cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Otabek Hasanov

Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбари, сиёсий фанлар доктори Facebook: facebook.com/otabek.abdurashidovich.hasanov Instagram: instagram.com/otabek_abdurashidovich_hasanov/

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
5 722
Obunachilar
+224 soatlar
+1547 kunlar
-12430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

35:55
Video unavailableShow in Telegram
#Diqqat "Ma'rifat soati"
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi. Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. https://t.me/otabek_khasanov
Hammasini ko'rsatish...
IMG_1540.MP4188.95 MB
00:58
Video unavailableShow in Telegram
Bugun ma’naviy-ma’rifiy sohadagi o’zgarishlar haqida aholini doimo xabardor qilib borayotgan, ma’rifat ulashayotgan bir guruh matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini bayram bilan qutladik. Garchi xizmat safarida bo’lsam-da, fidoyi kasb egalari bilan onlayn diydorlashib, tabrigimni yetkazib, ruhim ko’tarildi. O’z faoliyatini samarali, natijali bo’lishini xohlagan tashkilotlar bugun ommaviy axborot vositalariga ochiq, samimiy, do’stona munosabatda bo’ladi. Chunki, ular ko’zgu kabi kamchiliklarimizni ko’rsatadi, aybimizni ayta oladi, xalq fikrini bizga xolis yetkazadi. Natijada faoliyatimizda yutuq va muammolarni anglab, harakatlarimizni yanada jadallashtiramiz. Yana bir bor bayramingiz muborak bo’lsin!
Hammasini ko'rsatish...
IMG_1433.MP420.99 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг иккинчи Халқаро мақом санъати анжуманининг очилиш маросимидаги нутқиhttps://t.me/otabek_khasanov
Hammasini ko'rsatish...
Xalqaro maqom san’ati anjumanining ochilish marosimi bo’lib o’tmoqda. Maqom nafaqat san’at, ma’naviy xazinamiz, ma’rifiy boyligimiz, qadriyatlarimiz demakdir! Bu bebaho merosimiz bugun dunyo mamlakatlarini yurtimizda jam qilmoqda!
Hammasini ko'rsatish...
00:24
Video unavailableShow in Telegram
video.mp43.02 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Jurnalist kim? Siz nima deb javob bergan bo‘lar edingiz. https://www.youtube.com/watch?v=DIoMMn6IZmI
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni! Bugun qalami o‘tkir, so‘zi salmoqli, fikri teran, vijdoni uyg‘oq jurnalistlarimiz, kuyunchak blogerlarimizning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi yuksak, ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki beqiyosdir. Shaxsan men bu kasb egalarining mashaqqatli faoliyatini doim hurmat qilaman, hamkorlikda ishlashdan xursand bo‘laman. Negaki, ular bugun yangiliklarni barchaga tezkor, xolis tarqatishi bilan birga, keng aholi qatlamiga ma’rifat ulashadi, ezgu g‘oyalarni targ‘ib qiladi. Bugun global axborot maydonida vijdon, to‘g‘rilik ortga chekinib, natijada mafkuraviy tahdidlar kuchayib, g‘oyalar kurashi keskinlashmoqda. Shunday vaziyatda milliy informatsion maydonimiz, manfaatlarimizni himoya qilish, ma’naviyatimizni asrashda doim sizlarga suyanamiz. Bu yo‘lda barcha jurnalistlarga ijodiy parvoz, yangi izlanishlar sari shijoat, qat’iyat va ilhombahsh onlar doim yor bo‘lsin!
Hammasini ko'rsatish...
01:33
Video unavailableShow in Telegram
Toshkent shaxri Olmazor tumani
Hammasini ko'rsatish...
IMG_5168.MP433.59 MB
O’zbekiston mahallalari uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo’mitasi bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorlikda “Ma’rifatli oila” loyihasini boshladik. Maqsadimiz - oilalarga ma’rifat ulashish, ziyo tarqatish. Tarbiya, sadoqat, vatanparvarlik tuyg’ularini shu maskandan ulg’aytirish,oiladan mahallaga mahalladan butun jamiyatga olib boradigan tizimni yaratishdir. Bugun ilk bor Toshkent shahri Olmazor tumanida namunali tarzda ma’naviy-ma’rifiy targ’ibotimizni boshladik. Endi mahallada “Oqila ayollar”, “Kitobxon oila”, “Bolalar dunyosi”, “Zakovat”, “Uch avlod uchrashuvi” kabi ko’plab loyihalar bo’lib o’tadi. Har birida ishtirokchi, albatta, oilalar bo’ladi. Mahallada oilalar jam bo’lib, teatr tomoshalariga, muzeylarga, konsert dasturlariga tashrif buyuradi. Mahallarimizda ma’rifatli oilalar qancha ko’p bo’lsa, qadriyatlar davomli, an’analar barqaror, yoshlar tog’ri yo’ldan maqsadlari tomon dadil boradi.
Hammasini ko'rsatish...
00:23
Video unavailableShow in Telegram
Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba Tarixiy natija qayd etib, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba” shiori ostida jamoa madhiyasi uchun video suratga olindi. Mazkur videorolik ilk marta 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan katta gala-konsert mobaynida taqdim qilinadi. Loyiha vatanparvarlik g’oyasi yo’lida kuchlarni birlashtirdi!
Hammasini ko'rsatish...
IMG_1416.MP42.01 MB
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.