Davlat xizmatlari yangiliklari
📈 Telegram kanali Davlat xizmatlari yangiliklari analitikasi
Davlat xizmatlari yangiliklari (@davxizmat) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 67 595 obunachidan iborat bo'lib, Siyosat toifasida 906-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 1 027-o'rinni egallagan.
📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika
невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 67 595 obunachiga ega bo‘ldi.
30 Iyul, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni 1 921 ga, so‘nggi 24 soatda esa 50 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.
- Tasdiqlash holati: Tasdiqlangan (Telegram tomonidan rasmiy tasdiq)
- Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 40.50% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 15.10% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
- Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 27 364 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 10 202 ta ko‘rish yig‘iladi.
- Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 49 ta reaksiya keladi.
📝 Tavsif va kontent siyosati
Kanal uchun tavsif kiritilmagan.
Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 31 Iyul, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Siyosat toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.
So‘rovnomada to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob mavjud emas. O‘zingiz duch kelgan yoki kuzatgan holatlarni qanday bo‘lsa, shunday belgilang. Javoblaringiz anonim bo‘lib, faqat umumlashgan holda tahlil qilinadi. To‘ldirish uchun 4-5 daqiqa kifoya.❗️Ishtirokingiz uchun rahmat! 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
❗️Ushbu anonim so‘rovnoma orqali Sizning fikr va takliflaringiz adliya organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
❗️ Buning uchun: 🔹 1-bosqich. Adliya Plus ilovasiga kiring. 🔹 2-bosqich. "Fuqaroga" bo‘limini tanlang. 🔹 3-bosqich. "FHDY xizmatlari" bo‘limiga o‘ting va "Nikohni qayd etish" xizmatini tanlang. 🔹 4-bosqich. Xizmat shartlari va narxlari bilan tanishib, "Xizmatdan foydalanish" tugmasini bosing. 🔹 5-bosqich. Arizachi ma'lumotlarini tekshiring hamda ikkinchi tomon haqidagi ma'lumotlarni kiriting. 🔹 6-bosqich. Telefon raqamingizni kiriting va barcha ma'lumotlarni qayta tekshirib, arizani yuboring.⏱️ Bu esa ortiqcha vaqt sarflamasdan, nikohni qayd etish jarayonini yanada qulay va tezkor amalga oshirishga xizmat qiladi. 🎥 Videolavhada Adliya Plus ilovasi orqali nikohni qayd etish uchun ariza yuborish tartibi bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan. 📌 Yaqinda oila qurishni rejalashtirayotgan tanishlaringizga ham ulashing! 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
📄 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF–78-son Farmoni va PQ–172-son qaroriga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida maxsus vakolatli davlat organi – To'lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etildi.🤝 Tadbirkorlik subyektlari hamda sud boshqaruvchilari faoliyatida uchrayotgan muammolarni bevosita oʼrganish va ularni hal etish choralarini koʼrish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʼrinbosari M. Istamov tomonidan shaxsiy qabul oʼtkazilishi rejalashtirilgan. 📲 Shaxsiy qabulga yozilish istagida boʼlgan tadbirkorlik subyektlari va sud boshqaruvchilari +998 91 137-20-73 yoki +998 99 838-78-18 telefon raqamlari hamda Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi @sayyor_qabul_bot orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. 📅 Roʻyxatga olish 2026-yil 24-iyul kuniga qadar davom etadi.
