cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Bored Panda

Digital Odyssey. Jasurbek Muad'Dib Bazarbaeff san'at, siyosat va society haqida Donat uchun: https://tirikchilik.uz/PandaBooks Instagram: instagram.com/boredpandauz Tiktok: tiktok.com/@jasurbekbazarbaeff Murojaat & Hamkorlik: @boredpandauzbot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 774
Obunachilar
-524 soatlar
-77 kunlar
-1930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#kinonews ⚡"Deadline" xabariga ko'ra, Xiroyuki Sanada "Shogun"ning 2-mavsumi uchun shartnoma imzolagan Tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan nihoyatda iliq qarshi olingan va ushbu muvaffaqiyat to'lqinida bo'lgan FX, yo katta xatoga yo'l qo'yadi yoki juda dadil harakat qiladi – chunki ular shouni ikkinchi mavsumga uzaytirishmoqchi. Gap shundaki, "Shogun"ning birinchi mavsumi yozuvchi Jeyms Klavellning shu nomdagi roman-epopeyasi, ya'ni butun manbani moslashtirib bo'lgandi, endi mualliflar yangi ssenariyni o'zlari o'ylab topishlari kerak bo'ladi. @boredpandablog
Hammasini ko'rsatish...
🤣 5
#premyera "Tinch joy: Birinchi Kun" filmining yangi treyleri taqdim etildi. @boredpandablog
Hammasini ko'rsatish...
​​#review "Baby Reindeer", 2024 2024-yildagi insonda noqulay tuyg'ular uyg'otadigan nihoyatda dramatik va emotsional seriallardan birini ko'rib tugatdim. 2015-yil. Londondagi odatiy kichik pabda barmen bo'lib ishlayotgan omadsiz komik Donni Dann navbatdagi mijozni kutib oladi. U Marta Skott ismli g'amgin do'mboq ayol bo'lib, uning xatto choyga ham puli bo'lmaydi. Unga rahmi kelgan Donni uni choy bilan mehmon qiladi. Natijada ayol endi har kuni ertadan kechgacha shu yerga keladigan va unga har kuni yuzlarcha sms jo'natadigan bo'ladi. Aloqani birdaniga uzishni istamagan Donni Martani yo'lga solmoqchi bo'ladi, ammo keyin ma'lum bo'lishicha Marta oldin ham ta'qib qilishda ayblanib sudlangan bo'pchiqadi... Eng qizig'i, mini-serial rejissor va bosh rolni ijro etgan Richard Gedd voqeani o'ylab topmagan. Bu mutlaqo real hikoya. Yetti qismdan iborat serialning har bir qismida voqealar yanada dramatik tus olib, bosh qahramonga achinishni boshlaysan. Oldiniga buni juda oddiy qabul qilasan. "Xunuk, semiz ayol, buni ustiga boshqa insonni ta'qib qilayapti" deya osongina xulosa chiqarib qo'yasan. Lekin bu noto'g'ri bo'ladi. Har bir psixologik travmaning o'z manbasi va oqibatlari bo'ladi. "Baby reindeer" o'z stili va yo'nalishi bilan boshqa seriallarga o'xshamaydi. U ba'zan kulguli, ba'zan dardchil, ba'zi joylari yengil, boshqasida esa og'ir epizodlarga ega. Bosh qahramon serial davomida o'z travmalari bilan kurashib, uni hatto san'atga aylantira oladi. Serialning oxirida, nihoyat sud Martani 5 yilga ozodlikdan mahrum qilgach, Donni Martani yaxshiroq tushunish uchun uning son-sanoqsiz audiolarini tinglashni boshlaydi. Hamma ishini yig'ishtirib, Martani motivlarini o'rganishni boshlaydi. U audiolarni emotsiyalarga ko'ra, tasniflab chiqadi va hayotda omadi kelmagan ayolni oz-moz tushuna boshlaydi. Mana shu yer serial kulminatsiyasi desak to'g'ri bo'ladi. Serial nomi o'zbekchada "Kiyik bolasi" deb tarjima qilinadi. Qiziqarli nom. Marta Donnini erkalab shunday ataydi. Nega serial shunday nom olgan, uning ma'nosi nima, keyin ushbu serialdan keyin "Sent from my Iphone" iborasi nega mashhur bo'lganini uni tomosha qilib bilib olasiz. Barchaga tavsiya qilaman. Sent from my Iphone @boredpandablog
Hammasini ko'rsatish...

