cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Panda Books

Books & Book Reviews Zamonaviy mutolaa repertuari Donat uchun: https://tirikchilik.uz/PandaBooks YouTube: tiny.cc/ytpb Insta: instagram.com/pandabooksuz Reklama: @pandapochtabot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
6 116
Obunachilar
-1124 soatlar
-1037 kunlar
-26930 kunlar
Post vaqtlarining boʻlagichi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Nashrni tahlil qilish
PostlarKo'rishlar
Ulashishlar
Ko'rish dinamikasi
01
Практически 2 путешествия в Вену, 3 тюбика пасты, 25 книг, 17 пустых восхождений на сцену: Я ждал тебя так, что от жизни отвык. Aleksandr Gusev @panda_books
3395Loading...
02
Seoul Mun'da “Sarmoya Books” kitob doʻkonining 6-filiali ochilishi munosabati bilan ertaga o'tkazilayotgan tadbirga taklifnoma berib ketishdi. Qiziqarli bo'ladi degan umiddaman. @panda_books
7751Loading...
03
#haqida 25-May Bugungi Bitiruvchi-2024! Qadrli uka-singillar! Quyidagi kichik tavsiyalarimni esda tutarsizlar: Maktabda olgan son-sanoqsiz maqtov va faxriy yorliqlaring keyingi hayotingda bir tiyinlik foyda bermaydi. Sinalgan. Faqatgina darsliklardan olgan ma'lumotlaring seni aqlli qilib qo'ymaydi. Isbotlangan. Bundan keyingi ustozlaring sen haqingda maktabdagilarchalik jon kuydirib qayg'urmaydi. Sinalgan. Ijtimoiy tarmoqdagi Sinfdoshlar guruhida tez-tez yig'ilib turamiz, yo'qolib ketmanglar degan gaplarga ko'pam umid qilma. Unday bo'lmaydi. Isbotlangan. Qayerda bilimni tekin tarqatishayotgan bo'lsa, o'shayerdan qolma. Yangiliklarga ochiq bo'l. Chellenjlar qilishdan qo'rqma. Foydasi bo'ladi. Tekshirilgan. Hech narsadan qo'rqma, aslo tushkunlikka tushma, qayg'urma. Oldingda millionlab imkoniyatlar turibdi. Hammasi albatta yaxshi bo'ladi. Ishon. Sinalgan. Omad yor bo'lsin! @panda_books
1 22118Loading...
04
#mutolaa Nihoyat, "Taxtlar o'yini" tugadi. Naq 920 varaqlik kitob. O'rniga bemalol 3 ta o'rtacha roman yoki 6-7 ta qissa o'qisa bo'lardi. Lekin bunchalik taassurotlarni boshqa romanlardan topish mushkul. Abatta, GoT bunga arziydi. Batafsil keyinroq. @panda_books
1 1425Loading...
05
Kecha Book Talks tashkilotchilaridan bir guruhi yig'ilib qoldik. Book Talksni sog'inganlar bormi? @panda_books
5870Loading...
06
Sevimli rus yozuvchi(lar)ingiz qaysi? @panda_books
1 2690Loading...
07
Tabriklaymiz! Harvardda doktorlik qilgan birinchi o'zbekistonlik! Bizgayam nasib qilsin! @panda_books
1 3609Loading...
08
"Shaytanat" Hayot — gulzor deya kezdim, tikonlari chiqdi yo’ldan. Na-da tikonlari, turfa ilonlari chiqdi yo’ldan. Tilindi qalb, shilindi til, baloyi nafs bo’ldi g’olib, Qimorga boy berildi or, pushmonlari chiqdi yo’ldan. Ko’ngil berdim yora nogoh, axtarib men tasallolar, Zaharxanda qildi ag’yor, yomonlari chiqdi yo’ldan. Zamon Haqqa tegishli deb, necha fursat qildim sabr, Chektirib oh, necha sohibzamonlari chiqdi yo’ldan. Bu bir qismat, dedim, balki peshonamga yozilgani, Xudo urgan shaytanatning shaytonlari chiqdi yo’ldan. Bormi biror xayrixohim va yo hamdard? Muhabbatning Tohir Malik, Shukurdayin qurbonlari chiqdi yo’ldan. O'lmas milliy serialimizdagi ashulani so'zlarini yozgan uni o'zining eski, charm diplomati va hali-hamon kostyum-shimda po'rim yurgan, ammo endi vaqt o'tib qarigan shoir Shukur Qurbon bilan tog'dan bitta avtobusda qaytdik va uni o'z uyi oldida qoldirib davom etdik. Umuman adabiyot darg'alarini ko'rishdan kami qolmadi. @panda_books
1 47716Loading...
