uz
Feedback
Grammar Notes

Grammar Notes

Kanalga Telegram’da oβ€˜tish

βœ… Kanal rivojiga hissa qo'shish uchun quyidagi havola orqali o'tib, donat (ehson) qilish mumkin. Bu mutlaqo xavfsiz. βœ‰οΈ https://tirikchilik.uz/grammarnotes Donat uchun karta raqami: 8600332998853000 πŸŒ€ Kanal asoschisi: @kh_atajanov

Ko'proq ko'rsatish
9 521
Obunachilar
-424 soatlar
-117 kun
-9530 kun

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilarni jalb qilish
Sentabr '26
Sentabr '26
+47
0 kanalda
Avgust '26
+150
0 kanalda
Get PRO
Iyul '26
+114
1 kanalda
Get PRO
Iyun '26
+179
0 kanalda
Get PRO
May '26
+189
0 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+79
0 kanalda
Get PRO
Mart '26
+69
2 kanalda
Get PRO
Fevral '26
+71
1 kanalda
Get PRO
Yanvar '26
+84
1 kanalda
Get PRO
Dekabr '25
+58
3 kanalda
Get PRO
Noyabr '25
+42
4 kanalda
Get PRO
Oktabr '25
+123
2 kanalda
Get PRO
Sentabr '25
+94
1 kanalda
Get PRO
Avgust '25
+42
0 kanalda
Get PRO
Iyul '25
+187
0 kanalda
Get PRO
Iyun '25
+167
0 kanalda
Get PRO
May '25
+73
1 kanalda
Get PRO
Aprel '25
+166
2 kanalda
Get PRO
Mart '25
+228
3 kanalda
Get PRO
Fevral '25
+228
2 kanalda
Get PRO
Yanvar '25
+324
2 kanalda
Get PRO
Dekabr '24
+179
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '24
+178
2 kanalda
Get PRO
Oktabr '24
+251
3 kanalda
Get PRO
Sentabr '24
+268
2 kanalda
Get PRO
Avgust '24
+194
2 kanalda
Get PRO
Iyul '24
+233
1 kanalda
Get PRO
Iyun '24
+292
1 kanalda
Get PRO
May '24
+1 072
7 kanalda
Get PRO
Aprel '24
+776
2 kanalda
Get PRO
Mart '24
+872
20 kanalda
Get PRO
Fevral '24
+648
3 kanalda
Get PRO
Yanvar '24
+688
4 kanalda
Get PRO
Dekabr '23
+262
2 kanalda
Get PRO
Noyabr '23
+269
3 kanalda
Get PRO
Oktabr '23
+480
12 kanalda
Get PRO
Sentabr '23
+305
0 kanalda
Get PRO
Avgust '23
+181
0 kanalda
Get PRO
Iyul '23
+466
0 kanalda
Get PRO
Iyun '23
+398
0 kanalda
Get PRO
May '23
+259
0 kanalda
Get PRO
Aprel '23
+382
0 kanalda
Get PRO
Mart '23
+267
0 kanalda
Get PRO
Fevral '23
+216
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '23
+359
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '22
+322
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '22
+362
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '22
+1 113
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '22
+467
0 kanalda
Get PRO
Avgust '22
+448
0 kanalda
Get PRO
Iyul '22
+664
0 kanalda
Get PRO
Iyun '22
+286
0 kanalda
Get PRO
May '22
+341
0 kanalda
Get PRO
Aprel '22
+413
0 kanalda
Get PRO
Mart '22
+1 050
0 kanalda
Get PRO
Fevral '22
+449
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '22
+849
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '21
+361
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '21
+554
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '21
+760
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '21
+243
0 kanalda
Get PRO
Avgust '21
+1 135
0 kanalda
Get PRO
Iyul '21
+1 337
0 kanalda
Get PRO
Iyun '21
+702
0 kanalda
Get PRO
May '21
+706
0 kanalda
Get PRO
Aprel '21
+939
0 kanalda
Get PRO
Mart '21
+692
0 kanalda
Get PRO
Fevral '21
+976
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '21
+1 301
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '20
+11 877
0 kanalda
Sana
Obunachilarni jalb qilish
Esdaliklar
Kanallar
14 Sentabr+3
13 Sentabr+2
12 Sentabr+6
11 Sentabr+7
10 Sentabr+3
09 Sentabr+5
08 Sentabr+6
07 Sentabr+3
06 Sentabr+1
05 Sentabr+1
04 Sentabr+1
03 Sentabr+7
02 Sentabr+1
01 Sentabr+1
Kanal postlari
⚑️ Assalomu alaykum, hurmatli kanal a'zolari! Ko'pdan beri kanal bilan ishlay olmayapman. Kanalni sotib olishga qiziquvchilar bo'lsa, kanalni ularga topshirishim mumkin. Murojaat uchun @kh_atajanov ga yozing.

2
πŸ“–Dars #132 every/each so'zlarining qo'llanishi ✳️ every - har degan ma'noni anglatadi va birlikdagi sanaladigan ot bilan qoΚ»llaniladi πŸ”ΈEvery sentence must have a verb. (Har gapda (hamma gaplarda) fe'l boΚ»lishi lozim.) ✳️ each - har bir degan ma'noni anglatadi va birlikdagi sanaladigan otlar oldidan yoki oΚ»zi yolg'iz qoΚ»llanishi mumkin. πŸ”ΈStudy each sentence carefully. (Har bir gapni diqqat bilan oΚ»rganing) πŸ’‘ Bu ikkala olmosh odatda bir xil qoΚ»llanadi. πŸ”ΈEvery room/each room has a number. (Har xonaning/ har bir xonaning oΚ»z raqami bor) ✳️Ammo ular orasida biroz farq bor. Every umumiylik ma'nosiga, each alohidalik ma'nosiga ega. β–ͺ️every person - hamma / har shaxs / hamma odam degan ma'noni beradi. β–ͺ️each person - har bir odam degan ma'noni bildiradi. πŸ”ΈI go for a walk every day but each day seemed to pass very slowly. (Men har kuni sayrga chiqaman, lekin har bir kun juda sekin oΚ»tadigandek tuyulardi) πŸ”ΈEvery guest watched as the President came in. (Hamma mehmon Prezident kirishini kuzatishdi) πŸ”ΈEach guest shook hands with him. (Har bir mehmon u bilan qoΚ»l berib koΚ»rishdi) ✳️ every olmoshi uch va undan ortiq koΚ»p miqdordagi otlar uchun qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈThere were cars parked along every street in town. ✳️ each olmoshi ikki yoki kam miqdordagi otlar uchun qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈThere were cars parked along each side of the street. ✳️ each olmoshi yolg'iz holda yoki of soΚ»zi bilan qoΚ»llanilishi mumkin . every olmosh yolg'iz oΚ»zi yoki of soΚ»zi bilan qoΚ»llanilmaydi. πŸ”ΈThere are six flats. Each has its own entrance. (every has emas.) πŸ”ΈEach of the six flats has its own entrance. (every of the flats emas.) ✳️ each olmoshi gap oΚ»rtasida kela oladi. πŸ”Έ We've each got our own desk. πŸ”Έ They gave us each a desk. ✳️ every olmoshi birlikdagi, koΚ»plikdagi payt soΚ»zlari bilan kelib, biror ish-harakat qanchalik tez-tez sodir boΚ»lishini bildirib keladi. πŸ”ΈWe go for a walk every evening. (har kuni kechqurun) πŸ”ΈThe transportation system is very good. Buses run every ten minutes. (har oΚ»n minutda) πŸ”Έ You should go to the dentist every six months. (har olti oyda) ✳️ every other day/week/month - har ikki kun/hafta/oydan bir degan ma'noni bildiradi. πŸ”Έ We have an English lesson every other day. (Har ikki kundan bir ingliz tili darsimiz bor) ✳️ every soΚ»zidan kelib chiqqan olmoshlar quyidagilardir: βœ… everybody/everyone - hamma (odamlar uchun) βœ… everything - hamma narsa (predmetlar uchun) βœ… everytime - har vaqt, har gal (payt uchun) βœ… everywhere - har joyga, hamma yerda (joy uchun) ✳️ everyone/everybody olmoshlari birlikdagi fe'l, ammo koΚ»plikdagi olmosh bilan qoΚ»laniladi. πŸ”ΈEverybody was present at the meeting. They were waiting for the President. ✳️everything olmoshi predmetlar, voqealar uchun birlikdagi fe'l bilan qoΚ»llanadi. πŸ”Έ Everything is clean. πŸ”ΈThe holiday was terrible. Everything went wrong. πŸ”ΈMoney isn't everything. ✳️ everywhere olmoshi hamma joy/joyda/joyga ma'nolarida birlikdagi fe'li bilan qoΚ»llanadi. πŸ”ΈEverywhere is clean. πŸ”Έ He is afraid of flying. He goes everywhere by train. πŸ”Έ I searched everywhere for my glasses but didn't find them. ✳️ every time/each time - har vaqt, har gal degan ma'noni anglatadi. πŸ”ΈEvery time I see him, he is different . ✳️ each time/every time - har gal iborasini all the time - har doim iborasidan farqlash lozim. πŸ”ΈThey never go out. They are at home all the time. (Ular hech qachon tashqariga chiqmaydilar. Ular har doim uydalar) πŸ”Έ Every time I go out, I go to the park. (Har gal tashqariga chiqqanimda, parkga boraman) ✳️ not/nearly/almost – yoΚ»q/deyarli soΚ»zlaridan keyin faqat every olmoshi qoΚ»llanishi lozim. πŸ”Έ Nearly every shop is shut today. πŸ”Έ Not every train-driver is on strike today. ❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
