UzAuto
Kanalga Telegram’da o‘tish
“O’zavtosanoat” AJ rasmiy kanali | Официальный канал АО "Узавтосаноат" "O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi, 13 +998 (78) 141-77-77 Ishonch telefoni raqami: +998 (78) 140-76-66 E-mail: info@uzavtosanoat.uz
Ko'proq ko'rsatish7 032
Obunachilar
-1024 soatlar
-337 kun
-12530 kun
Postlar arxiv
7 032
Repost from Saida Mirziyoyeva
BMT bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoqda. Ular qatorida, jumladan, O‘zbekiston ham bor.
Mamlakatimiz delegatsiyasi umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi.
—
Штаб-квартира ООН в рамках 81-й сессии Генеральной Aссамблеи принимает делегации почти 130 стран, включая Узбекистан.
Делегация нашей страны в ходе общих прений заслушала доклады ряда глав государств.
7 032
Узбекский пилот Исмаил Ахмедходжаев одержал победу на легендарной трассе Спа-Франкоршам
Узбекский автогонщик Исмаил Ахмедходжаев успешно выступил на четвертом этапе международной серии Ultimate Cup Series, прошедшем на легендарной трассе Спа-Франкоршам в Бельгии.
Выступление Исмаила Ахмедходжаева на международной арене проходит при поддержке АО «Узавтосаноат» в рамках содействия развитию отечественного автоспорта и представлению Узбекистана на международных соревнованиях.
В категории Ultimate GT Sprint Cup Исмаил Ахмедходжаев выступил вместе с Романом Русиновым на автомобиле Rossa LM GT. По итогам квалификации команда Rossa Racing завоевала две поул-позиции.
По итогам уикенда команда Rossa Racing завоевала две поул-позиции и два подиума на Спа-Франкоршам — одной из наиболее известных и технически сложных гоночных трасс Европы.
«Спа — очень техничная трасса, где каждый круг требует полной концентрации, особенно когда погода постоянно меняется. Поэтому особенно приятно возглавить подиум именно здесь, на одной из самых известных трасс мирового автоспорта, и представить Узбекистан на таком уровне. Спасибо всей команде за работу и Роману за этот уикенд», — отметил Исмаил Ахмедходжаев.Ранее экипаж Русинова и Ахмедходжаева также успешно выступил на европейском этапе серии в итальянском Муджелло. Для справки: Ultimate Cup Series — международная гоночная серия, этапы которой проходят на ведущих автодромах Европы. Она объединяет несколько категорий, включая соревнования автомобилей класса GT, прототипов и формульных машин. Ultimate GT Sprint Cup представляет собой формат коротких спринтерских гонок, в которых особое значение имеют скорость, стабильность и точность пилотирования. Web-site | Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | LinkedIn
7 032
O‘zbekistonlik poygachi Ismoil Ahmedxo‘jayev afsonaviy Spa-Francorchamps trassasida g‘alaba qozondi
O‘zbekistonlik avtopoygachi Ismoil Ahmedxo‘jayev Belgiyadagi afsonaviy Spa-Francorchamps trassasida bo‘lib o‘tgan Ultimate Cup Series xalqaro poyga seriyasining to‘rtinchi bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Ismoil Ahmedxo‘jayevning xalqaro maydondagi ishtiroki milliy avtosportni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda O‘zbekistonni xalqaro musobaqalarda munosib namoyon etish doirasida “O‘zavtosanoat” AJ ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Ultimate GT Sprint Cup toifasida Ismoil Ahmedxo‘jayev Roman Rusinov bilan birgalikda Rossa LM GT avtomobilida ishtirok etdi. Saralash yakunlariga ko‘ra, Rossa Racing jamoasi ikkita poul-pozitsiyani qo‘lga kiritdi.
Poyga uikendi yakunlariga ko‘ra, Rossa Racing jamoasi Spa-Francorchamps — Yevropaning eng mashhur va texnik jihatdan murakkab poyga trassalaridan birida ikkita poul-pozitsiya va ikkita podiumni qo‘lga kiritdi.
