ch
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

前往频道在 Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

显示更多
5 045
订阅者
-424 小时
-57
-3830
帖子存档
Sara deb nomlangan loyiha bor ekan bu bo'yicha. Ishlatib ko'ryapman. Yaxshiga o'xshayapti. Qiziqqanlar shuni ishlatib tursa bo'ladi 🙂 Meni dasturim PWA bo'lib chiqadi baribir, App store'ga qo'yishni ishi ko'p. #youtube @UmarSadullayev

Farzandingiz yoki jiyaningiz bormi? Sizda ham quyidagicha muommomi? — Youtube'dan video qo'yib berasiz, ozgina vaqt o'tib boshqa ahmoqona videolarga kirib ketgan bo'ladi. Biroz oldin shu muommoga yechim sifatida kichik va juda sodda dastur qilishni boshladim. Ancha qismi bitdi. Buyerda ota-ona Youtube'dan faqatgina o'zi tanlagan multfilmlarinigina ko'rsatadi. Bola ham dastur ichida faqat oldindan tanlangan videolarni ko'radi. Bugun e'lon qilaman, bemalol ishlatsangiz bo'ladi, Xudo xohlasa. Sizga qiziqmi? Ishlatgan bo'larmidingiz? #youtube @UmarSadullayev

Repost from MJ
Octane.js jamoasida o'zbek dasturchi ishlashini bilarmidingiz? Men Diyorbekning o'zlaridan eshitib hayron qoldim 🤯 https://t
Octane.js jamoasida o'zbek dasturchi ishlashini bilarmidingiz? Men Diyorbekning o'zlaridan eshitib hayron qoldim 🤯 https://t.me/Diyorbekk_dev/1058

Chuchvara otmen. Enterprise plan ekan. Bunda 100$'lik subscribtion kabi hisoblanmas ekan ko'p narsa. 1 soatga bormay 10$ ishl
Chuchvara otmen. Enterprise plan ekan. Bunda 100$'lik subscribtion kabi hisoblanmas ekan ko'p narsa. 1 soatga bormay 10$ ishlatdim deyarli. Nimadir neto. Bilgichlar bormi? #claude @UmarSadullayev

Ishxonadan 100$'lik Claude Code obunasini berishdi. Loyihalarini qayta yozib bersammikan a rahmatiga? 😂 #claude #hazil @UmarSadullayev

Hozir tahminan hisoblasam jami 900’ga yaqin insonga ta’lim bergan ekanman. Shulardan 250’ga yaqini jonli ravishda dars olgan. 400’ga yaqini nafari pul to’lab videodarslar olgan. Mentor sifatida har birini erishgan natijalari men uchun juda qiziq bo’lgan. Kanalda shu insonlardan kim bo’lsa, shu post tagiga natijalaringizni yoza olasizmi? Bu hech qanday marketing usuli emas, o’zimga qiziq 🙂 #natija @UmarSadullayev

Loyihadagi kodlarni toza saqlang. Hokim tekshirishi mumkin. #tanqid @UmarSadullayev

Xaridor topib berganga 500$ bonusi bor aytgancha 🙂

Uy sotiladi. Xonsaroy Ocean majmuasi Turkiston metroga 5-10 daqiqalik yo'l. Karobka holatda. Dizayn bonusga beriladi. 3 xona
+2
Uy sotiladi. Xonsaroy Ocean majmuasi Turkiston metroga 5-10 daqiqalik yo'l. Karobka holatda. Dizayn bonusga beriladi. 3 xona qilish imkoni bor. Planirovka: 90 kvadrat. 74m + 16m kvadrat balkon. “Skvaznoy” planirovka Qavati: 8-qavat, 16-qavatli uy. Narxi: 63.900$ (Kanaldagilarga kelishtirib beramiz 😉) Telefon raqam: 88 920 16 22 Telegram: @Umar_Sadullayev

Bugun Ikrom Sharif ustoz ajoyib suhbat qilib berdilar. Alloh rozi bo’lsin u kishidan. #ustoz @UmarSadullayev
Bugun Ikrom Sharif ustoz ajoyib suhbat qilib berdilar. Alloh rozi bo’lsin u kishidan. #ustoz @UmarSadullayev

Ko'ryapsizki Sun'iy intellekt arxitektura va sistema dizaynida hali ham oqsamoqda. O'zbek Frontend dasturchilarida esa bu ikk
Ko'ryapsizki Sun'iy intellekt arxitektura va sistema dizaynida hali ham oqsamoqda. O'zbek Frontend dasturchilarida esa bu ikkisini chuqur o'rganish uchun tanlov ham bor. Qanday tanlov deysizmi? Frontend arxitektura videodarslari, albatta 🌚 🎁 Chegirma kerakmi? 6-avgustgacha Classic va Pro tariflariga naqd 30% chegirma ham beramiz. ℹ️ Batafsil: https://telegra.ph/Frontend-arxitektura-kursi-08-15 📲 Bog'lanish uchun: @vector_academy_admin Bizga bo'glanib, birinchi darsni bepulga oling. Darslar yoqsa to'liq to'lov qilasiz 🤝 #architecture @UmarSadullayev

