uz
Feedback
Onalar maktabi/Школа мам🤱

Onalar maktabi/Школа мам🤱

Kanalga Telegram’da o‘tish

☝️Единственный официальный канал Nutrilak в Узбекистане! Если Вы будущая или настоящая мама, канал поможет Вам найти много ценной информации по уходу и здоровому развитию вашего малыша. 👩‍⚕️Cлужба поддержки клиентов Nutrilak - @OnaMaktChat

Ko'proq ko'rsatish
3 842
Obunachilar
-1724 soatlar
-927 kun
-20130 kun
Postlar arxiv
💙💙💙 1 yoshda bolani echki suti bilan tanishtirishni boshlash mumkin – u yaxshi hazm bo‘ladi va juda to‘yimli. Ammo bir nec
+1
💙💙💙 1 yoshda bolani echki suti bilan tanishtirishni boshlash mumkin – u yaxshi hazm bo‘ladi va juda to‘yimli. Ammo bir nechta muhim qoidalar mavjud: 1️⃣ Sutni albatta 5 daqiqa davomida qaynatib oling 2️⃣ Birinchi marta sutni suv bilan tengma-teng aralashtirib bering va kichkintoyingizning holatini kuzating. Agar hammasi joyida bo‘lsa, suv miqdorini asta-sekin kamaytirib boring 3️⃣ Dastlab sutda bo‘tqa pishirib bergan ma’qul – shunda tanishuv jarayoni yengilroq kechadi. 💙 Echki sutining qiymatini yo‘qotmaslik va darhol 1 yoshli bolaning ehtiyojlariga mos keladigan mahsulotni olishning oddiyroq yo‘li ham mavjud. Ovqatlanish ratsioniga oddiy sut o‘rniga Echki suti asosidagi bolalar sutli ichimligi Nutrilak® Premium 3 ni kiriting. Uning tarkibida qayta ishlanmagan sutga qaraganda oqsil va tuzlar kamroq (bu buyraklarga tushadigan yukni kamaytiradi), lekin barcha zarur vitamin va minerallar to‘liq saqlangan holda bo‘ladi. Bundan tashqari, uning tarkibida quyidagilar mavjud: - Ona suti tarkibidagi immunitet tizimini mustahkamlash va infeksiyalardan himoya qilishga yordam beruvchi eng keng tarqalgan oligosaxarid turlariga tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lgan 5 ta asosiy oligosaxariddan iborat kompleks. Biotexnologik usulda ishlab chiqarilgan. - Omega-3 (DHA) – miya, neyron aloqalari va ko‘z to‘r pardasining shakllanishi uchun zarur bo‘lgan dokozageksayen yog‘ kislotasi #nutrilak_aralashmalar 0+ Mutaxassis maslahati talab qilinadi.

«Развела смесь, а она с комочками. Что я сделала не так?» Вопрос частый, и ответ на него обычно находят на практике методом п
«Развела смесь, а она с комочками. Что я сделала не так?»
Вопрос частый, и ответ на него обычно находят на практике методом проб и ошибок. Попробуем пойти более простым путем и разобрать самые частые ситуации в этом посте: 1️⃣ Использование воды прохладнее 40°С Такая температура в инструкции указана неспроста. Даже снижение на 3–5° уже делает размешивание более сложным и долгим. Лучше всего обзавестись термометром, благо, они недорогие. Воду чуть горячее использовать можно, до 45°, а вот выше – уже нежелательно, потеряется часть полезных веществ. 2️⃣ Неправильный порядок приготовления Сначала наливают воду, потом засыпают смесь – так делать правильно. Если бутылочка узкая, а нужно всыпать больше 1 мерной ложки, можно засыпать 1 ложку, размешать, потом добавить вторую и еще раз размешать. Так будет не сильно дольше, а дело с комочками будет обстоять гораздо лучше. 3️⃣ Мало мешали 🙂 Есть и такая причина – одна из самых частых, кстати. Смесь лучше всего перемешивать прямо в бутылочке длинной силиконовой ложкой и ей же проверять, как там дела с комочками. Просто покатать бутылочку между ладонями может быть недостаточно – особенно если сделали воду чуть холоднее нужного или если это смесь с гидролизованным белком (она растворяется дольше). А вот встряхивать бутылочку не рекомендуется. У комочков в этом случае шансов нет, но при встряхивании образуется много пены, которая будет долго осаживаться. В итоге либо смесь остынет ниже рекомендованной температуры, либо ребенок будет пить «коктейль с пузырьками», что чревато срыгиваниями. #нутрилак_лайфхак 0+ Необходима консультация специалиста.

