Umar Sadullayev | Blog
رفتن به کانال در Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
نمایش بیشتر5 109
مشترکین
-924 ساعت
-287 روز
-12730 روز
آرشیو پست ها
Google Developer Expert'larimiz ko'p edi. 2 ta qolibdi.
Topshirishni tavsiya qilaman.
Google'dagilar bilan, o'zingizni texnologiyangizni asoschilari bilan to'g'ridan-to'g'ri gaplasha olasiz. Texnologiyangiz ommaga chiqishidan oldin siz kabi ekspertlar sinovidan o'tadi. "Spoiler"ga ega bo'lasiz)
Chet-el safarlariga takliflar berib turishadi. Xalqaro kam sonli Google e'tirof etgan ekspertlar qatorida bo'lasiz.
Va hokazo.
Talablar va qanday topshirishni internetdan ko'rsangiz bo'ladi. Qisqacha izohga tashlab qo'yaman.
#gde
@UmarSadullayev
Chegirmani o'zingiz ishlatmasangiz tanishingizga sovg'a qilishingiz mumkin. Adminga aytib qo'ysangiz bo'ldi.
Kursga qiziqqanlarga esa 30% chegirma bor haliyam. Bemalol bog'lanishingiz mumkin)
Admin: @vector_academy_admin
Bo'ldi boshqa reklama qilmayman hali beri)
#chegirma
@UmarSadullayev
Ayolim kirvobdi turnirga. Finalga chiqibdi. Ayolimni o'rniga bitta oldingi insonga beramiz.
Shunda:
1. Mardon
2. Sagdinovna
3. Muhammadrasul
Tabriklayman.
#sozgir
@UmarSadullayev
Turnirni boshlaymiz.
Quyidagi link yoki kod orqali qo'shiling. Birinchi qo'shilgan 32 ta odam qabul qilinadi. G'olib bo'lganlar @sozgiruz kanalida e'lon qilinadi.
"Frontend arxitektura" kursi uchun esa @vector_academy_admin'ga bog'lanasiz. Boshqalar uchun ham 30% chegirma bor hozirda.
Link: https://sozgir.uz/turnir/AU3JKY
Kod:
AU3JKY
#sozgir
@UmarSadullayevBugun soat 20:00 Sozgir.uz dasturida turnir uyushtiramiz.
🎁 Sovg'asi ham bor.
Birinchi 3 ta o'ringa "Frontend arxitektura" kursimga 50% chegirma va Sozgir.uz tomonidan ma'lum muddatli bepul Premium obuna.
Soat 19:50 da turnirga link tashlayman. 32 ta odam qabul qilinadi. Ungacha dasturni o'rnatib tayyor bo'lib turing.
#sozgir
@UmarSadullayev
⚠️ Zaiflik aniqlansa nima qilish kerak?
Hamma joyda zaiflik aniqlansa shov-shuv bo'ladi. Sababi bir zaiflik orqali kompaniyalar millionlagan dollarlar, kodlar va eng muhimi insonlarni shaxsiy ma'lumotlarini yo'qotishlari mumkin.
ℹ️ Lekin zaiflik aniqlansa nima qilish kerakligini ko'pchilik hali bilmaydi. Keling biroz shu haqida gaplashamiz.
Tasavvur qiling: juda jiddiy loyihangiz bor. Siz "React Hook Form" degan kutubxona ishlatar edingiz. Shu kutubxona kodlari ichida "XSS injection" hujumini qilish uchun imkon beruvchi zaiflik bor ekan. Siz esa aynan shu versiyani va shu zaiflik bor qismini ishlatyapsiz.
🤔 Nima qilasiz?
Eng avvalo, zaiflik yopilmaguncha loyihani monitoring qilib borishni boshlang va zararli hujumlar bo'lmaganiga e'tibor qarating. Zarurat tug'ulsa kalitlar va parollarni yangilating.
Parallel ravishda, bu xatolik haqida darrov chuqurroq o'rganamiz va rasmiy yangiliklarni qidiramiz. Kutubxona jamoasi bunday xatoliklarga juda tez javob berishi kerak. Katta ehtimol bilan yangi versiya chiqarishadi va xatolikni to'g'irlashadi.
Versiya chiqqan bo'lsa, darrov loyihangizni o'zgartirib oling.
☠️ Ammo, versiya hali chiqmagan bo'lsachi?
Bunda yechimlar juda har xil. Loyihangiz o'sha zaiflik aniqlangan kodga qanchalik bog'langanini tekshirish kerak bo'ladi.
