Umar Sadullayev | Blog
Kanalga Telegram’da o‘tish
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
Ko'proq ko'rsatish5 130
Obunachilar
+924 soatlar
-147 kun
-1530 kun
Postlar arxiv
Google email nomingiz o'zingizga yoqmaydimi? Menga ham yoqmasdi. Ancha avval tanlagandim.
Hozir qarasam, Google email'ni o'zgartirishni ochib qo'yibdi. Eski xabarlarni yo'qotmaysiz. Kimdir eskisiga email yozsa ham yangisiga keladi.
Zo'r bo'libdi. Sizga ham kerakmidi shu narsa?
Link: https://myaccount.google.com/google-account-email
#email
@UmarSadullayev
Afsuski Anvar akani gaplarida jon bor.
Yangi o'rganayotganlar dasturlashni tashlashiga esa sabab yo'q. Kuchli raqobatdan qo'rqmasangiz davom etishingiz mumkin. Oddiy ishchi emas, butun bir loyihani bo'yinga ola-oladigan mutaxassis bo'lishga urunishingiz kerak.
Shu bilan birga, Enterprise loyihalarda dasturchilar bunchalik kamayib ketmaydi. Ya'ni bitta dasturchiga topshirib qo'yilmaydi katta million dollarlik foyda olib kelayotgan loyihalar.
Loyiha qancha katta daromad qilsa, uni ortidagi jamoa shunchalik muhim bo'ladi va rollar shuncha ko'p bo'ladi. Demak, bizga o'z yo'nalishida expert bo'lgan dasturchilar ham, hamma yo'nalishda AI orqali loyiha qura oladigan universal dasturchilar ham kerak.
#fikr
@UmarSadullayev
Yaqin yillarda AI’ga “Who is JSON?” — kabi savollar ko’paysa kerak.
#hazil
@UmarSadullayec
Yandex ML School Uzbekistan ikkinchi oqim uchun darslarni boshladi
O‘zbekistonda mashinali o‘rganish sohasida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan Yandex ML School dasturining ikkinchi oqimi boshlandi.
Bu yil dasturda ishtirok etish uchun 2000 dan ortiq ariza kelib tushdi. Saralash natijalariga ko‘ra, 31 nafar nomzod qabul qilindi.
Dastur ikki semestrga mo‘ljallangan va to‘liq bepul.
📚 Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarni o‘rganadi:
• matematika va statistika;
• algoritmlar va ma’lumotlar tahlili;
• mashinali o‘rganish;
• ML modellarini amaliyotda qo‘llash.
👉 Dasturda amaliy loyihalar, vorkshoplar va musobaqalar ham o‘rin olgan.
👍 Birinchi oqim bitiruvchilari allaqachon mamlakatdagi texnologik va moliyaviy kompaniyalarda ishlamoqda.
"System design" bo'yicha kurs qidirib yurganlar bo'lsa, pastda bitta kursga link qoldiraman.
Mani kanalimdan kelganingizni aytsangiz chegirma qilib berilar ekan. Promokod:
UMAR_S_PROMO
Link: https://tizimdizayni.vercel.app
P.s: Reklama sifatida ulashildi. Kurs haqida chuqur tanishib chiqa olmadim. Mavzulariga qaraganda yaxshi narsalar va'da qilinyapti.
#reklama
@UmarSadullayevSuhbat tugadi.
Qatnashgan hammaga rahmat. Xususan, mehmonimiz Ravshan Samandarovga. (@dev_thinking_loud)
Gaplashilgan mavzular:
1. Tanishtiruv
2. AI'dan qanday foydalanyapsiz?
3. Kompaniya AI apply qilish
4. AI narxlari
5. SDD — Spec-driven-development
6.. Software Engineering endi yo'qmi?
7. Oddiy xalqqa AI engineer bo'lishni o'rgatsa bo'ladimi?
Link: https://www.youtube.com/live/-qCchnMA9UU
#ntPodcast
@UmarSadullayev
Oddiy xalqqa AI Engineering kasbini o'rgatish to'g'rimi?
Shu haqida gaplashamiz, kiring.
Dasturchilar endi qaysi tomonga yurishi kerak?
Shu mavzuni boshlayapmiz, qo'shiling.
https://www.youtube.com/live/-qCchnMA9UU
Suhbat manzili o'zgardi. 21:00 da Youtube'ga kiramiz.