1 241
3
πŸ“–Dars #131 both/either/neither so'zlarining qo'llanishi ✳️ both/either/neither olmoshlari faqat ikkita shaxs yoki predmet uchun qoΚ»llaniladi . ✳️ Quyidagi misollarda bu olmoshlarning otlar bilan ishlatilishiga e'tibor bering. πŸ”ΈWe went to two restaurants. Both restaurants were excellent. (Biz ikkita restoranga bordik. Ikkala restoran ham a'lo edi....koΚ»plikdagi ot va fe'l) πŸ”ΈYou can go to either restaurant. (Ikkalasidan xohlagan biriga borishingiz mumkin...birlikdagi ot) πŸ”ΈNeither restaurant was expensive. (Ikkala restoran ham qimmat emas edi....birlikdagi ot va fe'l ) ✳️ Bu olmoshlar savollarga javob sifatida qoΚ»llanishiga e'tibor bering. πŸ”ΈI see you have two books, which book can you give me? (Men koΚ»ryapmank,i sizda ikkita kitob bor. Men qaysisini oΚ»qishim kerak?) βž–Both. I have already read them. (Ikkalasini ham. Men ularni allaqachon oΚ»qiganman.) βž–Either. (unisi yoki bunisini, lekin birini) πŸ”ΈIs he British or American? (U britaniyalikmi yoki amerikalikmi?) βž–Neither. He is Italian. (Ikkalasi ham emas. U italiyalik.) ✳️Bu olmoshlar both/either/ neither of +(my / the / these ) + noun qurilmasida ham qoΚ»llaniladi. Bunday vaziyatlarda ularning qoΚ»llanishi quyidagicha boΚ»ladi. πŸ”ΈBoth of these books are written by A. Christie. πŸ”ΈI didn't like either of the films. πŸ”ΈNeither of my brothers is/are married. ⚠️ Yuqoridagi ikkinchi misolda either soΚ»zi inkor gaplarda 'ikkalasi ham emas' degan ma'noni bildiradi. Inkor gaplarda both soΚ»zini qoΚ»llab boΚ»lmaydi. πŸ’‘ Yuqoridagilardan xulosa qilamizki, both olmoshi har doim koΚ»plikdagi fe'l bilan darak gaplarda, either boΚ»lishsiz fe'l bilan inkor gaplarda, neither boΚ»lishli fe'l bilan lekin inkor ma'no ifodalab qatnashadi. ✳️ Bu olmoshlar bog'lovchi sifatida ham qoΚ»llanishi mumkin, unda ular quyidagicha juftlanadi. 1️⃣ both … and - ham … ham πŸ”ΈBoth European and oriental languages are taught at London University. 2️⃣either … or - yo … yo πŸ”ΈEither you apologize or I will never forgive you. 3️⃣ neither ... nor - na … na πŸ”ΈNeither Tom nor Ann wants to leave school. ⚠️ either … or va neither … nor bog'lovchilari gap egalarini bog'lab kelganida fe'l ikkinchi, ya'ni fe'lga yaqin turgan ega bilan moslashadi. πŸ”ΈEither Tom or his friends are coming to the party . πŸ”ΈNeither the Wilsons nor I am happy about the new billing system. ✳️ either soΚ»zi ikki tomonli predmetlar uchun qoΚ»llanilganda har ikki tarafda/ikkala tarafda ham degan ma'noda qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈThere were a lot of trees on either side of the road. (YoΚ»lning ikkala tarafidan ham koΚ»p daraxtlar bor edi) ❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
1 458
4
πŸ“–Dars #130 no/none/nobody/nothing so'zlarining qo'llanishi ✳️ Bu olmoshlar ingliz tilida inkor ma'nodagi soΚ»zlar hisoblanib, ular gapda boΚ»lishli fe'l bilan keladi. 1️⃣ no - hech qancha, yoq degan ma'noda ot bilan qoΚ»llanishi lozim. πŸ”ΈThere is no tea in the cup. It's empty. (Chashkada choy yoΚ»q. U boΚ»sh) πŸ”ΈThere were no cups in the cupboard. πŸ”ΈThere is no pencil. 2️⃣ none - hech qancha degan ma'noni bildiradi. Oldindan aniq boΚ»lgan otga ishora qiladi va qayta takrorlanmasligi uchun qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈHow much money have you got ? None. (Sizda qancha pul bor? Hech qancha) πŸ”ΈAll the tickets were sold and none was left. ✳️ none olmoshi ot bilan toΚ»g'ridan-toΚ»gri bog'lanmaydi va none + of + [my / the /these]+noun qurilmasida qoΚ»llanadi. πŸ”ΈNone of my friends came to the party. (DoΚ»stlarimdan hech biri ziyofatga kelmadi) πŸ”ΈNone of this money is mine. (Bu pulning hech qanchasi meniki emas) ⚠️ Yuqoridagi qurilmada ot koΚ»plikda boΚ»lsa, birlikdagi yoki koΚ»plikdagi fe'l qoΚ»llanishi mumkin. πŸ”ΈNone of the guests was/were enjoying the party. (Mehmonlarnig hech biri ziyofatdan zavqlanmayotgan edi) 3️⃣ Endi no soΚ»zidan yasalgan olmoshlarni koΚ»rib chiqamiz: βœ… nobody/no-one - hech kim βœ… nothing - hech narsa βœ… nowhere - hech qayerga πŸ”Έ Nobody is perfect. (Hech kim mukammal emas) πŸ”ΈNothing was stolen, all the things were in their place. (Hech narsa oΚ»g'irlanmadi, hamma narsa oΚ»z joyida edi) πŸ”ΈWhere did you go for your holidays? Nowhere. I stayed at home. (Ta'tilga qayerga bording? Hech qayerga. Uyda qoldim) ⚠️ Yuqoridagi soΚ»zlar inkor ma'noga ega bo'lgani uchun ular gapda boΚ»lishli fe'l bilan qoΚ»llanishi lozim. Bu soΚ»zlar gapda fe'ldan keyin (toΚ»ldiruvchi, hol) boΚ»lib kelganida ularni not + any (body/one/thing /where ) soΚ»zlari bilan almashtirib boΚ»ladi. Masalan: πŸ”Έ I saw nobody in the room. (boΚ»lishli fe'l+nobody) ↔️ I didn't see anybody. (boΚ»lishsiz fe'l + anybody) πŸ”ΈShe took nothing with her. (boΚ»lishli fe'l+nothing) ↔️ She didn't take anything. (boΚ»lishsiz fe'l+anything) Ammo bu soΚ»zlar (nobody, nothing) gapda ega vazifasida kelganlarida bunday oΚ»rniga qoΚ»yish mumkin emas, bu holatda ma'no chiqmaydi. πŸ”ΈNobody came to visit him when he was in hospital. (anybody didn't emas) πŸ”ΈThe Dead sea is so salty that nothing can live in it. (anything can't emas) ✳️ nobody, no-one soΚ»zlari o'zidan keyin birlikdagi fe'l, ammo koΚ»plikdagi olmoshni talab qiladi. πŸ”ΈThere was nobody at the house, so I left them a message. (Uyda hech kim yoΚ»q edi. Shuning uchun men ularga xat qoldirdim) πŸ”ΈNobody in the class did their homework. ✳️ nothing soΚ»zi esa o'zidan keyin birlikdagi fe'l va olmoshni talab qiladi. πŸ”ΈNothing was stolen, was it? ❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
1 590
5
