cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

LEGAL MIND

Xalq tushunadigan tilda huquqiy fikrlar! 😎 Lawyer | liberal

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
2 808
Obunachilar
+324 soatlar
-317 kunlar
-24230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Only in Uzbekistan: — Oyiiii, o'rtoqlarim bilan daryoga cho'milishga ketyapman — Ehtiyot bo'l, cho'kib ketsang o'ldiraman... @legal_mind
Hammasini ko'rsatish...
🤣 46
O'qishga kirishda eng oltin davrlar 2017-2022 yillarda bo'lgan bo'lsa kerak. Milliy sertifikatlar bo'lmagan, imtiyozlar kam edi. O'qishga kirishda eng birinchi bekor qilinishi kerak bo'lgan imtiyozlar: Prezident va Temurbeklar maktablari bitiruvchilarining imtiyozi hisoblanadi. Bu maktablarda eng intellektli, zamonamizning olim-u fuzalolari o'qishi yetarli argument emas. Oddiy maktabda o'qib, ham repetitorga borib, ham o'qituvchilaridan dars qoldirgani uchun so'kish eshitib yuradiganlar bilan eng zo'r sharoitda va eng zo'r o'qituvchilarda tayyorlanganlar ustun bo'lmasligi kerak. To'g'risini aytaman: kursga qatnab yurganlar bilan imtiyozli maktab o'quvchilari bellashsa, oddiy maktab o'quvchilari ustunroq chiqsa ham hayron qolmayman. Chunki yillab repetitorga borganlarni o'zining maxsus bloklaridan boshqalardan kam joyi bo'lmaydi — 100% Umuman, ta'limda adolat bo'lishi uchun hech qanday imtiyoz bo'lmasligi kerak. Haqiqiy adolat shu DTMni testlarini hamma bir xil startdan yechib, bir xil imkoniyatlar bilan hech qanday qo'shimcha ballarsiz bellashganida bo'ladi. Imtiyozlilarga alohida kvota beriladi degan argumentga ham qo'shilmayman. Ularga kvotalar ajratilaverishi sabab OTMlarga yuklamalar oshib ketadi. Xonalar, yaxshi ustozlar yetishmovchiligi bo'ladi. Bu o'z navbatida barchaga birdek salbiy ta'sir qiladi. O'zbeklarda ajoyib gap bor: ko'pchilik — b*qchilik. Shuningdek, milliy sertifikatlashtirishga ham butunlay qarshiman. Chunki shu sertifikatni korrupsion yo'llar bilan olayotganlar, sohani biznesga aylantirgan shinavandalar ko'payib ketganini abituriyentlar biladi. O'z kuchi bilan sertifikat olayotganlar ham bor, bilaman. Lekin pul bilan hal qilish uchun fortichka bo'lgan teshiklarni butunlay yopish kerak bunday vaziyatda. Bitta IELTSni imtiyoz sifatida tan olish kerak, tamom. Men xohlagan orzudagi O'zbekistonda imtixonlarda barcha birdek, faqat va faqat miyasidagi bilimi bilan bellashib o'qishga kiradi. Bu gaplarim ba'zi yaqinlarimga yoqmagani aniq, uzr! @legal_mind
Hammasini ko'rsatish...
👍 19🔥 11💯 7 2🤯 1
Ko'zga e'tibor berishni foydalari haqida post bo'lishi mumkin edi. Lekin shunchaki ko'zni davolatdim. Kamroq ekranga qaranglar. @legal_mind
Hammasini ko'rsatish...
🤣 27💔 5 3🔥 1
Ishga kirsam, pul topishni boshlasam keyin uylanishga harakat qilaman demaslik kerak. Ishga ham kirasiz, pul ham topasiz lekin ishonchli qiz topolmaysiz. O'sha siz xohlayotgan marraga yetib kelgan akalar bor: uylanishi kerak lekin qiz yo'q. Shuning uchun hozirdan gazini bosaveringlar onasini emsin. @legal_mind
Hammasini ko'rsatish...
👍 40🤣 33💯 9🔥 6 2🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kommentlarda hayot mujassam:
Hammasini ko'rsatish...
🤣 62🤓 7👍 1
