uz
Feedback
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

Kanalga Telegram’da o‘tish

📍100022, Toshkent sh., Nukus 52 Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa Elektron pochta: info@icppa.uz Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws

Ko'proq ko'rsatish
O'zbekiston17 256Toif belgilanmagan
3 506
Obunachilar
+8424 soatlar
+1057 kun
+20130 kun

Ma'lumot yuklanmoqda...

O'xshash kanallar
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Sentabr '26
Sentabr '26
+1 553
44 kanalda
Avgust '26
+1 967
18 kanalda
Get PRO
Iyul '26
+803
86 kanalda
Get PRO
Iyun '26
+1 211
73 kanalda
Get PRO
May '26
+783
72 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+1 204
26 kanalda
Get PRO
Mart '26
+1 118
2 kanalda
Sana
Obunachilarni jalb qilish
Esdaliklar
Kanallar
19 Sentabr+98
18 Sentabr+190
17 Sentabr0
16 Sentabr+8
15 Sentabr+406
14 Sentabr0
13 Sentabr0
12 Sentabr0
11 Sentabr0
10 Sentabr+202
09 Sentabr+37
08 Sentabr+102
07 Sentabr0
06 Sentabr+508
05 Sentabr0
04 Sentabr0
03 Sentabr+1
02 Sentabr0
01 Sentabr+1
Kanal postlari
🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 14-19 sentabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan q
🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 14-19 sentabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi: 🇨🇳Agentlik xodimlari Xitoy Xalq Respublikasining Suzhou shahrida “Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun past balandlik iqtisodiyoti” (Seminar on Low-Altitude Economy for Developing Countries) mavzusida tashkil etilgan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda. 🏛️ Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan davlat xaridlari sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bazaviy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida edu.icppa.uz platformasi orqali bepul onlayn o‘quv kursi tashkil etildi. ✔️ Metallurgiyada yangi imkoniyat: 100 mln dollarlik kooperatsiya loyihalari muhokama qilindi. 🇨🇳Shenchjen shahrida davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha maxsus seminar o‘tkazilmoqda. 🇺🇿 🇲🇾O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha hamkorlik kengaytiriladi. 🏛 Xitoyning “Jiangsu Yiershan Group” kompaniyasi bilan uchrashuv o’tkazildi. 🏭 Hududlarda sanoat loyihalari va mahalliylashtirish bo‘yicha amaliy ishlar. 🏛️ Xorazm viloyatidagi mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar o‘rganilmoqda. 🤝 Farg‘onada tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi. 🏛️ Farmatsevtika sohasida davlat xaridlari: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. 🏛️ Avtomobilsozlik sanoatiga kirish uchun yangi imkoniyat: “Milliy sanoat zanjiri”ga sanoqli kunlar qoldi. 🏛️ “Professional boshqaruv dasturi”ning ilk o‘quv kursi yakunlandi. ✅ Qoraqalpog‘istonda mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlari o‘rganildi. 🏛️Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun istiqbolli mahsulotlar haqidagi “Market signal” loyihasini boshlaydi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin

2
🇺🇿🇷🇺 O‘zbekiston va Rossiya: tovarlarning kelib chiqish sertifikatlarini elektron shaklda o‘zaro tan olish 17-sentabr kun
🇺🇿🇷🇺 O‘zbekiston va Rossiya: tovarlarning kelib chiqish sertifikatlarini elektron shaklda o‘zaro tan olish 17-sentabr kuni “O‘zbekekspertiza” AJ Bosh direktori U. A’zamxo‘jayev hamda Rossiya Federal bojxona xizmatining O‘zbekistondagi vakili N. Xaryushin o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida tovarlarning kelib chiqish sertifikatlarini elektron shaklda o‘zaro tan olish va qabul qilish bo‘yicha Bitimni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Rossiya O‘zbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkorlaridan biri bo‘lib, 2026-yilda aynan Rossiyaga eksport qilinayotgan tovarlar uchun 75 522 ta kelib chiqish sertifikati rasmiylashtirilgan. Bugungi kunda “O‘zbekekspertiza” AJ tomonidan elektron axborot almashinuvi uchun zarur texnik shart-sharoitlar yaratilgan. Uchrashuv davomida sertifikatlarni elektron shaklda almashish tizimini test rejimida sinovdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, jumladan, zarur texnik va tashkiliy choralarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tizim to‘liq ishga tushirilishi bilan eksportyorlar uchun qog‘oz shaklidagi sertifikatlarni taqdim etish zarurati bartaraf etilib, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilish jarayonini tezlashtirish va yanada shaffof tashkil etishga xizmat qiladi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
240
3
“Qo‘ng‘irot – Qorao‘zak – Taxiatosh” yo‘nalishi Qoraqalpog‘istonning “yashil sanoat yo‘lagi” – “intellektual iqtisodiyot uchb
