UzAuto
Open in Telegram
“O’zavtosanoat” AJ rasmiy kanali | Официальный канал АО "Узавтосаноат" "O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi, 13 +998 (78) 141-77-77 Ishonch telefoni raqami: +998 (78) 140-76-66 E-mail: info@uzavtosanoat.uz
Show more7 102
Subscribers
No data24 hours
+27 days
-17130 days
Posts Archive
7 102
Motor moyini almashtirganda nega moy filtrini ham almashtirish kerak?
Dvigatel ishlashi davomida filtr moy tarkibidagi mayda iflosliklar va yeyilish mahsulotlarini ushlab qoladi. Vaqt o‘tishi bilan bu zarrachalar filtrlovchi materialda to‘planib, moy oqimiga qarshilikni oshirishi mumkin.
Filtr ichidagi bypass klapani esa muayyan sharoitlarda moy oqimini saqlab qolishga yordam beradi. Masalan, sovuqda moy qovushqoqligi yuqori bo‘lganda yoki filtr orqali o‘tishga qarshilik oshganda, klapan vaqtincha ochilishi mumkin.
Shu sababli yangi moy quyib, eski filtrni qoldirish maqsadga muvofiq emas. Texnik xizmat vaqtida motor moyi bilan birga moy filtrini ham belgilangan tartibda almashtirish muhim.
Moy filtri qanday ishlaydi va bypass klapani nima uchun kerak — videoda tushuntiramiz.
—
Почему вместе с моторным маслом нужно менять и масляный фильтр?
Во время работы двигателя масляный фильтр задерживает мелкие загрязнения и продукты износа, содержащиеся в масле. Со временем эти частицы накапливаются в фильтрующем материале и могут увеличивать сопротивление потоку масла.
Расположенный внутри фильтра перепускной клапан помогает сохранить поток масла в определённых условиях. Например, при холодном запуске, когда вязкость масла выше, или при повышенном сопротивлении фильтра клапан может временно открыться.
Поэтому заливать новое масло и оставлять старый фильтр нецелесообразно. При техническом обслуживании важно менять масляный фильтр вместе с моторным маслом в установленном порядке.
Как работает масляный фильтр и зачем ему перепускной клапан — рассказываем в видео.
7 102
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi.
O‘tgan davrda Sharof Rashidov va Qarshi tumanlariga bir xil – 2 trillion 300 milliard so‘mdan kredit resursi berilgan.
Sharof Rashidov tumanida ushbu mablag‘ hisobidan 30 ming aholi kambag‘allikdan chiqarilgan bo‘lib, bir kishiga o‘rtacha 78 million so‘m to‘g‘ri kelgan. Qarshi tumanida esa 13 ming ehtiyojmandning sharoiti yaxshilanib, bir kishiga o‘rtacha 176 million so‘m sarflangan.
Qamashi va Piskent tumanlariga 1 trillion 100 milliard so‘mdan kredit berilgan. Qamashida 28 ming, Piskentda esa atigi 4,5 ming kambag‘al aholi bu toifadan chiqarilgan.
G‘uzor, Nishon, Muborak, Yangiqo‘rg‘on, Toyloq, Boysun, Oltinsoy, Bandixon, Beshariq, Farg‘ona tumanlari hamda Nurafshon, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ham shunday holat kuzatilayotgani aytildi.
Piskentda har bir odamni kambag‘allikdan chiqarishga 250 million so‘m kredit to‘g‘ri kelayotgani aytildi. Vaholanki, boshqa hududda shuncha pulga sanoatda yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook|Instagram|X
7 102
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi.
“Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani qayd etildi.
Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi.
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlandi.
– O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti,– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
7 102
Repost from Rasmiy axborot
O‘zbekiston Birinchi xonimi Bishkekda ShHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi. 2026-yil 1-sentabr.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
7 102
“Muvaffaqiyat tarixi” loyihasining navbatdagi soni 1993-yildan buyon “UzAuto Motors”da samarali mehnat qilib kelayotgan, “O‘zbekiston Qahramoni” yuksak unvoni sohibi Hasanboy Qosimovga bag‘ishlandi. Unda uning 30 yildan ortiq mehnat yo‘li, korxona rivojiga qo‘shgan hissasi, hayotiy xotiralari hamda ko‘p yillik fidokorona mehnat ortidagi muvaffaqiyat siri yoritildi.
