cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Xalq ta'limi | Uyda qoling!

📌 Ta’lim to‘g‘risidagi so‘nggi yangiliklar 📌 Dars ishlanmalar 📌 Video darslar 📌 Testlar 📌 Foto lavhalar 📌 O‘qituvchi faoliyatini ommolashtirish fotolavha joylash tartibi @Fotolavha_joylash Biz bilan bog‘lanish @XT_uz_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
2 413
Obunachilar
+1024 soatlar
+37 kunlar
-4030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

11-sinf. Matematika. Yakuniy attestatsiya materiallari @boyovut_matematiklar
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Xushnudbek.uz
O‘qituvchilarga ustama olish uchun beriladigan milliy sertifikat yuzasidan Shu kunlarda ko‘plab o‘qituvchilar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda. Unga ko‘ra, ustama olish uchun milliy sertifikat testidan o‘tib, tegishli ball to‘plagan o‘qituvchilar ayrim tushunmovchilikka duch kelishmoqda. Ya’ni avvallari milliy sertifikat uchun test natijalari 100 ballik reytingda chiqarilardi, endilikda BMB testlar natijalarini hisoblashda Rash modeliga o‘tdi (batafsil). Ammo o‘qituvchilarga ustama berishga oid hujjatlarda eski shkala qolib ketgani, hali hujjat yangilanmagani uchun tushunmovchilik yuzaga keldi. Mazkur masalada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan bog‘landim va masalaga oydinlik kiritishga harakat qildim. Vazirlik ushbu muammodan xabardor hamda yechim sifatida amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqilgan. Hozirda hujjat loyihasi tegishli tashkilotlar bilan kelishilib, eskpertiza uchun Adliya vazirligiga kiritilgan. Yangi loyihaga ko‘ra, avvalgi hisoblash tizimida olingan milliy sertifikatlar uchun 80 balldan yuqori ball olganlarga ustama belgilanadi. Yangi Rash modelida esa A va A+ darajadagi sertifikat uchun ustama berish rejalashtirilmoqda. Boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) yo‘nalishi uchun esa avvalgi hisoblash tizimida 60 ball olganlarga, yangi Rash modelida esa C+ yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish rejalashtirilgan. Albatta, bu hali loyiha xolos. Hozircha tasdiqlangani yo‘q. ❗️Taklif: o‘qituvchilarga ustama berish uchun talab etiladigan darajani avvalgidan ko‘tarib qo‘yilishi (har holda bir qarashda shunday tuyilmoqda), o‘qituvchilar orasida noroziliklarni keltirib chiqaryapti. Bu bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlar yozilmoqda. Mas’ullar B+ daraja uchun ham ustama berish variantini ko‘rib chiqishi maqsadga muvofiq. “Savollar oson, bu test aslida abituriyentlar uchun” degan vajlar o‘tmaydi. Bunda o‘qituvchilarning aybi yo‘q. O‘qituvchiga mos imtihon tashkil qila olmayotganlarning muammosi bu aslida. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Ўзбекистон Республикаси Бош вазири Абдулла Ариповнинг топшириғи билан: Умумтаълим муассасаларида “Табиий фан“, «Тарбия» ва «Информатика ва ахборот технологиялари» фанларини бошланғич синфларда «Бошланғич таълим» ўқитувчилари, “Табиий фан“ни 5-6-синфларда эса «География», «Биология» ва «Физика» ўқитувчилари, 5-11-синфларда «Тарбия» фанини, Тарих, Миллий истиқлол ғояси ва ҳуқуқ мутахассислигига эга фан ўқитувчилари дарс ўтишларига: “Табиий фан“ ва «Тарбия» фанидан дарс бераётган бошланғич таълим, шунингдек, физика, география, биология, тарих, давлат ва ҳуқуқ асослари фанидан амалдаги малака тоифаларига мос равишда ҳақ тўланишига розилик берилди. 👇 Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.👇 http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari
Hammasini ko'rsatish...
Мактаб ўқувчиларининг хорижга вақтинча чиқиш тартиби ўзгариши мумкин Муҳокамага қўйилган ҳужжат лойиҳасига кўра, ўқувчи хорижий давлатга чиқишидан олдин мактаб директорининг розилиги олиниши талаб этиладиган бўлади. 👉 https://kun.uz/kr/81894407 Kun.uz расмий канали
Hammasini ko'rsatish...
