cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ХОДИМЛАРИ УЧУН

Ушбу канал орқали таълим тизимда бўлаётган янгиликлар ва таълим тизими ходимлари учун меъёрий хужжатлардан намуналар бериб борилади. Админга боғланиш ва тадбирлар ёритиш учун манзил

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
12 708
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-517 kunlar
-32330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

⚡️Qabul 5-iyundan boshlanadi!!! 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda: a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 6
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрик ! Азиз ўғил-қизларим! Сизлар жонажон Ватанимиз шонли тарихининг бир қисми, ўз маданияти ва анъаналарини асрлар давомида асраб-авайлаб келаётган буюк халқнинг дилбандлари, Янги Ўзбекистоннинг умиди ва таянчи ҳисобланасиз. Яна бир бор таъкидлаб айтмоқчиман, давлатимизнинг эртанги тақдири, унинг равнақи ва тараққиёти сизларнинг қўлингизда. Ҳеч қачон орзу қилишдан тўхтаманг, катта мақсадлар йўлида имкониятларингизни синаб кўришдан, бу йўлда хато қилиш ва улардан сабоқ олишдан қўрқманг. Чунки халқимиз сизларга катта умид ва ишонч билан қарамоқда. Сизларнинг янги ғоя ва ташаббусларингиз, иштиёқингиз ва кучингиз нафақат Ўзбекистонни, балки бутун дунёни ўзгартириши мумкин. Шунинг учун ҳар қандай ҳолатда ҳам ўз олдингизга қўйган эзгу мақсадингиздан ортга чекинманг. Ҳар бирингиз устозларингиз ва ота-онангиз қалбингизга сингдирган қадриятларга ҳамиша содиқ бўлиб, халқимизнинг бебаҳо меросини янада бойитишга, юртимизнинг ёруғ келажагига ҳисса қўшишга интилинг. Биз жаҳонга илм-маърифат, маънавий бойлик етказиб берган не-не улуғ зотларнинг авлодимиз. Уларга хос бўлган ноёб хусусиятлар, улар яратган анъаналар бугун ҳар биримизнинг қалбимизда, онгимизда ва ҳаётимизда яшамоқда. Эндиликда биз ана шу буюк аждодларимизнинг чинакам давомчилари бўлган қалби қайноқ ёшларимизнинг юксак маънавий ва интеллектуал салоҳияти, уларнинг дунёни лол қолдирувчи ютуқлари билан ҳам фахрланишга ҳақлимиз. Ҳеч шубҳасиз, ҳаётда юксак натижаларга эришиш учун тинимсиз ҳаракат, шижоат ва жасорат талаб этилади. Сизларнинг чуқур билим олиш, замонавий касб-ҳунарларни ўрганиш орқали Ватанимизга муносиб фарзандлар бўлиб етишишингиз ва унинг тақдири учун масъулиятни зиммангизга олишингизга ишонаман. Бу шарафли йўлда барчангизга бахт ва омад доимо ёр бўлишини тилайман.   Шавкат Мирзиёев, Ўзбекистон Республикаси Президенти
Hammasini ko'rsatish...
Шавкат Мирзиёев - Ўзбекистон Республикаси Президенти

Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон Республикаси Президенти – Президентнинг расмий сайти. Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ҳақида маълумот

👍 14👏 1
1 июндан олий маълумотли боғча тарбиячиларининг маоши ошади Давлат боғчаларида ишловчи олий маълумотли педагог ходимларнинг маоши мактаб ўқитувчилариникига тенглаштирилади. Бу президент қарорида белгиланган. Давлат раҳбарининг 2023 йил май ойида имзолаган қарорига асосан 2024 йил 1 июндан бошлаб давлат мактабгача таълим ташкилотларидаги олий маълумотли педагог ходимларининг базавий тариф ставкалари умумий ўрта таълим муассасаларининг тегишли педагог ходимлариникига тенглаштирилиши лозим. Амалдаги қонунчиликка кўра, давлат боғчаларининг олий маълумотли тарбиячи-методист, тарбиячилари 1 млн 203 минг 660 сўм олиши белгиланган. Мактабларнинг олий маълумотли бошланғич ва юқори синфлари ўқитувчилари эса 2 млн 90 минг 399 сўм олади. Шундан келиб чиқилса, бакалавр дипломига эга боғча тарбиячиларининг маоши 2 млн сўмдан оширилиши кутилмоқда.
Hammasini ko'rsatish...
👍 29🔥 1
#Prezident_maktablari #Qabul_2024 #1_iyundan_20_iyungacha 📣📣📣📣📣 ❗️PREZIDENT MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI! ⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi. PREZIDENT MAKTABLARIPrezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi? 🗂 Talabgorning: ➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi; ➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); ➖ ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim; ➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan). ❗️DIQQAT 🗂 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) boʻlishi lozim. ❓Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi? ➖ Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.
Hammasini ko'rsatish...
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