09
Media files
1 3675Loading...
10
Bugun shunday ochiq va go'zal tabiat qo'ynida kun bo'yi katta guruh bilan buyuk shoir Erkin Vohidovning ruhini yod etdik. @panda_books
1 8113Loading...
11
Manzaraga qarang, lekin ochig'i, bu faqat fotosuratda yoqimli. Hammamiz bilib turibmizku, bu juftlik bu yerda kitob o'qish uchun o'tirishmaganini:)) Kitob mutolaasi uchun eng muhim narsa - bu sukunat va yolg'izlik baribir. @panda_books
1 66019Loading...
12
Do’stlar, shu hafta yakshanba kuni soat 22:00 “Taxtlar O’yini” asari bo’yicha kanalda ovozli muhokama bo’lib o’tadi. Muhokamada fikr-mulohazalar bilan birga hozirda tarjimasi davom etayotgan “Qirollar To’qnashuvi” kitobi haqida ham ba’zi yangiliklarni bo’lishaman. Muhokamada qatnashuvchi kanallar: @kitob_ombori @vasilbro @salimov_blogi @dildora_bookaholic @bookerberg @quyoshtaraflarda @rakhmonalievs_blog @timur_books @panda_books @bobil_kutubxonasi
1 0878Loading...
13
Instagramdagi qozoq vayneri Sekani doim boshqa vaynerlardan boshqacha ko'raman. Saviyasi bilan ajralib turadi. Va yana doim o'qishga targ'ib qilishi yoqadi. Bugungi stories'da esa kitob o'qishga qaror qilgani va buni hammaga tavsiya qilganini ko'rib, rosti quvondim. Katta auditoriyaga ega shunday vaynerlarning o'zlari (reklama yo pul uchun emas) istab, samimiy tarzda kitobga targ'ib qilishlari ajoyib. @panda_books
1 6668Loading...
14
Qadrli mushtariylar, yaxshi yangilik bilan bo'lishsam! Ochilganiga ko'p bo'lmagan "Mutolaa" loyihasi tez sur'atlarda kengayib bormoqda. Endilikda ushbu loyihadagi kitoblarni yoshlarga yanada yaqindan tanishtirish uchun "Mutolaa Blog" ochilibdi. U yerda kitoblarga yozilgan taqrizlar joylab boriladi. "Panda Books" ham shu loyiha bilan hamkorlik qila boshladi. Endi shu blogda ham boshqalar qatorida eksklyuziv taqrizlarimizdan bahramand bo'lib borishingiz mumkin:) @panda_books
1 5073Loading...
15
#taqriz Hojiakbar Shayxov – “Olmos jilosi” Agar yaxshiroq ahamiyat beradigan bo’lsak, ulkan xazinaga ega adabiyotimiz naqadar rang-barang ekanligini anglash qiyin emas. "Mutolaa" loyihasi ishga tushganidan so'ng, inson bunga yana bir bor amin bo'ladi. Hozirgi kunda butun dunyoda yana ilmiy-fantastikyo'nalishdagi asarlarga qiziqish qaytadan oshib bormoqda. Shu o’rinda, boy o'zbek adabiyotida ham bu janrga taalluqli va allaqachon klassikaga aylanib ulgurgan kitoblar bisyorligini ta’kidlash lozim. Bugungi taqrizimiz ulardan biri – Hojiakbar Shayxovning “Olmos jilosi” turkum hikoyalari haqida. "Olmos jilosi"ning o’ziga to'xtaladigan bo'lsak, u beshta bir-biridan mustaqil - "Alanga", "Rene jumbog'i", "Reya toshlari", "Qora tuynuk sari" va "Olmos jilosi" hikoyalarini o'z ichiga oladi. Ular bir-biridan mustaqil bo'lsa-da, barchasini yagona bosh qahramon, ya'ni Fazoviy Uchishlar akademiyasini yaqinda tamomlab, Kosmik Markazning Sotsial va Kriminal Tadqiqotlar institutiga ishga kelgan oliy darajali fazogir Olmos Azizov birlashtirib turadi. Olmos Azizov o’zida ideal fazogir, qat’iyatli-yu bilimli shaxs va samimiy insonni