ch
Feedback
Davlat xizmatlari yangiliklari

Davlat xizmatlari yangiliklari

前往频道在 Telegram

📈 Telegram 频道 Davlat xizmatlari yangiliklari 的分析概览

频道 Davlat xizmatlari yangiliklari (@davxizmat) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 65 415 名订阅者,在 政治 类别中位列第 920,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 088

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 65 415 名订阅者。

根据 28 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 594,过去 24 小时变化为 -111,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 已认证(Telegram 官方确认)
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 32.93%。内容发布后 24 小时内通常能获得 12.00% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 21 538 次浏览,首日通常累积 7 849 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 52

📝 描述与内容策略

尚未提供频道描述。

凭借高频更新(最新数据采集于 29 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 政治 类别中的关键影响点。

65 415
订阅者
-11124 小时
-1847
+59430
帖子存档
#bilasizmi 🚘 Avtotransport vositasi uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish tartibini bilasizmi? ✅ Arizalar Yagon
#bilasizmi
🚘 Avtotransport vositasi uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish tartibini bilasizmi?
✅ Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi. 🧑‍💻Tegishli reklama va axborotning eskizi hamda ishonchnoma (uchinchi shaxs tomonidan murojaat qilinganda) arizaga ilova qilinadi. 💰Davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun BHM 1 baravari miqdorida yig'im undiriladi. ⏰ Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 5 ish kuni. 📆 Reklama joyining pasporti 1 yil muddatga beriladi.
‼️ Eslatma: reklamani joylashtirishga bo‘lgan huquq uchun miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan belgilanadigan yig'imni to'lash lozim.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori. Raqamli davlat xizmatlari sizning qulayligingiz uchun! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

#BilasizmiMadaniy boyliklarni realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi? ✅ Xabarnoma yuborish uchun yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar. 🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi. Unutmang, madaniy boyliklarni realizatsiya qilishda: 1️⃣ madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish uchun maxsus sertifikatga ega bo'lishingiz; 2️⃣ 50 yil muqaddam va undan oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emasligi haqida xaridorni ogohlantirishingiz; 3️⃣ madaniy boyliklarni asrash choralarini ko‘rishingiz lozim. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori. 📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

#Bilasizmi 🔎Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi? Xabardornoma yuborish uchun yuridik shaxslar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar. 🏬Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy bo‘linmalari. 💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori. 📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

"Bos, adliyada bir kunda ko‘rinasan" — bu tavsiya hayotimni o‘zgartirdi Nuridin Shermatov — Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti yetakchi maslahatchisi
Adliyaga kelganimga endigina ikki oy bo'ldi, bu joydan taklif bo'lgan paytda ustozlarimning birinchi aytgan gaplari "bos, ikki yil ishlading ko'rinmading, lekin adliyada bir kunda ko'rinasan" deyishdi. Ularning tavsiyasiga amal qilib keldim. 10 kun 15 kun ichida rahbarimizning ko'ziga ko'rindim, keyingi oyning o'zidayoq vazirimizga bir nechta loyihamizni taqdimot qildik. Shundan so'ng, Prezident Administratsiyasi ishchi guruhiga jalb qilinib, loyihaning muallifi sifatida ishlayapmiz.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

Tanlov jarayonidan lavhalar

#yilning_eng_faol_yosh_xodimi 🏆 “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi ⚖️ Adliya v
+9
#yilning_eng_faol_yosh_xodimi 🏆 “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi ⚖️ Adliya vazirligida adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. 👥 Tanlovda hududiy (saralash) bosqichlarda munosib natija ko‘rsatgan eng faol yosh xodimlar o‘zaro bilim, kasbiy mahorat, tahliliy fikrlash, tashabbuskorlik va liderlik salohiyatini namoyon etdi. 🎙 Tanlovning ochilish marosimida so‘zga chiqqan adliya vaziri o‘rinbosari Mirjalol Allakuliyev yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, bunday tanlovlar adliya tizimining ertangi rivoji uchun munosib kadrlar zaxirasini shakllantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. 🔥 Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan tanlov yakunida hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar g‘olib deb topildi hamda tantanali ravishda taqdirlandi.
✅Natijalar: 🥇 1-o‘rin — SULAYMONOV Shuhrat To‘lqin o‘g‘li (Jizzax viloyati) 🥈 2-o‘rin — SHOYADBEKOV Shaxbozbek Shuxratbek o‘g‘li ("Adolat" MHAM) 🥉 3-o‘rin — YUSUPOVA Faringiz O‘ktam qizi (Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti)
🌟 Mazkur tanlov yosh xodimlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni yangi g‘oya va tashabbuslarga ruhlantirish hamda adliya tizimida faol, fidoyi va malakali kadrlar safini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