«Aralashma tayyorlagan edim, qumoq-qumoq bo‘lib qoldi. Qayerda xato qildim?» Bu tez-tez beriladigan savol bo‘lib, uning javob
«Aralashma tayyorlagan edim, qumoq-qumoq bo‘lib qoldi. Qayerda xato qildim?»
Bu tez-tez beriladigan savol bo‘lib, uning javobi odatda amaliyotda sinov va xatolar usuli bilan topiladi. Keling, osonroq yo‘ldan borib, ushbu postda eng ko‘p uchraydigan holatlarni ko‘rib chiqamiz: 1️⃣ 40°C dan salqinroq suvdan foydalanish Yo‘riqnomada bu harorat bejizga ko‘rsatilmagan. Haroratning 3-5° ga pas bo‘lishi ham aralashtirishni qiyinlashtiradi va jarayonni uzaytiradi. Eng yaxshisi, termometr xarid qilgan ma’qul, bu asbobning narxi juda qimmat emas. Biroz issiqroq, ya’ni 45° gacha bo‘lgan suvni ishlatish mumkin, ammo undan yuqorisi tavsiya etilmaydi, chunki foydali moddalarning bir qismi yo‘qoladi. 2️⃣ Tayyorlash tartibining noto‘g‘riligi Avval suv quyiladi, so‘ngra quruq aralashma solinadi. Agar idishning og‘zi tor bo‘lsa-yu, unga 1 o‘lchov qoshiqdan ko‘proq quruq aralashma solish kerak bo‘lsa, avval 1 qoshiq solib aralashtirib, keyin ikkinchisini qo‘shib, yana bir marta aralashtirish mumkin. Bu jarayon unchalik ko‘p vaqt olmaydi, qumoqlar bilan bog‘liq muammo esa ancha oson hal bo‘ladi. 3️⃣ Yaxshi aralashtirmabsiz 🙂 Bunday sabab ham bor, aytgancha, u eng ko‘p uchraydiganlaridan biri. Bolalar aralashmasini uzun silikon qoshiq bilan idishning o‘zida aralashtirib, qumoqlar qolmaganini ham o‘sha qoshiq bilan tekshirgan ma’qul. Idishni shunchaki kaftlar orasida aylantirish yetarli bo‘lmasligi mumkin, ayniqsa, suvni keraklisidan sal sovuqroq qilgan bo‘lsangiz yoki bu gidrolizlangan oqsilli aralashma bo‘lsa (bunday aralashma sekinroq eriydi). Idishni silkitish esa tavsiya etilmaydi. Bunda qumoqlarning umuman qolmasligi aniq, lekin silkitganda ko‘p ko‘pik hosil bo‘ladi va u ancha vaqtgacha cho‘kmay turadi. Natijada aralashma tavsiya etilgan haroratdan pasayib sovib qoladi yoki bola “pufakchali kokteyl” ichadi, bu esa uning qayt qilishiga sabab bo‘lishi mumkin. #nutrilak_layfxak 0+ Mutaxassis maslahati talab qilinadi.