—
Очередной выпуск проекта «История успеха» посвящён Хасанбою Косимову — обладателю высокого звания «Герой Узбекистана», который трудится в UzAuto Motors с 1993 года. В нём рассказывается о его более чем 30-летнем профессиональном пути, вкладе в развитие предприятия, жизненных воспоминаниях и секрете успеха, стоящем за многолетним самоотверженным трудом.
7 102
“O‘zavtosanoat” AJ jamoasi barchani O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.
Ushbu qutlug‘ ayyomda Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilaymiz. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
—
Коллектив АО «Узавтосаноат» искренне поздравляет всех с 35-летием Государственной независимости Республики Узбекистан.
В этот знаменательный день желаем вам крепкого здоровья, семейного счастья, новых успехов и уверенности в завтрашнем дне. Пусть наша страна процветает, в каждом доме царят согласие и достаток, а независимость нашей Родины будет вечной!
7 102
Nega motor moyini o‘z vaqtida almashtirish kerak?
Motor moyi dvigatel detallarini moylaydi, ishqalanish va yeyilishni kamaytiradi, ularni sovitishga yordam beradi. Ammo yuqori harorat, yonish mahsulotlari va doimiy qizish-sovish jarayonlari ta’sirida vaqt o‘tishi bilan moyning xususiyatlari o‘zgaradi.
Shu sababli Onix va Tracker avtomobillarida motor moyini har 5 000 kilometrda yoki 6 oyda — qaysi biri birinchi kelsa — almashtirish kerak. Avtomobil kam yurgan bo‘lsa ham, vaqt, sovuq ishga tushirishlar, qisqa safarlar va namlik moyning holatiga ta’sir qilishi mumkin.
Bundan tashqari, moyni shunchaki o‘z vaqtida almashtirish emas, ishlab chiqaruvchi talablariga mos 0W-20 motor moyidan foydalanish ham muhim.
Nega aynan 5 000 kilometr yoki 6 oy? Va 0W-20 nimani anglatadi? Videoda tushuntiramiz.
—
Почему моторное масло нужно менять вовремя?
Моторное масло смазывает детали двигателя, снижает трение и износ, а также помогает их охлаждать. Однако под воздействием высокой температуры, продуктов сгорания и постоянных циклов нагрева и охлаждения свойства масла со временем меняются.
Поэтому в автомобилях Onix и Tracker моторное масло необходимо менять каждые 5 000 километров или 6 месяцев — в зависимости от того, что наступит раньше. Даже если автомобиль ездит мало, на состояние масла могут влиять время, холодные запуски, короткие поездки и влага.
Кроме того, важно не только вовремя менять масло, но и использовать соответствующее требованиям производителя моторное масло 0W-20.
Почему именно 5 000 километров или 6 месяцев? И что означает 0W-20? Рассказываем в видео.
7 102
Repost from Rasmiy axborot
🇺🇿Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.🔷Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan. 🔷Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan. 🔷Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investisiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan. 🔷Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
7 102
“UzAuto Motors” AJda davlat xaridlarida shaffoflik va qonuniylik masalalari muhokama qilindi
Asaka shahrida “O‘zavtosanoat” AJ Komplaens departamenti tomonidan davlat xaridlarida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish hamda sohadagi qonunchilik yangiliklariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda tizim korxonalarining 72 nafar mas’ul xodimi ishtirok etdi.
—
В UzAuto Motors обсудили вопросы прозрачности и законности государственных закупок
Департаментом комплаенса АО «Узавтосаноат» в Асаке проведено информационно-разъяснительное мероприятие, посвящённое обеспечению законности и прозрачности государственных закупок, предупреждению коррупционных рисков и актуальным изменениям законодательства. В мероприятии приняли участие 72 ответственных сотрудника структурных предприятий.
7 102
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “O‘zavtosanoat” AJda bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Tadbir davomida avtomobilsozlik sanoatida erishilgan natijalar, yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan 4 nafar xodim davlat mukofotlari bilan taqdirlangani alohida e’tirof etildi: bir nafar xodim “Mehnat shuhrati” ordeni, uch nafar xodim esa “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi. Yana 17 nafar xodim “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida barcha xodimlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va kelgusi faoliyatlarida yangi muvaffaqiyatlar tilandi.
—
В АО «Узавтосаноат» состоялось праздничное мероприятие, посвящённое 35-летию Независимости Республики Узбекистан
В ходе мероприятия были отмечены достигнутые в автомобильной промышленности результаты, а также обозначены приоритетные задачи до конца текущего года.