👍 9
9-May - Xotira va qadrlash kuni bilan! @boredpandablog
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Manimcha, o'yin super darajada o'tdi. Teng kuchli raqiblar o'rtasidagi shiddatli uchrashuv guvohi bo'ldik. Va uning finali o'ta yuqori kulminatsiyada tugadi. Realchilarni tabriklayman!
Hammasini ko'rsatish...
🔥 22 2👍 1🎉 1
REAL NIMA QILAYAPTI!
Hammasini ko'rsatish...
Real nima qildi?
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Bored Panda
​​293-o'qchi polk, 97-o'qchi diviziya... 1943-1944-yillarda mash'um Ikkinchi jahon urushining eng qizg'in davrida mening bobom, dadamni otalari, Muftullaev Bazarbay tinch hayotini tark etib urushga borib qo'shiladi. U kishi 1-Belarus frontidagi 293-o'qchi polk, 97-o'qchi diviziyada xizmat burchini bajargan. Ammo 1944-yil fevral oyida qo'lidan qattiq yarador bo'lganidan so'ng harbiy gospitalga jo'natilgan. Keyinchalik urush g'alaba bilan tugagach, o'z yurtiga qaytib hayotini davom ettirgan. Bugun dadam otamning shaxsiy arxividan quyidagi fotolarni jo'natdi. Unda urushdan keyin har yubiley yillarida turli joylardan G'alaba bilan tabriklab jo'natilgan otkritkalarni, faxriy yorliqlarni ko'rishingiz mumkin. Bu bayram aslo siyosiy bayram emas. Bu o'tmishni qumsash ham emas, kimgadir nimanidir isbotlash ham emas. Buni siyosiylashtiradiganlar, turli xil bayonotlar bilan chiqadiganlarning asl maqsadi boshqa ekanligini hech ham unutmaslik lozim. Hozir men otamning o'sha davrdagi jasoratiga boqar ekanman, shunday odamning avlodi ekanligimdan faxr tuydim. Otam yurtimizni chindan sevgan, uning uchun jon olib, jon bergan. Qachonki, biz shu bayram yaqinlashar ekan, avvalo otamni, boshqa o'tgan qahramon ota-bobolarimizni yodga olamiz. Bu eng avvalo Xotira kuni. Xotirlash, yaxshilarni eslash dami. Bu eng avvalo Qadrlash kuni. Tinchligimizni qadriga yetish, yurtimizni azizlash lahzasi. Bayramingiz bilan Ota! Bayramingiz bilan azizlar! @boredpandablog
Hammasini ko'rsatish...

7👍 3 1
Ta'qib Kimdir qachondir sizni ta'qib qilganmi? Masalan, kuniga yuzlab xabarlar yozib, yuz martalab telefon qilib? Yoki uyingiz oldida kuzatib? Blok qilsangiz ham ijtimoiy tarmoqlarda yozib, unknown raqamlardan aloqaga chiqib masalan. Bu yoqimli romantika haqida emas. Yoqimsiz, qo'rqinchli yokida ayanchli bir ta'qib haqida? Qiz yoki yigit farqi yo'q. @boredpandablog
Hammasini ko'rsatish...
👍 7 2😱 1
Menam "Ovoz"ga chiqsammikana?:) @boredpandablog
Hammasini ko'rsatish...
🤣 15🏆 3