«Spa — juda texnik trassa bo‘lib, bu yerda har bir aylana to‘liq diqqatni talab qiladi, ayniqsa ob-havo doimiy ravishda o‘zgarib turganda. Shu bois aynan shu yerda, jahon avtosportining eng mashhur trassalaridan birida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olish va O‘zbekistonni bunday darajada namoyon etish alohida quvonch bag‘ishlaydi. Barcha jamoaga mehnati uchun, Romanga esa ushbu uikend uchun minnatdorlik bildiraman», — dedi Ismoil Ahmedxo‘jayev.Avvalroq Rusinov va Ahmedxo‘jayev ekipaji seriyaning Italiyadagi Mugello trassasida o‘tkazilgan Yevropa bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etgan edi. Ma’lumot uchun: Ultimate Cup Series — bosqichlari Yevropaning yetakchi avtodromlarida o‘tkaziladigan xalqaro poyga seriyasidir. U GT toifasidagi avtomobillar, prototiplar va formulali bolidlar musobaqalarini o‘z ichiga olgan bir nechta toifalarni birlashtiradi. Ultimate GT Sprint Cup qisqa sprint poygalari formatida o‘tkazilib, unda tezlik, barqarorlik va avtomobilni aniq boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi.
7 032
Repost from Rasmiy axborot
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladi
Joriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.
❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?
2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.
⚡ Eng muhim kafolatlar
✔️Murojaat qilgan xodimning shaxsiy ma’lumotlari himoya qilinadi.
Bunday ma’lumotlarning qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
✔️ Rahbar ustidan murojaat tushsa, masala yuqori turuvchi instansiyaga avtomatik yo‘naltiriladi.
Bu manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga xizmat qiladi.
✔️ Murojaat uchun bosim o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
⛔Qaror materiallarida xodim o‘z huquqlarini himoya qilgani uchun uning ish sharoitlarini yomonlashtirish yoki jazolashga yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlangan.👍 Zarur holatlarda “112” orqali vakolatli organlarga yuborish mexanizmi ham tizimga integratsiya qilinadi. 📌Bu faqat shikoyat tizimi emas 🔷Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari har yili qisqa trening kurslarida o‘qitiladi. Har bir tashkilotda portalni yuritish va profilaktik treninglarni tashkil etish uchun kamida bir nafar mas’ul xodim belgilanadi. 🔷Nodavlat tashkilotlar uchun ham dmi.mehnat.uz tizimida mazkur imkoniyatlardan ixtiyoriy foydalanish sharoiti yaratiladi.
⛔Qarorning asosiy mazmuni bitta: ish joyidagi tazyiq yoki zo‘ravonlikni yashirish emas, uni xavfsiz bildirish, xolis ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilishning aniq mexanizmi yaratilmoqda.✅ Hurmat — imtiyoz emas. Xavfsiz ish muhiti esa endi alohida talab emas, tizimli vazifaga aylanmoqda. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
7 032
Repost from Rasmiy axborot
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi
Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi eng muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Prezident Administratsiyasi rahbarining Antoniu Guterrish bilan muloqoti O‘zbekistonning BMT maydonida dunyo miqyosidagi dolzarb chaqiriqlarga yangicha g‘oyalar bilan javob berish, global muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha qat’iy intilishini namoyon etadi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
7 032
+1
Korrupsiyaga qarshi qonunchilikdagi yangi talablar muhokama qilindi
“O‘zavtosanoat” AJda Komplayens, ishlab chiqarish va moliyaviy xavflarni monitoring qilish departamenti tomonidan jamiyatning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari uchun korrupsiyaga qarshi qonunchilikdagi yangi talablar hamda komplayens sohasidagi shaxsiy mas’uliyatga bag‘ishlangan axborot-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida 2026-yilda korrupsiyaga qarshi qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va baholash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, xaridlar va kontragentlar bilan ishlash jarayonida komplayens talablariga rioya etish, rahbarlarning bu boradagi shaxsiy mas’uliyati hamda tashkilotda halollik muhitini shakllantirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, amaliy faoliyatda uchraydigan holatlar yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
—
Новые требования антикоррупционного законодательства обсудили в АО «Узавтосаноат»
В АО «Узавтосаноат» Департаментом по комплаенсу и мониторингу производственно-финансовых рисков для руководителей структурных подразделений было проведено информационно-разъяснительное мероприятие, посвящённое новым требованиям антикоррупционного законодательства и персональной ответственности в сфере комплаенса.
