cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

English worksheets

Here one can find different English worksheets, teaching materials, methods and games Creator: @Nafisa_Ortiqova Kanal haqida fikr-mulohazalar bu yerda: @feedback_english_worksheets Ma'lumot olayotganda kanal linki va mualliflikka xiyonat qilmang!

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
12 965
Obunachilar
-1524 soatlar
-767 kunlar
-14330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

🧨💰 🔤🔤🔤kursiga sahiy chegirma! 😀TKT instructor Dilfuza Tojiyevaning navbatdagi TKT Module 1/2/3 online kursini katta chegirmada - 300 ming emas, balki atigi 200 ming so'm evaziga o'qish imkoningiz bor. 🗓Boshlanadi: 15-IYUL Bizning tutor: C1 holder; TKT o'qitish bo'yicha 2 yillik tajribaga ega; Xalq ta'limi a'lochisi, Vazir ustamasi sohibasi 🎯Kurs o'z ichiga oladi: ✔Har kunlik darslar; ✔Istalgan vaqtda o'zlashtirish imkoni; ✔Maxsus darslik asosidagi atamalar, kalit tushunchalar izohi; ✔Mavzular boʻyicha mashq va testlar tahlili; ✔Quiz mock testlar 🎁Bonus sifatida 3 ta modul bo'yicha test tahlil kanallar linki hadya qilinadi. ➡️Demo dars namunasi ➡️Natijalarimiz bu yerda ✉️Kursga yozilish uchun adminstrator: @Nafisa_Ortiqova Bizning kanal👉@dilfuzawithtkt Hamda👉@english_worksheets_more
Hammasini ko'rsatish...
👍 12
🔥🔥🔥🔥TKT kursimizga mega-pega chegirma qilish rejasidamiz, kim o'qiydi? O'zi TKT olmagankar qoldimikan?😄
Hammasini ko'rsatish...
👍 15🔥 1
Ustozlar, bahorgi attestatsiyada kimda tayyorlandingiz? Hozirdan tayyorlanmoqchi bo‘lganlarga kimni tavsiya etasiz?
Hammasini ko'rsatish...
👍 19 2🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum! Hayrli kun! Kelinglar, bugun bitta eng yaqin insonimizga yoki bizga muxtoj bo‘lib turgan insonga chiroyli sms yozib yuboramiz. Smsingizni skrinshot qilib izohlarda qoldiringchi, qay darajada kayfiyat ulasha oldingiz ekan? Mening smsimni ham izohlardan topasiz.
Hammasini ko'rsatish...
👍 15 4
🍃🍃"Yaproqlar"🍃🍃 ✍Iroda Umarova she'ri 🎙Nafisa Ortiqova ijrosi Negadir yoz yomg'irini sog'indim...🌦 @english_worksheets_more
Hammasini ko'rsatish...
Yaproqlar.mp31.04 MB
40👍 8🤔 1
Shu yoz ikkinchi mutahassisligim - jurnalistikadagi (O'zJOKU) ta'limim ham nihoyasiga yetadi. Bu hafta, inshaAlloh, so'nggi imtihonlarim bor... Bolalikdagi bir orzu ro'yobi amalga oshadi... O'ylab turib, esimga tushgan ijod mahsullarimni jamlab qo'ygim keldi. Shu kungacha yozgan maqolalarim asosan, "Ma'rifat", "Mahoratli pedagog", "Jamiyat", "Nuroniy", "Gvardiya" kabi nashrlarda chiqqan, qolgan kichik ijodlarim - postlarimni deyarli shu kanalda berib borganman. Kamtarona yoziqlarim kimgadir taskin, turtki, ilhom manbai bo'lsa, demak "bekor o'qimabman shu sohada" degan o'yda xursand yuraman!
Hammasini ko'rsatish...
👍 102🥰 11🔥 9
Hammasini ko'rsatish...
English worksheets

Imtihonga "qurollanib" kiring! 🧐Hech tajribadan o'tkizganmisiz, yosh farzandlarimiz, jiyanlarimiz qo'lida tutgan idishga qarab "hozir shuni sindirib yuboradi-da" deb o'ylaymiz. Va zum fursatda o'sha idish chilparchin bo'lgan holatlar shaxsan o'zimda ko'p sodir bo'lgan. 🧠Ozmi-ko'pmi atrofdan o'rgangan psihologik bilimlarim natijasida shunday qarorga keldim: ong osti fikr kuchi bor narsa va u ko'p holatlarda bizni g'olib yoki mag'lub bo'lish tomon boshlaydi. 🫵Har qanday imtihonga tayyorlanar ekansiz, practise qilish bilan birga psihikangizni ham baquvvat, dadil bo'lishiga tayyorgarlik ko'ring. O'zingizga ishoning va bir qator affirmatsiyalarni ong ostingizga singdiring: 💪Shuncha bilim oldim, shuncha tayyorgarliklar qildim, demak ko'zlangan natijaga erishishga, inshaalloh, haqliman! Munosibman! 💪Qo'rquv tayyorgarlik ko'rmagan tajribasizlarda bo'ladi, men esa tajribaliman! 🤲Har doim ota-onangizning duolarini oling. Duolarning eng kuchlisi va samimiysi ularniki. Imtihon oldidan huzurlariga borib yoki ularga…

