cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Тошкент шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси. Манзили: 100000. Тошкент шаҳри Мустақиллик кўчаси 69 уй. Электрон манзили: [email protected] Телефон — (+998) 71 237 08 01

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
12 163
Obunachilar
-1524 soatlar
-1627 kunlar
+3 15430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

💠Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 201-sonli umumta'lim maktabida o'quvchilardagi iqtidor va istedodlarni yuzaga chiqarish maqsadida "Talant shou" tanlovi uyushtirildi. 🎉Tanlov doirasida o'quvchilar raqslar, kliplar kolleksiyasi, taqlid san'ati yo'nalishlarida o'z mahoratlarini namoyish qildilar. Tadbirga o'z farzandlarini qo'llab-quvvatlash uchun ota-onalar ham tashrif buyurdi. 🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharXTBB
Hammasini ko'rsatish...
👏 3
Rasmiy munosabat ✅Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Shayxontohur tumanidagi 59-maktabda oʻquvchi sinfdoshlari tomonidan kaltaklangani ortidan bolaning onasi va oʻqituvchilar oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida video xabar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi. Shayxontohur tumanidagi 59-maktabda yuzaga kelgan kelishmovchilik boshqarma nazoratiga olingan. Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda. Holat yuzasidan keyinroq batafsil ma'lumot berilishini bildiramiz. 🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharXTBB
Hammasini ko'rsatish...
🙏 2
✅Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 106-sonli maktab-internat boshlang‘ich ta'lim fani o‘qituvchisi Munisa Qodirova tashabbusi bilan 1-“A” sinf o‘quvchilari ishtirokida "Biz — buyuk yurt kelajagimiz!" shiori ostida nutq kechasi bo‘lib o‘tdi. ✨Nutq kechasida o‘quvchilar she'r va ashulalar aytishdi, raqslarga tushdi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. 🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharXTBB
Hammasini ko'rsatish...
👏 1
#tanishing #oliy_toifa_sohiblari ✅Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 319-sonli umumta'lim maktabi rus tili va adabiyot fani o'qituvchisi Umida Dadaxanova attestatsiya jarayoni test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdi. 👍Yakunda mohir pedagog test imtihonlarida 84 ball jamg'arib, oliy malaka toifasini qo'lga kiritdi. 🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharXTBB
Hammasini ko'rsatish...
👏 3👍 1
🏫: Школа №208 Мирзо Улугбекского района. ✅: ФЕСТИВАЛЬ ПРОФЕССИЙ. 5-8 классы: Благотворительная ярмарка национальных блюд. ✅: Вырученные денежные средства переданы в помощь приюту "Хаёт" и Мушуккент. ✅: На мероприятии приняли участие - председатель махалли "Шукура Бурханова" - Холиков С.С., активист женсовета - Сайфутдинова М., лидер молодёжи - Кутликов В. и социальный работник - Асатов Т. ✅: Администрация школы выражает огромную благодарность ученикам и их родителям за отзывчивость и активное участие в благотворительной ярмарке национальных блюд. 🖌Пресс-служба УДШО города Ташкента 👉Подписывайтесь наш канал и делитесь с друзьями: 👉 https://t.me/ToshkentshaharXTBB
Hammasini ko'rsatish...
👍 1👏 1🙏 1
Rasmiy munosabat ✅Ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Maktabmi bu yo KAZINOMI?” sarlavhasi ostida tarqalgan video xabar yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi. Videolavhada aks etgan voqea bundan ikki yil avval, ya'ni 2022/2023-o'quv yilining taxminan oktyabr-noyabr oylarida Mirzo Ulug'bek tumanidagi 187-maktabning 10-“E” sinf o'quvchilari R.R., A.A., A.Sh. lar ishtirokida informatika darsi chog'ida yuz bergan. O'quvchilar ustoziga bildirmasdan “qartabozlik” qilishgan, bu holatni o'qituvchi ko'rmagan. Bu voqea o'sha paytning o'zida maktab ma'muriyati, ichki ishlar xodimlari, psixolog, o'quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. O'z navbatida o'quvchilarning ota-onalaridan “Ma'muriy javobgarlik to'g'risida”gi Kodeksning 47-moddasiga asosan jarimalar undirilgan. Holatni tasvirga olgan o'quvchilar o'quv yili oxirida boshqa maktabga o'tishgan. Afsuski, eski video tasvirning qariyb ikki yildan so'ng, yana ijtimoiy tarmoq sahifalarida qayta chop etilganligi tashvishlanarlidir. 🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharXTBB
Hammasini ko'rsatish...
👍 2👌 1
Repost from Otabek Hasanov
#Диққат Давлат хизматчиси соати ◽️Вазирлик ва идоралар, Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси, вилоятлар, Тошкент шаҳри, шунингдек, туман, шаҳар ҳокимликлари раҳбар ва масъул ходимлари диққатига! Бугунги куннинг энг муҳим ва долзарб мавзулари ҳақида маълумот бериб борувчи "Сиёсий-маърифат соати" ҳафтанинг ҳар жума куни Республика Маънавият ва маърифат маркази, Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги ҳамда Ўзбекистон Маҳаллари уюшмаси томонидан тақдим қилинади. Мазкур ўқувни Республика Маънавият ва маърифат марказининг ютубдаги https://www.youtube.com/watch?v=7sxYQV8PjG0 саҳифасида томоша қилишингиз мумкин. https://t.me/otabek_khasanov
Hammasini ko'rsatish...
👍 1🤔 1
🌀 “KITOBXONLIK FESTIVALI” TOSHKENT SHAHRIDA ✔️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida respublika bo‘ylab yil davomida hududlarda “Kitobxonlik festivali” o‘tkazilib kelinmoqda. Navbatdagi festival Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. 📘 Festivalda kitobsevar o‘quvchilar, kutubxonachilar hamda ota-onalar ishtirok etishadi. 🎉 Festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi: 🔹 “Ijodkor bolalar” 🔹 “Eng yaxshi kitobxon oʻquvchi” 🔹 “Ajdodlar siymosi qalblarda mangu” 🔹 “Eng faol kutubxonachi” 🔹 “Eng yaxshi kitobxon oila” ☝️ Diqqat! Barcha kitobxonlarni 15-may kuni “Kitobxonlik festivali” ga chorlab qolamiz! 🎁 Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar hamda esdalik sovgʻalari topshiriladi!
Hammasini ko'rsatish...
👏 2👍 1
✅Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 102-sonli maktab-internati o'quvchilari o'z ustozlari hamrohligida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "G‘alaba bog‘i" hamda “Shon-shuhrat” muzeyiga ekskursiya uyushtirdilar. 🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati 👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 https://t.me/ToshkentshaharXTBB
Hammasini ko'rsatish...
👍 5👏 1
Po'stilar arxiv