📍 Shaxsiy qabulda: 🏢 Toshkent shahridan ishtirok etuvchilar — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi binosida; 🏛 Qoraqalpogʻiston Respublikasidan ishtirok etuvchilar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi binosida; 💻 Viloyatlardan ishtirok etuvchilar — tegishli viloyat adliya boshqarmalari binolarida videokonferensaloqa rejimida qatnashishlari mumkin. ℹ️ Shaxsiy qabul reja asosida hududlar kesimida navbatma-navbat tashkil etiladi. Uning kuni va vaqti haqida roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar bilan ular uchun qulay vaqt va shaklda bevosita bogʻlanilib, xabardor qilinadi.🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
❗️Ushbu anonim so‘rovnoma orqali Sizning fikr va takliflaringiz adliya organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
❓Kimlar my.gov.uz orqali imtiyozli navbatga qo‘yiladi? 1⃣ Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlarining farzandlari; 2⃣ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari; 3⃣ Yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar; 4⃣ “Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg‘iz ayollarning bolalari; 5⃣ Akalari yoki opalari ushbu bog‘chaga qatnayotgan bolalar; 6⃣ Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan bog‘chalardan umumiy turdagi muassasalarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar; 7⃣ Kam ta’minlangan oilalarning farzandlari; 8⃣ Oila a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat oilalar bolalari; 9⃣ Boquvchisini yo‘qotgan oilalarning bolalari; 🔟 To‘rt va undan ko‘p farzandi bor oilalar bolalari; 1⃣1⃣ Talabalarning farzandlari; 1⃣2⃣ Maktab, OTM, texnikum, kollej va akademik litseylar pedagoglarining bolalari.👉 Uydan chiqmay ariza yuborish uchun: ✅ my.gov.uz portali yoki mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘ting; ✅ “Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish” xizmatini tanlang; ✅ So‘ralgan ma’lumotlarni to‘ldiring, bog‘chani hamda mavjud imtiyozingizni belgilab, ariza yuboring. 🗣my.gov.uz bilan vaqtingizni tejang va qulayliklardan foydalaning! 💬 Ushbu foydali ma’lumotni yaqinlarga ham yuborib qo’ying! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot
🤝Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi vakillari hamda Jahon banki ekspertlari ishtirokida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ushbu yo‘nalishdagi yer islohotlarining istiqbollarini muhokama qilish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🌱Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, yer resurslarini boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. 📌Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda yer munosabatlarini isloh qilish borasida keng ko‘lamli va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yerga bo‘lgan huquqlarni mustahkamlash va haqiqiy bozor aktiviga aylantirish, huquqiy kafolatlarni kuchaytirish, yer ajratish va undan foydalanish jarayonlariga bozor tamoyillarini joriy etish bo‘yicha muhim qadamlar tashlandi.🌍Muhokamalar chog‘ida Jahon banki ekspertlari tomonidan O‘zbekistonda yer islohotlari yangi bosqichga ko‘tarilgani va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni yanada rivojlantirish uchun zarur huquqiy va institusional asoslar shakllanib borayotgani qayd etildi. 💬Shuningdek, xorijiy ekspertlar tomonidan mazkur yo‘nalishda bir qator tavsiyalar byerildi. Ayniqsa, o‘tgan asrning 90-yillarida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni xususiylashtirish orqali ilg‘or natijalarga erishgan Sharqiy Yevropa davlatlarining, yerga xususiy mulk huquqi oldindan rivojlanib kelgan Germaniya, Fransiya, Niderlandiya va Turkiya kabi davlatlarning yer munosabatlarini tartibga solish va yer bozorini rivojlantirish borasidagi samarali tajribalari alohida qayd etildi.
🏛Muhokamalarda manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari ham faol ishtirok etib, mazkur yo‘nalishda o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi. Yerga oid huquqlarni yanada rivojlantirishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. ⚖️Uchrashuv qatnashchilari yerga oid huquqlarni rivojlantirishning navbatdagi bosqichida davlatning ijaraga beruvchi sifatidagi ma’muriy ta’sir ko‘rsatish vositalari har doim ham kutilgan natijalarni bermasligini, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan tartibga solishda zarur turdagi mahsulot yetishtirishni subsidiyalash mexanizmlari ko‘proq samara berishini ta’kidladilar. ✅Uchrashuv yakunida mazkur masalani keng qamrovli va kompleks yondashuv asosida ko‘rib chiqish, har tomonlama puxta tahlil qilish hamda O‘zbekiston sharoitida yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish imkoniyatlarini chuqur o‘rganishga kelishib olindi.🤝Ayni paytda, mazkur yo‘nalishda Jahon banki bilan samarali hamkorlikni davom ettirish, xalqaro ekspertlarning ilg‘or tajribasi va tavsiyalarini inobatga olgan holda, tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari belgilab olindi. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