gavdalantiradi. Anglagangizdek, ushbu qissadagi voqealar insoniyatning yorqin olis kelajagida bo'lib o'tadi, u davrga kelib, inson qadami ko'pgina olis sayyoralarga yetgan va texnologik taraqqiyotning tasavvurga sig'mas yuqori cho'qqilarini zabt etgan edi. Hikoyalar sodda til bilan aytganda, Olmos Azizovning kosmik iztoparlik faoliyati haqida so'zlab beradi. Shu sababdan, hikoyalarni ketma-ketlikda o'qishni maslahat beraman, bu orqali siz taniqli fazogirimizning sarguzashtlarini to'la-to'kis bilib borasiz. Ilk hikoya "Alanga" hikoyasida biz Verga sayyorasi haqida, aniqrog’i u yerdagi yerliklar faoliyati haqida tanishamiz. Maxsus ekspeditsiya a’zolaridan ba’zilar noma’lum sabablarga ko’ra bangilik qila boshlashadi. Vergada o’simlik o’smasligini hisobga olsak, bu g’ayritabiiy “kasallik” Yerdagi asosiy tashkilotlarni xavotirga soladi. Olmos Azizovga ushbu dahshatli holatni o’rganish va holat sabablarini izlab topib, chora ko’rish topshiriladi. Undagi detektiv uslub va sodda til yosh kitobxonlar va o’smirlarni o’ziga qiziqtirishi aniq, zero muallif yangi sayyoralarni shunday ajoyib tasvirlaydiki, beixtiyor Olmos bilan birga sayr qilib yurgandek his qilasiz o’zingizni. “Rene jumbog’i” shu nomdagi aql bovar qilmaydigan darajadagi g’alati sayyoradagi voqealardan hikoya qiladi. Unga ko’ra, Buyuk Britaniyaning atoqli astronavti Bill Rene ikki sherigi – yosh fazogirlar Uolles va Vilson bilan birgalikda “Foton” yulduzkezar kemasida sayyoraning atmosferasiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Ekipaj qimmatli ilmiy ma’lumotlar to‘playotgani haqida nuqtaviy vakuum aloqa kanali orqali Yerga bir necha fursat xabar berib, keyin kutilmaganda aloqa uziladi va ekipaj izsiz g'oyib bo'ladi. Bu payt sovet fazogiri, Sovet Ittifoqi Qahramoni Azizov rahbarligidagi “Olmos” yulduzkezar kema ekipaji Serera sayyorasi tomon uchib borayotib SOS xabarini eshitib yordam oshiqishadi. Kutilmagan syujet burilishlari va ajoyib detektiv – bularni barchasini ushbu hikoya o’zida mujassam etgan. Turkumning so’nggi hikoyasi o’z nomi bilan “Olmos jilosi” deb nomlanadi. Tan olishim lozimki, turkumda menga eng ko’p yoqqan hikoya ham aynan shu bo’ldi. Unda Olmos Azizov Qora tuynukka qilgan safaridan keying voqealar haqida hikoya qilinadi. Vaqt uzra uzoq sayr qilgan fazogirimiz endi oxirgi missiyasini bajarishi kerak edi. Oʻzbek ilmiy-badiiy fantastikasining otalaridan biri hisoblanmish Hojiakbar Shayxovning "Olmos jilosi" hikoyalar turkumi 1983–yilda yozilgan. U hozirda yosh kitobxonlar orasida ommalasha boshlagan kosmik sarguzashtlar ruhida yozilgan asardir. Undagi voqealar ayniqsa, bolalarga tushunarli tilda yozilgani mutolaani yanada ravon va oson qiladi. Bilasiz, koinot va kosmik sarguzashtlar ‐ bu ilmiy-fantastikaning eng muhim qatlamlaridan biri hisoblanadi. "Olmos jilosi" esa aynan o'zbek-sovet adabiyotida yozilgan ajoyib asarligi esa uning qiymatini yanada oshiradi. Jasurbek Bozorboyev “Mutolaa” loyihasi uchun mutolaablogs
1 4164Loading...
16
Musiqiy tanaffus. @panda_books
1 5347Loading...