🟩🟩🟪🟥🟪🟧 🟥 🟧🟥🟥🟪🟧🟩🟧 «Американские горки» – веселая игра для детей, которые умеют сидеть 👀 Мы решили посмотреть, в
🟩🟩🟪🟥🟪🟧 🟥 🟧🟥🟥🟪🟧🟩🟧 «Американские горки» – веселая игра для детей, которые умеют сидеть 👀 Мы решили посмотреть, во что и как играют с малышами в других странах, и нашли прекрасную игру. Единственное условие для нее – ребенок должен уметь сидеть, хотя бы с опорой, и хорошо держать голову. Вот что делаем: - Садимся на твердую устойчивую поверхность – например, на стул. Мягкое кресло или диван подойдут хуже - Закидываем ногу на ногу - Сажаем ребенка себе на колено. Вначале – лицом к себе, а потом, когда привыкнет, можно посадить спиной к себе, так ощущения будут острее - Даем ему крепко ухватиться за пальцы обеих ваших рук и страхуем за запястья - Устраиваем «американские горки»! Для этого достаточно чуть шевелить коленом и аккуратно отклонять ребенка из стороны в сторону. Можно и самой слегка наклоняться, вперед-назад и в стороны Игра – отличная, мы опробовали 💙 Веселая для ребенка (а может, даже и для мамы!), безопасная, тренирует чувство равновесия и мышцы. Если вы тоже будете пробовать, напишите, пожалуйста, как прошло! И сколько лет при этом было ребенку. #нутрилак_игры 0+ Необходима консультация специалиста.

“Amerikacha tepaliklar” – o‘tira oladigan kichkintoylarga mo‘ljallangan quvnoq o‘yin 👀 Biz boshqa mamlakatlarda jajji bolajo
“Amerikacha tepaliklar” – o‘tira oladigan kichkintoylarga mo‘ljallangan quvnoq o‘yin 👀 Biz boshqa mamlakatlarda jajji bolajonlar bilan qanday o‘yinlar o‘ynashlariga va bu qanday amalga oshirilishiga qiziqib ko‘rishga qaror qildik va ajoyib bir o‘yin topdik. Bu o‘yinning yagona sharti – kichkintoy hech bo‘lmaganda tayanch bilan o‘tira oladigan va boshini yaxshi ushlab tura oladigan bo‘lishi kerak. Demak, boshladik: - Qattiq va mustahkam joyga, masalan stulga o‘tiramiz. Yumshoq kreslo yoki divan unchalik to‘g‘ri kelmaydi - Oyog‘ingizni chalishtirib oling - Bolani tizzangizga o‘tqazing. Avvaliga o‘zingizga yuzlantirib, o‘rganib qolganidan so‘ng esa orqasini o‘girib o‘tqazishingiz mumkin, shunda hislar yanada yorqinroq bo‘ladi - Unga ikki qo‘lingiz barmoqlarini mahkam ushlab olishiga imkon bering va bilaklaridan ushlab, ehtiyotlab turing - “Amerikacha tepaliklar” o‘yinini o‘ynaymiz! Buning uchun tizzangizni sal qimirlatib, bolani ikki yonga ohistalik bilan tebratish kifoya. O‘zingiz ham biroz oldinga-orqaga va yonga egilishingiz mumkin. Ajoyib o‘yin, biz sinab ko‘rdik 💙 Bola uchun ham (balki, onasi uchun ham!) maroqli va xavfsiz. Muvozanat hissi va mushaklarni yaxshi chiniqtiradi. Agar siz ham sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, qanday o‘tganini yozib qoldiring, iltimos! Necha yoshli (oylik) farzandingiz bilan o‘ynab ko‘rganingiz haqida yozishni ham unutmang. #nutrilak_oyinlar 0+ Mutaxassis maslahati talab qilinadi.

❔ Правда или миф? В прошлом месяце мы выпускали материал про пеленание младенцев. Сможете ответить на вопрос по этой теме? 0+ Необходима консультация специалиста.

❔ Haqiqatmi yoki uydirma? O‘tgan oyda chaqaloqlarni yo‘rgaklash haqida maqola chop etgan edik. Shu mavzudagi savolga javob bera olasizmi? 0+ Mutaxassis maslahati talab qilinadi.

