Umar Sadullayev | Blog
Ir al canal en Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Mostrar más5 045
Suscriptores
-424 horas
-57 días
-3830 días
Archivo de publicaciones
kidtube.uz ni ancha xatolarini to'g'irladik.
Qo'shilgan va to'g'irlangan narsalar:
— Lock screen (Eng muhimi)
— Virtual scrolling
— Desktop shortcuts (Mute, Full-screen, +15/-15)
— Autoplay
— Repeat
va hokazo.
To'g'irlanishi kutilmoqda:
— Mobil ekranda Full screen kamchiliklari
— TV browseriga to'liq moslash
Youtube'da Repeat qilish yo'q. Istasangiz qandaydir audio'ni bizni saytga olib o'tib, "repeat" yoqib qo'ysangiz bo'ladi.
#kidtube
@UmarSadullayev
kidtube.uz
Buguncha shularni tugatdim.
Istalgancha video qo'shishingiz, olib tashlashingiz mumkin. Hozircha juda sodda va ishlatish oson qilingan.
PWA ham bo'lgan. Bemalol telefonga "install" qilsa bo'ladi.
Yiqqan videolaringizni boshqa qurilmaga 2 ta tugma orqali o'tkazib olsangiz bo'ladi.
Open-source. Kamchiliklari bo'lsa bemalol to'g'irlashingiz va Pull-request tashlashingiz mumkin.
Github: https://github.com/josh-developer/yt-kids
Website, mobile, tablet va TV'ga imkon qadar moslandi.
#kidtube
@UmarSadullayev
Sara deb nomlangan loyiha bor ekan bu bo'yicha. Ishlatib ko'ryapman. Yaxshiga o'xshayapti. Qiziqqanlar shuni ishlatib tursa bo'ladi 🙂
Meni dasturim PWA bo'lib chiqadi baribir, App store'ga qo'yishni ishi ko'p.
#youtube
@UmarSadullayev
Farzandingiz yoki jiyaningiz bormi?
Sizda ham quyidagicha muommomi?
— Youtube'dan video qo'yib berasiz, ozgina vaqt o'tib boshqa ahmoqona videolarga kirib ketgan bo'ladi.
Biroz oldin shu muommoga yechim sifatida kichik va juda sodda dastur qilishni boshladim. Ancha qismi bitdi.
Buyerda ota-ona Youtube'dan faqatgina o'zi tanlagan multfilmlarinigina ko'rsatadi. Bola ham dastur ichida faqat oldindan tanlangan videolarni ko'radi.
Bugun e'lon qilaman, bemalol ishlatsangiz bo'ladi, Xudo xohlasa.
Sizga qiziqmi? Ishlatgan bo'larmidingiz?
#youtube
@UmarSadullayev
Repost from MJ
Octane.js jamoasida o'zbek dasturchi ishlashini bilarmidingiz?
Men Diyorbekning o'zlaridan eshitib hayron qoldim 🤯
https://t.me/Diyorbekk_dev/1058
Chuchvara otmen. Enterprise plan ekan. Bunda 100$'lik subscribtion kabi hisoblanmas ekan ko'p narsa.
1 soatga bormay 10$ ishlatdim deyarli.
Nimadir neto. Bilgichlar bormi?
#claude
@UmarSadullayev
Ishxonadan 100$'lik Claude Code obunasini berishdi.
Loyihalarini qayta yozib bersammikan a rahmatiga? 😂
#claude #hazil
@UmarSadullayev
Hozir tahminan hisoblasam jami 900’ga yaqin insonga ta’lim bergan ekanman.
Shulardan 250’ga yaqini jonli ravishda dars olgan. 400’ga yaqini nafari pul to’lab videodarslar olgan.
Mentor sifatida har birini erishgan natijalari men uchun juda qiziq bo’lgan.
Kanalda shu insonlardan kim bo’lsa, shu post tagiga natijalaringizni yoza olasizmi? Bu hech qanday marketing usuli emas, o’zimga qiziq 🙂
#natija
@UmarSadullayev
Loyihadagi kodlarni toza saqlang. Hokim tekshirishi mumkin.
#tanqid
@UmarSadullayev
+2
Uy sotiladi.
Xonsaroy Ocean majmuasi
Turkiston metroga 5-10 daqiqalik yo'l.