В ходе мероприятия были рассмотрены изменения, внесённые в антикоррупционное законодательство в 2026 году, вопросы выявления и оценки коррупционных рисков, предупреждения конфликта интересов, а также совершенствования механизмов внутреннего контроля.
Отдельное внимание было уделено соблюдению комплаенс-требований при осуществлении закупок и работе с контрагентами, персональной ответственности руководителей и их роли в формировании культуры добросовестности в организации.
В завершение участники получили ответы на интересующие вопросы, а также практические разъяснения и рекомендации по возникающим в работе ситуациям.
7 032
🏛️ Avtomobilsozlik sanoatiga kirish uchun yangi imkoniyat: “Milliy sanoat zanjiri”ga sanoqli kunlar qoldi
Avtomobil uchun detal, butlovchi qism, material yoki uskuna ishlab chiqarasizmi? Yoki ishlab chiqarish quvvatingizni avtomobilsozlik sanoatiga yo‘naltirish imkoniyatingiz bormi?
Unda 29–30-sentabr kunlari Jizzaxda o‘tkaziladigan “Milliy sanoat zanjiri” avtomobilsozlik sanoati ko‘rgazmasi siz uchun yangi kooperatsiya imkoniyatlarini ochishi mumkin.
Ko‘rgazmada avtomobilsozlik korxonalarining qaysi mahsulot va butlovchi qismlarga ehtiyoji borligi, qaysilarini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkinligi va buning uchun qaysi mahalliy korxonalar salohiyatga ega ekani bir maydonda uchrashadi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsuloti va imkoniyatlarini bevosita yirik buyurtmachilarga taqdim etishi, B2B va B2G uchrashuvlarda aniq kooperatsiya takliflarini muhokama qilishi, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish va avtomobilsozlik sanoatining yetkazib berish zanjiriga kirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishi mumkin.
“Milliy sanoat zanjiri” formati avvalgi yo‘nalishlarda ham amaliy natija berdi: platforma doirasida xususiy korxonalar yirik davlat kompaniyalaridan 4 trillion so‘mlik buyurtmalar oldi.
Endi esa navbat — avtomobilsozlik sanoatiga.
🗓️29–30-sentabr, 2026-yil
📍Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi
⛓️ Ro‘yxatdan o‘tish
☎️Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 97 754 23 99
+998 97 888 10 01
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
7 032
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi.
So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.
O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p.
Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.
Facebook|Instagram|X
7 032
Repost from Rasmiy axborot
❗️"Biz sizni yaxshi ko‘ramiz"
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 24/7 ishlaydigan ko‘chaga tashrif buyurdi. Prezident korteji ko’chada rejadan tashqari to’xtadi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
7 032
Ushbu videoda havo filtri dvigatelni chang, qum va boshqa mayda zarrachalardan qanday himoya qilishi, filtr ifloslanganda havo oqimi qanday o‘zgarishi hamda shikastlangan filtr dvigatel va turbokompressorga qanday zarar yetkazishi mumkinligi haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarida havo filtrini qachon almashtirish hamda tuproq yo‘llarda ekspluatatsiya qilinganda uni qanchalik tez-tez tekshirish kerakligini tushuntiramiz.
—
В этом видео рассказываем, как воздушный фильтр защищает двигатель от пыли, песка и других мелких частиц, что происходит с потоком воздуха по мере загрязнения фильтра и чем повреждённый фильтр может быть опасен для двигателя и турбокомпрессора.