❗️Agentlik tizimidagi Prezident maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI: 🕊 Andijon shahridagi Prezident maktabi 🕊 Buxoro shahridagi Prezident maktabi 🕊 Guliston shahridagi Prezident maktabi 🕊 Jizzax shahridagi Prezident maktabi 🕊 Qarshi shahridagi Prezident maktabi 🕊 Navoiy shahridagi Prezident maktabi 🕊 Namangan shahridagi Prezident maktabi 🕊 Nukus shahridagi Prezident maktabi 🕊 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi 🕊 Samarqand shahridagi Prezident maktabi 🕊 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi 🕊 Xiva shahridagi Prezident maktabi 🕊 Termiz shahridagi Prezident maktabi 🕊 Toshkent shahridagi Prezident maktabi Mazkur telegram kanallarida Prezident maktablaridagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

👍 13
Тошкент шаҳридаги мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси тасарруфидаги навбати мавжуд бўлмаган давлат мактабгача таълим ташкилотлари рўйхати эълон қилинди. Улар қуйидагилар: Бектемир: 572, 573 Миробод: 66, 85, 135, 195, 507 Мирзо Улуғбек: 72, 83, 134, 270, 466, 456 Олмазор: 8, 65, 94, 181 Сергели: 96 Учтепа: 224, 328, 334, 361, 397, 409, 514, 529, 604 Чилонзор: 7, 266, 291, 526 Шайхонтоҳур: 21, 84, 229, 461, 567, 607 Юнусобод: 33, 53, 136, 417, 485, 544 Яккасарой: 103, 132, 357, 362, 487 Яшнобод: 92, 237, 308, 373, 481, 529, 602 Мазкур МТТга болани олиб бориш учун Давлат хизматлари марказига ариза юборилади ва қисқа муддат ичида мурожаат қаноатлантирилади.
Hammasini ko'rsatish...
👍 21
Photo unavailableShow in Telegram
Андижонда мактаб директори ўринбосари ўқувчи қизларга тегажоғлик қилаётгани айтилмоқда Бу ҳақда ўқувчиларнинг ота-оналари Kun.uz'га мурожаат қилди. Уларнинг айтишича, бундай воқеа 6-синф қизлари билан содир бўляпти. Вилоят ММТБга кўра, ҳолат ИИО орган ходимлари томонидан ўрганилмоқда, “замдиректор” ўз хоҳиши билан бўшаш тўғрисида ариза ёзиб, касаллик таътилига чиқиб кетган. 👉 https://kun.uz/kr/61906963 Kun.uz расмий канали
Hammasini ko'rsatish...
👍 6🔥 1
❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul iyun oyidan boshlanadi Prezident maktablariga ikki sinfga 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi. Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari quyidagi hujjatlarni ariza.piima.uz veb-sayti orqali topshirishi kerak: ● baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ● o‘quvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati; ●  o‘quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasining (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun telefon raqamlari. ✅ O‘quvchilarga hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi. Bunda, Prezident maktabiga kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Agar kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.
Hammasini ko'rsatish...
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Qabul_2024 ⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi. Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi. ❗️Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi: ➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati; ➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari. ✍️ Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi. 📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi. 📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi. ✍️ Batafsil ➖➖➖ ✅A'zo bo‘ling: 🚀

https://t.me/jangirov_j

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

👍 13
📣 Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. 🔹 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari: ➖ joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi; ➖ maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi; ➖ mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi; ➖ faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi; ➖ yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi; ➖ maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi. 📍 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: ➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish. ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. 👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 23
Pedagoglar kutayotgan qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi: B+ uchun ham ustama berilishi rejalashtirilmoqda Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Bu bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qarori loyihasi ishlab chiqilgan. yangi loyihada talab etilgan minimal darajani bir pog‘onadan tushirgan holda, umumta’lim fanlari uchun B+ daraja (60 balldan yuqori), boshlang‘ich ta’lim uchun esa C daraja (46 balldan yuqori) talab etilishini belgilagan. Loyiha 7-mayda e’lon qilingan bo‘lsa, bugungacha 3 mingdan ortiq izohlar qoldirilgan. Loyiha muhokamasi 22-mayga qadar davom etadi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 20
Олий таълим муассасаларида таълим гранти асосида таҳсил олган талабаларнинг ўқишни тугатгандан сўнг 3 йил ишлаб бериш мажбурияти бекор қилинади. Ўқишга кириш учун минимал ўтиш балини 2 босқичда ошириб, соғлиқни сақлаш, ҳуқуқ, бизнес ва бошқарув йўналишлари учун – 94,5 балл, бошқа йўналишлар учун – 75,6 балл этиб белгиланиши кутилмоқда (амалда барча йўналишлар учун – 56,7 балл). Манба
Hammasini ko'rsatish...
Pressuzb

Ўқишга кириш учун минимал ўтиш балини 2 босқичда ошириб, соғлиқни сақлаш, ҳуқуқ, бизнес ва бошқарув йўналишлари учун – 94,5 балл, бошқа йўналишлар учун – 75,6 балл этиб белгиланиши кутилмоқда (амалда барча йўналишлар учун – 56,7 балл). @pressuzb

👍 14🔥 2