💡💡💡 Ночник с регулируемым светом – вещь, которая будет полезной долго 🌜 Речь не о тех ночниках, которым место скорее на д
💡💡💡 Ночник с регулируемым светом – вещь, которая будет полезной долго 🌜 Речь не о тех ночниках, которым место скорее на дискотеке, чем в спальне. Таких, знаете, которые умеют светиться красным, синим, зеленым, а еще мигать. Речь про ночники с режимом «а-ля походный светильник» – тусклый теплый желтый свет, яркий холодный белый свет и регулировка яркости того и другого. Кстати, именно походный светильник для палатки и может стать классным вариантом детского ночника. У автора этих строк – именно такой! 🌜 Почему советуем такой вариант: - Тусклый теплый желтый свет – мягкий, имитирует свет свечи. С ним можно засыпать, минимально нарушая выработку мелатонина - Такой же свет, но поярче – прямо перед сном. Например, когда читаете ребенку книжку или выполняете другой ритуал перед засыпанием. Свет такого спектра меньше возбуждает психику и помогает мягко подготовиться ко сну - Яркий белый свет – для более легкого просыпания. «ЗАЧЕМ?! ПУСТЬ СПИТ!» – скажете вы. «А это не для "сейчас", это для "потом"», – ответим мы. И поясним
Когда ребенок начнет ходить в садик, или когда вы начнете готовить его режим заранее, это очень пригодится. Яркий белый свет помогает проснуться самым естественным способом – он имитирует рассвет.
Конечно, часть года можно просто распахнуть шторы с тем же эффектом. Но ведь осенью, зимой и ранней весной просыпаться приходится затемно – а все мы знаем, что именно тогда поднять себя с кровати сложнее всего. А яркий белый свет, включенный за 15 минут до того, как вы начнете будить ребенка, здорово облегчит дело и ему, и вам. Даже если он недовольно накроется одеялом с головой 🙂 #нутрилак_лайфхак 0+ Необходима консультация специалиста.

Yorug‘ligi sozlanadigan tungi chiroq – uzoq vaqt asqatadigan buyum 🌜 Gap yotoqxonadan ko‘ra diskotekaga ko‘proq mos keladiga
Yorug‘ligi sozlanadigan tungi chiroq – uzoq vaqt asqatadigan buyum 🌜 Gap yotoqxonadan ko‘ra diskotekaga ko‘proq mos keladigan, haligi, qizil, ko‘k, yashil rangda yonadigan va miltillab turadigan tungi chiroqlar haqida ketmayapti. Biz “sayyohlik chirog‘i” rejimiga ega tungi chiroqlar – sariq rangli xira iliq nur, oq rangli yorqin sovuq nur taratadigan va har ikkisining yorqinligini sozlash mumkin bo‘lgan chiroqlarni nazarda tutayapmiz. Darvoqe, chodirlar uchun mo‘ljallangan sayyohlik chirog‘ining o‘zi ham bolalar tungi chirog‘i sifatida xizmat qila oladi. Ushbu satrlar muallifida ham aynan shunday chiroq bor! 🌜 Nima uchun bunday chiroq turini tavsiya qilamiz: - Sariq rangli xira iliq nur – mayin bo‘lib, sham nurini eslatadi. U melatonin ishlab chiqarilishiga deyarli xalaqit bermagani uchun bunday chiroqning yorug‘ida bemalol uxlash mumkin. - Xuddi shunday, faqat yorqinroq chiroqni bevosita uyqu oldidan yoqish mumkin. Masalan, bolangizga kitob o‘qib berayotganingizda yoki uyquga yotishdan oldingi boshqa odatiy ishlarni bajarayotganingizda. Bunday spektrdagi yorug‘lik asab tizimini kamroq qo‘zg‘atadi va uyquga mayinlik bilan tayyorlanishga yordam beradi. - Osonroq uyg‘onish uchun esa oq rangli nur taratadigan oq chiroqni yoqish mumkin. “NIMA KЕRAGI BOR?! QO‘YING, TINCH UXLASIN!” – deyishingiz mumkin. Biz esa “Bu “hozir” uchun emas, “keyin” uchun”, – deya javob beramiz. Va izohlab beramiz.
Bola bog‘chaga bora boshlaganida yoki siz uning kun tartibini oldindan shakllantirishga kirishganingizda, bu juda qo‘l keladi. Oq rangli yorqin nur eng tabiiy usulda uyg‘onishga yordam beradi – u tong otishini eslatadi.
Albatta, yilning ma’lum bir davrida xuddi shunday samara uchun shunchaki pardalarni ochib qo‘yish ham mumkin. Lekin kuz, qish va ilk bahorda hali yorug‘ tushmasdan uyg‘onishga to‘g‘ri keladi – hammamizga ma’lumki, aynan shu paytlarda o‘rindan turib ketish qiyinroq kechadi. Bolani uyg‘otishdan 15 daqiqa oldin yoqilgan yorqin oq chiroq esa uning ham, sizning ham ishingizni ancha yengillashtiradi. Hatto kichkintoy norozi bo‘lib, boshigacha ko‘rpaga burkanib olsa ham 🙂 #nutrilak_layfxak 0+ Mutaxassis maslahati talab qilinadi.