17
​​#review #taqriz ✳️ Ronen Bergman — "Qo'zg'al va birinchi bo'lib o'ldir" "Agar kimdir seni o'ldirishga kelgan bo'lsa, o'rningdan qo'zg'al va birinchi bo'lib o'ldir". © Bobil Talmudi Ronen Bergman — isroillik jurnalist, harbiy va razvedkaga ixtisoslashgan "Yediot Axronot" nashri muxbiri, huquqshunos va Kembrij universitetida Mossad bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan. "Mossad" - dunyodagi eng maxfiy va eng samarali ishlaydigan razvedka xizmatlaridan biri hisoblanadi. Isroil davlati tarixi bevosita ushbu xavfsizlik tashkilotining faoliyatiga bog'liq desa ham bo'ladi. Asar Falastin hududida yahudiy davlatini tashkil etishga qaratilgan butunjahon sionizm g'oyasi tarixidan so'zlaydi. Ko'pchilik isroil-arab ziddiyati 1946-yildan boshlangan deb o'ylaydi. Aslida esa unday emas. Yaqin Sharq muammolari juda chigal va u ancha oldinroq 1907-08-yillardayoq ildiz otgandi. 10 dan ortiq arab davlatlari qarshisida qolgan Isroil juda keskin yo'l tanlaydi. Ular mamlakat milliy manfaatlarini saqlab qolish, aholi xavfsizligini ta'minlash, Ikkinchi jahon urushidagi Xolokost qirg'ini uchun tirik qolgan fashistlardan o'ch olish, mintaqa nihiyat o'z so'zini ayta oladigan davlatga aylanish uchun qattiq kurashishlariga to'g'ri keladi. Kitobda "davlat terrorizmi" g'oyasi atroflicha yoritiladi. Isroil rahbarlari mamlakat xavfsizligini ta'minlash haqida o'ylar ekan, qayta va qayta barcha variantlar ichidan yashirin operatsiyalarni tanladilar va bu dushmanlarni yo'q qilish bilan yakunlandi. Ular shu yo‘l bilan Yaqin Sharq mintaqasidagi terrorizm bilan bog‘liq murakkab muammolar hal etilishiga, balki, hatto voqealar rivoji o‘zgarishiga ishonishgan. AQSh razvedkasi bunday operatsiyalarni "maqsadli" qotilliklar deb ataydi. Ko'plab insonlarning hayotini saqlab qolish evaziga qotillikni yoki o'ta xavfli harakat sodir etishni maqsad qilgan aniq bir individuumni yo'q qilish. Kimdir buni oqlaydi, kimdir esa yo'q. Farqi bunga qaysi tarafdan qarashga bog'liq. Hayot shafqatsiz, unda o'lja bo'lasan yo ovchi. Uchinchi yo'l berilmagan. O'z manfaating yoki davlat manfaati esa hammasidan ustun bo'lishi lozim. Kitobborasida ko'p gapirish mumkin, shundayam hali to'liq oq'ib tugatmadim, chunki hajmi nihoyatda katta, vaqt esa kam. Shuningdek, asardan eng qiziqarli jihatlarini kanalda tarjima qilib berib boryapman👉 [1, 2, 3, 4, 5, 6]. Yaqin Sharq muammosi, Falastin-Isroil konflikti, detektiv hikoyalar va razvedka xizmatlari faoliyatiga qiziqadigan insonlar bularni o'qib borishini tavsiya qilaman. Kitobni o'zi rus tilida, o'zbekcha yo'q. Siyosiy rahbarlar va razvedkachilardan tortib oddiy operativniklardan olingan, kitobga asos bo'lgan minglab intervyular va hujjatlarning hech biriga Mossad roziligi bermagan. Bergmanga bularni ommaga oshkor qilishga ruxsat berilmaydi. Ilgari sir bo'lib yotgan anchagina ma'lumotlar ushbu kitobda birinchi marta nashr etilgan. Balki Mossad buni ataylab nashr qildirgandir. Biz buni hech qachon bila olmaymiz. Shuni bilamanki, siyosat va razvedka olami nihoyatda sirli va o'ziga tortadi, uni aynan o'sha sirliligi uchun o'qirmiz balki... Yoqimli mutolaa! @panda_books
1 73019Loading...
18
Kecha Eron Prezidenti Raisiy vertolyotda aviahalokatga uchrab vafot etibdi. Shu kitob mutolaasiga yana qaytamiz shekilli. @panda_books
1 62713Loading...