πŸ“–Dars #129 few (a few) va little (a little) so'zlarining qo'llanishi 1️⃣ few - oz, kam degan ma'noda sanaladigan koΚ»plikdagi otlar oldidan salbiy (yetarli emas) degan ma'noda qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈBeing a newcomer, the boy had few friends there. (Yangi kelgani uchun bolaning bu yerda doΚ»stlari kam edi) πŸ”ΈFew customers came into the shop. It was quiet. (DoΚ»konga kam xaridor kirardi. U sokin edi) ✳️ a few - bir qancha degan ma'noda sanaladigan koΚ»plikdagi otlar oldidan ijobiy (yetarlicha) ma'noda qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈHe enjoyed his life. He had a few friends and they met quite often. (U oΚ»zining hayotidan zavqlanardi. Uning yetarlicha doΚ»stlari bor edi va ular tez-tez uchrashishardi) πŸ”ΈA few customers have come into the shop. It has been fairly busy. (DoΚ»konga bir necha xaridorlar keldilar. U biroz qizg'in) 2️⃣ little - oz, kam degan ma'noda sanalmaydigan otlar oldidan salbiy (yetarli emas) ma'noda qoΚ»llanadi. πŸ”ΈHurry up! We have got little time. (Shoshiling! Bizning vaqtimiz oz) πŸ”ΈVicky has made little progress and so is not feeling pleased. ✳️ a little - biroz degan ma'noda sanalmaydigan otlar oldidan ijobiy (yetarlicha) ma'noda qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈWe had a little time and went for a drink. (Bizning yetarlicha vaqtimiz bor edi va biz ichimlik ichishga ketdik) πŸ”ΈShe is not hungry. She has just had a little soup. ✳️ a little/little soΚ»zlari gapda ravish boΚ»lib ham kelishlari mumkin. πŸ”ΈI was a little annoyed. (Men biroz achchiqlangan edim) πŸ”ΈShe knows little about it. (U bu haqda kam biladi) ✳️ very few/ very little va so few/so little - juda oz, juda kam iboralari ham salbiy (yetarli emas) ma'noda qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈWe couldn't do all the work. We had very little time. (Biz hamma ishni qilolmadik. Bizning vaqtimiz juda kam edi) πŸ”ΈShe had very few customers, so she had to close the shop.(Uning xaridorlari juda kam edi, shuning uchun u do'konni yopishga majbur bo'ldi) ✳️ Agar a few, a little soΚ»zlari oldidan only soΚ»zi qatnashsa, ularning ma'nolarini yana salbiy qiladi. β–ͺ️only a few = few β–ͺ️only a little= little πŸ”ΈLondon only gets a little snow in winter. (Qishda Londonda kam qor yog'adi) πŸ”ΈOnly a few students were able to pass the exam. (=few students) πŸ”ΈShe didn't say much, only a few words. (=few words) ✳️ few/little soΚ»zlarini qoΚ»llashdan oldin otlarning sanaladigan va sanalmaydiganligi va gapda salbiy yoki ijobiy ma'noda kelayotganini aniqlash lozim. βœ… few (only a few) - sanaladigan koΚ»plikdagi otlar (salbiy) βœ… little (only a little) - sanalmaydigan otlar (salbiy ) βœ… a few - sanaladigan koΚ»plikdagi otlar (ijobiy) βœ… a little - sanalmaydigan otlar (ijobiy) ❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
1 926
6
πŸ“–Dars #128 much/many/a lot of so'zlarining qo'llanishi 1️⃣ much - koΚ»p soΚ»zi sanalmaydigan otlar oldidan inkor va soΚ»roq gaplarda qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈDo you get much rain here? (Bu yerda koΚ»p yomg'ir yog'adimi?) πŸ”ΈShe didn't get much money for her car. (U mashinasi uchun koΚ»p pul olmadi) ✳️ much soΚ»zi rasmiy va badiiy uslubda darak gaplarda ham qoΚ»llanadi. πŸ”ΈMuch was said but little was done. πŸ”ΈThere is much enthusiasm for the idea. ✳️ how much - qancha soΚ»roq olmoshi boΚ»lib, sanalmaydigan otlar oldidan qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈHow much bread did you buy? ✳️ much soΚ»zi kuchaytirish va qiyoslash ma'nosini beruvchi too/as/so soΚ»zlaridan keyin kelib, darak gaplarda qoΚ»llanadi. πŸ”ΈI've got too/so much work to do. (Mening bajaradigan ishim juda koΚ»p) πŸ”ΈYour car costs as much as mine. 2️⃣ many - koΚ»p soΚ»zi sanaladigan koΚ»plikdagi otlar oldidan inkor va soΚ»roq gaplarda qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈDoes he have many friends here? (Bu yerda uning koΚ»p doΚ»stlari bormi?) πŸ”ΈWe don't get many storms here. (Bu yerda koΚ»p boΚ»ron boΚ»lmaydi) ✳️ many soΚ»zi rasmiy va badiiy uslubda darak gaplarda ham qoΚ»llanadi. πŸ”ΈMany students have financial problems. ⚠️ Odatda muddatlarni bildirishda many years / many weeks / many days etc birikmalari ishlatiladi. πŸ”ΈWe’ve lived here for many years. (a lot of years emas) ✳️ how many - qancha soΚ»roq olmoshi sanaladigan koΚ»plikdagi otlar oldidan kelib, miqdorni bildirib keladi. πŸ”ΈHow many eggs do we need? (Bizga qancha tuxum kerak?) ✳️ many soΚ»zi kuchaytirish va qiyoslash ma'nosini beruvchi too/so/as soΚ»zlaridan keyin kelib darak gaplarda qoΚ»llanadi. πŸ”ΈYou have made too many mistakes in your dictation. (Siz diktantingizda juda koΚ»p xato qilgansiz) πŸ”ΈBill has got as many cars as Cecilia. 3️⃣ a lot of/lots of - koΚ»p soΚ»zi sanaladigan koΚ»plikdagi va sanalmaydigan otlar oldidan darak gaplarda qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈWe get a lot of storms here. (Bu yerda biz juda ko'p bo'ronlarni boshimizdan o'tkazamiz) πŸ”ΈWe get a lot of rain here. (Bu yerda biz juda ko'p yomg'irni boshimizdan o'tkazamiz) 4️⃣ plenty - yetarli va undan ham ko'proq degan ma'noda sanalmaydigan va sanaladigan ko'plikdagi otlar oldidan ishlatiladi. πŸ”ΈThere’s no need to hurry. We’ve got plenty of time. πŸ”ΈPlenty of shops sell batteries. 5️⃣ much/many/a lot/plenty soΚ»zlari otsiz qoΚ»llanishlari mumkin. Bunday vaziyatda ular oldin ishlatilgan otga ishora qiladilar yoki otlashadi. πŸ”ΈI take photos, but not as I used to. At one time I took a lot. (=a lot of photos) πŸ”ΈThey asked me for some money but I myself haven't got much. (=much money) πŸ”ΈThey have caught some fish but not many. (=many fish) πŸ”ΈThere’s plenty to do in this town. ⚠️ Yuqoridagi soΚ»zlarni qoΚ»llashda asosiy e'tibor beriladigan jihati bu gapning turi va otning sanaladigan va sanalmaydigan ekanligini aniqlab olishdir. ⚠️ Grammar in Use darsligida many va a lot of barcha turdagi gaplarda ishlatila olishi ko'rsatilgan. Lekin DTM testlarida odatda many/much inkor va so'roq gaplarda, a lot of/lots of darak gaplarda degan qoida bo'yicha test tuziladi. ✳️ a lot - koΚ»p, tez-tez ma'nosida darak gaplarda, much esa inkor va soΚ»roq gaplarda ravish boΚ»lib kelishi mumkin. πŸ”ΈShe had to study a lot to catch up with the rest. (...koΚ»p oΚ»qishiga toΚ»g'ri keldi) πŸ”ΈThey don't go out much. (Ular tez-tez koΚ»chaga chiqmaydilar) πŸ”ΈWe didn't enjoy the film much. ❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
1 738
7
