Markaziy saylov komissiyasi
前往频道在 Telegram
Facebook: https://facebook.com/uzelections Instagram: https://instagram.com/electionsuz/ Twitter: https://twitter.com/electionsuz YouTube: https://www.youtube.com/Markaziysaylovkomissiyasi www.saylov.uz
显示更多5 026
订阅者
-624 小时
-307 天
-9630 天
帖子存档
+5
🇺🇿 🇦🇲 O‘zbekiston delegatsiyasining xalqaro kuzatuvdagi ishtiroki to‘g‘risida
💬 Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2026-yil 7-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Armaniston Respublikasi Milliy majlisi (parlamenti) saylovlari xalqaro kuzatuvida ishtirok etdi.
🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл) | Русский
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
+3
🇺🇿 🇮🇳 MSK vakillari xalqaro o‘quv seminarida ishtirok etdi
💬 2026-yil 25–29-may kunlari Nyu-Dehli shahrida, Hindiston xalqaro demokratiya va saylov boshqarish instituti (IIIDEM) bazasida «Saylov jarayonida xatarlarni boshqarish va barqarorlik» mavzusidagi xalqaro o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл) | Русский
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
Shu kunlarda butun musulmon olamida bo‘lgani kabi mustaqil Vatanimiz va xalqimiz ham muborak Qurbon hayitining ezgu amallari bilan yashamoqda. Barcha yurtdoshlarimizni ana shu muqaddas ayyom bilan samimiy tabriklaymiz. Davlatimiz rahbarining shu munosabat bilan qabul qilingan qarorida qayd etilganidek, mamlakatimizda 27-may kuni Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Mamlakatimizda fuqarolarning emin-erkin ibodat qilishlari, musulmonlarning o‘z zimmalaridagi diniy arkonlarni ado etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xalqimiz yer yuzidagi jamiki islom ummati qatori mehr-muruvvat, ezgulik va saxovat ramzi – muborak Qurbon hayitini bu yil har qachongidan ko‘tarinki ruhda kutib olmoqda. Bu muqaddas bayram mohiyatida mujassam bo‘lgan tinchlik, do‘stlik va hamkorlik, insonparvarlik g‘oyalari bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda inson qadrini yanada yuksaltirishdek ezgu maqsadni ko‘zlab amalga oshirayotgan buyuk islohotlarga uyg‘un va hamohangdir. Iyd al-Adho, ya’ni Qurbon hayiti – muqaddas bayram. Shuning uchun bunday ulug‘ ayyom kunlari yaqinlarimizni yo‘qlab, ularning holidan xabar olish, yoshi ulug‘larni ziyorat qilish, muhtojlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Qurbon hayitining fayzu barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni yanada munavvar qilib, barchamizni ezgu amallarga undayversin!Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin! ✅ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
🇺🇿 9-may — Xotira va qadrlash kuni
Shu kunlarda mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Barchangizni ana shu umumxalq bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Inson qadrini ulug‘lash, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimizga mehr va e’tibor ko‘rsatish Konstitutsiyamiz va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan bosh tamoyil sifatida bugungi kunda har bir soha va tarmoqda faoliyat mezoniga aylanmoqda. Bu borada Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi kurashlarda qurbon bo‘lgan ota-bobolarimiz, istiqlol davrida Vatanimiz mustaqilligi himoyasi yo‘lida jon fido etgan mard o‘g‘lonlarimiz xotirasini yod etish, bugungi kunda oramizda sog‘-salomat yashab kelayotgan urush va mehnat faxriylariga, jonkuyar vatandoshlarimizga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatish hamisha dolzarb ahamiyatga ega. Zero, ularning shonli umr yo‘li, mehnat faoliyati xalqimizning bebaho ma’naviy boyligidir. Bu bebaho ne’mat yosh avlodni vatanparvar insonlar etib kamol toptirishda jasorat va matonat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Vatan fidoyilarining xotirasi ham ulug‘lanib, ularning oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda. Ona Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan harbiy xizmatchilarning mardligi va jasoratini targ‘ib qilishga qaratilgan “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bunday keng ko‘lamli ma’naviy-vatanparvarlik tadbirlari, uch avlod uchrashuvlari, ijodiy kechalar, tanlovlar va ommaviy sport musobaqalari millionlab yoshlarni qamrab olayotgani g‘oyat quvonchli. Mazkur yo‘nalishdagi xayrli ishlarning barchasi Yangi O‘zbekistonda umumxalq bayrami sifatida nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuni zamirida “Inson qadri uchun” degan ezgu niyat va buyuk falsafa mujassam ekanidan yorqin dalolatdir.✅ Markaziy saylov komissiyasi jamoasi Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