19
"Kitob House" loyihasidan do'stim Ilhomjon hozirgina hadya tashlab ketdi. Did bilan ishlangan muqovaning o'ziyoq kishini xursand qiladi. Ajoyib! Buyurtma uchun @kitob_housebot ga murojaat qilishingiz mumkin.
1 7115Loading...
20
Ba'zi kitoblarni o'qib tugatarkansan, ko'z yoshlarni to'kmaslikning iloji yo'q... @panda_books
1 90939Loading...
21
Fan'lar Kitoblar dunyosida ham xuddi futbol klublari singari katta fan-klublar mavjud. Fan-klub – bu biror bir asar, franshiza yoki olamga bag'ishlanga asarlar turkumi ashaddiy muxlislari. Masalan, Joan Rouling qalamiga mansub "Garri Potter" sehrgarlar dunyosining butunjahonda millionlab muxlislari bor. Yoki Tolkin muallifi hisoblanadigan "Uzuklar hukmdori" epopeyasini aytsak. Bunday muxlislar o'zlari shu dunyoni to'ldirib boradilar, turli muhokamalar va tadbirlar o'tkazadilar. Shunday katta muxlislar auditoriyasini yaratgan yozuvchilarga havas qilsa arziydi. @panda_books
1 7672Loading...
22
#news Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlar boylik va “pulga sig‘inish”ga targ'ib qiluvchi kontentni bloklamoqda, deb yozadi The Guardian. Ushbu Internetdagi "madaniy tozalash" ishlari birinchi navbatda o'z hashamatli avtomobillari va ko'chmas mulk fotosuratlarini, shuningdek, "boyligi va erkinligi bilan" maqtanadigan kontentlarni o'z ichiga olgan. Siz nima deb o'ylaysiz, internetda hashamatli hayoti bilan maqtanish qanchalik to'g'ri? @panda_books
2 0677Loading...
23
Xitoyli mashhur ilmiy-fantast yozuvchi Lyu Sizin qalamiga mansub "Yerning o'tmishi haqida xotiralar" nomli trilogiyasidagi ikkinchi kitob – "Qorong'u o'rmon"ni ham o'qib tugatdim. Birinchisi "3 Jism Masalasi" edi. Taassurotlar shunchaki dahshat, fazoviy kurash va insoniyat kelajagidagi eng katta xavf haqida qiziqarli hikoya. @panda_books
1 7617Loading...
24
Mana qilsa bo'lar ekanku! Kitobxonlar uyg'ongani rost bo'lsin!
1 9370Loading...
25
Qani aktivlashamiz, bo'lmasa yangi ikkita taqrizlarimni joylamayman:)
2 0230Loading...
26
Kitob kimga qiziq shu issiqda:)
2 1731Loading...
27
Kanalda Aktiv tushib ketibdi. Yaxshimas.
2 2571Loading...
28
No Inspiration. @panda_books
2 6590Loading...
29
#offtop Dunyoda ommaviy tarzda yulduzlarni blokirovka qilish boshlandi Hozir Instagram va TikTokda "Let Them Eat Cake" revolyutsiyasi boshlangan. Odamlar ommaviy ravishda bir qator yulduzlarni unfollow va block qilishmoqda. Xo'sh, ular kimlar va hammasi nimadan boshlandi? Barchasi bu yilgi MetGala tadbiridan keyin boshlandi. Odatda o'ta puldor va taniqli insonlarning yilda bir marta bo'lib o'tadigan o'ta qimmatbaho kiyimlarda yig'iladigan uchrashuvi bo'lmish ushbu ceremony ko'pchilik tomonidan iliq qarshi olinmadi. Olovga benzinni esa amerikalik mashhur bloger HayleBeyli sepdi. U MetGalaga Qirolicha Mariya Antunetta libosida keldi va "Let Them Eat Cake" deya video oldi. Bilasiz, bu ibora kibor va hukmdor doirasining xalqning og'ir axvoli ustidan kulishi sinonimiga aylangan haqorat hisoblanadi. G'azodagi voqealar fonida realno ochlikda qolgan insonlar ustidan kulgandek tuyulgan ushbu hatti-harakat turgan gapki, obunachilarga yoqmadi. Natijada MetGalaga tashrif buyurgan va G'azo genotsidini tarafini olib, biror marta fikr bildirmagan barcha yulduzlar ommaviy ravishda cancel qilina boshlandi. Ba'zilar cancelga uchraganidan keyin G'azo haqida postlar qo'ya boshlagani, odamlar g'azabini yanada oshirdi va harakatning yanada ommalashishiga sabab bo'ldi. Hozircha, Zendaya, Jenifer Lopez, Kim Kardashyan kabi yulduzlar cancel qilinmoqda. Ommaviy canceling masshtabi - hozircha men bilgan eng katta qamrov hisoblanadi va bu qanday tugaydi, kuzatib boramiz. Sizning fikringiz qanday? @panda_books
2 37916Loading...