πŸ“–Dars #127 Some va any so'zlarining qo'llanishi II qism ✳️ Mazkur darsda some va any soΚ»zlaridan yasalgan olmoshlarning qoΚ»llanishini ko'rib chiqamiz. Ularning qo'llanishi ham oldingi darsdagi qoidalarga amal qiladi. β–ͺ️some so'zidan yasalgan olmoshlar: βœ… somebody - kimdir, birov βœ… someone - kimdir, birov βœ… something - nimadir βœ… somewhere - qayerdadir, qayergadir β–ͺ️any so'zidan yasalgan olmoshlar βœ… anybody - kimdir, birov (so'roq gapda), hech kim (inkor gapda) βœ… anyone - kimdir, birov (so'roq gapda), hech kim (inkor gapda) βœ… anything - nimadir (so'roq gapda), hech narsa (inkor gapda) βœ… anywhere - qayergadir, qayerdadir (so'roq gapda), hech qayerda, hech qayerga (inkor gapda) ✳️ somebody/someone va anybody/anyone olmoshlari insonlar uchun qoΚ»llaniladi. Darak va soΚ»roq gaplarda birov, kimdir, inkor gaplarda hech kim degan ma'nolarda keladi. πŸ”ΈI think there is someone at the door. (Menimcha, eshikda birov bor) πŸ”ΈHave you seen anyone who can lift that stone? (Mana shu toshni koΚ»tara oladigan biror odamni koΚ»rganmisan?) πŸ”ΈI didn't meet anyone from our school at the party. (Men ziyofatda maktabimizdan hech kimni uchratmadim) ⚠️ Anyone/anybody olmoshlari xohlagan odam ma'nosida darak gaplarda qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈThe test was very easy. Anyone could have passed. (Test juda oson edi. Xohlagan odam undan oΚ»ta olardi) ⚠️Yuqoridagi gumon olmoshlari birlikdagi fe'l va koΚ»plikdagi III shaxs olmoshi bilan qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈSomeone has left their bag. (Birov oΚ»zining sumkasini qoldirib ketibdi) πŸ”ΈIf anyone wants to leave, they can. ⚠️Kelajakdagi noaniq vaqtni bildiradigan sometime soΚ»zidan sometimes ba'zan soΚ»zini farqlash lozim. πŸ”ΈI hope to meet you sometime in June. (Men iyunda siz bilan uchrashishni umid qilaman) πŸ”ΈHe sometimes goes to the library. (U ba'zan kutubxonaga boradi) ✳️ somehow soΚ»zi bir amallab degan ma'noni bildiradi. πŸ”ΈWe somehow got over the difficulties all by ourselves. (Biz bir amallab qiyinchiliklarni yengib oΚ»tdik) ✳️someone olmoshi muhim/obroΚ»li shaxs degan ma'noda ham qoΚ»llanadi. πŸ”ΈHe is someone in his country. (U oΚ»z yurtida katta odam) ⚠️ any va some soΚ»zlaridan keyin of soΚ»zi kelib ma'lum bir miqdorni bildirish uchun qoΚ»llanilishi mumkin. Ammo somebody/anybody/anything/something soΚ»zlari of soΚ»zi bilan kelmaydi va miqdorni bildirmaydi. Ularning oΚ»zi tugal ma'noli soΚ»z hisoblanadi. πŸ”ΈSome of you must look after the children. (Sizlardan birortangiz bolalarga qarab turishingiz kerak...somebody of you emas.) πŸ”ΈDoes any of you speak Spanish? (Sizlardan birortangiz ispancha bilasizmi?...anybody of you emas.) ❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2 774
8
πŸ“–Dars #126 Some va any so'zlarining qo'llanishi I qism ✳️ some - biroz ma'nosida sanalmaydigan (Uncountable) , bir qancha ma'nosida sanaladigan koΚ»plikdagi otlar oldidan darak gaplarda keladi. πŸ”ΈThere is some milk in the fridge. πŸ”ΈI met some interesting people at the party last night. ✳️ any - hech qancha ma'nosida inkor gaplarda, biroz, birqancha ma'nosida esa soΚ»roq gaplarda sanaladigan ko'plikdagi va sanalmaydigan otlar oldidan qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈI haven't got any stamps. πŸ”ΈHave you got any money on you? πŸ”ΈWe haven't any milk at home, you should buy some. ✳️Mazkur so'zlarga taalluqli qo'shimcha qoidalar: 1️⃣ If qatnashgan shartli gaplarda any va undan yasalgan soΚ»zlar (anything/anybody...) ishtirok etadi. πŸ”ΈIf you have any problems, you can discuss them with your group leaders. (Agar sizning biror muammoingiz boΚ»lsa, uni guruh rahbarlaringiz bilan muhokama qilishingiz mumkin) πŸ”ΈIf you see anyone, tell them that Tom has arrived. 2️⃣ Iltimos va taklif ma'nosidagi soΚ»roq gaplarda esa some qoΚ»llaniladi. Bu vaziyatda soΚ»roq gapdagi taklif va iltimos ohangini oddiy soΚ»roq gapdagi soΚ»rash ohangidan farqlay bilish lozim. πŸ”ΈHave you got any money? (Puling bormi?...oddiy soΚ»roq gap) πŸ”ΈCan you lend me some money? (Menga biroz pul qarzga berolmaysanmi?...iltimos) πŸ”ΈCould you post some letters for me? (Men uchun bir necha xatlarni joΚ»nata olasizmi?... iltimos) πŸ”ΈWould you like some coffee? (Kofe ichasizmi?...taklif) πŸ”ΈCan you give me some information about the hotels in Khiva? 3️⃣ Savol berayotganda ijobiy (yes) javobi kutilganda ham soΚ»roq gaplarda some va undan yasalgan so'zlar (something/somebody...) soΚ»zlari qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈTom is on his hands and knees and looking for something under the table. You ask him: Why are you under the table? Have you lost something? (Nimaga stol tagidasan? Biror narsa yoΚ»qotib qoΚ»ydingmi?...Uning javobi ha boΚ»lishini kutib, shu savolni beramiz.) 4️⃣ any xohlagan, xohlagan bir degan ma'noda birlikdagi otlar bilan darak gaplarda qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈI am free all day. Come any time you like. (Men kuni bilan boΚ»shman. Xohlagan paytingiz kelavering) πŸ”ΈYou can buy these maps at any petrol station. They all have them. (Siz bu xaritalarni xohlagan AYOQSHdan sotib olishingiz mumkin. Ularning hammasida bor) 5️⃣ some soΚ»zi ba'zi degan ma'noda hamma turdagi gaplarda, shu jumladan, inkor gaplarda ham qoΚ»llanishi mumkin. πŸ”ΈSome people don't like flying. (Ba'zi odamlar samolyotda uchishni yoqtirishmaydi) 6️⃣ some + son birikmasida taxminan degan ma'noda ham qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈThere were some fifty people at the party. (Ziyofatda taxminan 50 tacha odam bor edi) ❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2 709
9
πŸ“–Dars #125 Reflexive pronouns (o'zlik olmoshlari) II qism ✳️ by + oΚ»zlik olmoshi - yolg' iz, hech kimning yordamisiz ma'nosida qoΚ»llaniladigan birikma hisoblanadi. Bu birikma ish-harakat gap egasining yolg'iz oΚ»zi tomonidan bajarilishini bildiradi. πŸ”ΈHe was sitting by himself. (U yolg'iz oΚ»zi oΚ»tirardi) πŸ”ΈDid you go to the cinema by yourself? (Kinoga yolg'iz oΚ»zing bordingmi?) πŸ”ΈShe lives by herself. (U yolg'iz oΚ»zi yashaydi...alone) πŸ”ΈJimmy tied his shoelaces all by himself. (Jimmi tuflisining bog'ichini oΚ»zi bog'ladi...without help) ✳️ OΚ»zlik olmoshlarini birgalik olmoshlaridan (reciprocal pronouns) - each other, one another lardan farq qila olish lozim. Masalan: πŸ”ΈTom and Ann stood in front of the mirror and looked at themselves. (Tom va Anna oyna oldida turishdi va oΚ»zlariga qarashdi) πŸ”ΈTom and Ann looked at each other. (Tom va Anna bir-birlariga qarashdi) ✳️ each other - bir-birini/bir-biriga... ( ikkita shaxs yoki predmet uchun), one another - bir-birini/bir-biriga... ( ikkidan ortiq shaxs yoki predmet uchun) πŸ”ΈTom and Ann love each other. πŸ”ΈThese three boys help one another. ✳️ OΚ»zlik olmoshlari gapda ta'kidlash, ma'no kuchaytirish uchun ham qoΚ»llanishi mumkin. Bunday holatlarda oΚ»zlik olmoshlari ot yoki olmoshdan keyin yoki gap oxirida keladi. πŸ”ΈYou yourself saw what happened. (Siz oΚ»zingiz nima boΚ»lganini koΚ»rdingiz) πŸ”ΈYou saw what happened yourself. (Siz nima boΚ»lganini oΚ»zingiz koΚ»rdingiz) πŸ”ΈThe film itself wasn't very good but the music was great. (Kinoning oΚ»zi yaxshi emas edi, ammo musiqasi zoΚ»r edi) ✳️OΚ»zlik olmoshlari ko’makchilardan (predlogdan) keyin ham qoΚ»llanilishi mumkin. πŸ”ΈLook after yourself. πŸ”ΈTake care of yourself. (Ehtiyot boΚ»ling) πŸ”ΈI am angry with myself. ⚠️OΚ»zlik olmoshlari har doim oΚ»zi ishora qilayotgan otga /olmoshga mos boΚ»lishi lozim. Oldingi darsdagi diligence, kindness, goodness... so'zlari bilan ishlatilishi holatlari bundan istisno πŸ”ΈWe enjoyed ourselves very much at the party. (we - ourselves) πŸ”ΈSarah lives by herself. (she - herself) ⚠️Quyidagi gapga e'tibor bering, bunday hollarda oΚ»zlik olmoshi qoΚ»llanilmaydi. πŸ”ΈHave you got any money on you? (Sizda biroz pul bormi?) ❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2 436
