uz
Feedback
🇺🇿 Learn .NET

🇺🇿 Learn .NET

Kanalga Telegram’da o‘tish

• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing • Professional .NET va C# darslar • https://learn.net.uz rasmiy kanali

Ko'proq ko'rsatish
1 360
Obunachilar
-124 soatlar
-107 kunlar
-3230 kunlar
Postlar arxiv
Reliability - ishonchlilik.💯 Software qurishda bunday atamani ko'p eshitgansiz. Tizimlar qachon ishonchli bo'ladi. 1. Tizim foydalanuvchi kutganidek ishlasa 2. Foydalanuvchi xatolar qilsa yoki softwareni noto'gri ishlatsa ham tizim ravon ishlab tursa 3.Tezlik yuqori bosimda ham tushib ketmasa 4.Tizim ruxsatsiz foydalanish yoki zo'ravonlikni oldini olsa. Tizimda nimadir xato ketsa buni fault deymiz. Agar tizim bu xatolarni oldindan ko'ra olsa va dosh bera olsa bunday tizim fault-tolerant deb ataladi. Iborani to'g'ridan to'gri ishlatish, 'Tizim har qanday kelishi mumkin bo'lgan xatoliklarga bardoshli' degan ma'noni anglatadi. Lekin bu biroz noto'gri. Agar butun yer sayyorasi qora tuynuk tomonidan parchalanib ketadigan bo'lsa, tizimingiz ishlashi uchun sizga koinotda host kerak bo'ladi. Va bu byudjetni olishda omad tilab qolamiz.😅 Demak Fault tolerant bu shunchaki bazi bir turdagi xatoliklar uchungina tegishli bo'ladi. Bu bo'lishi mumkin: 1. Hardware faults 2. Software errors 3. Human errors (Designing Data Intensive Applications) Ana endi aytingchi, sizlarning loyihalaringizda aynan qanday muammo yoki xatoliklarga turib beradigan tizim muhimroq? #SystemDesign

Galaxy S9 FE+ Planshetimni sotyapman. Izohlarda batafsil

📢 22.04.26 kuni YouTube profilimda jonli efir qilmoqchiman. ⏰ Vaqti taxminan shomdan keyin bo‘ladi. Dasturchilar uchun foyda
📢 22.04.26 kuni YouTube profilimda jonli efir qilmoqchiman. ⏰ Vaqti taxminan shomdan keyin bo‘ladi. Dasturchilar uchun foydali bo‘ladi degan umiddaman: — Texnik bilimlarni o‘rganishda qiynalayotganlar — Oldin o‘qigansiz, lekin tushunmagan mavzularni chuqurroq ko‘rib chiqamiz — Texnik interviewga tayyorlanmoqchi bo‘lganlar — Eng asosiysi: AI bilan o‘rganishni birga o‘rganamiz 💡 Efir davomida Lexi AI'ni ham ko‘rib chiqamiz. Elbek birodarimiz jamoasi bilan qilgan bu dastur boshqa AI vositalaridan nimasi bilan farq qilishini tahlil qilamiz. Youtube 🎬

.NET Ish O'rni (middle) OpenBank 3 yil tajribaga ega bo’lgan Fullstack Developer (.NET + Angular) qidirmoqda. Talablar .NET (C#), REST API, Angular, JavaScript/TypeScript PostgreSQL, Git Loyiha MSFO (audit tizimi) va Loan Conveyor (kredit jarayonlari) loyihalarini qurish Ustunlik beradi Creatio va BPMN bilimi Taklif qilamiz Shahar markazidagi (Skver) shinam ofis Kompaniya hisobidan team buildinglar Tajribangizdan kelib chiqib, yaxshi oylik Murojaat uchun: @abbos_haydarov #job @learndotnetuz

