Umar Sadullayev | Blog
Kanalga Telegram’da o‘tish
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
Ko'proq ko'rsatish5 109
Obunachilar
-924 soatlar
-287 kun
-12730 kun
Postlar arxiv
Sun’iy intellekt bo’yicha doimiy yangiliklarni qayerdan o’qiyapsiz?
Izohga yozib keting, kimga qiziq bo’lsa foydalanadi.
#si
@UmarSadullayev
"React.js esingizdami? Shu tugatilibdi..." — deb gap boshlaymi?)
#hazil
@UmarSadullayev
Deno.js esingizdami? Shu tugatilayotgan ekan.
Sababi butun jamoa Cloudflare tomonidan ishga olinibdi.
Ha mayli, real loyihada ishlatishga ulgurmagandik baribir 😅
#deno
@UmarSadullayev
Marketpleyslarni kallasi ishlasa foydalanuvchi yig'ib olishni ayni payti kecha va hozir edi.
#uzum
@UmarSadullayev
AI -> SI
Qanchalik uddalashar ekan AI ismini o'zgartirishni?
Elon Musk ham SpaceX AI'ni SpaceX SI deb nomlabdi.
O'zbeklar tortishmasin deyishdimikin yoki?
#ai #si
@UmarSadullayev
Bunga bir necha sabablar bor ekan.
Eng muhim ikkitasi:
1. Boshida kod yozishdan oldin berilgan Context, review payti berilmasligida. Ficha haqida bergan "spec"ni review payti ham bering. Reviewer nimani tekshirayotganini bilsin.
2. Agent fichada yozilgan har bir yechimni nega yozilganini va to'liq maqsadini yozib borishi va Reviewer'ga shu faylni ham qo'shib topshirish. Istasangiz fayl emas, har bir block kod uchun "context-rich comments" yozdirib borish ham yaxshi yechim. Review tugagandan so'ng esa xohlang izohlarni o'chirib tashlang, xohlang qoldiring va xohlang o'chirib, kerakli qismlarini alohida faylga "ficha" haqida ma'lumot sifatida qo'shing.
#ai
@UmarSadullayev
Sizlar ham sezasizlarmi? Istalgan AI Agent'ga birinchi safar kattaroq kodingizni "review" qildirsangiz doim xato topadi 😄
Uni olib boshqa agentga bersangiz, u ham topadi. Hech ko'rmadim bittada "Xato topolmadim" — deganini. Instruksiyalarini yaxshilab tekshirib chiqaman shekilli.
#ai
@UmarSadullayev
Nima deb o'ylaysizlar, bizda oylikdan ko'ra shaxsiy missiya va ishdagi o'zining jamiyatiga ta'siriga(impact) qarab ish tanlaydiganlar qanchalik ko'p va qachon bu son oshishi mumkin?
#fikr
@UmarSadullaeyv
Repost from Paiziev24
Kecha safarim davomida Susan ning Stanford GSB’dagi suhbatini tingladim. U DOJ’da — AQSh Adliya vazirligida ishlagan davrini eslab, yosh data scientistlarni davlat sektoriga jalb qilish unchalik qiyin bo‘lmaganini aytadi.
Yosh mutahassislarning ko‘pchiligini faqat maosh emas, qilayotgan ishining ma’nosi va jamiyatga ta’siri motivatsiya qilgan. Ular shunchaki ma’lumotlarni tahlil qilishni emas, balki muhim qarorlar qabul qilinishida bevosita ishtirok etishni xohlashgan.
Menimcha, jamiyat boyib, odamlarning bazaviy ehtiyojlari tobora ko‘proq qondirilgani sari, faqat oylikka qarab ish tanlamaydigan, o‘ziga yaqin missiya va mazmun izlaydigan yoshlar kogortasi ham kattalashib boradi.
Bunday avlod uchun “qancha to‘lashadi?” dan ko’ra, men qanday o’zgarish qila olaman degan savol muhimroq bo’ladi.
http://youtu.be/lNsl76AD1kE
@paiziev24
+1
Juda o'xshash rasmlar a?
#hazil
P.s: Sonnet 5.5 chiqibdi.
@UmarSadullayev
Repost from Umar shares
Ba'zi "muommo"lar siz e'tibor berganingiz uchungina mavjud.
#fikr
@umar_shares
Qani boost qilib ko'raylikchi, kanalda reklamalarni o'chira olamizmikan. Qimor reklamalari chiqayotgan ekan Telegram tomonidan.
https://t.me/UmarSadullayev?boost
#boost
@UmarSadullayev
Suhbat tugadi, qatnashganlarga rahmat.
Qiziq bo'lsa yozib olingan audiosi mana 👆
#askMeAnything
@UmarSadullayev
Eng qiziq va foydali savol egasiga Hacker'lik bo'yicha 2 ta kitob sovg'asi bor. Saud aka bergan kitoblardan ozgina qolgan edi.
*Toshkent bo'yicha
#sovga
@UmarSadullayev
"Ask me anything" qilamizmi bugun?
Soat 21:00'da shu kanalimizda Jonli efir ketadi. Xudo xohlasa. Savollarni faqat yozma ravishda shu post ostiga qoldiring.
#ama
@UmarSadullayev
Yaxshi yangilik ham bor.
Notarius deb nimani qistirib ketganimni sezdingiz a?)
Uy oldik, Xudoga shukur. Qarashgan hammaga rahmat. Ko’chishni reja qilyapmiz 1 haftadan keyin.
Shu paytgacha blog yuritib kelyapman va deyarli toza “donat” qilishga targ’ib qilmagan ekanman.
Hozir ayni kerak payti. Uyga kerakli jihozlar olish uchun “donat” qilsangiz yo’q demasdim ;)
Karta raqamim.
5614 6885 1817 9907
500 ta odam 15mingdan tashlasangiz ancha ishim bitadi Xudo xohlasa 😁
Rahmat ;)
#uy
@UmarSadullayev
Lekin tan ham olish kerak O'zbekiston davlat xizmatlarini raqamlashtirishda juda ham oldinga chiqib ketdi. Uncha-muncha davlatda hali my.gov.uz kabi gigant loyihalar yo'q.
Gap yo'q bu tomonimizga. Endi sal sekinlashib sifatni ham parallel olib ketsak bo'ldi 🙂
#fikr
@UmarSadullayev