10
πŸ“–Dars #124 Reflexive pronouns (o'zlik olmoshlari) I qism ✳️ Ingliz tilida ish-harakat bajaruvchisi va toΚ»ldiruvchisi bir shaxs yoki predmet boΚ»lmaydi, ya'ni ish-harakat boshqa birovga oΚ»tadi. πŸ”ΈTom is talking to Ann. (Tom Anna bilan gaplashyapti) πŸ”ΈTom is talking to her. (Tom u bilan gaplashyapti) ✳️ OΚ»zlik olmoshlari esa ish-harakat bajaruvchisi va ish-harakat qaratilgan shaxsni bitta shaxs sifatida bera oladi, ya'ni ish-harakat hech kimga oΚ»tmaydi va shaxsning oΚ»ziga qaytadi. πŸ”ΈTom is talking to himself. (Tom oΚ»zi bilan gaplashyapti) πŸ”ΈI am angry with myself. (Mening oΚ»zimdan jahlim chiqyapti) ✳️ Ingliz tilida o'zlik olmoshlari quyidagilardir: βœ…myself - o'zimni, o'zimga, o'zimdan... βœ…yourself - o'zingizni, o'zingizga, o'zingizdan... βœ…yourselves - o'zlaringizni, o'zlaringizga, o'zlaringizdan... βœ…ourselves - o'zimizni, o'zimizga, o'zimizdan... βœ…himself - o'zini, o'ziga, o'zidan... βœ…herself - o'zini, o'ziga, o'zidan... βœ…itself -o'zini, o'ziga, o'zidan... βœ…themselves - o'zlarini, o'zlariga, o'zlaridan... ✳️ Bundan tashqari umumiy shaxsga nisbatan qoΚ»llaniladigan oneself/oneselves olmoshlari mavjud. πŸ”ΈSome things one must do oneself. (Ba'zi ishlarni insonning o'zi bajarishi kerak) ✳️Ingliz tilida oΚ»zlik olmoshi bilan qoΚ»llanishi shart boΚ»lgan fe'llar juda kam. βœ… absent oneself - yoΚ»q boΚ»lmoq βœ… pride oneself on - faxrlanmoq βœ… pull oneself together - oΚ»ziga kelmoq βœ… avail oneself - foydalanmoq βœ… familiarise oneself - tanishib olmoq, o'rganmoq πŸ”ΈMonica absented herself from work. πŸ”ΈJim prides himself on his cooking. ✳️ OΚ»zlik olmoshlari quyidagi fe'llar bilan qoΚ»llanishi koΚ»p kuzatiladi: βœ… amuse - hursand qilmoq, dam olmoq βœ… enjoy - zavqlanmoq βœ… blame - ayblamoq βœ… cut - kesmoq βœ… dry - artinmoq βœ… hurt - jarohatlamoq βœ… introduce - tanishtirmoq πŸ”ΈI have cut myself with a knife. (Men qo'limni kesib oldim) πŸ”ΈWe enjoyed ourselves very much at the party. πŸ”ΈI dried myself. (Men artindim) πŸ’‘ help yourself /yourselves iborasi oΚ»zbek tiliga 'oling, tortinmang' degan ma'nolarda taomga undash, taklif qilish uchun qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈIf you want more to eat, help yourselves. (Yana yeyishni xohlasangiz, tortinmay olaveringlar) ⚠️bring sth with/take sth with iboralari oΚ»zbek tiliga oΚ»zi bilan olib kelmoq/olib ketmoq ma'nosini bersada, ingliz tilida oΚ»zlik olmoshi bilan emas, toΚ»ldiruvchi olmoshlar bilan qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈI didn't take an umbrella with me. πŸ”ΈBring the dictionary with you. ✳️ Quyidagi fe'llarda ish-harakat bajaruvchisi va ish-harakat qaratilgan shaxs bir shaxs boΚ»lsa ham oΚ»zlik olmoshi ishlatilmaydi. βœ… shave - soqol olmoq βœ… dress - kiyinmoq βœ… wash - yuvinmoq βœ… relax - hordiq chiqarmoq βœ… feel - his qilmoq βœ… concentrate - fikrini jamlamoq βœ… meet - uchrashmoq πŸ”ΈI washed, shaved and dressed. (Men yuvindim, soqolimni oldim va kiyindim) πŸ”ΈDon't strain youself. Just relax. (OΚ»zingizni urintirmang. OΚ»zingizni boΚ»sh tuting) πŸ”ΈPlease be quiet. I am trying to concentrate. (Iltimos jim boΚ»ling. Men fikrimni jamlashga harakat qilayapman) ⚠️ feel fe’li ba’zan oΚ»zlik olmoshi bilan ishlatilishi mumkin πŸ”ΈI felt myself blush. ✳️ Adabiy ingliz tilida goodness/kindness/diligence/courtesy etc soΚ»zlari itself oΚ»zlik olmoshi bilan insonlarga nisbatan ham qoΚ»llanishi mumkin. πŸ”ΈHe is diligence itself. ( U juda mehnatkash) ❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2 475
11
πŸ“–Dars #123 Possessive adjectives and possessive pronouns ✳️Ingliz tilida -ning qoΚ»shimchali olmoshlar (my, your ...) egalik sifatlari va -niki qoΚ»shimchali olmoshlar (mine, yours ...) egalik olmoshlari sifatida qabul qilingan. Bunga sabab -ning qo'shimchali olmoshlar (my car) otning oldidan uning kimga tegishliligini bildirib keladi, to'liq otning o'rnini almashtira olmaydi. -niki qo'shimchali olmoshlar esa to'liq otning o'rnini almashtirib kela oladi. ✳️-ning qoΚ»shimchali olmoshlar aniqlovchi vazifasida kelib, oΚ»zlaridan keyin ot talab qiladi. βœ… my - mening βœ… your - sizning, sizlarning βœ… our - bizning βœ… their - ularning βœ… his - uning βœ… her - uning βœ… its - uning πŸ”Έyour bicycle - sizning velosipedingiz πŸ”Έmy car - mening avtomobilim πŸ”Έtheir decision - ularning qarori πŸ”Έher haircut - uning soch turmagi πŸ”ΈMy car is much more expensive than Tom's. πŸ”ΈJane has just had her hair cut. πŸ”ΈTheir decision to move was made immediately after the floods. ✳️ Ingliz tilida inson tana a’zolari va kiyimlar uchun odatda possessive adjective ishlatiladi. πŸ”ΈLucy twisted her ankle. πŸ”ΈHe put on his jacket and his hat and left. ⚠️Lekin ingliz tilida hit, punch, slap, bite, touch, pat, sting kabi fe’llar bilan tana a’zolariga biror narsa sodir bo’lsa (odatda og’riqli), ko’makchili birikmalarda aniq artikl ishlatiladi. πŸ”ΈShe patted him on the shoulder. πŸ”ΈHe has got a pain in the chest. ✳️-niki qoΚ»shimchali olmoshlar oΚ»zlaridan keyin ot talab qilmaydi va ma'lum boΚ»lgan otni qayta takrorlamaslik uchun qoΚ»llaniladi. βœ… mine - meniki βœ… yours - sizniki βœ… ours - bizniki βœ… theirs - ularniki βœ… his - uniki βœ… hers - uniki πŸ”ΈThis is your towel. Mine is over there. (Bu sizning sochig'ingiz. Meniki ana u yerda) πŸ”ΈTheir flat and our flat may seem to be the same but theirs is different from ours. (Ularning kvartirasi bizning kvartira bilan bir xil ko'rinishi mumkin, lekin ularniki biznikidan farq qiladi) ⚠️ Egalik sifatlari artikl bilan qoΚ»llanilmaydi: πŸ”ΈHer eldest son is a doctor. ✳️own - oΚ»z soΚ»zi egalik sifatlari bilan qoΚ»llanilib, uni qoΚ»llashning ikki yoΚ»li bor. 1️⃣ I have my own room. (Mening oΚ»z xonam bor) 2️⃣ I have a room of my own. (Mening oΚ»z xonam bor) πŸ”ΈFrank has started his own business. (Frenk oΚ»zining biznesini boshladi) ✳️On my own/on his own/on her own etc. - yolg'iz, bir o'zi degan ma'noda qoΚ»llaniladigan birikma hisoblanadi. Bu birikma ish-harakat bajaruvchisi yoki bajaruvchilari tomonidan yolg'iz (bir oΚ»z(lar)i tomonidan) bajarilishini bildiradi. πŸ”ΈI went to the cinema on my own yesterday. (Men kecha kinoga bir o'zim bordim) πŸ”ΈI enjoy being on my own. (Men yolg'iz boΚ»lishdan zavqlanaman) πŸ”ΈA lady was sitting in the corner on her own. (Bir ayol burchakda yo’lg’iz oΚ»tirgan edi) ⚠️ Egalik olmoshlari ingliz tilida yana boshqa holatlarda ham qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈMasalan: He is your friend gapini of qatnashgan birikma bilan πŸ”ΈHe is a friend of yours sifatida berish mumkin. ⚠️Demak, bu qurilmada of soΚ»zidan keyin egalik olmoshlari qatnashishi lozim. πŸ”ΈYesterday I met a relative of yours/hers/ours/theirs. ⚠️Agar yuqoridagi holatda egalik olmoshi emas, boshqa otlar (odatda atoqli ot) keladigan boΚ»lsa, ular bilan apostrof qoΚ»llanishi lozim. πŸ”ΈHe is a friend of Tom's. ❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2 102