Устраиваете малышу подобную экскурсию по дому?
Anonymous voting

«Экскурсия по новым местам» – элементарная игра для скучающего ребенка 👶 То, что для вас в квартире самое обычное, для ребен
«Экскурсия по новым местам» – элементарная игра для скучающего ребенка 👶 То, что для вас в квартире самое обычное, для ребенка может быть очень даже новым. Особенно – если это ему показать с необычного (для него) ракурса. Игра хороша тем, что она универсальна – подойдет и для совсем карапузов, которые только научились фокусировать взгляд на предметах, и для детей 2–3 лет. 🟣 Поднимаем ребенка повыше, на уровень вашей шеи/головы. Совсем маленьким детям делаем «колыбельку» из повыше поднятых рук. Ребенка, который умеет держать голову, просто берем «столбиком», чтобы его голова оказалась на уровне вашей 🟣 Медленно ходим по комнатам, показываем ребенку самые обычные вещи, которые в норме для него где-то жутко высоко: настенные часы, полки с книгами, фасады высоких шкафов – да что угодно в целом 🟣 Комментируем и рассказываем, что есть что 🟣 Если это безопасно – обязательно даем пощупать, можно даже взять руку малыша и водить ей по разным предметам и поверхностям 🟣 А если отнести ребенка в комнату, где он редко бывает, – интерес вообще гарантирован! Точно знаем, что некоторые из вас уже такое делают 🙂 Расскажите, что для ребенка оказывается интереснее всего? #нутрилак_развитие 0+ Необходима консультация специалиста.

Kichkintoyingizga uy ichida shunday sayohat uyushtirib turasizmi?
Anonymous voting

«Yangi joylarga sayohat» – zerikkan bola uchun eng oddiy o‘yin 👶 Xonadoningizdagi siz uchun eng oddiy tuyulgan narsalar bola
«Yangi joylarga sayohat» – zerikkan bola uchun eng oddiy o‘yin 👶 Xonadoningizdagi siz uchun eng oddiy tuyulgan narsalar bola uchun mutlaqo yangilik bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, bu narsalar unga (u uchun) noodatiy bo‘lgan rakursdan ko‘rsatilsa. Bu o‘yinning yaxshi tomoni shundaki, u universal xususiyatga ega bo‘lib, nigohini biror narsaga qarata oladigan jajji bolakaylarga ham, 2-3 yoshli kichkintoylarga ham birdek mos keladi. 🟣 Bolani balandroq, bo‘yningiz yoki boshingiz barobariga ko‘taring. Hali juda kichik bo‘lgan go‘daklarga qo‘llaringizni baland ko‘tarib, “belanchak” yasang. Boshini mustaqil ushlab tura oladigan bolani esa shunchaki “ustuncha” qilib ko‘taring, uning boshi sizning boshingiz bilan bir sathda bo‘lsin 🟣 Xonalar bo‘ylab asta-sekin yuring va bolaga u uchun odatda juda balandda joylashgan eng oddiy narsalarni ko‘rsating: devor soati, kitob javonlari, baland shkaflarning old tomoni – umuman, istalgan narsani 🟣 Har bir narsani tushuntirib, nima ekanligini aytib bering 🟣 Agar xavfsiz bo‘lsa, albatta ushlab ko‘rishiga imkon bering, hatto jajji qo‘lchasidan ushlab, turli buyumlar va yuzalar ustidan yurgizsa ham bo‘ladi. 🟣 Agar bolani u kam bo‘ladigan xonaga olib kirsangiz – qiziqishi yanada ortishi aniq! Oralaringizda buni allaqachon qilayotganlar borligini aniq bilamiz 🙂 Ayting-chi, farzandingiz uchun nima eng qiziqarli bo‘lib chiqdi? #nutrilak_farzandlar 0+ Mutaxassis maslahati talab qilinadi.