✅ Zarurat tug'ulsa:
— kodni shu qismini o'chirib turish yoki qo'shimcha xavfsizlik yozish (masalan, shu zaiflik ustidan yana bir daraja sanitization yoki boshqa yechimlar)
— o'sha kutubxonani fork qilib, o'zingiz shu qismini to'g'irlashingiz va vaqtinchalik ishlatib turishingiz (tez bitadigan ish bo'lsa)
— alternativ yechimlar bilan almashtirib turishingiz
va shu kabi boshqa ishlarni qilishingiz mumkin.
Ha yana,
Zaifliklarni oldini olishni eng zo'r usuli PHP ishlatmaslik (quote ketdi 😅)
🏁 Aslida esa loyiha qanchalik jiddiy bo'lsa, shunchalik xavfsiz kod yozishga e'tibor qaratish kerak. Ming xavfsiz kutubxona va freymvork ishlatsangiz ham, o'zingiz xavfsizlik qoidalariga amal qilib kod yozmasangiz, bir tiyin. Yoki teskarisi, loyihaga kirish uchun barcha teshiklarni yopib yursangiz, uncha muncha zaifliklar sizni qo'rqita olmaydi.
#security
@UmarSadullayev
*Sertifikat olishdan maqsad sertifikat olish emas, u talab qiladigan mavzularni yaxshi o’zlashtirish bo’lishi kerak.
Bularni aksariga kompaniyangiz orqali topshira olasiz. Bizda ishxona to’lab beryapti har biriga.
Sertifikat nimagadir foydasi bormi? Katta foydasi yo’q. Lekin hozirgi katta ish bozorida kandidatlarni “qualify” qilish uchun sertifikatlardan foydalanish ommalashsa kerak deb o’ylayman.
#certificate
@UmarSadullayev
Sertifikatlarni bosib olishni payti hozir.
Masalan:
Anthropic
- Claude Certified Architect – Foundations
- Claude Certified Developer – Foundations
Google
- Certified Partner Specialist Gemini Enterprise Agent Development
- Certified Partner Specialist Gemini Enterprise Deployment
OpenAI
- OpenAI Cyber Deployment Practitioner
- OpenAI Technical Practitioner
- OpenAI Cyber Solutions Practitioner
- ChatGPT Solutions Practitioner
- Codex Deployment Practitioner
- OpenAI Consultative Solutions Practitioner
- API Deployment Practitioner
- ChatGPT Deployment Practitioner
- Codex Solutions Practitioner
Orasida ba'zilarini 1-2 soatda ham olsangiz bo'ladi. Ba'zilariga esa haftalab tayyorlanish kerak.
#certificate
@UmarSadullayev
Tarqatamizmi bu g'oyani?
Qanday ulashishni bilasiz-ku 😉
#propaganda
@UmarSadullayev
Uyga elektrik keldi. 10 daqiqada 150.000 so'mlik ish qildi. Gap yo'q. Kelib-ketishi bilan 45 daqiqa desak ham, yomon daromad emas. Bu hali kelishtirib, arzonga ishlagandagisi.
Mana shunday usta kasblar ancha kuchayyapti. Yosh avlod bunday ishlardan uzoqda katta bo'lyapti. AI esa ularni ishini olish tugur, yaqiniga ham kelmaydi hali beri.
"AyTi propagandasi tamom, professional ustachilik erasi boshlandi"
#fikr
@UmarSadullayev
— Qaysi ishxona yaxshi deb o'ylaysiz?
— Topilgani.
#hazil
@UmarSadullayev
Bu postni ko’pchilik oyligim o’sdi deb o’ylabdi. Aslida dollar oshgani uchun edi.
Ishonilar, umid deyarli yo’q hozirgi zamonda oylik oshirishga. Ishilarni qilaveringlar 😃😅
#hazil
@UmarSadullayev
Sun’iy intellekt bo’yicha doimiy yangiliklarni qayerdan o’qiyapsiz?
Izohga yozib keting, kimga qiziq bo’lsa foydalanadi.
#si
@UmarSadullayev
"React.js esingizdami? Shu tugatilibdi..." — deb gap boshlaymi?)
#hazil
@UmarSadullayev
Deno.js esingizdami? Shu tugatilayotgan ekan.
Sababi butun jamoa Cloudflare tomonidan ishga olinibdi.
Ha mayli, real loyihada ishlatishga ulgurmagandik baribir 😅
#deno
@UmarSadullayev
