cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qilingΒ», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Panda Books

Books & Book Reviews Zamonaviy mutolaa repertuari Donat uchun: https://tirikchilik.uz/PandaBooks YouTube: tiny.cc/ytpb Insta: instagram.com/pandabooksuz Reklama: @pandapochtabot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
6 304
Obunachilar
-1024 soatlar
-1367 kunlar
-26730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

​​#review #taqriz πŸ“— Haruki Murakami – "Tokio afsonalari" "Albatta, hayotda mendan yaxshi yashayotgan odamlar ko'p, ammo bu men ularga hasad qilaman degani emas.." Murakami - eng avvalo musiqa. Jaz. Sokin, shu bilan birga jo'shqin. Murakami - bu so'z. Go'zal ipga terilgan marjon kabi nafis va qo'shiq so'zlaridek qisqa va tushunarli. Murakami - bu adabiy terapiya. Ko'cha shovqini, ofis kulrang hayotidan zerikkan, ishlatilmaganidan o'rgimchak to'r qo'ya boshlagan qalbdagi hislarni yana hayotga qaytaradigan eleksir go'yo. Bu hikoyalar to'plami Murakamida o'qigan ikkinchi kitobim. Birinchisi ham to'plam edi. Negadur uning shuncha zo'r romanlariga haligacha kirishganim yo'q. O'z vaqtini kutib meni poylashayotganiga ancha bo'ldi. Balki aroq kabi Murakamiga bo'kib qolishdan qo'rqarman. U ko'proq MoΓ«t&Chandon, aniqrog'i Dom Perignon kabi qimmatbaho shampan, faqat yuksak tadbirlarda ozgina xo'planadigan, ammo ta'mini butun umrga unutib bo'lmaydigan premium-klassdir. "Tokio afsonalari"dagi birinchi 2 ta hikoya nihoyatda manzur bo'ldi. Undagi syujet liniyasi, ma'nosi va ozgina mistikasi sizni o'ziga tortishi aniq. Oxirgi hikoya esa umumiy nomga mos afsonaga yaqin janrda yozilgan. Hikoyalar bir-biridan alohida mavzular, qahramonlar, zamon va makonni o'z ichiga olsa-da, ularni o'zaro birlashtirib turadigan jihatlar yo'q emas. Bu stil. Hikoyalar xuddiki qayerdandir paydo bo'lgandek tuyuladi va sen sekin ritmga tushib, endi voqealarni anglayman deganingda, u oxirgi so'zni o'quvchiga qoldirib tugab qoladi. Murakamining bu hikoyalari uzoq bo'lmagan safarda yo'lda o'qish uchun olib chiqsa bo'ladi. U tinchlantiradi, ozgina falsafa qilishga undaydi. Hech bo'lmasa, qo'lingdagi Murakami hikoyalarini ushlab o'tirsang, yo'lda birorta go'zal qiz/kelishgan yigit bilan tanishib ketishing uchun chiroyli bahonang bo'ladi:) Ushbu yaponiyalik maestroning asarlarini vaqti-vaqti bilan o'qib turishni maslahat beraman. Qalb uchun yaxshiroq da'vo topolmasangiz, unga murojaat qilishingiz mumkin. @panda_books
Hammasini ko'rsatish...