#Bilasizmi Siz tug‘ilishni onlayn rasmiylashtirishni bilasizmi? ✅Bu — yangi tug‘ilgan chaqaloqning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasini my.gov.uz portali orqali uyingizdan chiqmasdan rasmiylashtirish imkonini beruvchi qulay elektron xizmatdir. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

💻 Notarial xizmatlardan uydan chiqmagan holda foydalanish mumkinligini bilarmidingiz? ⚖️ Bugungi kunda 18 turdagi notarial harakatlarni notarial idoraga bormasdan, onlayn rasmiylashtirish imkoniyati mavjud. 📱 Buning uchun E-notarius.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tib, murojaatni notariusga yuborish kifoya. Notarial harakat videokonferensaloqa orqali amalga oshiriladi. 📄 Rasmiylashtirilgan hujjatlar esa murojaatchiga shaxsan topshiriladi yoki kuryerlik xizmati orqali yetkaziladi. ✅ Onlayn notarial harakat rasmiylashtirish istagidagi fuqarolarga quyidagi afzalliklar mavjud: 🔹 Navbat kutishga hojat qolmaydi; 🔹 Vaqt va mablag‘ tejaladi; 🔹 Dunyoning istalgan nuqtasidan turib xizmatdan foydalanish mumkin; 🔹 Ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi; 🔹 To‘lovlar shaffof amalga oshiriladi; 🔹 Jarayon audio va video tarzda qayd etiladi; 🔹 Firibgarlik va majburlash holatlarining oldi olinadi.
Onlayn rasmiylashtirish imkoniyati mavjud 18 turdagi notarial harakatlar: 1. Avtomototransport oldi-sotdi shartnomasi; 2. Avtomototransport hadya shartnomasi; 3. Garov shartnomasi; 4. Avtomototransport ishonchnoma; 5. Er yoki xotinning umumiy mol-mulkni tasarruf etishga rozilik arizasi; 6. Voyaga yetmagan shaxsni xorijga chiqishi uchun berilgan rozilik arizasi; 7. Voyaga yetmagan shaxsga xorijda hamrohlik qiluvchi shaxsdan rozilik arizasi; 8. Imzo shahodatlash; 9. Boshqa turdagi ishonchnoma; 10. Ko‘chmas mulkka ishonchnoma; 11. Merosxo‘rning meros ulushidan voz kechish arizasi; 12. Uy-joyni tasarruf etishga xususiylashtirish ishtirokchisining rozilik arizasi; 13. Hujjatlarning bir tildan boshqa tilga tarjima qilinganligini shahodatlash; 14. Otalikni (biologik otalik) belgilash yuzasidan ariza; 15. Nikoh shartnomasi; 16. Notarial harakatni bekor qilish to‘g‘risida ariza 17. Ijro xatlarini yozish; 18. Avtomototransport vositasini ijaraga berish shartnomasi.
🌍 Xorijda bo‘lsangiz ham, O‘zbekistondagi notarial xizmatlardan masofadan turib foydalanishingiz mumkin. 📌 Qulay, tezkor va shaffof xizmatlar — fuqarolar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan biridir. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