Bizda LEGO bor, Arduino bor… endi ustoz kerak! 🚀 Buxoro shahridagi xususiy maktabda tashkil etilayotgan 3 oylik yozgi lager
Bizda LEGO bor, Arduino bor… endi ustoz kerak! 🚀 Buxoro shahridagi xususiy maktabda tashkil etilayotgan 3 oylik yozgi lager uchun Robototexnika va IT (Scratch) ustozlari qidirmoqdamiz. 📍 Manzil: Buxoro 💰 Oylik maosh: 300$ – 1000$ (tajribaga qarab) 🕒 Davomiyligi: 3 oy 📅 Grafik: Full time 🎯 Talablar: Kamida 6 oylik ish tajribasi; Bolalar bilan ishlash tajribasi va ishtiyoq; LEGO WeDo / EV3 bilan ishlash ko‘nikmasi; Scratch, Arduino, Tinkercad asoslarida dars bera olish; Robototexnika yoki IT bo‘yicha amaliy bilim; Kuchli kommunikatsiya va tushuntirish qobiliyati; Ta’lim, IT yoki muhandislik yo‘nalishida tajriba ustunlik beradi. 🚀 Biz taklif qilamiz: Zamonaviy xususiy maktabda ishlash imkoniyati; Do‘stona va rivojlanishga yo‘naltirilgan jamoa; Amaliy loyihalar bilan ishlash; Professional o‘sish muhiti; Yozgi lager natijalariga qarab, yangi o‘quv yilidan doimiy ustoz sifatida jamoaga qo‘shilish imkoniyati. 📩 Bog‘lanish: Telegram: @Mavlonbek_Isroilov

Shu intervyudan o'tsangiz ishga kirasiz! 10 lab ish intervyusi o'tkazdim va ba'zilar kulgili sabablarga ko'ra rad javobini olishadi. Yillar davomida o'qidingiz, endi HR va kompaniya dasturchisi bilan intervyudasiz. Sizning javoblaringizdan tashqari, o'zingizni tutishingiz va intervyuga tayyorgarlik holatingiz ham natijaga ta'sir ko'rsatadi. Tavsiyalarimni diqqat bilan o'qing va kerakli insonlarga jo'natib qoying. Bu postda o'zingizni tutishingiz haqida gapiramiz: 1. O'tirganda stulingizda arg'imchoq uchish 2. Soch/yuzni tez-tez ushlab turish 3. Hayajonlangandan so'zlarini unitib qoyish Mana shu odatlar sizda bormi? Demak, bularni bartaraf qilishga harakat qiling. Shunda texnik bilimingizni 100% ko'rsata olasiz. #tavsiya @learndotnetuz

Agar kimdir Claude Code bilan qanday samarali ishlashni o'rganmoqchi bo'lsa, quyidagi linkka kiring: https://claude.com/resources/courses Agents va Skills bilan ishlash ham zo'r tushuntirilgan. Oldinlari Kodni dokumentatsiya qilishni ko'pchilik yomon ko'rar edi. Endi kod yozish stilingizni skills yoki agentsga bog'lasangiz, AI siz xohlagan kodni yozib beradi + Token ham ancha tejaladi.

Men tog'risini aytsam hozir universitetda ham hech narsa urganmayapman. Shunga 1 yillik akademik ta'til olib xalqaro kompaniyalarda ishlab ko'rsammi degandim!
Universitetda biror narsa o'rgana olmayotganingiz uchun ayb sizda. Kutubxonangizga kiring - C# tilini yaratgan odamlarning kitoblari turibti. Aslida universitetda darsdan tashqari qilgan ishlaringiz, sizni yaxshi natijaga etadi. #qa @learndotnetuz

Ish Imkoni 💼 Lavozim: Dasturlash/Robotexnika Bo'yicha Ustoz 💰 Oylik: 300$ - 1000$ 📍 Joy: Xususiy Maktab - Buxoroda 🕘 Muddat: 3 oylik yozgi lagerda. Tomonlar kelisha olishsa maktabda o'qituvchi lavozimida qolish mumkin. CV va motivatsion xatni @TarteebSupport ga qoldiringiz mumkin. Diqqat, maktab yangi ochilgani uchun tajribasi bor mutaxassislarni ko'rib chiqyapmiz. #job @learndotnetuz

Qabul davom etmoqda... Xabaringiz bor hozirda Aprel oyi oxirida boshlash uchun yangi guruh qabul qilganmiz. 3 kishiga joy qoldi. Agar dasturlashni 2 ta MVP bilan birga o'rganishni xohlagan tanishlaringiz bo'lsa yoki o'zingiz soha ekspertlaridan o'rganmoqchi bo'lsangiz @ElbekDeveloper ga telefon raqamingizni yozib qoldiring. Kurs haqida batafsil bu yerdan o'qishingiz mumkin.

.NET loyihalari parda ortida qanday ishlashi qiziqmi? Ushbu maqolani o'qishni tavsiya qilaman.

