cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Legist.uz

Бу ерда ҳуқуқшунос Неъматулло Замоновнинг турли соҳаларга оид қарашларини ўқиб боришингиз мумкин. Ҳуқуқ ҳақида кўпроқ гапирамиз. • Боғланиш — @N3MATULLO • Плейлист — @znbeats • Гуруҳ — @yuridikhimoya • Ҳуқуқий саволлар учун — @yuristgaxat_bot.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
850
Obunachilar
+324 soatlar
+127 kunlar
-630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

04:56
Video unavailableShow in Telegram
Гапирсак майлими? Битта гап эсимга тушиб кетди, шунга кулсам бўладими? @legistuz
Hammasini ko'rsatish...
Мои видео.mp423.24 MB
​​Далилларни текшириш чоғида махсус билим талаб этадиган соҳаларда ўрганиш учун экспертиза тайинланади. Масалан, оталикни белгилашга доир ишларда ДНК экспертизаси тайинланиши мумкин. Худди шундай БМБАнинг куни кеча туширган “қовун”и юзасидан Жалол Болтаев билан фикр алмашдик. Жалол ака тестологияга борасида билимлилардан. Ўзига хос “экспертиза”дан олган хулосаларимни кейинроқ ҳуқуқий тус бериб пост қиламан. 👉 @legistuz
Hammasini ko'rsatish...

👍 4🔥 1
Имтиҳонсиз “перевод” Хусусий универиситетларда ўқиётганлар ўқишини давлат олийгоҳига имтиҳонсиз “перевод” қилиши мумкин. Бу тартиб фақат НОДАВЛАТ олийгоҳдан давлати олийгоҳларининг мос ва турдош бўлмаган йўналишларига ўқишни кўчириш учун ишлайди. ✅ Шарти: бир марталик супер-контракт пулини тўлаш керак. Мос йўналишга кўчирганда одатдаги имтиҳон топширилади. @legistuz
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Yana bir udar.
Hammasini ko'rsatish...
Xushnudbek.uz