Agar bola shamollab, o‘zini yomon his qilayotgan bo‘lsa, hatto eng bilimdon ota-onalarning ham xayoliga: “Bolani tezda davola
Agar bola shamollab, o‘zini yomon his qilayotgan bo‘lsa, hatto eng bilimdon ota-onalarning ham xayoliga:
“Bolani tezda davolash kerak, biror dori berish kerak!”
degan o‘y kelishi mumkin. 🌡 Vaholanki, O‘RVIga chalingan bolaga odatda sizning holatingizda shifokor buyurgan dorilardan tashqari qo‘shimcha dori-darmonlar emas, mutlaqo boshqa narsalar kerak bo‘ladi. Bu narsalar unga kasallikni yengilroq o‘tkazishga va immunitetining mustahkamlanishiga yordam beradi. Siz esa unga puxta va bilib yordam berayotganingizdan xotirjam bo‘lasiz. - Agar bolaning tana harorati 38°C dan yuqori bo‘lsa, unga suv ichiring. Bu organizm zaharlanishi (intoksikatsiya) alomatlarini yengillashtirishga yordam beradi va yo‘qotilgan suyuqlik o‘rnini to‘ldiradi. Go‘daklarda suvsizlanishning oldini olish isitma paytidagi davolashning juda muhim qismidir. - Bola yotadigan xonani nam latta bilan tozalab chiqing – nafaqat polni, balki chang o‘tiradigan barcha sirtlarni ham arting. Shunda bolaning nafas olishi ancha osonlashadi va bu yo‘talni ham kamaytiradi. - Xonada havo harorati va namlikni me’yorida ushlashga harakat qiling. Eng maqbul ko‘rsatkichlar: 20-21°C va 40-60%. Bunday sharoitda og‘iz, burun va nafas yo‘llarining shilliq pardalari eng yaxshi faoliyat ko‘rsatadi. - Xonani har 3-4 soatda 5-10 daqiqadan shamollatib turing. Toza havo mikroblar miqdorini kamaytirishga va qonni kislorod bilan to‘yintirishga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, organizmning barcha faoliyatini, jumladan, infeksiyaga qarshi kurashishini ham yaxshilaydi. Agar havo sovuq bo‘lsa, xonani shamollatish vaqtida bolani boshqa xonaga olib chiqing. 🏥 Bundan tashqari, ayrim ishlarni qilmasangiz ham yordam bergan bo‘lasiz 🙂 - Dorilarning dozasini oshirib yubormang. - Xantalli qog‘ozlar (gorchichnik), banka qo‘yish, o‘tli damlama va hokazolar kabi xalq tabobati usullaridan foydalanmang. Ularning foydasi bo‘lsa ham, juda oz, ammo zarari tegishi oson. - Tana haroratini 38–38,5°C dan pasaytirib yubormang. Agar yurak, asab tizimi bilan bog‘liq muammolar va salomatlikda boshqa o‘ziga xosliklar bo‘lmasa hamda bola isitmasiga qaramay serharakat bo‘lsa, hamma narsa o‘z izida ketaversin. Tana haroratining ko‘tarilishi – kasallikka qarshi kurashishning muhim mexanizmi. Agar bola lanj bo‘lib, eti uvishayotgan bo‘lsa, dori bering. #nutrilak_salomatlik 0+ Mutaxassis maslahati talab qilinadi.