12
πŸ“–Dars #122 Personal pronouns as objects ✳️ Grammatikaga oid darsliklarda kishilik olmoshlari to'ldiruvchi sifatida ishlatilsa-da, ular personal pronoun hisoblanishi keltirilgan. Shuning uchun mavzu nomi ham aynan shunday nomlandi. ✳️ Ingliz tilida quyidagi to'ldiruvchi sifatida qo'llaniladigan kishilik olmoshlari mavjud: βœ… me - meni, menga, mendan ... βœ… you - sizni, sizga, sizdan ... βœ… us - bizni, bizga, bizdan ... βœ… them - ularni, ularga, ulardan ... βœ… him - uni, unga, undan ...(erkak) βœ… her - uni, unga, undan ....(ayol) βœ… it - uni, unga, undan ...(predmet) ✳️ Bu olmoshlar fe'ldan keyin uning toΚ»ldiruvchisi boΚ»lib keladi va olmoshlar gapda fe'lda ifodalangan ish-harakat yoΚ»naltirilgan predmetni bildiradi: πŸ”ΈHenry is very selfish . We don't like him. (Henri juda xudbin. Biz uni (him) yoqtirmaymiz.) πŸ”ΈThey were discussing the problem with us. (biz bilan) πŸ”ΈWhere is Helen? Have you seen her? (uni) ✳️Bu olmoshlar koΚ»makchi (with/about/from/to/beside/between/for) lardan keyin keladi, bu koΚ»makchilar fe'ldan keyin yoki boshqa soΚ»z turkumlari (sifat, ot) keyin ham kelgan boΚ»lishi mumkin. πŸ”ΈJust between you and me. I don't like his car. πŸ”ΈTom was angry with me. ⚠️ Olmoshlar boΚ»yicha test qilinganida ularning gapda boshqa soΚ»z turkumlarini oΚ»rnini bosa olishi xususiyati soΚ»raladi . Masalan: β–ͺ️Choose the correct answer. πŸ”ΈThe colonel greeted the soldiers. (Polkovnik askarlar bilan salomlashdi) A) He/it❌ B) He/themβœ… C) She/them❌ D) It/them❌ πŸ’‘ The colonel - polkovnik, he olmoshiga toΚ»g'ri keladi, the soldiers - askarlar, toΚ»ldiruvchi, them olmoshiga toΚ»g'ri keladi. β–ͺ️Choose the correct answer. πŸ”ΈTom and I are close friends. Tom lives near the station. A) We/he/itβœ… B) We/it/it❌ C) He/I/he/it❌ D) We/he/them❌ ❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2 173
13
πŸ“–Dars #121 Introduction to Pronouns - Personal pronouns ✳️ Ingliz tilida ham oΚ»zbek tilidagi kabi olmosh soΚ»z turkumi mavjud boΚ»lib, ular boshqa soΚ»z turkumlari oΚ»rnida ularni almashtirib keladigan soΚ»zlardir. Shuning uchun ham bu so'z turkumi nomi 'almash' so'zidan kelib chiqqan. ✳️ Olmoshlarning asosiy turlari darslarda o'rganamiz. Bugun Personal pronouns (Kishilik olmoshlari) haqidagi ma'lumotlarni o'rganamiz. Ingliz tilida hozirgi kunda quyidagi kishilik olmoshlari mavjud. βœ… I - men βœ… You - siz, sizlar βœ… We - biz βœ… They - ular βœ… He - u (erkaklar uchun) βœ… She - u (ayollar uchun) βœ… It - u (jonsiz predmet yoki hayvonlar uchun) ✳️ Bu olmoshlar gapda ega boΚ»lib qatnashadi va ish-harakatning bajaruvchisi hisoblanadi. Gap boshida hamma olmoshlar katta harf bilan yoziladi. Gap oΚ»rtasida esa I olmoshidan tashqari hamma olmoshlar kichik harf bilan yoziladi. πŸ”Έ They are going on holiday next week, but we are staying at home. πŸ”ΈShe was worried about Tom. He might have got lost. πŸ”ΈThe dog is barking. It is very aggressive. ⚠️ she olmoshi davlat va kemalar (mashina) uchun qoΚ»llanishi mumkin. πŸ”ΈNow Britain needs new leadership if she is to play a significant role shaping Europe's future development. πŸ”ΈThe ship's struck a rock. She is sinking! ⚠️ Ba'zan insonlar orasida uy hayvonlariga nisbatan he/she olmoshini ishlatilishi ham kuzatiladi. Mazkur holat majoziy obrazlar ishlatilgan ertak va hikoyalarda barcha hayvonlarga ham ishlatilishi mumkin. πŸ”ΈLook at the cat! She is drinking the milk. πŸ”ΈOnce upon a time, there was a rabbit called Joe. He lived in a forest. ❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2 053
14
Hurmatli kanal a'zolari! Ingliz tili grammatikasi bo'yicha advanced darajaga chiqmoqchi bo'lganlar uchun maxsus tayyor kurs mavjud. βœ… Kurs Destination C1&C2 bo'yicha tuzilgan; βœ… Kitobdagi 26 ta unit bo'yicha 13 Grammar+13 Lexical Resource darslari mavjud; βœ… Har bir darsdan keyin advanced level testlar berilgan va ularning tahlillari ham keltirilgan. ( kitobdagi mashqlarni ishlovchilar uchun unit mashqlari yechimlari tahlil qilingan va tushuntirib berilgan) βœ… Demo dars: https://t.me/grammarnotesshop/376 πŸ“Š Kurs formati: maxsus Telegram kanalida olib boriladi (Slayd+Audio) πŸ’³ Kurs to'lovi: bir martalik 150 ming so'm. πŸ‘‰ Murojaat uchun: @kh_atajanov
1 908
15
πŸ“–Dars #120 Ingliz tilida qo'shma otlar (compound nouns) II 1️⃣ Ba'zi qo'shma otlar fe'l+ko'makchi yoki fe'l+ravish qurilmasiga ega bo'lishi mumkin. Qiyoslang: πŸ”ΈMansen broke out of the prison by dressing as a woman. (fe'l ibora - qochdi) πŸ”ΈThere was a major break-out from the prison last night. (fe'l+ko'makchidan iborat qo'shma ot - qochish) ⚠️ Yuqoridagi shakl bilan yasalgan qo'shma otlarda ko'plik shakl ko'makchilarga -s qo'shimchasini qo'shish bilan yasaladi. πŸ”Έ read-out(s) πŸ”Έpush-up(s) πŸ”Έintake(s) πŸ”Έoutcome(s) ⚠️Istisnolar: looker(s)-on yoki onlooker(s), runner(s)-up, passer(s)-by, hanger(s)-on ⚠️Bundan tashqari otlar oldidan chiziqcha bilan ishlatilgan otlar ishlatilib, ularning belgisini bildirib kelishi mumkin. πŸ”Έa state-of-art (very modern) tablet PC πŸ”Έup-to-date information 2️⃣ Ko'pchilik noun+noun shaklidagi qo'shma otlarda urg'u birinchi otga tushadi. πŸ”Έa 'bycicle factory πŸ”Έa 'fruit drink πŸ”Έ'ski boots πŸ”Έ'coffee beans ⚠️Istisnolar: a garden 'chair, a fruit 'pie ⚠️ Ba'zan bir xil shakldagi birikmalarda urg'uning qaysi so'zga tushishi uning ma'nosini o'zgartiradi. πŸ”Έa 'French teacher - noun+noun, fransuz tili o'qituvchisi πŸ”Έa French 'teacher - adjective+noun, fransiyalik o'qituvchi 3️⃣ Ko'pchilik noun+noun birikmalari otning nimadan yasalganligini ham bildirib keladi. πŸ”Έa silk dress πŸ”Έa stone bridge πŸ”Έa iron rod πŸ”Έa gold ring ⚠️ Ingliz tilida bir-biriga o'xshash so'zlar, masalan gold (ot) va golden (sifat) so'zlari otlar oldidan kelganda turli ma'no beradi. Bunday birikmalarda ot (gold) narsa-buyum nimadan yasalganligini bildirsa, sifat (golden) ko'pincha metafora sifatida ishlatiladi. Qiyoslang: πŸ”Έ a gold watch (tilla soat) - golden memories (yorqin xotiralar) πŸ”Έsilk stockings (ipak paypoqlar) - silken skin (mayin teri) πŸ”Έa lead pipe (qo'rg'oshin quvur) - leaden sky (kulrang, yoqimsiz osmon) πŸ”Έa stone roof (toshdan qilingan tom) - stony silence (toshdek sokinlik) ⚠️Istisnolar: woollen/wooden so'zlari jun/yog'ochdan yasalganlikni bildirib keladi. 4️⃣ noun+noun birikmalari ingliz tilida o'lchov, miqdorni bildirishda ham qo'llaniladi. Bunday holatda ularning orasida (birinchi ot odatda son bo'ladi) chiziqcha (hyphen) (-) qo'yiladi va birinchi ot birlikda yoziladi. πŸ”Έa five-litre can - besh litrlik idish πŸ”Έa ten-pound note - o'n funtlik banknota πŸ”Έa three-mile walk - uch milyalik yo'l πŸ”Έa five-day course - besh kunlik kurs ❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2 094