“Qo‘ng‘irot – Qorao‘zak – Taxiatosh” yo‘nalishi Qoraqalpog‘istonning “yashil sanoat yo‘lagi” – “intellektual iqtisodiyot uchburchagi”ga aylanadi. Sun’iy intellekt va data markaz loyihalari uchun tashkil etilgan maxsus zonada 8 milliard dollarlik 6 ta loyiha amalga oshiriladi. Mutasaddilarga 1-oktabrgacha besh yillik dastur ishlab chiqib, investorlar uchun 1 gigavatt quvvatli barqaror elektr ta’minotini yo‘lga qo‘yish topshirildi. Uch yilda Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Taxiatoshda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida yillik eksportni 600 million dollarga yetkazish vazifasi belgilandi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
285
4
✅Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag
✅Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi. ✅2030-yilgacha jami quvvati 3 ming 300 megavattli shamol stansiyalari ishga tushirilib, “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi, 400 megavattli energiya saqlash quvvati yaratiladi. Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaning eng yirik markazlaridan biriga aylanadi. ✅Kelasi yil mart oyidan Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilib, safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi. “Tuyamo‘yin” suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish va Qo‘ng‘irotdan Mo‘ynoqqa 100 kilometr ichimlik suv tarmog‘ini tortish boshlanadi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
290
5
#Market_Signal 📊“Market signal”: 21 million dollarlik bozor Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi mahalliy ish
#Market_Signal 📊“Market signal”: 21 million dollarlik bozor Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun istiqbolli mahsulotlar haqidagi “Market signal” loyihasini boshlaydi. 2025-yilda O‘zbekistonga 21 million dollarlik gerbitsidlar import qilingan. Mahsulot asosan Xitoy, Rossiya va Fransiyadan olib kelinadi. Qishloq xo‘jaligida begona o‘tlarga qarshi qo‘llaniladigan ushbu mahsulot paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va boshqa yo‘nalishlarda doimiy talabga ega. ✅ Yana qaysi mahsulotlarda katta bozor va mahalliy ishlab chiqarish uchun imkoniyat bor? “Market signal”ni kuzatib boring. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
433
6
Davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻistonda yakunlangan loyihalarni ishga tushirdi, yangi quvvatlarning qurilishiga start berdi. 🌍
Davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻistonda yakunlangan loyihalarni ishga tushirdi, yangi quvvatlarning qurilishiga start berdi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
379
7
Qoraqalpog‘istonda mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlari o‘rganildi Sanoat kooperatsiyasi va davla+3
Qoraqalpog‘istonda mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlari o‘rganildi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida hududdagi bir qator mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati va mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini o‘rgandi. Tashrif davomida farmatsevtika, to‘qimachilik, qurilish materiallari, kimyo hamda boshqa sanoat yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot turlari va mahalliylashtirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, “RAUIYA MED” MChJda dori vositalari ishlab chiqarish jarayoni o‘rganildi. Korxonada 2026-yilda 31 mln dona mahsulot ishlab chiqarish va ishlab chiqarish hajmini 15,3 mlrd so‘mga yetkazish ko‘zda tutilgan. “QARAQALPAQ QAG'AZ QAYTA ISLEW” MChJda to‘qimachilik korxonalari uchun ipni kalavalashda foydalaniladigan konusli vtulkalar ishlab chiqarilmoqda. Joriy yilda korxonada 2 mln dona mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. “NUKUS SSP TEXNOPARK” MChJda esa sun’iy va paxta tolasidan ip ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2026-yil uchun ishlab chiqarish hajmi 200 mlrd so‘m yoki 22,4 ming tonnani tashkil etishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, “OSTEN TECHNOLOGIES” MChJning isitish radiatorlari ishlab chiqarish quvvatlari ham ko‘zdan kechirildi. Korxonada joriy yilda 400 ming dona radiator ishlab chiqarish rejalashtirilgan. “AKFA BUILDING MATERIALS” MChJda ikki komponentli poliuretan germetik hamda poliamid termomost ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishildi. Mazkur yo‘nalishlarda 2026-yilda mos ravishda 648 tonna va 1 080 tonna mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, “AAR CLEAN” MChJda kimyoviy yuvish va tozalash vositalari, Kegeyli tumanidagi “DANIYAR AVTO SERVIS” MChJda asfalt ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan qo‘shimcha xomashyo, “LANKO MIYA” MChJda esa DVP mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi. Tashrif doirasida “COALS KS” MChJning gazoblok ishlab chiqarish faoliyati va mavjud quvvatlari bilan ham tanishildi. Korxonalarda ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, mahalliy xomashyo va butlovchi qismlardan foydalanishni kengaytirish, korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar faoliyatida uchrayotgan masalalar va takliflar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutaxassislar bilan birgalikda amaliy choralarni belgilashga e’tibor qaratildi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
507
8
Matn yo'q...