πŸ”₯ 4πŸ’” 3πŸ‘ 2⚑ 2
Haqiqiy mukofot Maktab, universitet, ish, siyosat, sport, o'yinlar - barchasi sovrin yoki baho uchun seni boshqalar bilan bellashishga undaydi. Haqiqiy mukofotlar ‐ boylik, bilim, sevgi, sog'lik va xotirjamlik esa qachonki biz boshqalar bilan bellashishdan to'xtab, o'zimizni rivojlantirishni boshlaganimizda kela boshlaydi. @panda_books
Hammasini ko'rsatish...
πŸ‘ 37πŸ”₯ 13πŸ•Š 4πŸ’― 3❀ 2πŸ† 1
​​#haqida O'z-o'zini rivojlantirish haqidagi kitoblarning deyarli barchasi shunday fikr bilan boshlanadi: "Siz avvalo ongingizni o'zgartirishingiz kerak". Shu orada Genri Forddan iqtibos keltiraman: "Siz nimadir qila olishingizga ishonasizmi yoki qila olmasligingizga ishonasizmi, har ikkala holatda ham haqsiz". Ford haqiqatan ham shunday deganmi? Bilmadim, katta ehtimol bilan yo'q bo'lsa kerak. Lekin bu aslo muhim emas. Asosiysi, bu fikrda biroz bo'lsa ham jon bor. Biror narsaga ishonsang, u albatta bo'ladi, o'z oldingga ushbu jarlikdan chiqishni maqsad qilib qo'ysang, albatta chiqib ketasan. Ko'pchilik odatda nima qila olishi emas, nima QILA OLMASLIGI haqida qayg'uradi. Mamlakat yomon, hukumat samarasiz, qish qattiq keldi va hokazo. Aytaymi, nima? Ular haq. Ular allaqachon o'zlarini shu jarlikda qolish uchun oldindan tayyorlab bo'lishgan. Shuning uchun, asosiysi - avvalo o'zingizni to'g'ri "nastroy" qilishdir. Qolgani hayot davomida to'g'rilanib ketaveradi. @panda_books
Hammasini ko'rsatish...

πŸ‘ 19πŸ† 8πŸ’― 6πŸ”₯ 1
#mutolaa Boshladik! "Taxtlar o'yini"ni endi o'zbek tilida ham o'qib chiqamiz. @panda_books
Hammasini ko'rsatish...
πŸ‘ 36πŸ”₯ 16❀ 7
#tavsiya ​​9-May bayramida mutolaa qilish uchun tavsiyalar Xotira va qadrlash kuni - men uchun alohida e'tiborga molik bayram. Bunda ikkinchi jahon urushida qatnashgan ota-bobolarimiz ruhi yodga olinadi. Shuningdek, urushning dahshatli xotiralari asosida dunyo adabiyotidagi bir qator nodir asarlar bilan tanishishning ham ayni vaqti. Quyida o'z tavsiyalarim bilan bo'lishaman: βž–Erix Mariya Remark - "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q" Jahon klassikasiga aylangan asar. Bu kitob urushni romantizatsiya qilgan, siyosatchilarning ayyorona puch propagandasi qurboniga aylangan yosh askarlar haqida. Ular urushning eng oldi frontlarida jang qilisharkan, asta-sekin sovuq va qahrli reallik bilan to'qnash kelishadi. Adib urushda hech qanday romantika bo'lmasligini ta'sirli ochib bera olgan. βž–Abdurashid Nurmurodov - "Qon hidi" Afg'on urushi va uning qatnashchilari, o'y-xayollari, orzulari haqidagi ajoyib asar. Bu urush bizga WWII dan kam talafot yetkazmagan. βž–Mansurxo'ja Xo'jaev - "Shermuhammadbek va qo'rboshilar jasorati" Turkiston milliy ozodlik harakati namoyondasi Shermuhammadbek lashkarboshi va uning ajoyib qoβ€˜rboshilari haqida hikoya qiluvchi asar. To'g'ri, u bevosita 2-JUga aloqador emas, ammo kitobda tariximizning juda kam o'rganilgan qismini yaxshi ochib berilgan. βž–Nikolay Saburov - "Zafar bahori" Ro'yxatda topish eng qiyin bo'lgan asar. Yoshligimda uydagi kutubxonamizda bo'lardi. O'shanda o'qib chiqqandim. U Ikkinchi jahon urushi haqida o'qigan ilk kitobimga aylangan. Unda qo'mondon Saburov o'z partizan guruhi bilan qilgan jasoratlari haqida hikoya qilinadi. βž–Abdurashid Nurmurodov - "O'lim ko'z yosh to'kkanda" Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashib halok boΚ»lganlarning, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan OΚ»zbekistonning barcha oΚ»gΚ»lonlari xotirasi bag'ishlangan milliy asar. βž–Chingiz Aytmatov - "Jamila" Bu asar bu ro'yxatda bevosita urushga bog'liq bo'lgani uchun tanlanmadi. Aytmatovning bu asari frontdan uzoqda urushdagi askarlar uchun mehnat qilayotgan oddiy insonlar taqdiri haqida so'zlaydi. Lui Aragon "dunyodagi eng go'zal sevgi qissasi" deya ta'riflangan bu asarni ham o'qib chiqishni tavsiya qilaman. Shuningdek, O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari", Said Ahmadning "Ufq", Shuhratning "Shinelli yillar" va Oybekning "Quyosh qoraymas" kitoblari top tavsiyalar hisoblanadi. Agar sizda ham mavzuga doir tavsiyalar bo'lsa, izohlarda bo'lishing. @panda_books
Hammasini ko'rsatish...
πŸ‘ 14πŸ’― 5πŸ”₯ 2😍 1
9-May - Xotira va qadrlash kuni bilan! @panda_books
Hammasini ko'rsatish...
πŸ‘ 21⚑ 5πŸ”₯ 2
Repost fromΒ Bored Panda
​​293-o'qchi polk, 97-o'qchi diviziya... 1943-1944-yillarda mash'um Ikkinchi jahon urushining eng qizg'in davrida mening bobom, dadamni otalari, Muftullaev Bazarbay tinch hayotini tark etib urushga borib qo'shiladi. U kishi 1-Belarus frontidagi 293-o'qchi polk, 97-o'qchi diviziyada xizmat burchini bajargan. Ammo 1944-yil fevral oyida qo'lidan qattiq yarador bo'lganidan so'ng harbiy gospitalga jo'natilgan. Keyinchalik urush g'alaba bilan tugagach, o'z yurtiga qaytib hayotini davom ettirgan. Bugun dadam otamning shaxsiy arxividan quyidagi fotolarni jo'natdi. Unda urushdan keyin har yubiley yillarida turli joylardan G'alaba bilan tabriklab jo'natilgan otkritkalarni, faxriy yorliqlarni ko'rishingiz mumkin. Bu bayram aslo siyosiy bayram emas. Bu o'tmishni qumsash ham emas, kimgadir nimanidir isbotlash ham emas. Buni siyosiylashtiradiganlar, turli xil bayonotlar bilan chiqadiganlarning asl maqsadi boshqa ekanligini hech ham unutmaslik lozim. Hozir men otamning o'sha davrdagi jasoratiga boqar ekanman, shunday odamning avlodi ekanligimdan faxr tuydim. Otam yurtimizni chindan sevgan, uning uchun jon olib, jon bergan. Qachonki, biz shu bayram yaqinlashar ekan, avvalo otamni, boshqa o'tgan qahramon ota-bobolarimizni yodga olamiz. Bu eng avvalo Xotira kuni. Xotirlash, yaxshilarni eslash dami. Bu eng avvalo Qadrlash kuni. Tinchligimizni qadriga yetish, yurtimizni azizlash lahzasi. Bayramingiz bilan Ota! Bayramingiz bilan azizlar! @boredpandablog
Hammasini ko'rsatish...