Особое внимание было уделено сотрудникам отрасли, чей труд и вклад в развитие автомобилестроения получили достойное признание. Один сотрудник был награждён орденом «Мехнат шуҳрати», ещё трое сотрудников — медалью «Шуҳрат». Кроме того, 17 сотрудников были награждены памятным знаком «35 лет независимости Республики Узбекистан».
В завершение мероприятия всем сотрудникам пожелали крепкого здоровья, семейного благополучия и новых успехов в дальнейшей деятельности.
7 102
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
So‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihat bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyot tez sur’atlarda barqaror o‘sib borayotgani qayd etildi.
O‘tgan davrda mamlakatimizga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya kirdi. Iqtisodiyotimiz 2,5 barobardan ziyod ko‘paydi. Joriy yil yalpi ichki mahsulot hajmi 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.
Sanoat tarmoqlari, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5 million 700 ming doimiy ish o‘rni yaratildi. Davlat va xususiy sektor ishtirokida 1 million 500 ming o‘rinli zamonaviy maktab, 342 ming o‘rinli bog‘cha va 62 ming o‘rinli shifoxonalar ishga tushirildi.
Odamlarning uzog‘ini yaqin qilish uchun 83 ming kilometr umumiy foydalanishdagi ichki yo‘llar qurildi va ta’mirlandi. Hududlarda 8 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi kirib bordi, yana 11,5 million aholining suv ta’minoti yaxshilandi.
O‘tgan o‘n yilda 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ldi. Xalqimizda “Uyli bo‘lish – vatanli bo‘lish” degan naql bor. Shu ma’noda, kamida 2,5 million aholi vatanli bo‘ldi!
Facebook|Instagram|X
7 102
Qishda ko‘plab haydovchilar yo‘lga chiqishdan oldin dvigatelni 10–15 daqiqa qizdirishga odatlangan. Ammo zamonaviy avtomobillarda bunday uzoq qizdirish odatda shart emas.
Dvigatelni ishga tushirgandan so‘ng, qizdirish aylanishlari taxminan 1200–1500 dan 800–900 ayl/daq gacha tushishini kutish kifoya. Shundan keyin harakatni boshlash mumkin.
Ammo muhim bir shart bor: dvigatel va motor moyi to‘liq qizimaguncha katta yuklama bermaslik va aylanishlarni taxminan 2000–2500 ayl/daq dan oshirmaslik ma’qul.
Nega dvigatel harakat vaqtida tezroq va to‘g‘riroq qizishi haqida videoda batafsil tushuntiramiz.
—
Зимой многие водители привыкли прогревать двигатель по 10–15 минут перед поездкой. Но современному автомобилю такой долгий прогрев обычно не нужен.
После запуска достаточно дождаться, когда прогревочные обороты снизятся примерно с 1200–1500 до 800–900 об/мин, после чего можно начинать движение.
Но есть важное условие: пока двигатель и моторное масло полностью не прогрелись, лучше избегать высокой нагрузки и держать обороты примерно до 2000–2500 об/мин.
Почему двигатель быстрее и правильнее прогревается именно в движении — рассказываем в видео.
7 102
+4
“O‘zavtosanoat” AJ xodimi shaxmat bo‘yicha ochiq chempionatda g‘olib bo‘ldi
Davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “O‘zbekgidroenergo” AJ tashabbusi bilan vazirlik va idoralar, aksiyadorlik jamiyatlarining markaziy apparatlari xodimlari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha an’anaviy “Chess Board Open Championship of “Uzbekhydroenergo” JSC” (Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati) ochiq chempionati o‘tkazildi.
O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasining malakali hakamlari ishtirokida FIDE qoidalari asosida tashkil etilgan musobaqada 120 nafardan ortiq ishtirokchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
11 tur davom etgan murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” AJ vakili Farrux Rajabov barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi.
Hamkasbimiz Farrux Rajabovni ushbu munosib g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
—
Сотрудник АО «Узавтосаноат» стал победителем открытого чемпионата по шахматам
В преддверии 35-летия Государственной независимости по инициативе АО «Узбекгидроэнерго» среди сотрудников центральных аппаратов министерств, ведомств и акционерных обществ состоялся традиционный открытый чемпионат по шахматам «Chess Board Open Championship of “Uzbekhydroenergo” JSC» (Открытый чемпионат АО «Узбекгидроэнерго» по шахматам).
В соревнованиях, организованных по правилам FIDE с участием квалифицированных судей Федерации шахмат Узбекистана, за победу боролись более 120 участников.