👍 25 1
Imtihonga "qurollanib" kiring! 🧐Hech tajribadan o'tkizganmisiz, yosh farzandlarimiz, jiyanlarimiz qo'lida tutgan idishga qarab "hozir shuni sindirib yuboradi-da" deb o'ylaymiz. Va zum fursatda o'sha idish chilparchin bo'lgan holatlar shaxsan o'zimda ko'p sodir bo'lgan. 🧠Ozmi-ko'pmi atrofdan o'rgangan psihologik bilimlarim natijasida shunday qarorga keldim: ong osti fikr kuchi bor narsa va u ko'p holatlarda bizni g'olib yoki mag'lub bo'lish tomon boshlaydi. 🫵Har qanday imtihonga tayyorlanar ekansiz, practise qilish bilan birga psihikangizni ham baquvvat, dadil bo'lishiga tayyorgarlik ko'ring. O'zingizga ishoning va bir qator affirmatsiyalarni ong ostingizga singdiring: 💪Shuncha bilim oldim, shuncha tayyorgarliklar qildim, demak ko'zlangan natijaga erishishga, inshaalloh, haqliman! Munosibman! 💪Qo'rquv tayyorgarlik ko'rmagan tajribasizlarda bo'ladi, men esa tajribaliman! 🤲Har doim ota-onangizning duolarini oling. Duolarning eng kuchlisi va samimiysi ularniki. Imtihon oldidan huzurlariga borib yoki ularga qo'ng'iroq qilib siz uchun muhim kun ekanligini ayting. Duolari sizga qo'rg'on bo'ladi, inshaalloh. Duolar ham ruhiyatingizga ilhom manbai. 🤝 Imom Buhoriy 4 dona bo'lsa ham hadis aytib bergan ustozining hurmatini umri so'ngigacha joyiga qo'ygan ekanlar. Siz ham ustozingizni rozi qiling, vaqti-vaqti bilan ularni e'tirof eting, boshqa ilmtalablarga tavsiya qiling. Imtihon oldidan ustozingizning ham duosini olishni unutmang! 🙏Imtihon oldidan arazlashgan, ranjitgan insonlaringizdan uzr so'rash, tushunmovchiliklarni oydinlashtirib olish faqatgina sizning foydangizga xizmat qiladi - hotirjam bo'lasiz! Hotirjam miyada esa - ikkilanishlar bo'lmaydi. 🫳Shuningdek, imtihon oldidan masjidgami, atrofingizdagi miskinlargami imkoningiz qadar ehson chiqarishga odatlaning. Bu ham tajribalardan o'tgan muvaffaqiyat kaliti. Ehsonning mukofoti - ehson-ku! 👂Iloji bo'lsa, imtihonga kirishingiz haqida siz bilan munosabati samimiy bo'lmagan insonlar bilmasa yaxshi, chunki tilida omad tilagan bilan dilida salbiy o'y aylanayotgan bo'lishi mumkin. Yaxshisi, ular faqatgina yaxshi natijaga erishganingiz haqidagi xabardan "kuya qolishsin"😁 Yuqoridagi tavsiyalarga imkon qadar amal qiling. Sizning psihik bardamligingiz faqatgina o'zingizning foydangiz uchun kerak, salbiy energiyalardan uzoq bo'lishga intiling, siqilsangiz " "La-la-la" deb bilgan kuyingizni chaling😄. Ha, aytgancha, har bir erishgan yutug'ingiz uchun o'zingizga rag'bat va'da qiling. Masalan, "attestatsiyadan o'tib olsam o'zimga yangi ko'ylak sovg'a qilaman"😜 deng. Multileveldan ham o'tib olsam, shu postni yozgan Nafisaxonga bitta snikers oberaman deyish ham rejangizga kirsin-a? 😉 (hazil) Aziz obunachilarim, barchangizga omad yor bo'lsin! Yutuqlaringiz yutuqlarga ulansin! ©Nafisa Ortiqova @english_worksheets_more
Hammasini ko'rsatish...
👍 109 15🥰 10🔥 5👏 2
Dardingizni dasturxon qilib qo'yibman-ku, reaksiya bosgan qo'llaringdan! Ahaaayt!😄
Hammasini ko'rsatish...
🔥 115 20👍 15😁 8👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
😁 235👍 45🥰 8🔥 5🤔 3😢 2👏 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.