16
πŸ“–Dars #119 Ingliz tilida qo'shma otlar (compound nouns) I 1️⃣ Ingliz tilida qo'shma otlar 'noun+noun' birikmasidan tashkil topadi. Mazkur holatda birinchi ot ikkinchi otning belgisini bildirishga xizmat qiladi, ya'ni sifatga o'xshab ishlatiladi. Qo'shma otdagi ikkinchi ot umumiyroq ma'noda ishlatiladi, birinchi ot esa uning qaysi tasnifga kirishini ko'rsatadi. πŸ”Έ milk chocolate - (sutli shokolad, shokolad turi) πŸ”Έ chocolate milk - (shokoladli sut, sut turi) πŸ”Έ a horse race - (ot poygasi - poyga turi) πŸ”Έ a race horse - (poyga oti - ot turi) 2️⃣ Bunday holatlarda birinchi ot odatda birlikda qo'llaniladi. πŸ”Έan address book (a book for addresses, not an addresses book) πŸ”Έa shoe shop (poyabzal do'koni) πŸ”Έa glass case (shisha idish) πŸ”Έan art festival (tasviriy san'at festival=painting, drawing, sculpture) ⚠️ Yuqoridagi qoidaga istisno holatlari ham mavjud: πŸ”Έa savings account (omonat hisobvarag'i) πŸ”Έa customs officer (bojxona xodimi) πŸ”Έa clothes shop (kiyim-kechaklar do'koni) πŸ”Έthe arms trade (arms=qurollar degan ma'noda) πŸ”Έa glasses case (glasses - ko'zoynak degan ma'noda) πŸ”Έan arts festival (san'at festivali=music, drama, film, dance, painting etc.) πŸ”Έthe building materials industry (qurilish materiallari sanoati) πŸ”Έthe publications department (nashrlar bo'limi) 3️⃣ Qo'shma otlarning ko'plik shakli ikkinchi otni ko'plik shakliga aylantirish orqali yasaladi. πŸ”Έcoal mine - coal mines πŸ”Έoffice worker - office workers πŸ”Έtea leaf - tea leaves 4️⃣ Ba'zan 'noun+noun' qurilmasidagi qo'shma otlarni yasashda mujmallik va g'alizliklar kelib chiqishi mumkin. Ushbu holatlarda 'noun+'s+noun' yoki 'noun+of+noun' qurilmalari ishlatiladi. βž– agar birinchi otdagi shaxs yoki hayvon ikkinchi otning foydalanuvchisi bo'lsa: πŸ”Έa baby's bedroom πŸ”Έa lion's den πŸ”Έa women's clinic πŸ”Έa girls' school πŸ”Έa birds' nest βž– agar ikkinchi ot birinchi ot tomonidan ishlab chiqariladigan bo'lsa: πŸ”Έ goat's cheese πŸ”Έduck's eggs πŸ”Έcow's milk ⚠️ Istisnolar: lamb chops, chicken drumsticks βž– agar ikkinchi ot birinchi otning qismini birdirsa (shaxs yoki hayvonlarda) πŸ”Έ a woman's face πŸ”Έ a boy's arm ⚠️Istisnolar: a pen top, a computer keyboard 5️⃣ noun+preposition+noun' qurilmalari afzal ko'riladiga holatlar: βž–agar ichidagi narsa bilan uning idishi nazarda tutilgan bo'lsa; πŸ”Έ a cup of tea - bir finjon choy ( lekin a tea cup-choy finjoni) πŸ”Έa box of matches - bir quti gugurt ( lekin a matchbox- gugurt qutisi) βž–agar hamma ma'lum bo'lgan umumiy tur nazarda tutilmagan bo'lsa; πŸ”Έincome tax - daromad solig'i (umumiy soliq turi) lekin πŸ”Έa tax on children's clothes (maxsus soliq turi) ❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2 281
17
πŸ“–Dars #118 Artikl qo'llashning aralash holatlari (III qism) ✳️ Ingliz tilida artikl ishlatishining aralash holatlarini o'rganishda davom etamiz. 1️⃣ Shaxs nomlari oldidan artikl qoΚ»llanilmasligini avvalgi darslardan bilamiz: πŸ”Έ I'm βœ–οΈBond, βœ–οΈJames Bond. ⚠️ Ammo nazarda tutilayotgan shaxs bizga va tinglovchiga notanish ekanligini bildirmoqchi boΚ»lsak, shaxs nomlari oldidan noaniq artikl qoΚ»llanishi mumkin. πŸ”Έ A Mr Brown is at the door. (Mr Brown ismli shaxs) ⚠️Shuningdek, shaxs nomlari mualliflikni bildirib, shu san’atkorga yoki yozuvchiga oid asarni bildirish uchun qoΚ»llanilganda birlikda noaniq artikl qoΚ»llaniladi. πŸ”Έ I'm fond of painting, especially landscapes. A Levitan picture is hanging in my living-room.(Levitan qalamiga mansub) ⚠️ Agar bir nechta bir xil ismli shaxs mavjud boΚ»lib, ular orasidan bittasini ajratib koΚ»rsatmoqchi boΚ»lsak, shaxs nomlari oldidan aniq artikl qoΚ»llanishi mumkin. πŸ”Έ The Mr. Brown who lives next door is very friendly. 2️⃣ Hafta kunlari va oy nomlari oldidan hech qanday artikl qoΚ»llanilmaydi. πŸ”Έ I'll see you on βœ–οΈSaturday. ⚠️ Ammo haftaning aniq kunini aytmoqchi boΚ»lsak, ular oldidan aniq artikl qoΚ»llanishi mumkin. Bunda aniqlovchi gap yoki birikma mavjud bo'ladi. πŸ”Έ They arrived on the Saturday after my birthday party. 3️⃣ Tartib sonlar oldidan aniq artikl qoΚ»llanilishini bilamiz. πŸ”Έ It is the third time Ann has been late this week. πŸ”Έ She was the first person to know about it. ⚠️ Ammo tartib sonlari 'yana (bir)' degan ma'noda noaniq artikl bilan qoΚ»llaniladi πŸ”Έ A third man entered the room. (Uchinchi (yana bir) odam xonaga kirdi) ⚠️ a first night - premera, a first prize - birinchi o'ringa mukofot iboralari ham noaniq artikl bilan qoΚ»llanadi. ⚠️ Ravish boΚ»lib kelgan first/at first iboralarida artikl qo'llanilmaydi. πŸ”Έ βœ–οΈFirst, you must shake the bottle well, then drink the water. 4️⃣ next soΚ»zi kelajak zamon payt ravishini bildiradigan birikmalarda artiklsiz qoΚ»llaniladi. πŸ”Έ He is going to learn French βœ–οΈnext year. ⚠️ next soΚ»zi oΚ»tgan zamon payt ravishini bildiradigan birikmalar yoki ot bilan 'keyingi' degan ma'noda qoΚ»llanilganda har doim aniq artikl bilan qoΚ»llaniladi. πŸ”Έ He suddenly arrived the next morning. πŸ”Έ When is the next bus? 5️⃣ Undalmalarda nutq qaratilgan ot oldidan artikl qoΚ»llanilmaydi. πŸ”Έ βœ–οΈStudents, hand in your tests! ❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
1 941
18
πŸ“– Dars #117 Artikl qo'llashning aralash holatlari (II qism) ✳️ Ingliz tilida ba'zi so'zlar bilan artikl qo'llashning har xil qoidalari mavjud, bu ularning qaysi ma'noda yoki qanday so'z bilan qo'llanayotganiga bog'liq. 1️⃣ very - juda soΚ»zi sifat bilan birlikdagi ot oldidan kelganida uning oldidan noaniq artikl qoΚ»llaniladi. Bu yerda very daraja-miqdor ravishi hisoblanadi. πŸ”ΈBill has bought a very expensive car. ⚠️very - naq, ayni, aynan oΚ»zi degan ma'nolarida kelganida aniq artikl bilan qoΚ»llaniladi. Bunday holatlarda very sifat so'z turkumi hisoblanadi va o'zidan keyin ot talab qiladi. πŸ”ΈYou are the very person I need. 2️⃣ most - eng degan ma'noda sifatning orttirma darajasini hosil qilganda aniq artikl bilan qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈThat was the most boring film I've ever seen. ⚠️most soΚ»zi ba'zan juda (very) degan ma'noda ham keladi. Bunday hollarda birlikdagi otlar oldidan og'zaki nutqda noaniq artikl bilan qoΚ»llanishi mumkin. πŸ”ΈIt was a most interesting story. ⚠️ most soΚ»zi koΚ»pchilik degan ma'noda ham keladi, bunday holatlarda bu soΚ»z umumiy ma'noda hech qanday artiklsiz qoΚ»llaniladi. πŸ”Έβœ–οΈMost people learn to swim at an early age. 3️⃣ Ovqatlanish paytlarini bildiruvchi dinner/lunch/breakfast/supper