Bo'ston tumani hokimligi Matbuot xizmati
Kanalga Telegram’da o‘tish
Telegram: https://t.me/bostonpress Facebook: fb.com/bostonpressa YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCK05MJ4JjtK1X6v59HTJ3fQ Wepsayt: /gov.uz/buston
Ko'proq ko'rsatish3 512
Obunachilar
+224 soatlar
-117 kun
-5830 kun
Postlar arxiv
+9
Fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi 📋
Boʻston tumani hokimi Sanobarxon Nosirova tomonidan jadvalga muvofiq fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolari, ijtimoiy ehtiyojlari, bandlik masalalari hamda turli murojaat va takliflari tinglandi
Har bir fuqaroning murojaati alohida o‘rganilib, mavjud muammolarni imkon qadar joyida hal etish, zarur hollarda tegishli tashkilot va mas’ullarga yo‘naltirish bo‘yicha topshiriqlar berildi ✅
Shuningdek, ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini oshirish va ijtimoiy muammolarini manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi 🤝
Aholi bilan bunday ochiq muloqotlar fuqarolar murojaatlariga tezkor yechim topish, muammolarni manzilli o‘rganish va aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qilmoqda 🏛️
Bo‘ston tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from «МУШТУМ» журнали расмий канали 📰
«ПАХТА ЭМАС, БИЛИМ БEРЯПМИЗ»
Устоз деганда кўз олдимизга аввало синфхона, қўлида бўр, қалбида эса шогирдларига билим бериш истаги бўлган инсон келади. Аммо айрим устозларнинг ҳаёти дарс бериш билангина чекланмайди...
Андижоннинг Бўстон туманидаги 21-мактаб математика фани ўқитувчиси Нодирбек устоз ҳам ана шундай синовларни бошдан кечирган. У ўқувчиларига математика сирларини ўргатиши керак бўлган пайтларда далага — пахта теримига мажбурий равишда чиқарилган. Синфхонада билим бериш ўрнига қўлига пахта теримининг заҳмати тушган кунлар ҳам бўлган. Кўча тозалаш каби ишларга ҳам жалб этилган.
Бу — устоз касбининг оғир ва аччиқ ҳақиқатларидан бири. Шунга қарамай, у киши ўз касбига, шогирдларига бўлган меҳрини йўқотмади.
Бугун — 1-октабр, Ўқитувчи ва мураббийлар куни. Биз бу кунда устозни фақат дарс берган инсон сифатида эмас, турли синовларга қарамай ўз вазифасига содиқ қолган фидойи инсон сифатида ёдга оламиз...
Озодбек ШАРОБИДДИНОВ,
«Муштум»нинг махсус мухбири
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning sentabr oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
+9
Андижонда Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида»ги Фармони ижросига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
Унда вилоят фаоллари, давлат ва жамоат ташкилотлари вакиллари, нуронийлар, ёшлар ҳамда оммавий ахборот воситалари ходимлари иштирок этди.
Тадбирда юртимизда устоз ва мураббийларнинг шарафли меҳнатини муносиб қадрлаш, таълим-тарбия соҳасида фидойилик кўрсатаётган педагогларни қўллаб-қувватлашга алоҳида эътибор қаратилаётгани таъкидланди.
Президент Фармонига мувофиқ, давлатимизнинг юксак мукофотлари билан тақдирланганлар орасида вилоятимизда самарали меҳнат қилиб келаётган устоз ва мураббийлар ҳам бор. Маросимда вилоят ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов йиғилганларни байрам билан самимий муборакбод этиб, мукофотларни ўз эгаларига топширди.
Мукофот соҳиблари ўзларига кўрсатилган юксак эътибор учун давлатимиз раҳбарига ва халқимизга миннатдорлик билдириб, бундан буён ҳам таълим-тарбия соҳасида сидқидилдан меҳнат қилишларини таъкидладилар.
Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
#Live
#NoComment
1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI
Bo‘ston tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Live
1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BOʻSTON TUMANIDAGI TADBIRDA KUY QOʻSHIQLAR VA RAQSLAR BILAN TUMAN MADANIYAT MARKAZI HODIMLARI HAMDA MED TEXNIKUM TALABA QIZLARI
Bo‘ston tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Live
1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BOʻSTON TUMANIDAGI TADBIRDA KUY QOʻSHIQLAR VA RAQSLAR BILAN TUMAN MADANIYAT MARKAZI HODIMLARI HAMDA MED TEXNIKUM TALABA QIZLARI
Bo‘ston tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qonunga hurmat, mehnatga munosabat va Vatanga sadoqat hamisha yuksak bo‘ladi. Chunki ustozni e’zozlash butun bir millat kelajagini e’zozlash demakdir".— Президент Шавкат Мирзиёев:
«В стране, где высоко чтут учителя, всегда сильны стремление к знаниям, уважение к закону, отношение к труду и преданность Родине. Ибо ценить учителя – значит ценить будущее целого народа».Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Live
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Andijon viloyatining barcha tuman va shaharlarida bayramona tadbir nishonlanmoqda.
Albatta, Boʻston tumani ham bundan mustasno emas.
Hozirda Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov ustozlarni jonli efir orqali tabriklayapti.
Boʻston tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BOʻSTON TUMANIDA BAYRAMONA TADBIR BOSHLANISH ARAFASIDA
1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BOʻSTON TUMANI HOKIMI SANOBARXON NOSIROVANING TABRIGI.
Aziz ustozlar va murabbiylar!
Sizlarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Sizlarning fidokorona mehnatingiz, yosh avlodga bilim va tarbiya berish yo‘lidagi zahmatli faoliyatingiz tahsinga loyiq. Har bir shogirdingizning yutug‘i va kamoli — sizning mashaqqatli mehnatingiz samarasidir.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Ustozlik sharafli va buyuk kasb!
Hurmat bilan,
Bo‘ston tumani hokimi
S. Nosirova
Bo‘ston tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
USTOZ — KELAJAKKA YO‘L KO‘RSATUVCHI ZIYO
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Sizning ilmu ma’rifatga yo‘g‘rilgan fidokorona mehnatingiz, mehr va sabringiz qalblarga nur, kelajakka ishonch bag‘ishlaydi.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Bo‘ston tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik
—
Поздравление учителям и наставникам Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoni qabul qildi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял главу Международной федерации футбольных ассоциаций (ФИФА) Джанни Инфантино.
#Mirziyoyev #qabul #FIFA #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda ta’lim sohasiga oid yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Tadbirda tantanali ravishda davlat mukofotlari topshirildi.
—
В преддверии Дня учителей и наставников Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с педагогами и выдвинул новые инициативы по сфере образования. На мероприятии состоялось торжественное вручение государственных наград.
#Mirziyoyev #muloqot #talim #uqituvchilar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