Inha Universitetida ish yarmarkasidamiz Vention nomidan. Agar bu yerda oʻqiyotganlar boʻlsa krlib suhbat qurishingiz mumkin. Hozirda turli yoʻnalishlarda stajirovka imkoniyatlari ochiq

Video xabar00:10

Meni yoshim 32 da dasturlashga qiziqaman ammo Shu vaqtgacha imkon topib urganolmadim, endi urganib Shu sohada ketishimga kech emasmi , uzim matematikman, data analitika sohasiga qiziqyapman , ustoz nima maslahat berasiz?
Bunday savollar kelib turadi. Hayot tajribasi katta akalarga o'zlari tengdoshlari tomonidan berilgan javoblarni to'g'riroq deb bilaman. Marhamat:
Elbek bizga ustozlik qilishni boshlaganiga 4 oydan oshdi, yoshim 31 da , boshlaganimdan zarracha afsuslanganim yo'q, xozirda ish va oiladan tashqari yangi ko'nikmalarni egallash yoshlik davrlarimizga nisbatan anchayin qiyin va agar hozir boshlamasam bu qiyinchilik yillar o'tgan sari ko'payib borardi, kamaymasdi Qiziqish qatiy bo'lsa va faqat natijadan emas jarayondan ham zavq oladigan bo'lsangiz yani o'rganishni o'zi sizga yoqadigan bo'lsa bugunoq boshlash kerak, lekin faqat natija uchun bo'ladigan bo'lsa bu yo'lda non topib yeyishgacha bormasdan tashlab qo'yishingiz mumkin ekan
Yana, bir bizda o'qiyotgan akamizdan javob:
Yaxwi gaplar buldi yuqorida.meni yowim 32 da IT ga aloqasi bulmagan sohada ishlayman. IT ga qiziqaman va ayni vaqtda urganyapman. Shu bilan birga ingiliz tilini ham birga. O'rganuvchilarga maslahatim astoydil o'rgansangiz qila olasiz, bahona qilayapsizmi, o'zingizni aldaysiz menga ham vaqtida: "Qiyin soha nima qilasan? O'zingni sohang yaxshi!", - deb yo'limga chiqqanlar bo'ldi e'tibor bermadim. Allohga shukr kuchli bilimli insonlarga bizga ITdan dars bermoqda va biz ham shular qatori ilm olayapmiz. Yosh muhim emas muhimi astoyidil o'rganing. Ishdagi qiyinchiliklar ham sizga rohatga aylanadi.
#qa

Hozir universitetda 2-kursman. 1 oy oldin "ABC" kompanyaga internship ga fullstack development (c#/react) bo'yicha kirgandim. 1 haftadan keyin desktop development ga o'tqazib yuborishdi. Hozir autodesk ga c# da plugin yozishni o'rganyapman. Internship ni tugatsam ishga olib qolishlari aniq. Lekin 1ta narsadan xavotirdaman, agar shu desktop bo'yicha ketsam keyinchalik boshqa joydan ish topishga qiynalamanmi? Shunga o'ylanib turibman, desktop o'rganaversammi deb. Shunga qanaqa maslahat bera olasiz.
"ABC" chet elni kompaniyasi. Karyeraringiz endi boshlanayotgan ekan, ishni qilaverish kerak. Ayniqsa, xalqaro kompaniyalarda kirib tajriba orttirganingiz keyinchalik sizga katta imkoniyatlarni ochadi. Ha aytgancha, haqiqiy injiner dasturchi til yoki texnologiya bilan cheklanib qolmaydi. Siz haqiqiy injiner bo'lishingiz uchun qaysi bo'lishidan qat'iy nazar til bilan karyerangizni boshlab olib, ish davomida qo'shimcha loyihalar qilib bilim va tajribangizni oshirib boraverishingiz kerak. P.S. Kompaniyalarni nomini yashirgan holda sizlar uchun foydali bazi savol-javoblarni ulashib boraman #qa @learndotnetuz

"Hech kim oson bo'ladi deb vada bermagan" bazida interviewdan yiqilish yoki birinchi ishni topish biroz qiyindek tuyilishi mu
"Hech kim oson bo'ladi deb vada bermagan" bazida interviewdan yiqilish yoki birinchi ishni topish biroz qiyindek tuyilishi mumkin lekin bu tushkunlikka tushib to'xtab qolish uchun emas balki maqsadga oz qolganligining signali bo'lishi mumkin va shu bosqichdan kuchli motivatsiya bilan o'tish professional dasturchilar qatoriga kirish uchun birinchi qadamdir. Videoni ko'rib shu fikr yanada to'g'ridek tuyula boshladi. Bu holat ko'pchilikda yuz bergan to'xtamaganlargina maqsadga erishishgan bo'lsa kerak
Dasturlashga kirib kelishim haqidagi video ostida shunday izoh qoldirgan ekanlar