👶👶👶👶👶 Если ребенок простыл и плохо себя чувствует, даже самым знающим родителям может прийти в голову мысль: «Так, надо
👶👶👶👶👶 Если ребенок простыл и плохо себя чувствует, даже самым знающим родителям может прийти в голову мысль:
«Так, надо срочно дать какие-то лекарства, надо же его лечить!»
🌡 Между тем, малышу с ОРВИ обычно нужны не дополнительные лекарства – кроме тех, что прописал врач в вашем случае – а совершенно другие вещи. И да, они действительно помогут ему легче перенести болезнь, а иммунной системе стать крепче. А вы сможете успокоиться, потому что качественно и со знанием дела помогаете ему. - Предлагайте ребенку воду при температуре выше 38°С. Это помогает снять симптомы интоксикации и восполняет потери жидкости. Профилактика обезвоживания у младенцев – очень важная часть лечения при жáре - Сделайте влажную уборку в комнате ребенка без дезинфицирующих средств – не только на полу, а на всех поверхностях, где оседает пыль. Ему будет гораздо легче дышать, и это облегчает кашель - Постарайтесь обеспечить в комнате оптимальную температуру воздуха и влажность. Идеальные значения: 20–21°C и 40–60%. В таких условиях слизистые рта, носа и дыхательных путей работают лучше всего - Проветривайте комнату каждые 3–4 часа по 5–10 минут. Свежий воздух помогает снизить микробную нагрузку и насытить кровь кислородом, что улучшает все функции организма, в том числе борьбу с инфекцией. Если на улице холодно, на время проветривания уносите малыша из комнаты 🏥 Кроме того, вы поможете, если не будете делать некоторых вещей 🙂 - Не превышайте дозировки лекарств - Не используйте народные методы: горчичники, банки, травяные отвары и прочее. Польза от них, если и есть, то минимальная, а навредить легко - Не сбивайте температуру ниже 38–38,5°С. Если нет проблем с сердцем, нервной системой и других особенностей здоровья, а ребенок активный, несмотря на жар, пусть все идет своим чередом. Повышение температуры тела – важный механизм для борьбы с болезнью. Если же малыш стал вялым, его знобит, дайте лекарство #нутрилак_здоровье 0+ Необходима консультация специалиста.