Тошкентдаги мактабда ўқитувчи бошланғич синф ўқувчиларига игна ва “саморез” санчиб жазолагани аниқланди Сергели туманининг 277-мактаб педагоги 1-синф ўқувчиларининг қўлига игна ва “саморез” санчиб, уларни жазолагани аниқланди. Ўқитувчи шундай усулда болаларни “тарбиялашга” уринганини билдирган. Ҳолат ортидан педагог ишдан кетган, Болалар омбудсмани вазиятни назоратга олган. 👉 https://kun.uz/kr/80842895 Kun.uz расмий канали
Hammasini ko'rsatish...
#Live 🔴 O‘qituvchilar uchun malaka toifa sinovlari faollik bilan o‘tkazilmoqdaEslatib o‘tamiz, joriy yil 15-16-aprel kunlari informatika, qolgan fanlardan esa reja grafigiga asosan o‘tkazilishi belgilangan. ___ ❗️Fotolavhalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Sirdaryo, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm, Namangan, Toshkent viloyatlari va poytaxtimizdagi jarayonlar aks etgan. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
Мактабларда давомат пасайиши нима билан боғлиқ? – МҲТИ таҳлилларини эълон қилди Таҳлиллар Ўзбекистонда болаларнинг мактабга боришига уларнинг бетоб бўлиб қолиши, ота-онасига ёрдам бериши, репетиторга бориши каби ҳолатлар тўсқинлик қилганини кўрсатди. Вазиятни ўнглашда педагоглар малакасини ошириш, мактаб инфратузилмасини яхшилаш ҳамда ота-оналарнинг фарзанд таълимидаги иштирокини ошириш кераклиги муҳим тавсиялардан бири сифатида кўрсатилмоқда. 👉 https://kun.uz/kr/18092749 Kun.uz расмий канали
Hammasini ko'rsatish...
Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон халқини Рамазон ҳайити билан табриклади Президент Рамазон ойида қилган дуо ва ниятларимиз, эҳсон ва амалларимизни Парвардигори олам ўз даргоҳида қабул айлашини тилади. Давлат раҳбари ўз табригида “ҳозир дунёда юзага келган ғоят мураккаб ва таҳликали вазиятда диёримиздаги тинч ва осойишта ҳаётни кўз қорачиғидек асраб, халқ манфаатини таъминлашга қаратилган ислоҳотларимизни янги босқичга кўтариш зарурлигини” таъкидлади. 👉 https://kun.uz/kr/23757945 Kun.uz расмий канали
Hammasini ko'rsatish...
Рамазон ҳайити 10 апрел куни нишонланади «Муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида» президент қарори имзоланди. 👉 https://kun.uz/kr/85982087 Kun.uz расмий канали
Hammasini ko'rsatish...
📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi ✅ Avval xabar qilinganidek, maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari 2024-yil 15-apreldan boshlab attestatsiyadan o‘tkaziladi. ❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mazkur malaka toifa sinovlari o‘tkazilish vaqti belgilandi. Unga ko‘ra: ➖Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 15-16 aprel kunlari (2 kun);Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 17-22 aprel kunlari (5 kun);O‘zbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 23-25-aprel kunlari (3 kun);Matematika fanidan — 26-29-aprel kunlari (3 kun);Fizika, Kimyo fanlaridan — 30-aprel — 1-may kunlari (2 kun);Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 2-3 may kunlari (2 kun);Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo’nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo’nalishi - o’g’il bolalar uchun) fanlaridan — 4-6 may kunlari (2 kun);Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlaridan — 7-8 may kunlari (2 kun);Fransuz tili, Hind tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 10-13 may kunlari (3 kun);Davlat va huquq asoslari, Tarbiya, Tarix fanlaridan — 14-15-may kunlari (2 kun);Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya fanlaridan — 16-17-may kunlari (2 kun);Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, O‘qituvchi-defektolog, O‘qituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixologlarga — 18 may kunlari (1 kun);Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan — 20-21 may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi. 👉 Ma’lumot uchun: malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan joy manzillari quyida keltirib o‘tilgan.
Hammasini ko'rsatish...