Nega men yalqovman? Nega ishlarimni vaqtida qila olmayman? Hayotingizni o’yin deb tassavvur qiling. Bu o’yinning maqsadi shokolad yig’ish. Shokolad yig’ish uchun sizga 100ta kuch berilgan. Bu kuchlarni siz qandaydir ishlarni bajarishga ishlatishingiz mumkin. Shu ishlarni bajarsangiz sizga shokolad beriladi. Masalan, 5ta kuch ishlatib kitob o’qisangiz sizga shokolad beriladi. 10ta kuch ishlatib o’zingizni ustingizda ishlasangiz sizga shokolad beriladi. 1ta kuch ishlatib YouTube ko’rsangiz sizga shokolad beriladi. 0.5ta kuch ishlatib Instagramda o’tirsangiz sizga shokolad beriladi. Natijada nima qilasiz? Ozroq kuch talab qiladigan ishlarni bajaraverasiz, shokolad yi’gaverasiz. Shokolad ko’payaveradi. Kuchingiz kamayaveradi. Lekin bu o’yinda yashirin bir qonun bor. Shokoladlar ikki xil bo’lishi mumkin. Bir turdagi shokoladlar sizga hech nima bermaydi. Bir marta yeysiz, mazani qilasiz va bo’ldi. Ikkinchi turdagi shokoladlar esa sizga o’zi talab qilgan kuchdan 2, 3, 4 barobar kuch qaytarib berishi mumkin. YouTube, Instagram kabi ishlar sizga foydasiz shokoladlar beradi. Ko’proq kuch talab qiladigan kitoblar, o’zingizni ustingizda ishlashingiz esa kuchingizni ko’proq qilib qaytarib beradigan shokoladlar beradi. Siz esa shokolad yegingiz kelib oson ishlarni qilishda davom etasiz. Natijada qiyin lekin foydali ishlarga kuch qolmaydi. Bor kuchingiz kundan kunga kamayib ketaveradi. Kundan kunga yalqovlashib boraverasiz. Hayotda ham huddi shunday qonun bor. Faqat shokolad o’rniga sizning miyyangiz “Dopamine” gormonini hohlaydi. Buni siz tezda qoniqtirish uchun YouTube ko’rasiz, Instagramda o’tirasiz, 18+ filmlar ko’rasiz. Oz muddatga tinchlanasiz. Chunki olgan dopamingizning kuchi sizga hech nima bermaydida. Nosni kaypidek kayp holos. Qiyinroq lekin foydaliroq ish qilganingizda natija boshqacharoq bo’lgan bo’lar edi. Siz esa arzon va tez “dopamine” yig’ishda davom etasiz. Natijada qiyin lekin foydali ishlarga kuch qolmaydi. Bor kuchingiz kundan kunga kamayib ketaveradi. Kundan kunga yalqovlashib boraverasiz. @jakhonrakhmonov
Hammasini ko'rsatish...
🔥 28👍 15🕊 1
Dani Karvaxal UEFAni yutdi, Evroni yutdi. Super mavsum o'tkazdi. Jamoasida muhim pallalarda hal qilishda ishtirok etdi. Oltin to'p olishi uchun yana nima qilishi kerak? Aslanovning fikriga qo'shilaman. @legal_mind
Hammasini ko'rsatish...
👍 5🤣 2
Sen o'qishga kirishni o'ylab siqilib yuribsan, Yamal esa 17 yoshda Yevropada chempion bo'lyapti.
Hammasini ko'rsatish...
🤣 18😁 3😐 2 1👏 1
Repost from Legist.uz
Интенсивга қолдириш учун максимал ҳаракат қилинган деган ёлғон гап-сўзлар юради. Бунга ишонгиси келади одамни). @legistuz
Hammasini ko'rsatish...
👍 16🤔 5 3
Bo'ldi, ertadan boshlab barcha shaxsiy kanalida: Tahajjudga turganini va necha rakat o'qiganini, qaysi suralarni zam sura qilganini, keyin esa saharlikka uyg'onib og'zini yopgandan keyin bomdodni o'qish uchun masjidga ketayotganini aytish bilan postlar yozsin. Kunduzi qaylula uyqusini sunnatga muvofiq bajarib keyin peshinni o'qish uchun masjidga borgani va qaytishda havoning issiqligidan qiynalganini yozsin. Shom vaqtiga yaqin ro'za tutish oson bo'lmaganini post qilsin. Oxirida esa og'iz ochgandan keyingi yengillikning rohatini, islomning ne'matini ulug'lab auditoriyaga xuftonni o'qish uchun masjidga ketayotganini yozsin. Masjiddan yumaloq video tashlab kunni yakunlasin. @legal_mind
Hammasini ko'rsatish...
😐 14👍 4 2🤯 1😈 1👀 1🙈 1🤝 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.