30
Media files
2 0587Loading...
31
#youtube_tavsiya "Farg'ona Shveysariyasi"ga sayohat Shohimardon — O‘zbekistonning Qirg‘iziston hududida joylashgan eksklavi. U Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumaniga qaraydi. Qishloq aholisi 6500 kishidan ziyodroq. Shohimardon — Farg‘ona viloyatining eng mashhur kurort maskani. Mahalliy aholi qishloqni «Farg‘ona Shveysariyasi», deb ham atashadi. Go‘zal qishloq Oqqiya, Yordon qishloqlari orasida joylashgan. Shu yerda toshbo‘ron qilingan Hamza Hakimzoda Niyoziy xotirasiga sovet yillarida Hamzaobod deb atab kelingan. Keyinchalik uning tarixiy nomi qaytarilgan. May boshida shu qishloqqa sayohat qildim va qisqacha videorolik tayyorladim. 👉 Youtubeda ko'rish Ko'rib baho berasiz degan umiddaman! @boredpandablog
2 11313Loading...
32
#reading Hozir "Taxtlar o'yini" fentezi romanini o'qib o'ylab qoldim: Agar men kabi ashaddiy GoTchi yoki Martinist emas, oddiy kitobxon birinchi marta bu kitobni olib o'qiyotgan bo'lsa, qanday taassurotni boshdan kechiryaptikan?! Axir, mana hali kitob o'rtalab qolmasidan shuncha personaj, qahramon, ularning oilaviy rishtalari, unvonlar, toponimlar, gidronimlar.... ehhe! Bitta stendaper buni xazil qilib chiqqandi: u aytganidek, bularni esida saqlash uchun alohida konspekt yuritish kerak. Axir, u yerda hatto qilichlarning ham nomi bor:) Lekin aslida e'tibor bersangiz, bizning davrda ham martabali oilalar va ularning oilaviy rishtalari shu serialdagidek, qorishib ketgan. Bekorga "Amerikaning eng boy 200 oilasi" kabi gap-so'zlar yurmaydi. Yuqori martabali oilalarning o'zaro quda bo'lishi, dushman yoki do'stga aylanishi - bor gap. Xullas, yangilarga oson bo'lmaydi. Maslahatim, bu yangi dunyodagi har bir personajni eslab qoling. Ular hali muhim pallada sahnaga chiqib qolishiga guvoh bo'lasiz:) Valar Morghulis! @panda_books
2 0791Loading...
33
Kun surati. @panda_books
3 00429Loading...
34
#haqida Me'yorni bilmaslik haqida Yevropada yasharkansiz, yevropaliklar va dunyoning qolgan xalqlari o'rtasidagi asosiy madaniy farqni darhol sezasiz: ular har qanday narsani oshirib yuborishdan qochishadi. Masalan, pul tikish (stavka)ni olaylik. Bu yerda bukmekerlik idoralari qonuniy va juda mashhur. Televizorda kuniga 24 soat lotereya va kazinolar haqidagi reklamalarni aylantirishadi. Hatto sport o'yinlariga garov tikish mumkin bo'lgan, nafaqat keksalar, balki ayollar va bolalar ham tashrif buyursa bo'ladigan maxsus qimor kafelari ham mavjud. Biroq, bu yerda "azartniy" o'yinchilar soni juda kam. Nega? Shunchaki ming yillik tajriba (sport o'yinlariga pul tikish tarixi juda qadimiy davrlarga borib taqaladi) tufayli yevropalik hech qachon bor-budini tavakkal ostiga qo‘ymaydi. Maksimum - oshiqcha naqd pulining 10%ini o'ynashi mumkin. Kichik tavakkal qo'rqinchli emas. Adrenalin dozasini oladi – yo'lida davom etadi. Bizning odamlarimiz esa tabiatan hamma narsani oshirib yuborishi kerak. Albatta avtomobili, uyi, biznesini yo'qotishi, qarz va kredit olib, oilasi buzilib ketguncha, jinoyat qilishi va oxirida o'z joniga qasd qilguncha boradi. Aytgancha, bu jihatdan biz amerikaliklarga