Также объясняем, когда необходимо менять воздушный фильтр на Chevrolet Onix и Tracker и как часто следует проверять его состояние при эксплуатации автомобиля на грунтовых дорогах.
7 032
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus tumanidagi Diyqan arna mahallasida boʻlib, aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю «Дийкан арна» в Нукусском районе и ознакомился с условиями, созданными для населения.
#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #mahalla
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
7 032
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga keldi. Safarni boshlashdan avval mamlakatimiz yetakchisi marhum davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrif buyurdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Республику Каракалпакстан. Перед началом поездки глава нашего государства посетил дом покойного государственного и общественного деятеля Каллибека Камалова.
#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #xotira
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
7 032
Ushbu videoda havo filtri dvigatelni chang, qum va boshqa mayda zarrachalardan qanday himoya qilishi, filtr ifloslanganda havo oqimi qanday o‘zgarishi hamda shikastlangan filtr dvigatel va turbokompressorga qanday zarar yetkazishi mumkinligi haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarida havo filtrini qachon almashtirish hamda tuproq yo‘llarda ekspluatatsiya qilinganda uni qanchalik tez-tez tekshirish kerakligini tushuntiramiz.
—
В этом видео рассказываем, как воздушный фильтр защищает двигатель от пыли, песка и других мелких частиц, что происходит с потоком воздуха по мере загрязнения фильтра и чем повреждённый фильтр может быть опасен для двигателя и турбокомпрессора.
Также объясняем, когда необходимо менять воздушный фильтр на Chevrolet Onix и Tracker и как часто следует проверять его состояние при эксплуатации автомобиля на грунтовых дорогах.
7 032
Repost from Rasmiy axborot
Toshkentda shahar muhitini yanada obod va zamonaviy qilish, madaniyat va kino sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayxontohur tumanidagi yangi istirohat bog‘i loyihasi, Yangi Toshkentdagi qurilish jarayonlari hamda “O‘zbekfilm” kinostudiyasining faoliyati bilan tanishdi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
7 032
Komplayens madaniyatini yuksaltirish va korrupsiyaga qarshi standartlarni mustahkamlash
Bugun “BYD Uzbekistan Factory” korxonasida “O‘zavtosanoat” AJ Komplayens departamenti tomonidan korrupsiyaga qarshi qonunchilikdagi yangi talablar hamda manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish masalalariga bag‘ishlangan axborot-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga amaldagi qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlar va talablar, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, oldini olish va tartibga solish mexanizmlari batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, xodimlarning kasbiy faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan amaliy holatlar muhokama qilinib, shaxsiy mas’uliyat, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida oshkor etish, halollik, shaffoflik va korporativ etika tamoyillariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mutaxassislarning amaliy tavsiyalari bilan tanishdilar.
Bunday tadbirlar korxonada barqaror komplayens madaniyatini shakllantirish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat tamoyilini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
“BYD Uzbekistan Factory” — shaffoflik, halollik va mas’uliyatli biznes tarafdori.
─
Повышение культуры комплаенса и укрепление антикоррупционных стандартов
Сегодня на предприятии «BYD Uzbekistan Factory» Департаментом комплаенса АО «Узавтосаноат» было проведено информационно-разъяснительное мероприятие, посвящённое новым требованиям антикоррупционного законодательства, а также вопросам эффективного управления конфликтом интересов.
В ходе семинара участникам были подробно разъяснены основные изменения и требования действующего законодательства, механизмы выявления, предупреждения и урегулирования конфликта интересов.
Также были рассмотрены практические ситуации, которые могут возникнуть в профессиональной деятельности сотрудников. Особое внимание было уделено вопросам личной ответственности, своевременного раскрытия потенциального конфликта интересов, соблюдения принципов добросовестности, прозрачности и корпоративной этики.
В ходе мероприятия, прошедшего в формате открытого диалога, участники получили ответы на интересующие их вопросы и ознакомились с практическими рекомендациями специалистов.
