ru
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Открыть в Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

Больше
5 205
Подписчики
-724 часа
-67 дней
+14630 дней
Архив постов
AI -> SI Qanchalik uddalashar ekan AI ismini o'zgartirishni? Elon Musk ham SpaceX AI'ni SpaceX SI deb nomlabdi. O'zbeklar tortishmasin deyishdimikin yoki? #ai #si @UmarSadullayev

Bunga bir necha sabablar bor ekan. Eng muhim ikkitasi: 1. Boshida kod yozishdan oldin berilgan Context, review payti berilmasligida. Ficha haqida bergan "spec"ni review payti ham bering. Reviewer nimani tekshirayotganini bilsin. 2. Agent fichada yozilgan har bir yechimni nega yozilganini va to'liq maqsadini yozib borishi va Reviewer'ga shu faylni ham qo'shib topshirish. Istasangiz fayl emas, har bir block kod uchun "context-rich comments" yozdirib borish ham yaxshi yechim. Review tugagandan so'ng esa xohlang izohlarni o'chirib tashlang, xohlang qoldiring va xohlang o'chirib, kerakli qismlarini alohida faylga "ficha" haqida ma'lumot sifatida qo'shing. #ai @UmarSadullayev

Sizlar ham sezasizlarmi? Istalgan AI Agent'ga birinchi safar kattaroq kodingizni "review" qildirsangiz doim xato topadi 😄 Uni olib boshqa agentga bersangiz, u ham topadi. Hech ko'rmadim bittada "Xato topolmadim" — deganini. Instruksiyalarini yaxshilab tekshirib chiqaman shekilli. #ai @UmarSadullayev

Nima deb o'ylaysizlar, bizda oylikdan ko'ra shaxsiy missiya va ishdagi o'zining jamiyatiga ta'siriga(impact) qarab ish tanlaydiganlar qanchalik ko'p va qachon bu son oshishi mumkin? #fikr @UmarSadullaeyv

Repost from Paiziev24
Kecha safarim davomida Susan ning Stanford GSB’dagi suhbatini tingladim. U DOJ’da — AQSh Adliya vazirligida ishlagan davrini eslab, yosh data scientistlarni davlat sektoriga jalb qilish unchalik qiyin bo‘lmaganini aytadi. Yosh mutahassislarning ko‘pchiligini faqat maosh emas, qilayotgan ishining ma’nosi va jamiyatga ta’siri motivatsiya qilgan. Ular shunchaki ma’lumotlarni tahlil qilishni emas, balki muhim qarorlar qabul qilinishida bevosita ishtirok etishni xohlashgan. Menimcha, jamiyat boyib, odamlarning bazaviy ehtiyojlari tobora ko‘proq qondirilgani sari, faqat oylikka qarab ish tanlamaydigan, o‘ziga yaqin missiya va mazmun izlaydigan yoshlar kogortasi ham kattalashib boradi. Bunday avlod uchun “qancha to‘lashadi?” dan ko’ra, men qanday o’zgarish qila olaman degan savol muhimroq bo’ladi. http://youtu.be/lNsl76AD1kE @paiziev24

Juda o'xshash rasmlar a? #hazil P.s: Sonnet 5.5 chiqibdi. @UmarSadullayev
+1
Juda o'xshash rasmlar a? #hazil P.s: Sonnet 5.5 chiqibdi. @UmarSadullayev

Repost from Umar shares
Ba'zi "muommo"lar siz e'tibor berganingiz uchungina mavjud. #fikr @umar_shares

Qani boost qilib ko'raylikchi, kanalda reklamalarni o'chira olamizmikan. Qimor reklamalari chiqayotgan ekan Telegram tomonidan. https://t.me/UmarSadullayev?boost #boost @UmarSadullayev

Noto'g'ri albatta 🙂

Suhbat tugadi, qatnashganlarga rahmat. Qiziq bo'lsa yozib olingan audiosi mana 👆 #askMeAnything @UmarSadullayev

Eng qiziq va foydali savol egasiga Hacker'lik bo'yicha 2 ta kitob sovg'asi bor. Saud aka bergan kitoblardan ozgina qolgan edi
Eng qiziq va foydali savol egasiga Hacker'lik bo'yicha 2 ta kitob sovg'asi bor. Saud aka bergan kitoblardan ozgina qolgan edi. *Toshkent bo'yicha #sovga @UmarSadullayev

"Ask me anything" qilamizmi bugun? Soat 21:00'da shu kanalimizda Jonli efir ketadi. Xudo xohlasa. Savollarni faqat yozma ravishda shu post ostiga qoldiring. #ama @UmarSadullayev