#Bilasizmi 🔒 O‘zingiz tanlagan firma nomini qanday qilib vaqtincha band qilish mumkinligini bilasizmi? 📍Jismoniy va yuridik
#Bilasizmi
🔒 O‘zingiz tanlagan firma nomini qanday qilib vaqtincha band qilish mumkinligini bilasizmi?
📍Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga yoqqan firma nomini vaqtincha band qilishlari mumkin. 🔎 Buning uchun new.birdarcha.uz platformasi orqali yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilib, tanlangan nomni 60 kun davomida zaxiraga olish xizmatidan foydalaniladi. Bu imkoniyat hujjatlarni tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida firma nomining saqlanib turishini ta’minlaydi. 🗓 Ko‘rib chiqish muddati – 2 ish kuni 💰 To‘lov – BHMning 50 foizi 📍 Vakolatli organ – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

#Diqqat_muhim 📣 Hurmatli hamyurtlar! Adliya vazirligining 1148 – “Ishonch telefoni” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzati
#Diqqat_muhim 📣 Hurmatli hamyurtlar! Adliya vazirligining 1148 – “Ishonch telefoni” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda. Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutaxassislar tomonidan choralar koʻrilmoqda. Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida maʼlum qilamiz. Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz! Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

#Diqqat_so'rovnoma 📢 Hurmatli fuqarolar! ⚖️ Davlat xizmatlari markazlari faoliyati hamda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari
#Diqqat_so'rovnoma 📢 Hurmatli fuqarolar! ⚖️ Davlat xizmatlari markazlari faoliyati hamda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilash maqsadida fuqarolar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. 📝 So‘rovnoma orqali: 🔹 davlat xizmatlaridan foydalanish tajribangiz; 🔹 xizmat ko‘rsatish sifati; 🔹 Davlat xizmatlari markazlarida yaratilgan sharoitlar; 🔹 xodimlarning muomala madaniyati va malakasi; 🔹 mavjud muammo va takliflaringiz o‘rganiladi. 🤝 Sizning fikr va mulohazalaringiz davlat xizmatlarini yanada qulay, tezkor va sifatli tashkil etishga xizmat qiladi. ⏳ So‘rovnomada ishtirok etish uchun atigi bir necha daqiqa kifoya. 📌 Barcha fuqarolarni so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz! ✅ Sizning fikringiz biz uchun muhim! ✅ So'rovnomada ushbu havola orqali ishtirok etishingiz mumkin. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

#Davlat_xizmatchilari_kuni 🇺🇿 Xalq xizmati yo‘lidagi fidoyilar ⚖️ 23-iyun — Davlat xizmatchilari kuni munosabati bilan davlat va jamiyat ravnaqi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan barcha davlat xizmatchilarini samimiy muborakbod etamiz! 🤝 Sizning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘usi mamlakatimiz taraqqiyoti, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xalq farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 📌 Davlat xizmati — bu nafaqat kasb, balki xalq ishonchini oqlash, jamiyat oldidagi yuksak mas’uliyatni sharaf bilan ado etishdir. ✨ Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz davlat xizmatchilari! Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

⁉️Bilasizmi, sizning quyidagi harakatlaringiz ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi: 🔹 xabardor qilish tartibida amalga oshir
⁉️Bilasizmi, sizning quyidagi harakatlaringiz ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi:
🔹 xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish; 🔹 amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat bilan tegishli hujjatsiz shug‘ullanish; 🔹 litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish. 🧾 Qonunchilikda amalga oshirilishi uchun litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish talab etiladigan hamda vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari belgilangan. ‼️ Unutmang, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

#bilasizmi 🚘 Avtotransport vositasi uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish tartibini bilasizmi? ✅ Arizalar Yagon
#bilasizmi
🚘 Avtotransport vositasi uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish tartibini bilasizmi?
✅ Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi. 🧑‍💻Tegishli reklama va axborotning eskizi hamda ishonchnoma (uchinchi shaxs tomonidan murojaat qilinganda) arizaga ilova qilinadi. 💰Davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun BHM 1 baravari miqdorida yig'im undiriladi. ⏰ Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 5 ish kuni. 📆 Reklama joyining pasporti 1 yil muddatga beriladi.
‼️ Eslatma: reklamani joylashtirishga bo‘lgan huquq uchun miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan belgilanadigan yig'imni to'lash lozim.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori. Raqamli davlat xizmatlari sizning qulayligingiz uchun! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