463
9
Toshkentda shahar muhitini yanada obod va zamonaviy qilish, madaniyat va kino sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyi
Toshkentda shahar muhitini yanada obod va zamonaviy qilish, madaniyat va kino sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayxontohur tumanidagi yangi istirohat bog‘i loyihasi, Yangi Toshkentdagi qurilish jarayonlari hamda “O‘zbekfilm” kinostudiyasining faoliyati bilan tanishdi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
445
10
#OAV_biz_haqimizda Farg’ona viloyatida tadbirkorlar uchun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktorining o
#OAV_biz_haqimizda Farg’ona viloyatida tadbirkorlar uchun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktorining o‘rinbosari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
447
11
🏛️ Avtomobilsozlik sanoatiga kirish uchun yangi imkoniyat: “Milliy sanoat zanjiri”ga sanoqli kunlar qoldi Avtomobil uchun de
🏛️ Avtomobilsozlik sanoatiga kirish uchun yangi imkoniyat: “Milliy sanoat zanjiri”ga sanoqli kunlar qoldi Avtomobil uchun detal, butlovchi qism, material yoki uskuna ishlab chiqarasizmi? Yoki ishlab chiqarish quvvatingizni avtomobilsozlik sanoatiga yo‘naltirish imkoniyatingiz bormi? Unda 29–30-sentabr kunlari Jizzaxda o‘tkaziladigan “Milliy sanoat zanjiri” avtomobilsozlik sanoati ko‘rgazmasi siz uchun yangi kooperatsiya imkoniyatlarini ochishi mumkin. Ko‘rgazmada avtomobilsozlik korxonalarining qaysi mahsulot va butlovchi qismlarga ehtiyoji borligi, qaysilarini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkinligi va buning uchun qaysi mahalliy korxonalar salohiyatga ega ekani bir maydonda uchrashadi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsuloti va imkoniyatlarini bevosita yirik buyurtmachilarga taqdim etishi, B2B va B2G uchrashuvlarda aniq kooperatsiya takliflarini muhokama qilishi, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish va avtomobilsozlik sanoatining yetkazib berish zanjiriga kirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishi mumkin. “Milliy sanoat zanjiri” formati avvalgi yo‘nalishlarda ham amaliy natija berdi: platforma doirasida xususiy korxonalar yirik davlat kompaniyalaridan 4 trillion so‘mlik buyurtmalar oldi. Endi esa navbat — avtomobilsozlik sanoatiga. 🗓️29–30-sentabr, 2026-yil 📍Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi ⛓️ Ro‘yxatdan o‘tish ☎️Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 97 754 23 99 +998 97 888 10 01 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
4 265
12
🏛️ Farmatsevtika sohasida davlat xaridlari: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 17-sentabr kuni Sanoat kooperatsiyas+3
🏛️ Farmatsevtika sohasida davlat xaridlari: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 17-sentabr kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari ishtirokida “Farmatsevtika va tibbiyot sohasida davlat xaridlarining shaffofligini oshirish hamda tizimdagi yangiliklar” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqot markazida farmatsevtika va tibbiyot yo‘nalishidagi davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar duch kelayotgan amaliy muammolar, xarid jarayonlarini soddalashtirish, raqobat va shaffoflikni oshirish masalalari bo‘ldi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 737-son qarori talablari asosida farmatsevtika mahsulotlari xaridlari uchun joriy etilgan “Farma.xarid.uz” axborot tizimidan foydalanishda yuzaga kelayotgan masalalar tadbirkorlar bilan batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, davlat xaridlarida kontrafakt, davlat ro‘yxatidan o‘tmagan, kelib chiqishi va sifati tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanmagan dori vositalari xarid qilinishini cheklash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlar xaridlarda ishtirok etishda bir xil hujjat va ma’lumotlarni takroran taqdim etish amaliyotini qisqartirish, litsenziya, sertifikat va ruxsat beruvchi ma’lumotlarni davlat axborot tizimlari integratsiyasi orqali avtomatik tekshirish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirdi. Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarning savollariga Agentlik direktori o‘rinbosari Jahongir Yunusov va soha mutaxassislari tomonidan tushuntirishlar berildi. Bildirilgan muammo va takliflar tizimlashtirilib, ularni tegishli vazirlik va idoralar hamda elektron tizim operatori bilan birgalikda ko‘rib chiqish, zarur hollarda amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish belgilandi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
494
13
🤝 Farg‘onada tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi Farg‘ona shahridagi “Farg‘ona ekspo” markazida Sanoat kooperatsiyasi+4