+4
🇺🇿 🇭🇺 MSK delegatsiyasining xalqaro kuzatuv dasturidagi ishtiroki
💬 12-aprel kuni Vengriyada mamlakatning Davlat majlisi – bir palatali parlamentiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston MSK delegatsiyasi rais o‘rinbosari B. Kuchkarov boshchiligida parlament saylovlari xalqaro kuzatuv dasturida ishtirok etdi.
🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл) | Русский
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
🌙🌷 AYYOMLARINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
Barcha yurtdoshlarimizni shu kunlarda keng nishonlanayotgan Ramazon hayiti va Navro‘z ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz. Ramazon hayiti – ulug‘ bayram. Shuning uchun bunday ulug‘ ayyom kunlari yaqinlarimizni yo‘qlab, ularning holidan xabar olish, yoshi ulug‘larni ziyorat qilish, muhtojlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Mehr-muruvvat va sadaqaning esa katta-kichigi bo‘lmaydi. Tabarruk kitoblarimizda yozilganidek: “Birodaringning yuziga tabassum bilan qarashing sadaqadir, yaxshilikka buyurishing sadaqadir, yomonlikdan qaytarishing sadaqadir, yo‘ldan adashgan kishini to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘yishing sadaqadir, ko‘zi ojiz kishiga yordam berishing sadaqadir, yo‘l ustida yotgan tosh, tikan yoki suyakni olib tashlashing sadaqadir, chelagingdagi suvdan birodaringning chelagiga quyib berishing sadaqadir”. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘zining "Vatan va xalq haqida o‘ylar" kitobida alohida ta’kidlaganlaridek, “Hayot bor ekan, jaholat ham, ma’naviy tahdidlar ham bo‘lishi tabiiy. Ammo eng xatarlisi - yurt kelajagiga loqaydlik, ezgu qadriyatlarga nisbatan beparvolikdir”. Rahmat va mag‘firat nurlari yog‘iladigan ushbu saodatli kunlarda yurtdoshlarimizning Vatanmiz kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yanada mustahkamlanib, ezgu qadriyatlarga e’tibori yanada oshmoqda. Kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatilayotgani, el-yurtimizning tinchligi, baxti va kelajagi uchun duoyi fotihalar qilinayotgani ushbu ayyomlarning fayzu tarovatini yanada oshirmoqda. Donishmand xalqimiz topib aytganidek, yilning qanday kelishi bahoridan bilinadi. O‘tayotgan kunlarga razm solsak, joriy yilimiz ham xayrli va barokatli bo‘ladi. Yomg‘irli va oftobli kunlarning mutanosib ravishda yonma-yon kelayotgani yurtdoshlarimizning bayramona kayfiyatiga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishlamoqda. Xalqimiz bahor shodiyonalarini bu yil “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” degan ezgu g‘oya asosida ko‘tarinki ruh va ezgu orzular bilan keng nishonlamoqda. Zero, Navro‘z yurtdoshlarimizni bugungi tinch va osuda hayotimizni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga undaydigan, jamiyatda inson qadrini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan suyukli bayramdir. Ushbu muborak kunlarda Yaratgandan, eng avvalo, el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka, mustahkam sihat-salomatlik, barchangizga oilaviy baxt, uzoq umr, o‘qish va ishlaringizga ravnaq ato etishini tilaymiz.Ayyomlaringiz muborak bo‘lsin! ✅ Markaziy saylov komissiyasi Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
+4
🇺🇿 🇰🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan konstitutsiyaviy referendum jarayonlari kuzatuvida ishtirok etdi
💬 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z. Nizamxodjayev boshchiligidagi delegatsiya 2026-yilning 15-mart kuni bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston Respublikasi yangi Konstitutsiyasi loyihasi bo‘yicha respublika referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini xalqaro kuzatuv dasturida ishtirok etdi.
🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл) | Русский
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
💐BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
Muhtarama onaxonlar! Qadrli opa-singillar! Sizlarni go‘zal va betakror Vatanimizga bahor nafasi kirib kelgan ushbu farahli kunlarda ezgulik, go‘zallik va oilaviy qadriyatlar bayrami 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan, samimiy muborakbod etishdan g‘oyat mamnunmiz! Bu bayram buvilarimizga, onalarimizga, opa-singillarimizga, qizlarimizga mehr-muruvvatimizni yanada oshiradigan, ularning sha’niga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni, chuqur hurmat-ehtiromimizni izhor etadigan quvonchli ayyomdir. Ushbu bayramning Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yilida ramazon oyiga to‘g‘ri kelgani uning qadrini yanada oshiradi. Ana shu muqaddas oy — Ramazoni sharif ham barchamizga muborak bo‘lsin. Bugungi kunda hurmatli ayollarimiz barcha soha va tarmoqlarda, jumladan, milliy saylov tizimda Vatanimizning jadal taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shayotganini minnatdorlik bilan ta’kidlaymiz. Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini, xususan saylov huquqini ta’minlash borasida olib borilayotgan izchil ishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan keng e’tirof etilgan. Jumladan, Parlamentlararo ittifoqning yaqinda Jenevada bo‘lib o‘tgan 151-sessiyasida O‘zbekiston parlamentlarning quyi palatalarida xotin-qizlar faolligi bo‘yicha dunyoda 15-o‘rinni egallagani qayd etildi. Ushbu raqamlar zamirida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash avvalo aziz va mukarrama ayollarimizni ulug‘lashdan boshlanadi degan ezgu tamoyil asosida xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, huquq va manfaatlarini ta’minlash, gender tenglikni qaror toptirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli buyuk islohotlarning ulkan samaralari mujassamdir. Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar! Barchangizga avvalo, mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt va uzoq umr tilaymiz. Hayotingizdan, xonadoningizdan hech qachon fayzu baraka arimasin. Go‘zal Vatanimizning ravnaqi yo‘lidagi xayrli ishlaringizda hamisha yuksak muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!✅ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi jamoasi Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
+5
🇺🇿 Markaziy saylov komissiyasi vakillari xalqaro forumda ishtirok etdilar
💬 Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z. Nizamxodjayev boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 18-20-fevral kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan “Saylov va referendum institutiga ishonchni shakllantirish: xalqaro kuzatuvning roli” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi tadbirlar dasturida onlayn formatda ishtirok etdi.
🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл) | Русский
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
+5
🇺🇿 🇧🇩 O‘zbekiston Respublikasi MSK delegatsiyasi Bangladesh Xalq Respublikasida o‘tkazilgan parlament saylovlari va referendumda kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi
💬 Bangladesh Xalq Respublikasi Saylov komissiyasining taklifiga ko‘ra, MSK raisi o‘rinbosari B. Kuchkarov boshchiligidagi delegatsiyasi 2026-yilning 12-fevral kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari parlament saylovlari hamda konstitutsiyaviy referendumida xalqaro kuzatuvida ishtirok etdi.
🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл) | Русский
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
✅ O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasida saylov sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda
💬 2026-yilning 3-fevral kuni Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z. Nizamxodjayevning Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi M.M. Islom bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл) | Русский
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
+4
🌎 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi delegatsiyasi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Hindiston Saylov komissiyasining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari B. Kuchkarov boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 21-23-yanvar kunlari Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan Demokratiya va saylovlarni boshqarish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл) | Русский
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
🇺🇿14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni
Markaziy saylov komissiyasi jamoasi Vatanimizni himoya qilishdek ezgu ishga o‘z hayoti va shijoatini bag‘ishlagan barcha yurtdoshlarimiz va harbiylarimizni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
Ushbu sana yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va mustaqilligimizni himoya qilishdek sharafli burchni o‘z zimmasiga olgan mard va jasur o‘g‘lonlarga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtirom ramzidir.
Vatan himoyachilari — bu fidoyilik, sadoqat va mas’uliyat timsolidir. Ularning sa’y-harakatlari tufayli yurtimizda tinchlik barqaror, kelajagimiz porloqdir.
Barcha harbiy xizmatchilar, faxriylar va yurt himoyasi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, oilaviy farovonlik va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
🎄Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
Aziz vatandoshlar!
Muhtaram saylovchilar!
Sizlarni kirib kelgan Yangi 2026-yil – Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili bayrami bilan chin dildan, samimiy tabriklaymiz. Xalqimiz yuksak muvaffaqiyatlar bilan yakunlayotgan yilda inson qadrini ulug‘lash, odamlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga erishish yo‘lida amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlar samarasida jonajon O‘zbekistonimizning qudrati va nufuzi har tomonlama yanada yuksaldi. Avvalo, Vatanimizdan tinchlik-osoyishtalik, ahil-inoqlik va farovonlik, barcha yurtdoshlarimizning hayotidan, xonadonidan hech qachon fayzu baraka, quvonch arimasin! Yangi yilda barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt va omadlar tilashdan mamnunmiz! Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!✅ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi jamoasi Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
#savoljavob
❓SAVOL: Kimlar saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi?
✅ JAVOB:
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolar saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi. Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin. Saylovchilar ro‘yxatlari Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha axborot tizimi ma’lumotlari asosida tuziladi.Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
#qiziqarli_malumotlar
Saylov jarayonlariga oid qiziqarli ma’lumotlar.
✈️ Nega AQShda saylov seshanba kuni o‘tkaziladi?
✈️ AQSh saylov tizimining noodatiy hodisalaridan yana bir saylovlar dam olish kuni emas, balki ish kunida – seshanba kuni o‘tkazilishi hisoblanadi. Buning tarixiy sabablari bor. AQShda ilk saylovlar joriy qilingan vaqtlarda yakshanba kunlari diniy marosimlar tashkillashtirilgan. Chorshanba kuni esa katta yarmarka va savdo sotiq kuni hisoblangan. Shu sababli mahalliy fermerlar saylovda ishtirok etishlari uchun dushanba kuni yo‘lga chiqishgan va seshanba ovoz berishda ishtirok etgan. Ushbu an’ana o‘z dolzarbligini yo‘qotgan bo‘lsa-da hali hanuz odat sifatida saqlanib kelinmoqda.Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
#saylovatamalari
📝Saylov atamalari
Saylovoldi tashviqoti – bu saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat. Saylovoldi tashviqoti nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan e’tiboran boshlanadi.Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
2024-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovi qanday saylov tizimi asosida o‘tkazildi?
+2
✅ O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasidan saylov sohasida yoshlar siyosati bo‘yicha Ishchi guruh a’zolari yoshlarni saylov jarayonlariga jalb etish masalalariga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi
💬 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar saylov organlari rahbarlarining Maslahat kengashi huzurida faoliyat yuritayotgan saylov sohasida yoshlar siyosati bo‘yicha Ishchi guruh doirasida faol ishtirok etib kelmoqda.
🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл)
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