πŸ‘ 20πŸ”₯ 5πŸ’― 3
#newbook #yangikitob "Akademnashr"dan yangi premyera! Xurshid Abdurashidning "Dardisar" kitobi yetib keldi. Ilk o'quvchilar u haqida allaqachon iliq fikrlar bildirishga ulgurishdi. Juda noodatiy nom va syujetga ega asar. Tez orada bu kitob mutolaasiga kirishamiz, albatta. @panda_books
Hammasini ko'rsatish...
πŸ‘ 16❀ 12πŸ”₯ 4
#newbook #yangikitob Bugun xarid qilgan kitoblarim: βž– Yasunari Kavabata – "Tanlangan asarlar" // "Progress" nashriyoti, Moskva, 1971-yil. βž–Filipp Buonarotti – 2 tomlik "Π—Π°Π³ΠΎΠ²ΠΎΡ€ Π²ΠΎ имя равСнства" // "SSSR Fanlar akademiyasi nashriyoti", Moskva, 1964-yil. Ikkalasiniyam o'ib chiqishga oshiqyapman. @panda_books
Hammasini ko'rsatish...
πŸ‘ 21❀ 3πŸ”₯ 3
#bookstore Beruniy metro oldida ajoyib bukinistik kitob do'koni bor ekan. Eski, kamyob kitoblarni shu yerdan topishingiz mumkin. Narxlari o'rtacha. Asosan rus tilidagi kitoblar. Qulay atmosfera. @panda_books
Hammasini ko'rsatish...
πŸ‘ 19πŸ”₯ 8❀ 2⚑ 1