🤝 Farg‘onada tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi Farg‘ona shahridagi “Farg‘ona ekspo” markazida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi. Unda Agentlik markaziy apparati va hududiy loyiha ofisi rahbariyati, soha mutaxassislari hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi. Qabul davomida tadbirkorlarning sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, yangi mahsulotlarni mahalliylashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish bilan bog‘liq murojaatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarishni rivojlantirish va mavjud to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan taklif hamda tashabbuslar bildirildi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi. Sayyor qabul yakunida har bir murojaat va taklif bo‘yicha mas’ullar belgilanib, ularni o‘rganish va amaliy yechim ishlab chiqish yuzasidan tegishli vazifalar berildi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
469
14
Xorazm viloyatidagi mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar o‘rganilmoqda Urganch shahrida joylashgan “KHOREZM ORI+2
Xorazm viloyatidagi mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar o‘rganilmoqda   Urganch shahrida joylashgan “KHOREZM ORIENT CERAMIK” MCHJ QK tomonidan polipropilen va polietilen tolalaridan sintetik mato ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 15 mln. dollarlik yangi ishga tushirilayotgan loyiha o‘rganildi. ✔️ Mazkur loyiha doirasida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, polipropilen va polietilen tolalaridan tayyorlanadigan sintetik matolar ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda mahalliy va tashqi bozorlarga raqobatbardosh mahsulotlar yetkazib berish rejalashtirilgan. ➡️ Loyiha amalga oshirilishi natijasida hududda yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratilishi, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hajmi oshishi hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi. 🎤 Ayni paytda loyiha bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, zarur uskunalarni jalb qilish va mahsulotlarni bozorga chiqarish imkoniyatlari yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.  Shuningdek, Urganch shahrida joylashgan “MEGA ELEKTROAPPARAT ELEKTROSHIT” MCHJ tomonidan elektr energiyasini pasaytirish va taqsimlash uchun komplekt transformator podstansiyalari ishlab chiqarish loyihasining amalga oshirish jarayonlari o‘rganildi. ➡️ Batafsil 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
436
15
Matn yo'q...
379
16
🏛 Xitoyning “Jiangsu Yiershan Group” kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi 15-sentabr kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat+2
🏛 Xitoyning “Jiangsu Yiershan Group” kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi 15-sentabr kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Xitoyning “Jiangsu Yiershan Group” (JYG) kompaniyasi rahbari Liu Deliang boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Jiangsu Yiershan Group” – Xitoyning Jiangsu provinsiyasida faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish guruhi bo‘lib, uning asosiy yo‘nalishlari to‘qimachilik va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishni qamrab oladi. Guruh tarkibidagi korxonalar elektrotexnika uskunalari ishlab chiqarish yo‘nalishida ham faoliyat yuritadi. Kompaniya ayni paytda O‘zbekistonda qator ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Muloqot davomida kompaniyaning O‘zbekistonda amalga oshirishni rejalashtirayotgan loyihalari doirasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni milliy sertifikatlashtirish, muvofiqlik sertifikatlarini olish hamda ularning mahalliylashtirish darajasini belgilash bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, loyihalarni amalga oshirishda mahalliy korxonalarni kooperatsiyaga jalb qilish, zarur mahsulot va butlovchi qismlarni mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanish hamda o‘zaro manfaatli sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi. Uchrashuv davomida Xitoy delegatsiyasiga sertifikatlashtirish va mahalliylashtirish jarayonlari bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi. Yakunda tomonlar loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqish va mahalliy korxonalar bilan hamkorlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishib oldi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
459
17
Prezidentimizning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi alohida strategik sheriklikni keng ko‘lamli loyihalar va ko‘p milliar