Hozirgi paytda dasturlashni noldan o'rganmoqchi bo'layotganlarga qanday fikr bildirasiz? 25 yoshdan kattalar uchun. Al ning o'sib borayotgani ish o'rnini kamaytirib tajribasizlarni chetlatib yuboradimi?
Yo'q. AI bu bir vosita. Barcha qurilish mahsulotlari tayyor tursa ham ustaga uy qurdirganingiz kabi doim dasturchiga talab bo'ladi. Uy qurishda ham siz g'isht quyuvchi ustani ishlatmaysiz. Faqat tayyor g'ishtdan uy qura oladigan ustani olasiz. Xuddi shunday ba'zi dasturlash yo'nalishlari AI fonida o'chib ketadi. Yangi yo'nalishlar ko'payadi. #qa

Juniorlarning o'rnini sun'iy intellekt egallab bo'ldi! Ushbu suhbatni barcha IT sohasida ishlayotgan va o'rganayotganlar ko'r
Juniorlarning o'rnini sun'iy intellekt egallab bo'ldi! Ushbu suhbatni barcha IT sohasida ishlayotgan va o'rganayotganlar ko'rishini tavsiya qilaman. To'g'ri middle yoki senior dasturchi juniorga tushuntirish o'rniga AI ga aytsa, ishni bajara olyapti. Lekin, junior ham middle yoki seniorning maslahati yoki yo'l yo'riqisiz katta dasturlar tuzish imkoni paydo bo'ldi. Shuning uchun tushkunlikka tushish o'rniga tanganing ikkinchi tarafi borligini ham o'ylab ko'ring va videoni ko'rib chiqing. Videoni ko'rish uchun bu yerga bosing...

Bir narsa aniq bo'ldiki biz mahalliy bozorda yosh dasturchilarni qo'llab quvvatlash sohasida eng faol kompaniya ekanmiz. IT P
Bir narsa aniq bo'ldiki biz mahalliy bozorda yosh dasturchilarni qo'llab quvvatlash sohasida eng faol kompaniya ekanmiz. IT Park O'zbekiston bilan bo'lgan oxirgi uchrashuvda shunday xulosaga kelindi. "O'tgan 2 yil davomida, 100 dan ortiq yosh dasturchilarni tayyorladik va yarmidan ko'pini ishga oldik" - deb yozayapti Sergey Skiba, Vention rahbariyat a'zosi. Hozirda mana shunday internshiplar (stajirovkalar) yana ochildi. Asosiy e'tibor .NET texnologiyalarida. Mening boshchiligimda .NET stajirovkasiga yozilish uchun: https://join.ventionteams.com/job-openings/internship-net-tashkent #internship

O'zbekistonda dasturchilik jamoamizni kengaytirayotgan insonni kutib oling! Elbek Normurodovni Vention O'zbekistonda Jamoa Me
+5
O'zbekistonda dasturchilik jamoamizni kengaytirayotgan insonni kutib oling! Elbek Normurodovni Vention O'zbekistonda Jamoa Menejeri sifatida kutib olishdan mamnunmiz. HR, bank va ta'lim sohasida .NET dasturlarini tuzish tajribasi bilan, Elbek Ventionga o'zi sevgan ishni birlashtirish uchun keldi - loyihalar tuzish va insonlarga o'sishga yordam berish Uni ajratib turuvchi jihati - bu uning mahalliy texnik hamjamiyat bilan yaqinligi.
Bu yerda jamoa shakllantirish O'zbekistondagi talantli dasturchilarga xalqaro imkoniyatlarni ochishga sabab bo'ladi, bu ikki tomon uchun ham manfaatlidir
Kuchli jamoalar ochiqlik asosida quriladi. Uning jamoasida muzokaralarga yaxshi qaraladi, g'oyalar sinaladi va turli qarashlar ish jarayonining bir qismidir. Agar shunday jamoada ishlamoqchi bo'lsangiz, hoziroq yangi ochilgan stajirovkaga ariza topshiring.