Sun'iy intellekt hali beri qilolmaydigan ishlarni kommentda yozib keting ⬇️ #ai @UmarSadullayev

Ish qidirayotganlarga mana statistika 🙂 Linkedin kutganimdek avvalgidan ancha-muncha sustlashgan. Referral kuchliroq o'ringa o'tgan. To'g'ridan-to'g'ri "Apply" qilib ishga kirish doimgidek 50/50 o'xshashi. #ish @UmarSadullayev

Biznes yo startup qurishda "Bu aniq o'xshaydimi?" emas, "O'xshash ehtimoli qanchalik baland?" — deb fikrlashadi. #fikr @UmarSadullayev

TOP 1% dasturchilarni qolganlardan nima ajratib turadi deb o'ylaysiz? #fikr @UmarSadullayev

Bitta yechim? O'zimda sezib qoldim, balki sizlarda ham shundaydir. Oldimizga kattaroq muommo chiqsa, bitta katta yechim bilan hal qilishga harakat qilar ekanman. Lekin har doim ham muommolar bitta qadam bilan hal bo'lmasligini unutib qo'yibman. Ba'zan, yechimlar qismlarga bo'lingan qadamlar yig'indisi bo'lishi ham mumkin ekan. Demak, hamma muommolarni bitta katta qadam bilan emas, kichik qadamchalar bilan ham hal qilsa bo'ladi va ba'zan bu yagona to'g'ri chora bo'ladi. #fikr @UmarSadullayev

Tepadagi post ko’pchilikka atalgan. Ammo hammaga emas. Emotsional intellekt xohlaysizmi yo’qmi 90-95% yoshlarda to’liq yetilmaydi. Bunday yoshda atrofdagilarni undovi bilan moliyaviy yutuqlarga erta harakat qilish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Endi normalarga kelsak, yoshni norma qilish aslida xato ekanini hammamiz bilamiz. Lekin shunday narsalar borki, jamiyatimizda norma tusiga kirgan. Masalan 18 yoshda farzand ko’rish yoki uy sotib olish bizni jamiyatda normami? Norma emas. Ammo, hammaga ham bu norma amal qiladimi? Yo’q. 90-95% yoshlarga amal qiladi deb o'ylayman. Endi ana shu 90-95% yoshlarga meni fikrimcha normalar quyidagilar: 1. Uylanish - kamida 22-23 yoshdan oshgan bo'lish. Buyerda emotsional intellektni roli katta. 2. Uy va mashina sotib olish - 27 yoshgacha o’ylamasangiz ham bo’ladi. Sharoit taqozo qilsa ertaroq yoki kechroq. Eng muhimi bu hayotingizdagi eng katta moliyaviy qaror ekanini tushunish va qarorni o'zi qabul qilishi. #fikr @UmarSadullayev

"Falonchi 19 yoshida mashina oldi. Pistonchi 21 yoshida uy oldi... Sen esa hali ham..." Erta muvaffaqiyat sindromi Xalqimiz orasida yoshligidan moliyaviy nimadirlarga erishib yurgan bollarni ortiqcha maqtab, hali biror narsaga erishmaganlarni qoralash xarakteri bor. Lekin bilishmaydiki aynan ana shu insonlar ertaga hayoti davomida ko'proq qiyinchilik ko'rishi mumkinligini. Erta muvaffaqiyat ko'rgan insonlar ko'pisi mehnatga dangasa bo'lib boradi. Kichik marralardan zavq olmay qo'yadi va qarabsizki harakatdan to'xtaydi. Eng yomoni esa, atrofdagilar undan endi yanada ko'proq natija kutishadi. Aslida esa uni yoshidagilar hali bu narsalarni o'ylashi kerak emas edi. Stress olamiga erta kirgan yana bir insonni qarshi oling 🙂 Bekorga "Yaxshi ot keyin chopadi", deyilmas ekan a? Qissadan xissani aytaman: barcha narsani o'z vaqti bor. 20 yoshda oilangizni kambag'allikdan olib chiqishga majbur emassiz. Hech kim sizga erta yoshda uy yoki mashina olishingiz shart degan g'oyani singdirmasin. Aks holda ortga qaytolmaysiz. Yoshmisiz? O'qing, ilm va tajriba oling. Barcha narsani o'z vaqti bor. Qaysi natija necha yoshda erishilsa norma ekanini bilmoqchi bo'lsangiz izohda yozib qoldiring, shularga javoban post yozaman, Xudo xohlasa. #fikr @UmarSadullayev