Проведение подобных мероприятий способствует формированию устойчивой культуры комплаенса на предприятии, повышению правовой грамотности сотрудников и дальнейшему укреплению принципа нетерпимости к коррупции.
«BYD Uzbekistan Factory» — сторонник прозрачности, добросовестности и ответственного ведения бизнеса.
Web-site | Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | LinkedIn
7 032
“Muvaffaqiyat tarixi” loyihasining beshinchi soni ko‘p yillik fidokorona mehnati va kasbiga sadoqati bilan e’tirofga sazovor bo‘lgan “Do‘stlik” ordeni sohiblari — Texnologiya boshqarmasi boshlig‘i Shavkatbek Azamov hamda 2-Payvandlash tsexi Closure uchastkasi brigadiri Xabibulla Baltabayevga bag‘ishlandi.
Ushbu sonda qahramonlarimizning mehnat yo‘li, yillar davomida orttirgan tajribasi, kasbiga bo‘lgan sadoqati hamda bugungi e’tirof ortida turgan hayotiy hikoyalari yoritildi.
Ularning bosib o‘tgan yo‘li — mehnat, sabr va tinimsiz harakat orqali yuksak marralarga erishish mumkinligining yana bir yorqin namunasidir.
—
Пятый выпуск проекта «История успеха» посвящён кавалерам ордена «Дустлик» — начальнику Управления технологии Шавкатбеку Азамову и бригадиру участка Closure второго сварочного цеха Хабибулле Балтабаеву, чей многолетний труд и преданность профессии получили высокое признание.
В выпуске рассказывается об их профессиональном пути, накопленном за долгие годы опыте, преданности своему делу и жизненных историях, стоящих за сегодняшними достижениями.
Их путь — ещё один яркий пример того, как труд, терпение и постоянное стремление вперёд помогают достигать высоких целей.
7 032
Repost from Rasmiy axborot
✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi e’lon qilindi
Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — "The Chosun Daily"da Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investisiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.
❗Maqolada qayd etilganidek–
🔵so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan;
🔵Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investisiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan;
🔵Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ziyod qo‘shma korxona va loyihalar amalga oshirilmoqda;
🔵KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq;
🔵2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan.
Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining o‘zaro to‘ldiruvchanligi yangi o‘sish drayverlarini yaratish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidlab, hamkorlikni umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirish darajasiga olib chiqish muhimligini ta’kidladi.
"Ishonchim komilki, aynan shu asosda hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz — alohida sohalardagi muvaffaqiyatli hamkorlikdan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz barqaror va uzoq muddatli farovonligining yanada mustahkam poydevorini barpo etadi".Maqolada sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transport vositalari, biofarmasevtika, aqlli qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar” istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Shuningdek, ta’lim va inson kapitaliga investisiya kiritish, akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi e’tirof etgan. Prezident, shuningdek, Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi sammiti O‘zbekiston va Koreya munosabatlari bilan bir qatorda, butun mintaqa bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydon ekaniligiga alohida urg‘u berdi.
"...O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida. Bu tashabbuslar “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirilgan mexanizmga aylantirishga qaratilgan".Prezident maqolasida qayd etilganidek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni, balki Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, innovatsiya va umumiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
"Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman"- deydi Davlatimiz Rahbari maqolada.🔥 Ma’lumot o‘rnida: The Chosun Daily — 1920 yilda tashkil etilgan «Chosun Ilbo» mediaguruhi tarkibidagi nashr bo‘lib, Koreya Respublikasidagi yirik axborot platformalaridan biri hisoblanadi. Nashr siyosat, iqtisodiyot, jamiyat va xalqaro munosabatlarga oid dolzarb voqealarni keng yoritib boradi. Unda O‘zbekiston Prezidentining maqolasi e’lon qilinishi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikka bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir ifodasidir. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
7 032
Nega Chevrolet Onix va Tracker dvigatellarida zanjir emas, aynan GTM tasmasi qo‘llanilgan?