По итогам 11 туров представитель АО «Узавтосаноат» Фаррух Раджабов опередил своих соперников и занял почётное 1-е место.
По завершении соревнований победители и призёры были награждены в торжественной обстановке.
Поздравляем нашего коллегу Фарруха Раджабова с достойной победой и желаем ему новых успехов в предстоящих соревнованиях!
7 102
+3
“O‘zavtosanoat” AJda kiberxavfsizlik bo‘yicha profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zavtosanoat” AJda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi mutaxassislari ishtirokida xodimlar uchun profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda keng tarqalayotgan kiberfiribgarlik turlari, jumladan, soxta qo‘ng‘iroqlar, fishing havolalari, qalbaki ilova va investitsiya platformalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlari haqida ma’lumot berildi.
Mutaxassislar real misollar asosida firibgarlarning usullari, shaxsiy va bank ma’lumotlarini himoya qilish, shubhali havola va fayllarni aniqlash hamda kiberxavflarga duch kelganda ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar yuzasidan tavsiyalar berdi.
Uchrashuv yakunida xodimlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
—
В АО «Узавтосаноат» состоялась профилактическая встреча по вопросам кибербезопасности
В АО «Узавтосаноат» состоялась профилактическая встреча для сотрудников с участием специалистов Министерства внутренних дел Республики Узбекистан в сфере кибербезопасности.
В ходе встречи участникам рассказали о наиболее распространённых сегодня видах кибермошенничества, включая поддельные звонки, фишинговые ссылки, фальшивые приложения и инвестиционные платформы, а также мошеннические схемы в социальных сетях.
На конкретных примерах специалисты разъяснили методы, используемые злоумышленниками, и дали рекомендации по защите персональных и банковских данных, выявлению подозрительных ссылок и файлов, а также действиям при столкновении с киберугрозами.
В завершение встречи специалисты ответили на вопросы сотрудников.
7 102
Turbodvigatel atmosferali dvigatelga qaraganda kamroq ishonchlimi?
Turbodvigatel murakkabroq sharoitda ishlaydi: silindrlardagi bosim va harorat yuqoriroq, konstruksiyada esa turbokompressor, interkuler va nadduvni boshqarish tizimi kabi qo‘shimcha elementlar mavjud. Shu sababli bunday dvigatel motor moyining sifati, texnik xizmat va to‘g‘ri ekspluatatsiyaga ko‘proq talabchan.
Ammo bu turbodvigatel albatta kamroq xizmat qiladi degani emas. Zamonaviy turbodvigatellar yuqori yuklamalarni hisobga olgan holda boshidanoq shunday ish sharoiti uchun loyihalashtiriladi va sinovdan o‘tkaziladi.
Demak, masala faqat turbina bor yoki yo‘qligida emas. Dvigatelning resursiga uning konstruksiyasi, texnik xizmat sifati va undan qanday foydalanish ham katta ta’sir qiladi.
—
Турбированный двигатель менее надёжен, чем атмосферный?
Турбодвигатель работает в более сложных условиях: давление и температура в цилиндрах выше, а в конструкции появляются дополнительные элементы — турбокомпрессор, интеркулер и система управления наддувом. Поэтому такой двигатель более требователен к качеству моторного масла, своевременному обслуживанию и правильной эксплуатации.
Но это не означает, что турбодвигатель обязательно прослужит меньше. Современные турбомоторы изначально проектируются с учётом повышенных нагрузок и проходят соответствующие испытания.
Поэтому вопрос не только в наличии или отсутствии турбины. На ресурс двигателя также существенно влияют его конструкция, качество технического обслуживания и условия эксплуатации.
7 102
AI-92, AI-95 va AI-100 benzinni aralashtirish mumkinmi?
92, 95 yoki 100 raqamlari benzinning sifatini emas, uning detonatsiyaga chidamliligini bildiradi.
Agar bakda AI-92 qolgan bo‘lsa, uning ustidan AI-95 yoki AI-100 quyish xavfli emas. Muhimi, yakuniy aralashma avtomobil ishlab chiqaruvchisi belgilagan minimal oktan soniga mos kelishi.
Yuqori oktanli benzin ham har doim “yaxshiroq” degani emas. Masalan, Chevrolet Onix va Tracker uchun ishlab chiqaruvchi oktan soni kamida 91 bo‘lgan benzindan foydalanishni tavsiya qiladi.
