Markaziy saylov komissiyasi
Kanalga Telegram’da o‘tish
Facebook: https://facebook.com/uzelections Instagram: https://instagram.com/electionsuz/ Twitter: https://twitter.com/electionsuz YouTube: https://www.youtube.com/Markaziysaylovkomissiyasi www.saylov.uz
Ko'proq ko'rsatish4 838
Obunachilar
+324 soatlar
-187 kun
-3630 kun
Postlar arxiv
✍️ BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, AZIZ USTOZLAR!
Aziz yurtdoshlar!
Muhtaram ustozlar!
Markaziy saylov komissiyasi jamoasi nomidan barchangizni xalqimizning sevimli bayrami 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin dildan, samimiy tabriklaymiz.
Mamlakatimizda saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni yuksak tashkiliy darajada o‘tkazishdek g‘oyat mas’uliyatli jarayonda pedagoglar doim faollik ko‘rsatib kelayotganini minnatdorlik bilan qayd etish bizga alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi. Ularni yurtimiz milliy saylov tizimining ishonchli hamkorlari deb bilamiz.
Yangi O‘zbekistonda o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etishga doir ishlarning ko‘lami tobora kengayib, samaralari yuksalib borayotganiga xalqimiz o‘zi guvoh bo‘lib turibdi.
Darhaqiqat, farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va oliyjanob ustozlarimizni har qancha ulug‘lasak, arziydi.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, «dunyoda isbot talab qilmaydigan bir haqiqat bor: har qanday mamlakat taraqqiyoti sog‘lom va bilimli avlodga bog‘liq».
Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida sog‘lom, bilimli, teran fikrli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalashga yuksak e’tibor qaratilayotgani, Uchinchi Renessans poydevori sifatli ta’lim-tarbiya deb tanlanganida ham ana shunday ezgu orzu mujassam.
Mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik – xalqimiz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi.
Shu maqsadda istiqbolda inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan yettita milliy dasturni amalga oshirish belgilab berildi. Bu milliy dasturlarning eng birinchisi bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi.
Fidoyi o‘qituvchilar va murabbiylarni, barcha yurtdoshlarimizni xalqimizning sevimli bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor chin dildan tabriklaymiz. Barchangizning hayotingizdan, xonadoningizdan hech qachon fayz-u baraka, quvonch va kitob arimasin. Barchamizga ustozlarimizga va murabbiylarimizga munosib shogird bo‘lib yashash va mehnat qilish baxti nasib etsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
✅ O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
+1
✅ O‘zbekiston MSK vakili — Yoshlar xalqaro festivali g‘oliblari safida
Rossiya Federatsiyasida Yoshlar xalqaro festivali – 2026 o‘tkazilmoqda. Ushbu xalqaro tadbir 191 ta davlatdan qariyb 10 ming nafar yosh ishtirokchilarni birlashtirdi. 2026-yil 11-sentabrdan Yekaterinburg shahrida boshlangan festival doirasida turli mamlakat yoshlar vakillari o‘rtasida tajriba, bilim va g‘oyalar almashinuviga qaratilgan ma’ruzalar, muhokamalar, ta’lim dasturlari, ishbilarmonlik o‘yinlari hamda boshqa tadbirlar tashkil etilmoqda.
🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл) | Русский
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
✍️ 27 IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI
Bugun mamlakatimizda 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlanmoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, global ijtimoiy-siyosiy jarayonlar beqiyos shiddat bilan o‘zgarayotgan hozirgi o‘ta murakkab va notinch dunyoda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ta’siri har qachongidan ham kuchli ahamiyat kasb etayotganini hammamiz sezib-anglab turibmiz.
Yangi O‘zbekistonni barpo etishga yo‘naltirilgan tarixiy ishlarga o‘z iste’dodi, professional mahorati bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlarining zahmatli mehnati munosib qadr topmoqda. Har yili ushbu kasb egalaridan bir guruhining yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanayotgani buning yorqin tasdig‘idir.
Mamlakatimiz milliy saylov tizimida faoliyat yuritayotgan jurnalistlarni, saylov va referendumlarni keng va xolis yoritishda avvalo saylovchilarga hamda saylov komissiyalariga kamarbasta bo‘lib kelayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlarini, yurtimizdagi barcha ijod ahlini ushbu ajoyib bayram bilan samimiy tabriklaymiz.
