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim sohasidagi yangiliklar xususida suhbatlar qilinib, taʼlim-tarbiya yoʻlida sidqidildan xizmat qilgan marhum ustozlar, hamkasblar va soha vakillari yodga olindi. 📹Yuqori sifatda tomosha qilish
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 95 5🔥 4👏 4🤩 4
#Universitet rektori dars jarayonida Rektor A. Toshqulov Iqtisodiyot va turizm fakultetining 5-kurs sirtqi taʼlim yo‘nalishi talabalariga “Davlat byudjeti” fanidan maʼruza mashg‘ulotini o‘tib berdi. Ilmiy bahslar va manfaatli maʼlumotlarga boy bo‘lgan dars jarayoni talabalarda iliq taassurot qoldirdi. @terdu340
Hammasini ko'rsatish...
👍 76🤩 4🔥 3🤔 3
Xotira ulug' — qadr muqaddas Termiz davlat universiteti rahbariyati tashabbusi bilan shonli sana oldi o‘tganlarni xotirlash va hayot bo‘lgan keksalarni qadrlash tadbiri tashkil etildi. Unda 150 nafar uzoq yillar davomida ko‘z nuri, qalb qo‘rini shu universitet rivoji, taʼlim taraqqiyotiga sarflagan keksa-nuroniylar hamda ushbu sohaga mehnati singan fidokor professor-o‘qituvchilar taklif etildi. Tadbirda bugungi dorilamon kunlarning qadri, ezgu tashabbuslar, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim sohasidagi yangiliklar xususida  suhbatlar qilinib, mehnat faxriylariga chuqur hurmat, eʼzoz ko‘rsatildi. Dasturxon atrofida duoga qo‘l ochilib, taʼlim-tarbiya yo‘lida sidqidildan xizmat qilgan marhum ustozlar, hamkasblar va soha vakillari yodga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 55 5👏 4
Repost from Edu.uz
#live #matbuot_anjumani Bu yil OTMlarga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi Anjumanda shuningdek, oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazilishi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. Bunda: 🔠 abituriyentlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; 🔠 oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda: 1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash; 2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi. 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👏 13👍 9🤔 2
Repost from Edu.uz
#live #matbuot_anjumani ⚡️Magistratura va doktoranturaga qabuldagi chet tili sertifikati bo‘yicha yengilliklar berildi Anjumanda qayd etilganidek, topshiriqqa binoan magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi: ➖ ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi; ➖ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi. Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi. 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 18👏 6
Repost from Edu.uz
#live #matbuot_anjumani ⚡️Ta’lim granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi Taqdimotda shuningdek, oliygohlarga o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘yicha quyidagilar taklif qilindi: ➖ o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshirilib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball); ➖ davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Bunda: 🔹 ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; 🔸 ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi; 🔹 ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi; ➖ sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi. Qayd etilganidek, sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi. 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 13👏 3🤔 1
Repost from Edu.uz
#live #matbuot_anjumani Yangi tizim respublika bo‘yicha eng bilimli yoshlarni saralash imkonini beradi Joriy yilning 6-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda quyidagi islohotlarni joriy qilish taklif etildi: Davlat buyurtmasi (grant kvotalar)ni shakllantirish bo‘yicha: ➖ davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi; ➖ ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartirilib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi; ➖ 2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va ularga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi (amalda 1 yil); ➖ oliygohlar moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, keyingi o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlarini (grant va kontraktga ajratmagan holda) bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha shakllantiradi; ➖ davlat buyurtmasi asosida grant o‘rinlari har bir yo‘nalish uchun respublika bo‘yicha to‘plangan ballar ketma-ketligiga ko‘ra abituriyentlarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi. 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 16👏 2🤔 1
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги — Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
👍 17 2