cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Тошкент шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси. Манзили: 100000. Тошкент шаҳри Мустақиллик кўчаси 69 уй. Электрон манзили: [email protected] Телефон — (+998) 71 237 08 01

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
11 875
Obunachilar
+824 soatlar
-1147 kunlar
+2 98530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

03:12
Video unavailableShow in Telegram
#No_comment ✅ Toshkent shahridagi 86-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri jarayonlaridan videolavha. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
Ayni paytda "Xalqlar do'stligi" tantanalar saroyi hovlisida "Bitiruvchi-2024" yoshlar sayili davom etmoqda.
Hammasini ko'rsatish...
02:29
Video unavailableShow in Telegram
✅Poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi 338-sonli umumta'lim maktabida o'tgan “So'nggi qo'ng'iroq” tadbiri ham hayajonlarga boy bo'ldi. 🎥Tafsilotlar bilan “Sevimli” telekanali ijodkorlari talqinida tanishing. 🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharMMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 24👏 4
Rasmiy munosabat ✅Yaqinda ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Yashnobod tumanidagi 156-sonli maktab direktori va oshxonani yuritayotgan tadbirkor o'rtasida yuzaga kelgan mojaro” haqida video xabar chop etilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi. “Rayyonaxon taomlari” xususiy firmasi 2021/2022-o'quv yilidan buyon Yashnobod tumanidagi 156-sonli umumta'lim maktabida oshxona faoliyatini yo'lga qo'ygan. Ayni paytda joriy yil o'quv mavsumi nihoyasiga yetishi munosabati bilan oshxona faoliyati to'xtatilganini ma'lum qilamiz. 🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharMMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 1👎 1🤔 1
✅Bugun Chilonzor tumanidagi 90-sonli umumta'lim maktabida ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri yuksak saviyada o'tkazildi. Unda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov ham ishtirok etdi. ❇️Bitiruvchilarga Prezidentimiz tabrigi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng Sh.Umurzakov oʻquvchilar bilan oʻqish yillari haqidagi xotiralari bilan oʻrtoqlashdi. 🔰“Bu devorlarda ko‘plab qadrli xotiralarim saqlanib qolgan, maktab bizning butun hayotimiz poydevori bo‘lib, bu yerda olingan bilimlar yuksak cho‘qqilarni zabt etishda yordam bersin", - dedi hokim o‘z nutqida. U o'z ustozlari - Nadejda Pavlovna Presnyakova va Mars Maratovich Valliulinni alohida minnatdorchilik bildirib, gullar va esdalik sovg’alar topshirdi. 🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharMMTB
Hammasini ko'rsatish...
👌 2
✅Hozirgi kunda poytaxtimizda jami 341 ta ta'lim muassasasi mavjud bo'lib, shulardan 324 tasini umumiy o'rta ta'lim maktablari tashkil etida. Qolgan 17 tasida esa alohida ta'lim ehtiyoji bo'lgan bolalar tahsil olishadi. 👉Joriy yilda mavjud 324 ta umumta'lim maktabining 9-sinfini 45735 nafar o'quvchi tamomlasa, 11-sinfini 34029 nafar yigit-qiz bitirmoqda. ❇️Jumladan, bugun Yashnobod tumanidagi 282-sonli umumta'lim maktabida ham “Ilm — saodat kaliti” shiori ostida "So'nggi qo'ng'iroq" tadbiri ko'tarinki ruhda o'tkazildi. 🔰Unda boshlang'ich va yuqori sinf o'quvchilari tomonidan tayyorlangan rang-barang kuy-qo'shiqlar ijro etildi, she'rlar o'qildi. 🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharMMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 2👏 1
✅Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 106-sonli maktab-internatida ham “So’nggi qo’ng’iroq” tadbiri yuqori saviyada bo’lib o’tdi. ✨Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toifalangan ob'yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiylari o‘z chiqishlari bilan boshlab berdilar. 🔰O‘quvchilar tomonidan she'r va kuy-qo‘shiqlar kuylandi. Maktab-internat direktori tomonidan Prezidentimiz tabrigi o'qib eshittirildi. Jajji bolajonlar chiqishlari barchani mamnun etdi. 🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharMMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 1🙏 1
✅Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 328-sonli umumta'lim maktabida o'tgan “So'nggi qo'ng'iroq” tadbiri qatnashchilar qalbini o'zgacha hayajonga soldi. ❇️Bayram tadbirida tuman hokimligi, tuman prokuraturasi mas'ullari, mahalla faollari va ota-onalar ham ishtirok etdi. Unda Prezidentimizning bitiruvchi-yoshlarga yo'llagan tabrigi o'qib eshittirildi. 🔰Joriy yilda mazkur maktabning 9-sinfini 128 nafar, 11-sinfini esa 109 o'quvchi tamomlamoqda. Bitiruvchilardan 5 nafari muddatidan avval oliy ta'lim muassasasi talabasi bo'lganligi quvonarlidir. 🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharMMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 1👏 1
Po'stilar arxiv