Link: https://www.youtube.com/live/-qCchnMA9UU
Mavzular:
Spec-driven-development, AI kasblar haqida ma'lumot va shu kabi boshqa mavzular
#podcast
@UmarSadullayev
NT Podcast #1
Mehmon: Ravshan Samandarov (@dev_thinking_loud)
Mavzu: AI haqida istalgan mavzuda gaplashamiz. Savollarni yozib qoldiring.
Soat: 21:00
Manzil: @UmarSadullayev
#ntPodcast
@UmarSadullayev
Nom topishib yuboringlar shu seriyalarga 🙂
Asosan AI, bozor, yangi bilimlar va kasblar haqida bo'ladi mavzular.
#suhbat
@UmarSadullayev
Yangilik
Kanalimizda har xil texnik mavzularda chaq-chaqlashish uchun kichik suhbatlar uyushtirishni boshlaymiz, Xudo xohlasa.
Bugunga mehmonimiz bor.
Topingchi kim?
#suhbat
@UmarSadullayev
2026-yil 22-noyabrgacha AI Analytics Weekʼga ulgurib qoling!
Yandex School of Data Analysisʼdan bepul onlayn-intensiv AI Analytics Weekʼga roʻyxatdan oʻtish yopilishiga bir necha kun qoldi!
23–27-noyabrda Yandex ekspertlari analitikada LLM va SI-agentlardan qanday foydalanishni koʻrib chiqadi: maʼlumotlarni tayyorlash va gipotezalarni tekshirishdan tortib agent tizimlari hamda prognozlarni loyihalashgacha.
👍 Intensivda sizni quyidagilar kutmoqda:
● Tahlilning rutin bosqichlarini avtomatlashtirish yondashuvlari
● Yandexʼning haqiqiy keyslari tahlili
● Human-in-the-loop bilan agent tizimlarini loyihalash boʻyicha koʻrsatmalar
✏️ Intensiv mahsulot va biznes-analitiklar, ML-muhandislar, Data Science mutaxassislari uchun moʻljallangan. Roʻyxatdan oʻtish havola orqali
https://t.me/UmarSadullayev
Hozir bir "ficha"ni Claude Opus 5.5 7$ evaziga bajardi.
7$ manga berishsa o'zim ham qilardim)
#hazil
@UmarSadullayev
Repost from Nuruddin Blogs
+1
2026-Yilda TECH bozorining holati
Lenny Rachistky Yiliga ikki marta işga oliş va böş iş örinlari trendlarini örganadi, bu yilgi hisobot ham çiqibdi, quyidagilar eng hayratlanarlisi:
1. PMlar sun’iy intellekt davrida ğolib bölmoqda
2. Muhandislik talablari deyarli töxtadi
3. Dizayn vakansiyalari rekord darajada pastligi
4. Endi har bir rol sun’iy ong könikmalariga muhtoj
5. Texnologik iş joylari Bay Area hududida joylaşgan.
6. Masofaviy işlar uçun vakansiyalar rekord darajada past.
7. Texnologik iş örinlari bozori tez ösmoqda, lekin asosan dasturiy ta’minotdan taşqarida (hayratlanarlisi!)
8. IT-rekruterlar uçun böş iş örinlari 2023-yildan buyon 300 foizga oşib, tarixdagi eng yuqori körsatkiçga yetdi.
Töliq maqola: https://www.lennysnewsletter.com/p/state-of-the-tech-job-market-late
@nuruddinblogs
2023-yilda Stanford'da tadqiqotchilar bir qiziq ish qilishgan ekan.
Sun'iy intellektga bitta kalit ma'lumotni katta Context window boshida yoki oxirida bersa, uni eslab qolishi ancha kuchli bo'lgan ekan. Lekin Context o'rtasida berilsa, 30% holatda tushib qolgan ekan kalit ma'lumot.
Bundan nima xulosa olamiz?
1. Context'ni juda kattalashtirib yubormang. Ma'lumotlar yo'qolishi mumkin.
2. Muhim faktlarni Prompt boshida yoki oxirida bergan afzal.
#contextWindow
@UmarSadullayev
Jensen bratga dars o'tish kerakmi diman.
Jahongir aka(KaHoGi) yaxshi ishlamayotgan ko'rinadilar ahloqi ustida.
#jensen #nvidia
@UmarSadullayev