Yaxshi yangilik ham bor. Notarius deb nimani qistirib ketganimni sezdingiz a?) Uy oldik, Xudoga shukur. Qarashgan hammaga rahmat. Ko’chishni reja qilyapmiz 1 haftadan keyin. Shu paytgacha blog yuritib kelyapman va deyarli toza “donat” qilishga targ’ib qilmagan ekanman. Hozir ayni kerak payti. Uyga kerakli jihozlar olish uchun “donat” qilsangiz yo’q demasdim ;) Karta raqamim. 5614 6885 1817 9907 500 ta odam 15mingdan tashlasangiz ancha ishim bitadi Xudo xohlasa 😁 Rahmat ;) #uy @UmarSadullayev

Lekin tan ham olish kerak O'zbekiston davlat xizmatlarini raqamlashtirishda juda ham oldinga chiqib ketdi. Uncha-muncha davlatda hali my.gov.uz kabi gigant loyihalar yo'q. Gap yo'q bu tomonimizga. Endi sal sekinlashib sifatni ham parallel olib ketsak bo'ldi 🙂 #fikr @UmarSadullayev

Oxirgi kunlarda davlat xizmatlariga ko'p ishim tushdi. Notarius, banklar va hokazo. 90% holatda dasturda xatolik bilan ishimiz kechikdi, rad qilindi va hokazo. Rosa alam qilarkan. Bunday jiddiy joylarda loyihalar ham jiddiy qaralishi kerak. Hali ishlashi shunaqa ahvol bo'lsa, xavfsizligi qanchalik ekan? Sababini ham bilaman buni, siz ham bilasiz. #loyiha @UmarSadullayev

Ko'tarilib ketsam, "5 yulduzcha edi shu bolaga yozish" demanglar deb oldindan oshirib qo'ydim. #hazil @UmarSadullayev

Backend dasturchimizga Claude orqali savollar va xatoliklar yuzasidan fayl tashlab berdim. Backend'chi agentiga o'qitdi, to'g'irlatdi va manga boshqa fayl qaytardi. Man esa u faylni olib Claude'ga tashladim. Ana bo'lmasam. #ai @UmarSadullayev

🔲 Dev Dasturxon — 26-sentabr kuni TATUda Dasturlashni o‘rganayotgan va IT sohasida karyera boshlashni istaganlarni Dev Dastu
🔲 Dev Dasturxon — 26-sentabr kuni TATUda Dasturlashni o‘rganayotgan va IT sohasida karyera boshlashni istaganlarni Dev Dasturxonga taklif qilamiz. Turli universitetlar talabalari va dasturlashda ilk qadamlarini qo‘yayotganlar bilan bir davrada uchrashamiz! Yandex Uzbekistan mutaxassislari bilan muhandislik masalalarini muhokama qilamiz, amaliy topshiriqlarda o‘zimizni sinab ko‘ramiz va jamoamizda amaliyot o‘tash imkoniyatlari haqida suhbatlashamiz. Dasturda: — dasturlash va muhandislik haqida texnik ma’ruzalar; — real vazifalar ustida ishlash uchun Dev Case va Code Battle; — rezyumelar tahlili uchun CV Workshop hamda rekruterlar va xodimlar bilan Career Speed Dating; — yangi tanishuvlar, merch va yeguliklar. Asosiy dasturdan so‘ng — kechki ovqat, musiqa va norasmiy muloqot. Tadbir asosan o‘zbek va ingliz tillarida o‘tadi. 📅 26-sentabr, 12:00 📍 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Ishtirok bepul, joylar soni cheklangan. 24-sentabrgacha ariza topshiring. Har bir ariza alohida ko‘rib chiqiladi, ro‘yxatdan o‘tish ishtirokni kafolatlamaydi — tasdiq xatini elektron pochta orqali yuboramiz. ➡️ Ariza topshirish

Mana bu yaxshi yangilik bo'libdi. #youtube @UmarSadullayev
Mana bu yaxshi yangilik bo'libdi. #youtube @UmarSadullayev

Claude Opus 5.5 chiqibdi. Fable 5.1'dan ko'ra ko'rsatkichlari anchagina yaxshiroq. Narxi ham arzonroq ekan eng qizig'i. Bataf
Claude Opus 5.5 chiqibdi. Fable 5.1'dan ko'ra ko'rsatkichlari anchagina yaxshiroq. Narxi ham arzonroq ekan eng qizig'i. Batafsil #claude @UmarSadullayev