UzBMB huquq fanidan savollar yuzasidan bayonot berdi. Bayonot yolg‘on va safsatadan iborat Xullas, bayonotda 2 ta masala aytilgan: 1) qonun hujjatlaridan savol tuzishimiz mumkin — bu YOLG‘ON; 2) savollarimiz "chyotkiy", hech qanaqa muammosi yo‘q — bu SAFSATA. Birinchi yolg‘onga kelsak, UzBMB saytida huquqshunoslik fanidan tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxatida faqat 5 ta manba berilgan xolos. Ularning 4 tasi darslik, 1 tasi O‘zbekiston Konstitutsiyasi. Ushbu manbalarda mavjud bo‘lmagan birorta savol berishga UzBMBning haqqi yo‘q. Pastda kichkina izohda aytilgan gapni esa mutlaqo noto‘g‘ri talqin qilishyapti. Ya’ni izohda savollar eng oxirgi o‘zgarish va qo‘shimchalarni inobatga olib tuziladi deyilgan. Lekin bu degani biz istalgan normativ-huquqiy hujjatdan savol tuzishga haqqimiz bor, degani emas. Bu shunchaki yuqoridagi 5 ta manbadan savol tuzilayotganda qonunchilikdagi o‘zgarishlarga qaraymiz degani. Masalan, 3 yil oldin chiqqan darslikda senatorlar soni 100 ta ko‘rsatilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 65 nafarga tushgan. Demak, shunaqa payti darslikdagi eski ma’lumotdan savol tuzilmaydi, degani. Ammo UzBMBdagi "aqllilar" o‘zicha bu izohni istalgan qonun hujjatidan savol tuza olamiz, deb o‘ylashibdi. Lex.uz saytida 132 mingdan ortiq hujjat bor. Sal kallani ishlatsanglar bo‘lmaydimi? Qanaqa qilib, abituriyent 132 mingta hujjatni o‘qib chiqadi? Abituriyent Yer kodeksidan yoki Byudjet qonunidan savol tushishini qayerdan bilsin? Xullas, UzBMBning bu ishi huquqiy asosga ega emas va bu qonun buzilishi, deb baholanishi kerak. Ikkinchi safsataga kelsak, UzBMB savolda qaysidir qilmish uchun Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda qanaqa jazo berilgani, ya’ni sanksiyasi so‘ralganini to‘g‘ri deb hisoblashini aytibdi. Bo‘pti, kelishdik, bitta ish qilamiz. Agar Konstitutsiyaviy sud raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov, Oliy sud raisi Baxtiyor Islamov, Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov JK va MJtKdagi hamma moddaning sanksiyasini yoddan bilsa, men shunchaki qoyil qolaman va adashibman deb uzr so‘rayman. Agar ular ham yoddan bilmasa, unda UzBMB xatosini tan oladi, kelishdikmi? Bilaman, men aytgan ishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu misolni shunchaki bironta sudya, prokuror yoki tergovchi kodekslardagi sanksiyalarni yodlamasligini tushuntirish uchun aytdim. Sanksiyalar yuridik oliygoh talabalariga ham yodlatilmaydi, sanksiyalar sudyalar va organ xodimlarining imtihon va attestatsiyalarida ham so‘ralmaydi. Umuman yuristlar orasida sanksiya yodlash degan amaliyot yo‘q, baraka topgurlar! Qaysi "farzandi yo‘q" ekspert abituriyentlar uchun bunaqa savollarni tuzdi, qaysi "miyasi o‘tlagan" kottakon bunaqa savollarni tasdiqladi, hayronman. Bu Yangi O‘zbekistonda yangicha muhit olib kirishni maqsad qilgan yangi davr test tizimi uchun sharmandalikdan boshqa narsa emas. O‘zimiz yoshlarga shunaqa ahmoqona savollarni beramiz-da, keyin PISA kabi xalqaro imtihonlarda o‘quvchilarimizning fikrlashi eng oxirgi o‘rinlarda ekanidan hayron bo‘lamiz. Aslida mana shunaqa savollar tushayotgan test tizimi yoshlarimizni zombiga aylantirib, mantiqiy fikrlashini o‘ldiryapti. Uyalinglarey... Yana o‘zini oqlashiga o‘lamanmi. 👉 @xushnudbek 👈