#Bilasizmi 🕋“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati uchun litsenziya olish tartibini bilasizmi? 👫Ariza ber
#Bilasizmi 🕋“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati uchun litsenziya olish tartibini bilasizmi? 👫Ariza beruvchilar toifasi: yuridik shaxslar. 🏢Litsenziyalovchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi 💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari. 💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari. ⏰Arizani ko‘rib chiqish muddati: hujjatlar qabul qilish yakunlangan kundan boshlab 30 kun davomida. ⏳Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 668-son qarori. | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

💼 O'z-o'zini band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tish tartibini bilasizmi? 👉 Siz o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida
💼 O'z-o'zini band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tish tartibini bilasizmi?
👉 Siz o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tishingiz mumkin, agar: 🔹 jismoniy va yuridik shaxslarga daromad olishga yo'naltirilgan xizmatlar ko'rsatsangiz; 🔹 ishlarni mustaqil amalga oshirsangiz; 🔹 mehnat shartnomasi bo'yicha ishlamasangiz; 🔹 YTT sifatida ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz. ✅ Ro'yxatdan o'tish YIDXP (my.gov.uz), soliq mobil ilovasi yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. 🧾 Ariza to'ldirish jarayonida faoliyat turi, uni amalga oshirish hududi va telefon raqamingizni kiritsangiz kifoya. 👉 O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat turlari ❌ O‘zini o‘zi band qilish faoliyatidan olingan daromadlar daromad solig'iga tortilmaydi. 💰Soliq davrida 100 million so‘mdan oshgan daromadlar YTT uchun belgilangan tartib asosida soliqqa tortiladi.
‼️Mehnat staji hisoblanishi uchun yiliga BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to'lash lozim.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

#Bilasizmi 🕋“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati uchun litsenziya olish tartibini bilasizmi? 👫Ariza ber
#Bilasizmi 🕋“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati uchun litsenziya olish tartibini bilasizmi? 👫Ariza beruvchilar toifasi: yuridik shaxslar. 🏢Litsenziyalovchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi 💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari. 💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari. ⏰Arizani ko‘rib chiqish muddati: hujjatlar qabul qilish yakunlangan kundan boshlab 30 kun davomida. ⏳Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 668-son qarori. | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

#Bilasizmi 💍 Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi? ✅ Xabarnoma yuborish uchun yuridik shaxslar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar. 🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi. 💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi. ❗️Eslatma: har bir faoliyat yuritish turi va manziliga (filialiga) alohida xabarnoma yuboriladi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

#jamoa 🇺🇿 Bir jamoa. Bir maqsad. Bir yurak. Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi Adliya vazirligi jamoasi O‘zbekis
+9
#jamoa 🇺🇿 Bir jamoa. Bir maqsad. Bir yurak. Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi Adliya vazirligi jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining uchrashuvini birgalikda tomosha qilib, futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatladi. Bu nafaqat futbol tomoshasi, balki jamoaviylik, hamjihatlik va birdamlikning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi. Birgalikda quvondik, birgalikda hayajonlandik va terma jamoamizga birgalikda muxlislik qildik. Chunki futbolning eng katta kuchi ham shunda — u insonlarni birlashtiradi. Bugun terma jamoamiz maydonda kurashgan bo‘lsa, millionlab yurtdoshlarimiz, jumladan Adliya vazirligi jamoasi ham ular bilan birga bo‘ldi. 34 yil kutilgan orzuning ro‘yobga chiqqani esa barchamiz uchun eng katta g‘alabadir. Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿 Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

🇺🇿 Bugun bir maqsad, bir yurak, bir bayroq ostida jam bo‘ldik. Adliya vazirligi jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining ilk uchrashuvini birgalikda tomosha qilmoqda. Futbol – bu shunchaki o‘yin emas, balki xalqni birlashtiradigan, Vatanga muhabbat va g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydigan kuchdir. Biz terma jamoamizga ishonamiz, ularni qo‘llab-quvvatlaymiz va g‘alabaga birgalikda ishonamiz! Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