Prezidentimizning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi alohida strategik sheriklikni keng ko‘lamli loyihalar va ko‘p milliardlik kelishuvlar bilan to‘ldirdi, Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasidagi muloqotni yangi strategik tashabbuslar bilan boyitdi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
486
18
🇺🇿 🇲🇾O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha hamkorlik kengaytiriladi 15-se+2
🇺🇿 🇲🇾O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha hamkorlik kengaytiriladi 15-sentyabr kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Agentlik rahbariyati hamda Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Malayziya tomoni Agentlik mutaxassislari uchun maxsus ishlab chiqiladigan (tailor-made) o‘quv dasturini tashkil etishni taklif qildi. Dastur doirasida 2027-yilning I choragida Agentlikning 6–10 nafar mutaxassisi uchun davlat xaridlari islohoti, raqobatli xaridlar, shaffoflik va hisobdorlik, shuningdek, Malayziyaning ePerolehan elektron xaridlar tizimi bo‘yicha tajriba almashish ko‘zda tutilgan. Sanoat kooperatsiyasi yo‘nalishida esa import o‘rnini bosish salohiyatiga ega 50 ta ustuvor mahsulot ro‘yxati asosida Malayziya Investitsiyalarni rivojlantirish agentligi (MIDA) orqali malayziyalik ishlab chiqaruvchilarni hamkorlikka jalb qilish, mahalliy korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo va ishlab chiqarish aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Malayziya tomonining joriy yil dekabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro sanoat forumida ishtirok etishi yuzasidan kelishuvga erishildi. 🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha ikkita alohida loyiha taklifini, shuningdek, keyingi amaliy ishlarni belgilab beruvchi Agentlik yo‘l xaritasini ikki kun ichida almashishga kelishib oldi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
546
19
Davlat xaridlari bo‘yicha bepul onlayn o‘quv kursini qanday boshlash va sertifikatni qanday olish mumkin? Jarayon oddiy: OneI
Davlat xaridlari bo‘yicha bepul onlayn o‘quv kursini qanday boshlash va sertifikatni qanday olish mumkin? Jarayon oddiy: OneID orqali ro‘yxatdan o‘tasiz, bir hafta davomida 20 ta modulni o‘zlashtirasiz, test va amaliy keyslarni bajarasiz hamda yakuniy imtihondan o‘tasiz. Kursning umumiy hajmi — 36 akademik soat. Ta’lim onlayn va mustaqil shaklda tashkil etilgani sababli darslarni bir haftalik muddat davomida o‘zingizga qulay vaqtda o‘rganishingiz mumkin. Yakuniy natija 60 foiz yoki undan yuqori bo‘lsa, kurs muvaffaqiyatli yakunlangan hisoblanadi. Birinchi urinishda yetarli natija qayd etilmasa, imtihonni qayta topshirish imkoniyati mavjud. Barcha talablarni bajargan tinglovchiga platforma orqali 2 yil amal qiladigan onlayn sertifikat beriladi. 🎥 Videoda ro‘yxatdan o‘tishdan boshlab sertifikat olishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni batafsil tushuntirdik. Davlat xaridlari bo‘yicha bilimingizni oshiring — o‘qishni bugunoq boshlang. edu.icppa.uz — bepul onlayn o‘quv platformasi 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
1 075
20
🇨🇳Shenchjen shahrida davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha maxsus seminar o‘tkazilmoqda Ayni kunlarda Xitoy Xalq Res+2
🇨🇳Shenchjen shahrida davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha maxsus seminar o‘tkazilmoqda Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Shenchjen shahrida davlat xizmatlarini raqamlashtirish va takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan maxsus seminar bo‘lib o‘tmoqda. Unda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi xodimlari ham ishtirok etmoqda. Seminar Shenchjen xalqaro iqtisodiy va texnologik hamkorlik assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, dastur davlat xizmatlarini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni davlat boshqaruviga joriy etish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi va qulayligini oshirish bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘rganishga qaratilgan. ✅ O‘quv dasturi doirasida ishtirokchilar elektron hukumat infratuzilmasi, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish, raqamli boshqaruv yechimlari hamda fuqarolar va biznes uchun qulay elektron xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha Shenchjen tajribasi bilan tanishmoqda. Shuningdek, seminar davomida o‘rganilayotgan amaliy yechimlarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari, davlat xizmatlarini raqamli transformatsiya qilish va bu borada ikki tomonlama tajriba almashinuvini kengaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
633