Karobka holatda.
Dizayn bonusga beriladi. 3 xona qilish imkoni bor.
Planirovka: 90 kvadrat. 74m + 16m kvadrat balkon. “Skvaznoy” planirovka
Qavati: 8-qavat, 16-qavatli uy.
Narxi: 63.900$ (Kanaldagilarga kelishtirib beramiz 😉)
Telefon raqam: 88 920 16 22
Telegram: @Umar_Sadullayev
Bugun Ikrom Sharif ustoz ajoyib suhbat qilib berdilar.
Alloh rozi bo’lsin u kishidan.
#ustoz
@UmarSadullayev
Ko'ryapsizki Sun'iy intellekt arxitektura va sistema dizaynida hali ham oqsamoqda.
O'zbek Frontend dasturchilarida esa bu ikkisini chuqur o'rganish uchun tanlov ham bor. Qanday tanlov deysizmi?
Frontend arxitektura videodarslari, albatta 🌚
🎁 Chegirma kerakmi? 6-avgustgacha Classic va Pro tariflariga naqd 30% chegirma ham beramiz.
ℹ️ Batafsil: https://telegra.ph/Frontend-arxitektura-kursi-08-15
📲 Bog'lanish uchun: @vector_academy_admin
Bizga bo'glanib, birinchi darsni bepulga oling. Darslar yoqsa to'liq to'lov qilasiz 🤝
#architecture
@UmarSadullayev
Sun'iy intellekt hali beri qilolmaydigan ishlarni kommentda yozib keting ⬇️
#ai
@UmarSadullayev
Ish qidirayotganlarga mana statistika 🙂
Linkedin kutganimdek avvalgidan ancha-muncha sustlashgan. Referral kuchliroq o'ringa o'tgan.
To'g'ridan-to'g'ri "Apply" qilib ishga kirish doimgidek 50/50 o'xshashi.
#ish
@UmarSadullayev
Biznes yo startup qurishda "Bu aniq o'xshaydimi?" emas, "O'xshash ehtimoli qanchalik baland?" — deb fikrlashadi.
#fikr
@UmarSadullayev
TOP 1% dasturchilarni qolganlardan nima ajratib turadi deb o'ylaysiz?
#fikr
@UmarSadullayev
Bitta yechim?
O'zimda sezib qoldim, balki sizlarda ham shundaydir.
Oldimizga kattaroq muommo chiqsa, bitta katta yechim bilan hal qilishga harakat qilar ekanman.
Lekin har doim ham muommolar bitta qadam bilan hal bo'lmasligini unutib qo'yibman. Ba'zan, yechimlar qismlarga bo'lingan qadamlar yig'indisi bo'lishi ham mumkin ekan.
Demak, hamma muommolarni bitta katta qadam bilan emas, kichik qadamchalar bilan ham hal qilsa bo'ladi va ba'zan bu yagona to'g'ri chora bo'ladi.
#fikr
@UmarSadullayev
Tepadagi post ko’pchilikka atalgan. Ammo hammaga emas.
Emotsional intellekt xohlaysizmi yo’qmi 90-95% yoshlarda to’liq yetilmaydi. Bunday yoshda atrofdagilarni undovi bilan moliyaviy yutuqlarga erta harakat qilish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.
Endi normalarga kelsak, yoshni norma qilish aslida xato ekanini hammamiz bilamiz. Lekin shunday narsalar borki, jamiyatimizda norma tusiga kirgan.
Masalan 18 yoshda farzand ko’rish yoki uy sotib olish bizni jamiyatda normami? Norma emas. Ammo, hammaga ham bu norma amal qiladimi? Yo’q. 90-95% yoshlarga amal qiladi deb o'ylayman.
Endi ana shu 90-95% yoshlarga meni fikrimcha normalar quyidagilar:
1. Uylanish - kamida 22-23 yoshdan oshgan bo'lish. Buyerda emotsional intellektni roli katta.
2. Uy va mashina sotib olish - 27 yoshgacha o’ylamasangiz ham bo’ladi. Sharoit taqozo qilsa ertaroq yoki kechroq. Eng muhimi bu hayotingizdagi eng katta moliyaviy qaror ekanini tushunish va qarorni o'zi qabul qilishi.
#fikr
@UmarSadullayev