soΚ»zlari bilan hech qanday artikl qoΚ»llanilmaydi. πŸ”ΈTom has invited me to βœ–οΈdinner on Thusday. ⚠️ Ammo, yuqoridagi soΚ»zlar oldidan sifat qatnashib, tasvirlash qoidasi qo'llanilsa noaniq artikl qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈThey had a nice dinner at the Red Lion. πŸ”ΈI usually have a big breakfast. ⚠️ Yuqoridagi soΚ»zlar bilan aniqlovchi ibora yoki gap qatnashgan hollarda ular oldidan aniq artikl qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈThe dinner we had yesterday was great. (we had yesterday - aniqlovchi gap) 4️⃣ Kun paytlarini bildiruvchi dawn/sunrise/sunset/dusk/midnight/night soΚ»zlari at predlogi bilan qoΚ»llanilganda hech qanday artikl qo'llanilmaydi. βœ… at dawn - erta tongda βœ… at sunrise - kun chiqqanda βœ… at noon - tushlikda βœ… at sunset - kun botganda βœ… at night - tunda ⚠️ morning/afternoon/evening/night soΚ»zlari in predlogi bilan qoΚ»llanilganda odatda aniq artikl bilan qoΚ»llaniladi. βœ… in the morning - ertalab βœ… in the afternoon - tush paytda βœ… in the evening - kechqurun βœ… in the night (during the night) - tunda, tun davomida ⚠️ Yuqoridagi soΚ»zlardan oldin sifat va on predlogi kelganda, ular oldidan birlikda noaniq artikl qoΚ»llanishi mumkin. βœ… on a rainy morning - yomg'irli tongda βœ… on a rainy night - yomg'irli tunda 5️⃣ Fasllar umumiy ma'noda qoΚ»llanilganda ular oldidan hech qanday artikl qoΚ»llanilmagani ma'qul. πŸ”ΈBirds migrate in βœ–οΈautumn and in βœ–οΈspring. ⚠️Agar joriy yilning yoki biror bir aniq yilning bahori/yozi/kuzi/qishi nazarda tutilgan hollarda fasllar nomlari oldidan aniq artikl qoΚ»llanadi. πŸ”ΈThe winter was cold this year. πŸ”ΈI am going to have a long holiday in the summer. (this summer) ⚠️ Agar fasllar oldida sifat qatnashgan boΚ»lsa, birlikda noaniq artikl qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈIt was a cold winter. ❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2 215
19
πŸ“–Dars #116 Artikl qo'llashning aralash holatlari (I qism) ✳️ Ingliz tilida ba'zi so'zlar bilan artikl qo'llashning har xil qoidalari mavjud, bu ularning qaysi ma'noda yoki vazifada qo'llanayotganiga bog'liq. 1️⃣Ingliz tilidagi quyidagi soΚ»zlar oΚ»z vazifasidan kelib chiqib qoΚ»llanilganda hech qanday artikl qoΚ»llanilmasligi lozim. βœ… university - universitet βœ… college - kollej βœ… school - maktab βœ… prison - turma βœ… hospital - kasalxona βœ… church - cherkov βœ… court - sud ✳️Masalan, quyidagi iboralarda bu soΚ»zlar oΚ»z vazifadan kelib chiqib qoΚ»llangan: β–ͺ️go to βœ–οΈschool/βœ–οΈuniversity/βœ–οΈcollege - maktab/universitet/kollejga oΚ»qishga bormoq β–ͺ️be at βœ–οΈschool/βœ–οΈuniversity/βœ–οΈcollege - maktab/universitet/kollejda oΚ»qishda boΚ»lmoq β–ͺ️be in βœ–οΈprison/be sent to βœ–οΈprison - jinoyat qilganlik uchun qamoqda boΚ»lmoq/qamoqqa yuborilmoq β–ͺ️go to βœ–οΈchurch - ibodat uchun cherkovga bormoq va hakozolar. πŸ”Έ Bill is ill in βœ–οΈhospital. πŸ”ΈWhen I leave βœ–οΈschool, I want to study engineering at βœ–οΈuniversity. ⚠️ Yuqoridagi soΚ»zlar oΚ»z vazifasida emas, bino yoki joy sifatida qoΚ»llanilganda artiklning umumiy qoidasi qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈExcuse me, how can I get to the university? (shahardagi universitet binosi) πŸ”ΈSarah is a nurse. She works at the hospital. (kasalxona uning ish joyi) πŸ”ΈThe workmen went to the church to repair the roof. (shahardagi cherkov binosi) 2️⃣ work -ish, home - uy, bed - yotoq soΚ»zlari ham odatiy, oΚ»z ma'nosida qoΚ»llanilganda artikl olmaydi. Quyidagi iboralarni yodlab oling: βœ… be at work βœ… start work βœ… finish work βœ… go to work βœ… be at home βœ… come home βœ… arrive home βœ… get home βœ… go to bed βœ… in bed πŸ”ΈI like reading books in βœ–οΈbed. πŸ”ΈIs Tom at βœ–οΈhome? No, he is at βœ–οΈwork. ⚠️Yuqoridagi soΚ»zlardan bed soΚ»zi krovat (jihoz) sifatida tushunilganda, artiklning umumiy qoidasiga binoan qoΚ»llaniladi . πŸ”Έ I enjoy sleeping on a soft bed. (tasvirlash qoidasi) πŸ”ΈHe sat on the bed and began his story. (xonadagi aniq krovat) 3️⃣ Musiqa instrumentlari nomlari oldidan, agar ular oΚ»z vazifasida qoΚ»llanilganda, aniq artikl qoΚ»llaniladi. β–ͺ️the piano/the guitar/the flute/the trumpet πŸ”Έ Can you play the piano? 4️⃣ Axborot manbasi sifatida radio, Internet soΚ»zlari aniq artikl, television (TV) soΚ»zi hech qanday artiklsiz qoΚ»llaniladi. βœ… to listen to the radio - radio tinglamoq βœ… on the radio/Internet - radioda/Internetda βœ… to watch TV - televizor koΚ»rmoq βœ… on TV - televizorda πŸ”ΈI enjoy listening to the radio in the evenings. πŸ”ΈWhat's on βœ–οΈTV today? ⚠️ Ammo bu otlar jihoz sifatida umumiy qoidaga koΚ»ra qoΚ»llaniladi. πŸ”ΈCan you turn off the TV? (xonadagi televizor jihozi) 5️⃣ Quyidagi soΚ»zlar the...of+noun birikmalarida aniq artikl bilan qoΚ»llanadi: β–ͺ️back/beginning/bottom/end/middle/side/top/front πŸ”ΈThere was a table in the middle of the room. πŸ”ΈWe are leaving for London at the beginning of July. ⚠️Biroq from βœ–οΈbeginning to βœ–οΈend - boshidan oxirigacha, in βœ–οΈfront of - oldida iboralari artiklsiz qoΚ»llanadi. ❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2 299
20
πŸ“–Dars #115 Artiklsiz qo'llaniladigan turg'un birikmalar (II qism) ✳️ Quyidagi birikmalar ingliz tilida artiklsiz qo'llaniladi. Ularni bilish testlarni ishlashda juda foydali hisoblanadi. βœ… for hours/ages - soatlab/ koΚ»p vaqtdan beri βœ… for sale - sotuvda βœ… from head to toe - boshidan oyog’igacha βœ… live from hand to mouth - qiyinchilikda yashamoq βœ… from head to foot - boshidan oyog’igacha βœ… from memory - esdan βœ… at last - nihoyat βœ… from side to side - u yoqdan bu yoqqa βœ… get into trouble - muammoga duch kelmoq βœ… out of mind - esdan chiqqan βœ… beyond understanding - tushunish qiyin βœ… out of sight - koΚ»zdan yiroqda βœ… hand in hand - qoΚ»lma qoΚ»l βœ… have breakfast - nonushtda qilmoq βœ… have lunch - tushlik tanovul qilmoq βœ… have fun - maza qilmoq βœ… in case - har ehtimolga qarshi βœ… in cash - naqd pulda βœ… in connection with - bog’liq βœ… in contact with - aloqada βœ… in detail - atroflicha βœ… in fact - haqiqatda βœ… in search of - qidirib βœ… It’s high time - vaqti boΚ»ldi βœ… it’s fun - maza, zoΚ»r βœ… lose control - nazorat qoΚ»ldan chiqmoq βœ… on behalf of - nomidan βœ… on foot - piyoda βœ… on fire - yong’inda βœ… at hand - yonida βœ… on holiday - ta’tilda βœ… on business - ish bilan βœ… for pleasure - dam olish uchun βœ… out of breath - halloslab qolgan βœ… out of control - nazoratsiz βœ… pay attention to - e’tibor bermoq βœ… step by step - qadam baqadam βœ… day by day - kundan kunga βœ… take offence - hafa boΚ»lmoq βœ… take action - chora koΚ»rmoq βœ… in practice - amalda ❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #2025 #newlessons πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2 539