Ko‘pchilik zanjirni ishonchliroq deb hisoblaydi. Ammo zamonaviy dvigatel yaratishda resursdan tashqari, og‘irlik, mexanik qarshilik, shovqin va samaradorlik kabi ko‘plab omillar ham hisobga olinadi.
GTM tasmasi yengilroq va ishqalanishdagi yo‘qotishlari kamroq. Onix va Tracker dvigatellarida esa u motor moyi ichida ishlaydi.
Bunday tizimning muhim talabi bor: motor moyining sifati va uni o‘z vaqtida almashtirish. Shu sababli ishlab chiqaruvchi talablariga mos moydan foydalanish va belgilangan texnik xizmat muddatlariga rioya qilish muhim.
Avtomobilingizga o‘z vaqtida va to‘g‘ri texnik xizmat ko‘rsating.
—
Почему в двигателях Chevrolet Onix и Tracker используется ремень ГРМ, а не цепь?
Многие считают цепь более надёжным решением. Однако при разработке современного двигателя учитывается не только ресурс, но и масса, механическое сопротивление, уровень шума и эффективность.
Ремень ГРМ легче и создаёт меньшие потери на трение. В двигателях Onix и Tracker он работает непосредственно в моторном масле.
У такой системы есть важное требование: качество моторного масла и его своевременная замена. Поэтому важно использовать масло, соответствующее требованиям производителя, и соблюдать установленные интервалы технического обслуживания.
Своевременно и правильно обслуживайте свой автомобиль.
Web-site|Facebook|Telegram|YouTube| Instagram|Linkedin
7 032
Hurmatli tadbirkorlar!
Sizlarni Agrobank hamda AgroTech Klaster hamkorligida tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalari ko‘rgazmasiga taklif etamiz.
Mazkur ko‘rgazmada qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy va innovatsion texnika hamda texnologiyalar bilan yaqindan tanishishingiz, ularning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Tadbirda ishtirokingiz biz uchun yuksak e’tibor va hamkorligimizni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
📅 Sana: 2026-yil 12-sentabr
🕣 Boshlanish vaqti: 08:30
📍 Manzil: Andijon viloyati, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Sizni ko‘rgazmada kutib qolamiz!
—
Уважаемые предприниматели!
Приглашаем вас посетить выставку сельскохозяйственной техники, организованную совместно Agrobank и AgroTech Klaster.
В рамках выставки вы сможете ознакомиться с современными и инновационными образцами сельскохозяйственной техники и технологиями, а также получить подробную информацию об их возможностях.
Ваше участие в мероприятии станет для нас знаком особого внимания и важным шагом на пути дальнейшего развития взаимовыгодного сотрудничества.
📅 Дата: 12 сентября 2026 года
🕣 Начало: 08:30
📍 Место проведения: Андижанская область, Андижанский институт сельского хозяйства и агротехнологий
Будем рады видеть вас на выставке!
7 032
+1
2026-yil iyun oyida o‘tkazilgan ichki va tashqi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” AJ tizimida qo‘shimcha e’tibor talab etadigan yo‘nalishlar aniqlanib, ular bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Xususan, axborot ochiqligini oshirish, murojaatlar va qayta aloqa mexanizmlarini takomillashtirish, manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish, ichki nazoratni kuchaytirish, xarid va shartnoma jarayonlari ustidan nazoratni oshirish, xabar beruvchilar maxfiyligini ta’minlash hamda ichki jarayonlarni raqamlashtirish va soddalashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
—
По результатам внутренних и внешних опросов, проведённых в июне 2026 года, в структуре АО «Узавтосаноат» определены направления, требующие дополнительного внимания, и намечены соответствующие меры.
В частности, определены задачи по повышению информационной открытости, совершенствованию механизмов рассмотрения обращений и обратной связи, эффективному управлению конфликтом интересов, усилению внутреннего контроля, повышению контроля за закупочными и договорными процессами, обеспечению конфиденциальности лиц, сообщающих о нарушениях, а также цифровизации и упрощению внутренних процессов.