🔥 6👍 2
00:32
Video unavailableShow in Telegram
UzBMB (DTM) yana eski davrga qaytyaptimi? Yoki “bolasi yo’qlar” yana savol tuzyaptimi? #abituriyent Kecha testning ilk kunida huquq fanidan imtihonga kirgan abituriyentlar darsliklarda mavjud bo'lmagan ma'lumotlardan, xususan, Kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan shikoyat qilishdi. Masalan, davlat ramzlari to'g'risidagi qonunlar (bayroq qachon ko'tarilishi, madhiya soat nechida aytilishi va hk), davlat byudjeti to'g'risidagi qonun va hk. Albatta, qo'limda aniq fakt bo'lmagani uchun bu borada biror fikr aytishdan yiroqman, bunga UzBMB izoh bergani ma'qul. Har qanaqa vaziyatda ham savollar tayyorlanadigan manbalar aniq ko'rsatilishi va bunga qat'iy rioya qilinishi shart. Hamma qonunni yoddan bilishning iloji yo'q, boz ustiga bular hali oddiy abituriyent, oliy ma'lumotli yurist emas. Agar biror qonundan savol berishmoqchi bo‘lsa, o‘sha qonunlar ro‘yxatini ham alohida e’lon qilish kerak. Lekin men boshqa masalaga e'tibor qaratmoqchiman. Kecha testga kirgan abituriyentlarning aytishicha, Jinoyat va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslarda qaysidir qilmishga qanaqa jazo nazarda tutilgan degan savollar ham tushgan emish. Ya'ni sanksiya qismini so'rashibdi. Agar bu gap rost bo'lsa, agar testda bir donagina bo'lsa ham shunaqa savol tushgan bo'lsa, unda bu sharmandalikdan boshqa narsa emas. Bunaqa savol tuzgan ekspertni butun umr "qora ro'yxat"ga tiqib, hech qachon testlarga yaqinlashtirmaydigan qilish kerak. Rahmatli ustozimiz Omonulla Madayev tili bilan aytganda, bunaqa savollarga “farzandi yo'q odam tuzgan savol” deb ta’rif berish mumkin. Biz Yuridik institutda o'qib yurgan paytlarimizda ustozlarimiz sanksiya qismini yodlashni taqiqlagan edi. Sababi qonunlar tez o'zgaradi, buni yodlash befoyda. Undan ko’ra, mazmunini tushinish kerak. Boz ustiga yurist doim qaror chiqarishdan oldin, kodeksni qayta ochib, yana bir marta o'qib, keyin xulosa qilishi kerak, faqat xotirasiga ishonish aksincha chalg'itadi. Uchinchidan, sanksiyalarga qat'iy amal qilinmaydi, sudya vaziyatdan kelib chiqib, umuman sanksiyada ko'rsatilmagan yengil jazoni ham berishi mumkin. Qaysi kalla bilan kecha maktabni tugatgan o'quvchilarga JK yoki MJtK sanksiyasidan savol berishgan, hayronman. Sanksiyalarni hatto sudya, prokuror va tergovchilar ham yoddan bilmaydi-ku. Yoki yana eski davrga qaytyapmizmi? Savollarni atayin qiyin qilib, mantiqiy fikrlashga emas, faqat xotiraga qaratilgan savollar bilan yoshlar kelajagini sindirmoqchimizmi yana? Vaziyatga albatta izoh berilishi kerak. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7840.MP42.89 MB
👍 8👏 3🐳 1
Тумовман, овоз учун узр)
Hammasini ko'rsatish...
01:00
Video unavailableShow in Telegram
7.80 MB
👍 4
«Энг арзони бизда» — Истеъмолчиларни чалғитувчи рекламар бериш жавобгарликка сабаб бўлади «Энг арзон нарх!», «Энг сифатлиси фақат бизнинг дўконда», «Бунақаси ҳали Ўзбекистонда бўлмаган» ... Супермаркетларга кирганда шунақа ёзувларга кўзингиз тушган бўлса керак. Агар реклмадаги билан асл ҳолат мос бўлмаса, шу дўкон раҳбарияти маъмурий жавобгарликка тортилади. “Korzinka.uz” супермаркетлар тармоғига нисбатан ҳам реклама қоидаларини бузганлиги учун иш қўзғатилибди. Корзинкадаги «Энг арзон нарх» деб эълон қилинган маҳсулотларнинг нархлари бошқа супермаркетлар ва деҳқон бозорларида сотилаётган ҳудди шу турдаги маҳсулотлар нархларидан фарқ қилмаслиги аниқланган. ❗️Рекламани бундай кўринишда бўлиши рекламадан фойдаланувчиларни чалғитувчи ёки чалғитишга олиб келувчи ҳолат сифати баҳоланган. @legistuz
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 1💯 1🤝 1
Hammasini ko'rsatish...
Ибрат Сафо ёзиоқда: Ойни кўрсатсанг, бармоғингга қарайди. Шу ойми, дейди. Бу бармоқ, ой эса ҳўў ана, дейсан. Барибир ойга қарамайди. Сўнг бармоғингни провокация дея қабул қилиб, сени айблайди. Бармоғини бир жойимга тиқмоқчи бўлди, ҳалойиқ дея дод солади. Мен эса шунчаки ойни кўрсатмоқчи бўлган бўламан. Ҳеч қаерига ҳеч нимани тиқиш ниятим йўқ эди. Ойни кўрсатсанг, бармоғингга қарайди. Контекст - муҳим нарса, ёронлар. @legistuz
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.