—
Можно ли смешивать АИ-92, АИ-95 и АИ-100?
Цифры 92, 95 или 100 говорят не о качестве бензина, а о его устойчивости к детонации.
Если в баке остался АИ-92, долить АИ-95 или АИ-100 не опасно. Главное, чтобы итоговая смесь соответствовала минимальному октановому числу, установленному производителем.
При этом более высокое октановое число не всегда означает «лучше». Например, для Chevrolet Onix и Tracker производитель рекомендует бензин с октановым числом не ниже 91.
7 102
1,2 litrli dvigatel 1,6 litrli dvigateldan kuchliroq bo‘lishi mumkinmi?
Avvallari ko‘proq quvvat olishning eng oddiy yo‘li dvigatel hajmini kattalashtirish edi. Chunki katta silindrlar ko‘proq havo qabul qiladi, ko‘proq yoqilg‘i yoqish imkonini beradi va natijada ko‘proq quvvat hosil bo‘ladi.
Turbokompressor esa bu qoidani o‘zgartirdi. U silindr hajmini kattalashtirmasdan, dvigatelga havoni bosim ostida yuboradi. Natijada kichik hajmli dvigatel ham ko‘proq kislorod va yoqilg‘idan foydalanib, katta hajmli atmosferali dvigatelga teng yoki hatto undan yuqori quvvat ishlab chiqarishi mumkin.
Demak, bugungi kunda dvigatel hajmi uning qanchalik kuchli ekanini har doim ham ko‘rsatib bermaydi. Bu qanday ishlashini videoda tushuntiramiz.
—
Может ли двигатель объёмом 1,2 литра быть мощнее 1,6-литрового?
Раньше одним из самых простых способов получить больше мощности было увеличение объёма двигателя. Ведь более крупные цилиндры способны принять больше воздуха, что позволяет сжечь больше топлива и получить больше мощности.
Турбокомпрессор изменил это правило. Не увеличивая объём цилиндров, он подаёт в двигатель воздух под давлением. В результате даже небольшой двигатель может использовать больше кислорода и топлива и выдавать мощность на уровне более крупного атмосферного двигателя или даже превосходить его.
Поэтому сегодня объём двигателя уже не всегда говорит о том, насколько он мощный. Как это работает — рассказываем в видео.
7 102
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti: birinchi qadamdan boshlab katta biznesga aylangunga qadar qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda.
—
Открытый диалог Президента с предпринимателями: создаются огромные возможности для всесторонней поддержки – от первых шагов до становления крупного бизнеса.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
7 102
DIQQAT!
Agar Siz «O‘zavtosanoat» AJ va tizimdagi korxonalar xodimlari yoki biznes hamkorlarining korrupsiya, noqonuniy va nojo‘ya harakatlariga duch kelsangiz yoki bu haqda xabardor bo‘lsangiz — bu haqda quyidagi aloqa kanallari orqali Komplayens, ishlab chiqarish va moliyaviy xavflarni monitoring qilish departamentiga xabar bering:
Telefon: +99878 140-76-70
E-mail: compliance@uzavtosanoat.uz
Telegram-bot: @Uzautosanoat_compliance_bot
Rasmiy veb-sayt: https://uzavtosanoat.uz/page/contacts
Facebook: https://www.facebook.com/compliance.uzauto/
Eslatma: Xabar bergan shaxslar ta’qibga uchramasligi va so‘roviga asosan shaxsi ochiqlanmasligi kafolatlanadi.
—
ВНИМАНИЕ!
Если вы столкнулись с противоправными действиями среди сотрудников АО «Узавтосаноат», также среди сотрудников предприятий входящих в его структуру или бизнес-партнеров, либо обладаете информацией о случаях, способствующих коррупции, просим сообщить об этом в Департамент по комплаенсу, и мониторингу производственно-финансовых рисков через следующие каналы связи:
Телефон: +99878 140-76-70
E-mail: compliance@uzavtosanoat.uz
Telegram-бот: @Uzautosanoat_compliance_bot
Официальный veb-sayt: https://uzavtosanoat.uz/page/contacts
Facebook: https://www.facebook.com/compliance.uzauto/
Примечание: Лицам, сообщившим о коррупции, гарантируется защита от преследования, а их личность не будет раскрыта по их запросу.
7 102
#brifing
“O‘zavtosanoat” AJ tomonidan 2026-yil I yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot.
—
Сведения о результатах деятельности АО «Узавтосаноат» за I полугодие 2026 года
