🇺🇿 Learn .NET
الذهاب إلى القناة على Telegram
• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing • Professional .NET va C# darslar • https://learn.net.uz rasmiy kanali
إظهار المزيد1 279
المشتركون
-224 ساعات
-87 أيام
-4430 أيام
أرشيف المشاركات
1 280
100+ foydalanuvchi
Platformamizdan 100dan ortiq foydalanuvchi ro'yxatdan o'tibti va allaqachon 300+ AI bilan savol-javob sessiyalari amalga oshirildi.
Videolar sonini ko'paytirib, AI yordamchi va imtihon oluvchilar sifatini yana ham oshirib boramiz.
Do'stlarga tavsiya qilish yodingizdan chiqmasin
@learndotnetuz | learn.net.uz
1 280
learn.net.uz - Salom, Dunyo!
Kursimiz bitiruvchilari bilan butun dasturlash hamjamiyatiga foydasi tegadigan loyihani vanihoyat yakunladik. Kutib oling - learn.net.uz!
Ushbu platformada mustaqil va BEPUL dasturlashni o'rganishingiz mumkin. YouTubedan 2 ta farqi bor:
1. Darslar ko'p va to'g'ri ketma-ketlikda turibti.
2. Sun'iy intellekt yordamchi siz bilan o'sha mavzuda gaplashadi va savol javob qiladi.
"AI dasturchilar ishini olib qoyadi!" - deb 6 oydan buyon, o'rganishni orqaga surib kelayotgan bo'lsangiz, mana shu loyiha 6 oy oldin biz bilan o'rganishni boshlagan siz kabi yigitlarning natijasidir.
Aytgancha, CLR via C# bo'limida murakkab mavzular ham mavjud. U yerdagi ma'lumotlarni xatto ba'zi senior dasturchilar ham bilishmayi (yoki esdan chiqarishgan)
@learndotnetuz | learn.net.uz
P.S. Fikr va taklifingizni kutib qolamiz
P.S 2 Kompyuterdan yaxshiroq ko'rinadi
1 280
learn.net.uz - Salom, Dunyo!
Kursimiz bitiruvchilari bilan butun dasturlash hamjamiyatiga foydasi tegadigan loyihani vanihoyat yakunladik. Kutib oling - learn.net.uz!
Ushbu platformada mustaqil va BEPUL dasturlashni o'rganishingiz mumkin. YouTubedan 2 ta farqi bor:
1. Darslar ko'p va to'g'ri ketma-ketlikda turibti.
2. Sun'iy intellekt yordamchi siz bilan o'sha mavzuda gaplashadi va savol javob qiladi.
"AI dasturchilar ishini olib qoyadi!" - deb 6 oydan buyon, o'rganishni orqaga surib kelayotgan bo'lsangiz, mana shu loyiha 6 oy oldin biz bilan o'rganishni boshlagan siz kabi yigitlarning natijasidir.
Aytgancha, CLR via C# bo'limida murakkab mavzular ham mavjud. U yerdagi ma'lumotlarni xatto ba'zi senior dasturchilar ham bilishmayi (yoki esdan chiqarishgan)
@learndotnetuz | learn.net.uz
P.S. Fikr va taklifingizni kutib qolamiz
1 280
Int32? x = 5; Console.WriteLine(x.GetType());Ekranga nima chiqadi? Int32 mi yoki Nullable<Int32> mi?
1 280
internal struct Point {
public Int32 m_x, m_y;
public Point() {
m_x = m_y = 5;
}
}
internal sealed class Rectangle {
public Point m_topLeft, m_bottomRight;
public Rectangle() {
}
}
Savol: Value vs Ref Types Ishlashi
new Rectangle() qilinganda m_topLeft fieldining m_x va m_y qiymatlari 0 bo'ladimi yoki 5?1 280
AI + Dasturlash = 10xNatija
Yaqin kunlargacha faqat bir AI dasturi (Claude) bilan ishlab kelayotgan edim. Endi uni yoniga Gemini ham olib, bir paytning o'zida 2 ta terminalda ishni qilishni boshladim.
To'g'risi fikr bo'linib qolish ehtimoli katta lekin, modellarni o'zlariga ko'proq o'ylashga imkon berish orqali ancha bu muammoga yechim topish mumkin bo'lyapti
Hozirda May oyida kursimizni bitirgan shogirdlarimizga ham shunday kod yozishni asta-sekin o'rgatib boryapmiz. Asosiy muammo: ingliz tilini bilmaslikda bo'lyapti.
@learndotnetuz
1 280
Tojikiston Safari
Yaqinda men, Diyorjon va Nodirxon Dushanbe shahriga safar qilgan edik. Va nihoyat, yaqin do'stimiz montaj qilib, sizlar bilan ulashishga tayyor holatga olib keldilar.
Marhamat: https://youtu.be/XCBjMtb33ZI
@learndotnetuz
1 280
Code Reviewdan bir parcha....
Jamoamizga olingan stajyorlarning qilgan ishlariga bir izoh qoldirdim. kamchiliklaridan sizlarga ham foyda bo'lishi mumkin deb bu yerga ham tashlab qoyaman.