o‘xshab ketamiz – u yerda so‘nggi 150 yildan xuddi shu sabablarga ko‘ra (haddan tashqari tavakkalchilikni sevish) sportga pul tikish rasman taqiqlangan. Yevropalik kishi kechki ovqat ustida ikki qadah sharob ichishi va bemalol uxlashga yotishi mumkin. Bizning odam bunday sharoitda zerikadi. U to hayvonga o'xshab dumalab qolguncha, bir palakat orttirmaguncha yoki piyanista holiga tushguncha ichishi kerak. (Hozirgi zumerlar bu odatdan xalos bo'lishgan va bu yaxshi). Giyohvand moddalar bilan ham xuddi shunday. Tabletkalar. Fastfud. Ijtimoiy tarmoqlar. Pornografiya. Tanishuv ilovalari. Birjada o'yinlari. Kripto. Psixologiya. Siyosiy g'oyalar. Diniy harakatlar bilan ham. Bir paytlar Yevropada paydo bo'lgan bezarar sotsializm kommunistik SSSRda juda radikal va xunuk shaklni olgandi. Bizda feminizm, transgender, cancel culture, panturkizm yoki islom qanday shakllar olishi mumkinligini o'ylash ham qo'rqinchli. "Kirn, hech narsada haddan tashqari g'ayratli bo'lma, har bir narsaning o'rtasini tanla" Feognid bizga shunday yozib qoldiradi. Keling, unga quloq tutaylik. – Rashev @boredpandablog
2 37611Loading...
35
Tushunmaganlar uchun: Qizning bayram formasiga yaxshiroq e'tibor bering.
2 3192Loading...
36
Senzura Janubiy Kaliforniya universiteti bitiruvchisi Asna Tabassumni an'anaviy bitiruv marosimida talabalarga nutq so'zlash uchun taklif qilishadi, ammo rektor so'nggi daqiqada tadbirni bekor qilgan. Nutq esa talabalar gazetasi Daily Trojanda chop etilibdi. Manimcha, Tabassum qaysi dinga e'tiqod qilishi, o'z nutqida hozirda dolzarb qaysi mavzuni yoritishi va talabalarga so'z erkinligi borasida nimaga dav'at qilishini tahmin qilib ulgurdingiz. Ajablanarli. Turli mamlakatlar, turli xil kontekstlar, lekin ayni paytda umumiy muammo o'xshash. @panda_books
2 5356Loading...
37
#mutolaa Hozir o'qiyotgan ilmiy-fantastik kitobimda 200 yildan keyin Yer yuzidan xususiy mulk, oila instituti va majburiyat yuklaydigan munosabatlar yo'q bo'lib ketarkan. Aytgancha, odamlar yashash uchun 1000 metr Yer tagida yashashadi. Chunki Yer yuzi yashash uchun yaroqsizga aylanadi. @panda_books
1 9983Loading...
38
#tavsiya Amazonda qiziq kitob bor ekan. Netflix strimingida namoyish etilgan 70 ga yaqin serial va kinolardagi taomlar va ichimliklar menyusini o'zida jamlagan retseptnoma deyish mumkin. Qiziq g'oya. Yozuvchi Anna Painterning fikricha, sevimli shoungiz ko'rish vaqtida unda dasturxonga tortilgan taomni ta'tib ko'rish istagi kuchli bo'larkan. Kechki payt film tomosha uchun o'sha film qahramonlari tanovul qiladigan menyuni yaratmoqchimisiz? Marhamat! @panda_books
2 1506Loading...
00:53
Video unavailableShow in Telegram
Практически 2 путешествия в Вену, 3 тюбика пасты, 25 книг, 17 пустых восхождений на сцену: Я ждал тебя так, что от жизни отвык. Aleksandr Gusev @panda_books
Hammasini ko'rsatish...
👍 6🔥 4 1
Photo unavailableShow in Telegram
Seoul Mun'da “Sarmoya Books” kitob doʻkonining 6-filiali ochilishi munosabati bilan ertaga o'tkazilayotgan tadbirga taklifnoma berib ketishdi. Qiziqarli bo'ladi degan umiddaman. @panda_books
Hammasini ko'rsatish...