Ularning el-yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan samarali faoliyati va ijodiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar, o‘zlariga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt va omadlar tilaymiz.
✅ O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
+1
✅ Ishchi guruh a’zolari “Yoshlar va saylovlar” mavzusidagi muloqotda ishtirok etdi
💬 2026-yil 17-22-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasining Saratov shahrida Xalqaro yoshlar saylov maktabi (XYSM) doirasida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Tadbirlar MDH davlatlari Parlamentlararo assambleyasining Demokratiyani rivojlantirish xalqaro instituti hamda Saratov davlat yuridik akademiyasi tomonidan tashkil etildi.
🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл) | Русский
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
+5
🇺🇿 🇦🇲 O‘zbekiston delegatsiyasining xalqaro kuzatuvdagi ishtiroki to‘g‘risida
💬 Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2026-yil 7-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Armaniston Respublikasi Milliy majlisi (parlamenti) saylovlari xalqaro kuzatuvida ishtirok etdi.
🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл) | Русский
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
+3
🇺🇿 🇮🇳 MSK vakillari xalqaro o‘quv seminarida ishtirok etdi
💬 2026-yil 25–29-may kunlari Nyu-Dehli shahrida, Hindiston xalqaro demokratiya va saylov boshqarish instituti (IIIDEM) bazasida «Saylov jarayonida xatarlarni boshqarish va barqarorlik» mavzusidagi xalqaro o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл) | Русский
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
Shu kunlarda butun musulmon olamida bo‘lgani kabi mustaqil Vatanimiz va xalqimiz ham muborak Qurbon hayitining ezgu amallari bilan yashamoqda. Barcha yurtdoshlarimizni ana shu muqaddas ayyom bilan samimiy tabriklaymiz. Davlatimiz rahbarining shu munosabat bilan qabul qilingan qarorida qayd etilganidek, mamlakatimizda 27-may kuni Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Mamlakatimizda fuqarolarning emin-erkin ibodat qilishlari, musulmonlarning o‘z zimmalaridagi diniy arkonlarni ado etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xalqimiz yer yuzidagi jamiki islom ummati qatori mehr-muruvvat, ezgulik va saxovat ramzi – muborak Qurbon hayitini bu yil har qachongidan ko‘tarinki ruhda kutib olmoqda. Bu muqaddas bayram mohiyatida mujassam bo‘lgan tinchlik, do‘stlik va hamkorlik, insonparvarlik g‘oyalari bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda inson qadrini yanada yuksaltirishdek ezgu maqsadni ko‘zlab amalga oshirayotgan buyuk islohotlarga uyg‘un va hamohangdir. Iyd al-Adho, ya’ni Qurbon hayiti – muqaddas bayram. Shuning uchun bunday ulug‘ ayyom kunlari yaqinlarimizni yo‘qlab, ularning holidan xabar olish, yoshi ulug‘larni ziyorat qilish, muhtojlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Qurbon hayitining fayzu barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni yanada munavvar qilib, barchamizni ezgu amallarga undayversin!Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin! ✅ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
🇺🇿 9-may — Xotira va qadrlash kuni
Shu kunlarda mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Barchangizni ana shu umumxalq bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Inson qadrini ulug‘lash, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimizga mehr va e’tibor ko‘rsatish Konstitutsiyamiz va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan bosh tamoyil sifatida bugungi kunda har bir soha va tarmoqda faoliyat mezoniga aylanmoqda. Bu borada Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi kurashlarda qurbon bo‘lgan ota-bobolarimiz, istiqlol davrida Vatanimiz mustaqilligi himoyasi yo‘lida jon fido etgan mard o‘g‘lonlarimiz xotirasini yod etish, bugungi kunda oramizda sog‘-salomat yashab kelayotgan urush va mehnat faxriylariga, jonkuyar vatandoshlarimizga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatish hamisha dolzarb ahamiyatga ega. Zero, ularning shonli umr yo‘li, mehnat faoliyati xalqimizning bebaho ma’naviy boyligidir. Bu bebaho ne’mat yosh avlodni vatanparvar insonlar etib kamol toptirishda jasorat va matonat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Vatan fidoyilarining xotirasi ham ulug‘lanib, ularning oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda. Ona Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan harbiy xizmatchilarning mardligi va jasoratini targ‘ib qilishga qaratilgan “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bunday keng ko‘lamli ma’naviy-vatanparvarlik tadbirlari, uch avlod uchrashuvlari, ijodiy kechalar, tanlovlar va ommaviy sport musobaqalari millionlab yoshlarni qamrab olayotgani g‘oyat quvonchli. Mazkur yo‘nalishdagi xayrli ishlarning barchasi Yangi O‘zbekistonda umumxalq bayrami sifatida nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuni zamirida “Inson qadri uchun” degan ezgu niyat va buyuk falsafa mujassam ekanidan yorqin dalolatdir.✅ Markaziy saylov komissiyasi jamoasi Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
+4
🇺🇿 🇭🇺 MSK delegatsiyasining xalqaro kuzatuv dasturidagi ishtiroki
💬 12-aprel kuni Vengriyada mamlakatning Davlat majlisi – bir palatali parlamentiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston MSK delegatsiyasi rais o‘rinbosari B. Kuchkarov boshchiligida parlament saylovlari xalqaro kuzatuv dasturida ishtirok etdi.
🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл) | Русский
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
🌙🌷 AYYOMLARINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
Barcha yurtdoshlarimizni shu kunlarda keng nishonlanayotgan Ramazon hayiti va Navro‘z ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz. Ramazon hayiti – ulug‘ bayram. Shuning uchun bunday ulug‘ ayyom kunlari yaqinlarimizni yo‘qlab, ularning holidan xabar olish, yoshi ulug‘larni ziyorat qilish, muhtojlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Mehr-muruvvat va sadaqaning esa katta-kichigi bo‘lmaydi. Tabarruk kitoblarimizda yozilganidek: “Birodaringning yuziga tabassum bilan qarashing sadaqadir, yaxshilikka buyurishing sadaqadir, yomonlikdan qaytarishing sadaqadir, yo‘ldan adashgan kishini to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘yishing sadaqadir, ko‘zi ojiz kishiga yordam berishing sadaqadir, yo‘l ustida yotgan tosh, tikan yoki suyakni olib tashlashing sadaqadir, chelagingdagi suvdan birodaringning chelagiga quyib berishing sadaqadir”. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘zining "Vatan va xalq haqida o‘ylar" kitobida alohida ta’kidlaganlaridek, “Hayot bor ekan, jaholat ham, ma’naviy tahdidlar ham bo‘lishi tabiiy. Ammo eng xatarlisi - yurt kelajagiga loqaydlik, ezgu qadriyatlarga nisbatan beparvolikdir”. Rahmat va mag‘firat nurlari yog‘iladigan ushbu saodatli kunlarda yurtdoshlarimizning Vatanmiz kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yanada mustahkamlanib, ezgu qadriyatlarga e’tibori yanada oshmoqda. Kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatilayotgani, el-yurtimizning tinchligi, baxti va kelajagi uchun duoyi fotihalar qilinayotgani ushbu ayyomlarning fayzu tarovatini yanada oshirmoqda. Donishmand xalqimiz topib aytganidek, yilning qanday kelishi bahoridan bilinadi. O‘tayotgan kunlarga razm solsak, joriy yilimiz ham xayrli va barokatli bo‘ladi. Yomg‘irli va oftobli kunlarning mutanosib ravishda yonma-yon kelayotgani yurtdoshlarimizning bayramona kayfiyatiga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishlamoqda. Xalqimiz bahor shodiyonalarini bu yil “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” degan ezgu g‘oya asosida ko‘tarinki ruh va ezgu orzular bilan keng nishonlamoqda. Zero, Navro‘z yurtdoshlarimizni bugungi tinch va osuda hayotimizni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga undaydigan, jamiyatda inson qadrini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan suyukli bayramdir. Ushbu muborak kunlarda Yaratgandan, eng avvalo, el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka, mustahkam sihat-salomatlik, barchangizga oilaviy baxt, uzoq umr, o‘qish va ishlaringizga ravnaq ato etishini tilaymiz.Ayyomlaringiz muborak bo‘lsin! ✅ Markaziy saylov komissiyasi Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
+4
🇺🇿 🇰🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan konstitutsiyaviy referendum jarayonlari kuzatuvida ishtirok etdi
💬 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z. Nizamxodjayev boshchiligidagi delegatsiya 2026-yilning 15-mart kuni bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston Respublikasi yangi Konstitutsiyasi loyihasi bo‘yicha respublika referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini xalqaro kuzatuv dasturida ishtirok etdi.
🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл) | Русский
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