Bu PR ni yopaman. Chunki man faqat modellarni yaratishni aytgan edim. Migration qilishni EF o'ziga qoyib bergansiz. Bu ko'plab ko'rinmaydigan xatolarga olib keladi. Katta loyihalarda EF ni bunday "sehr" qilishiga yo'l qoymaymiz. Buning o'rniga Fluent API yordamida aniq belgilaymiz entitilar orasidagi munosabatlarni. Qayta alohida entitylarni yozib chiqib alohida PR tashlang. Fluent konfig va migration uchun alohida yaratimiz birga@learndotnetuz
1 280
#interview
I/O operatsiyalari (misol, ma'lumotlar bazasi yoki web so'rovlar) .NET dasturidan chiqib ketganda, nima uchun alohida "thread" uni kutib turishga hojat yo'q. Qanday qilib .NET bunday operation samaradorlikka erisha oladi?
1 280
Esdan chiqadi!
Har qanday dasturchi chuqur fundamental bilimlarni 1 oy davomida takrorlamas ekan ichki detallari yodidan chiqadi.
"AI borku tezda eslab olaman" - deb o'ylashingiz mumkin. Lekin, esdan chiqqan bilimni AI ga aytib, qayta o'rganish imkonsiz.
Shu paytda shaxsan o'zim Lexi bilan suhbat qurib, oldindan yozib qoyilgan bilimlar bazasi bo'yicha bilganlarimni eslab olyapman.
Keling sinab ko'ramiz. Run-time vs compile-time polymorphismni farqini eslay olasizmi?
P.S. 1-2 oylarni ichida hammaga ishlatishi uchun imkon beramiz.
1 280
9-guruhimiz bitiruv kunini videoga oldik va sizlar bilan ulashishga qaror qildik.
Ushbu havola orqali bugun 21:00 da ko'rishingiz mumkin.
1 280
Anjanliklar uchun!
Shavkat aka Karimov katta tashabbus qilib, butun O'zbekistonliklarga IT va dasturlashga kirishlari uchun imkoniyat yaratyaptilar.
Kelayotgan 27-iyun (shanba) kuni o'zlari va jamoalari bilan birgalikda tadbir uyushtiryaptilar. Siz yoki yaqin tanishlaringizga bepul IT ga kirish qiziq bo'lsa, tadbirga qatnashishingiz mumkin.
P.S. Agar bilimingizni ulashmoqchi bo'lsangiz, mentorlar ham izlayaptilar. Izohda batafsil
@learndotnetuz
1 280
9-guruh bitirdi
Bugun yana bir guruhimiz bitiruv kuni boʻlib oʻtdi. Ba'zilar bu kungacha, boshqalar esa bugun stajirovkaga oʻtishdi.
Barcha shogirdlarimizni mustahkam karyera qurishlari uchun qoʻlimizdagi barcha resurslardan foydalanamiz
@learndotnetuz
1 280
+2
Dasturlash Avvalgidek Emas
3 ta stajyorga 1.5 oydan buyon bilim va tajriba ulashib kelmoqdaman. Bugunga kelib uchchalasi ham o'zlarining ilk Azure sertifikatlarini qo'lga kiritishdi.
Bugundan AI yordamida sifatli dasturlash tuzishga e'tiborni qaratishni boshladik.
Avvallari bunday talablarni junior dasturchilarga qoyishar edi. Zamon o'zgardi. Sohaga endi kirib kelayotganlar oylar davomida yilllar tajribasini olishga majbur bo'lib qolishdi.
Maslahatim, AI to'lqinida birinchilardan suzayotgan ustoz toping va bir nechta katta va ishlaydigan loyihalarda tajriba orttiring.
Sam Altman aytganidek: "Bugungi kundan ko'ra dasturlashga kirib kelish uchun osonroq va yaxshiroq vaziyat hech qachon bo'lmagan".
@learndotnetuz
1 280
Ta'limda AI
Ko'pchilikning xabari bor. Yillar davomida dars jarayoniga sun'iy intellektni singdirish va bilim olishni karrasiga yaxshilash maqsadida ko'plab tajribalar qilib kelamiz.
Mana shu tajribalardan biri tarixni ko'rish orqali o'rganish bo'ldi. YouTube kanalimizga videoni joyladik.
Dasturlashni o'rganish uchun ham shunday video darslar foydali bo'lishi haqida o'ylab qoldim. Misol uchun, yozgan kodimiz qanday aslida ishlashini jonlantirib ko'rsatish mumkin.
Videoni ko'ring va ushbu tashabbusimiz haqida o'z fikringizni bildiring.
1966-yil Toshkent Zilzilasiga Qaytib Odamlarni Ogohlantirdim!
1 280
Masterclass
Wahid ustoz oʻtgan hafta AI dan katta loyihalarda qanday foydalanayotganlari haqida aytib berdilar.
Men ham Ventionga kirganimdan buyon AI ni sherik qilib olganman.
Bu haqda yana postlar chiqarib boraman.
@learndotnetuz
1 280
Salom Qoʻqon!
Bu shaharga birinchi martta kelishim. Muqimiy bogʻidagi alohida shukuh yoqdi.
#dayoff