🔥 8👍 7 3😍 2
#haqida 25-May Bugungi Bitiruvchi-2024! Qadrli uka-singillar! Quyidagi kichik tavsiyalarimni esda tutarsizlar: Maktabda olgan son-sanoqsiz maqtov va faxriy yorliqlaring keyingi hayotingda bir tiyinlik foyda bermaydi. Sinalgan. Faqatgina darsliklardan olgan ma'lumotlaring seni aqlli qilib qo'ymaydi. Isbotlangan. Bundan keyingi ustozlaring sen haqingda maktabdagilarchalik jon kuydirib qayg'urmaydi. Sinalgan. Ijtimoiy tarmoqdagi Sinfdoshlar guruhida tez-tez yig'ilib turamiz, yo'qolib ketmanglar degan gaplarga ko'pam umid qilma. Unday bo'lmaydi. Isbotlangan. Qayerda bilimni tekin tarqatishayotgan bo'lsa, o'shayerdan qolma. Yangiliklarga ochiq bo'l. Chellenjlar qilishdan qo'rqma. Foydasi bo'ladi. Tekshirilgan. Hech narsadan qo'rqma, aslo tushkunlikka tushma, qayg'urma. Oldingda millionlab imkoniyatlar turibdi. Hammasi albatta yaxshi bo'ladi. Ishon. Sinalgan. Omad yor bo'lsin! @panda_books
Hammasini ko'rsatish...
👍 40🤣 7 6🕊 4 2🔥 1💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
#mutolaa Nihoyat, "Taxtlar o'yini" tugadi. Naq 920 varaqlik kitob. O'rniga bemalol 3 ta o'rtacha roman yoki 6-7 ta qissa o'qisa bo'lardi. Lekin bunchalik taassurotlarni boshqa romanlardan topish mushkul. Abatta, GoT bunga arziydi. Batafsil keyinroq. @panda_books
Hammasini ko'rsatish...
👍 28🔥 13 4
Kecha Book Talks tashkilotchilaridan bir guruhi yig'ilib qoldik. Book Talksni sog'inganlar bormi? @panda_books
Hammasini ko'rsatish...
Mahin's World

Kecha Jasurbek, Nazarbeklar bilan million soat suhbatlashdik. Booktalksni hayotga qaytarish haqida bir qarorga keldik📚. @mahinsworld

🔥 8👍 1
Sevimli rus yozuvchi(lar)ingiz qaysi? @panda_books
Hammasini ko'rsatish...
10👍 6🔥 6
Photo unavailableShow in Telegram
Tabriklaymiz! Harvardda doktorlik qilgan birinchi o'zbekistonlik! Bizgayam nasib qilsin! @panda_books
Hammasini ko'rsatish...
49🔥 29👍 23💯 2 1😍 1🏆 1
"Shaytanat" Hayot — gulzor deya kezdim, tikonlari chiqdi yo’ldan. Na-da tikonlari, turfa ilonlari chiqdi yo’ldan. Tilindi qalb, shilindi til, baloyi nafs bo’ldi g’olib, Qimorga boy berildi or, pushmonlari chiqdi yo’ldan. Ko’ngil berdim yora nogoh, axtarib men tasallolar, Zaharxanda qildi ag’yor, yomonlari chiqdi yo’ldan. Zamon Haqqa tegishli deb, necha fursat qildim sabr, Chektirib oh, necha sohibzamonlari chiqdi yo’ldan. Bu bir qismat, dedim, balki peshonamga yozilgani, Xudo urgan shaytanatning shaytonlari chiqdi yo’ldan. Bormi biror xayrixohim va yo hamdard? Muhabbatning Tohir Malik, Shukurdayin qurbonlari chiqdi yo’ldan. O'lmas milliy serialimizdagi ashulani so'zlarini yozgan uni o'zining eski, charm diplomati va hali-hamon kostyum-shimda po'rim yurgan, ammo endi vaqt o'tib qarigan shoir Shukur Qurbon bilan tog'dan bitta avtobusda qaytdik va uni o'z uyi oldida qoldirib davom etdik. Umuman adabiyot darg'alarini ko'rishdan kami qolmadi. @panda_books
Hammasini ko'rsatish...
26👍 17💯 5 3🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
12🤔 9 1🔥 1
Bugun shunday ochiq va go'zal tabiat qo'ynida kun bo'yi katta guruh bilan buyuk shoir Erkin Vohidovning ruhini yod etdik. @panda_books
Hammasini ko'rsatish...
👍 23 7 5🔥 3🗿 3