🟩🟩🟪🟥🟪🟧 🟥 🟧🟥🟥🟪🟧🟩🟧 Ух, как вам понравился предыдущий пост на эту тему 🙂 Мы хорошенько прошерстили просторы интер
🟩🟩🟪🟥🟪🟧 🟥 🟧🟥🟥🟪🟧🟩🟧 Ух, как вам понравился предыдущий пост на эту тему 🙂 Мы хорошенько прошерстили просторы интернета, опросили нескольких мам – и вот вам продолжение! 🟣 Лабиринт с бусинами, он же бизиборд-лабиринт Классная и порой недооцененная вещь для развития мелкой моторики. В 6 месяцев малыш просто учится хватать яркие бусины, стучать ими друг о друга и, конечно, пробовать на зуб. А в 1,5–2 года ребенок осознанно передвигает бусины по извилистым дорожкам, тренирует координацию «глаз-рука» и усидчивость. Если игрушка зайдет ребенку, он может сидеть с ним по 15–20 минут – а это ой как не лишнее в любом возрасте. 🟣 Бизиборд-куб Для 6-месячных малышей это яркая, блестящая и безопасная штуковина, которую можно щупать самому и смотреть, как мама снимает им стресс, сидя рядом. Кроме шуток – для снятия стресса эта вещь нравится многим мамам, мы узнавали 🙂 Малыш постарше учится нажимать, тянуть, слушать разные звуки и понимать, что от его действий что-то происходит. Дальше – больше. Ребенок может изучать его подолгу, каждый раз открывая что-то новое, особенно если мама будет наводить его на мысли о новых способах игры с бизикубом. 🟣 Текстильные сенсорные мячики Это неплохой тренажер для хватания в 6 месяцев. Мячики с пупырышками, ребристой и гладкой поверхностью стимулируют тактильные ощущения, а схватить их не так-то просто! Малыш учится перекладывать их из руки в руку, сжимать и отпускать. А еще их удобно и безопасно кидать – все равно ведь ребенок будет кидаться игрушками, так пускай у него будет особый «набор для швыряния на пол». Ну а к 2 годам это мячи для активных игр, которые можно кидать, ловить, пинать, катать друг другу. 🟣 Книжка-шуршалка В 6 месяцев это хороший способ начать знакомить ребенка с «чтением». Яркие картинки, шуршащие страницы, пищалки и безопасные зеркальца внутри – вам в помощь. Можно мять, грызть, рассматривать и слушать, как шуршит. Для детей старше становится понятно, что это настоящая книжка, в которой есть история, которая оживает в руках у мамы или папы. Если история понравится малышу, он сможет вместе с вами «читать» ее раз за разом. 🟣 Игрушка-каталка Тут мы имеем в виду игрушку на веревочке, с эффектом «тяну – и ничего себе, оно движется!». В полгода это еще один занятный объект, который можно рассматривать, трогать и слушать, как он гремит. А ближе к году, когда ребенок начинает ходить, игрушка может превратиться в лучшего компаньона для первых шагов. Ребенок тянет за собой – игрушка едет, издает какие-то звуки, подбадривает ходить еще. К 2 годам это уже полноценный транспорт, который можно возить по всей квартире, загружать в него кубики и кукол. 🟣 Набор резиновых фигурок животных Для полугодовалого ребенка это набор для жевания и, опционально, прорезыватели. В 1–1,5 года – наглядные пособия для первых уроков зоологии. «Это корова – она говорит "му"», «это собачка – она охраняет дом». В 2 года, как и куклы или машинки, это реквизит для ролевых игр. Разыгрываем сценки, кормим, укладываем спать, лечим. Развивает речь, воображение и эмоциональный интеллект. И никаких батареек! И еще раз отметим главное – не надо гнаться за количеством. Выберите 2-3 игрушки из этого списка в дополнение к тем, что уже есть, и наблюдайте, как ребенок сам покажет, что ему по душе. #нутрилак_игры 0+ Необходима консультация специалиста.

Qarasak, bu mavzudagi avvalgi postimiz sizlarga rosa yoqibdi! 🙂 Biz ham internet olamini ancha titkilab, bir nechta onajonla
Qarasak, bu mavzudagi avvalgi postimiz sizlarga rosa yoqibdi! 🙂 Biz ham internet olamini ancha titkilab, bir nechta onajonlar bilan suhbatlashdik va... mana, marhamat, davomini e’tiboringizga havola qilayapmiz! 🟣 Munchoqli labirint, ya’ni bizibord-labirint Mayda motorikani rivojlantirish uchun ajoyib va gohida qadri bilinmaydigan o‘yinchoq. 6 oylik go‘dak yorqin munchoqlarni ushlashni, ularni bir-biriga urib o‘ynashni va, albatta, tishlab ko‘rishni o‘rganadi. 1,5-2 yoshda esa bola munchoqlarni egri-bugri yo‘laklar bo‘ylab ongli ravishda suradi, “ko‘z-qo‘l” muvofiqligini va sabr-toqatni mashq qiladi. Agar o‘yinchoq bolaga ma’qul kelsa, u bilan 15-20 daqiqa mashg‘ul bo‘lib o‘tirishi mumkin – bu esa har qanday yoshda juda asqatadi. 🟣 Kub shaklidagi bizibord Olti oylik jajji bolakaylar uchun bu – yorqin, yaltiroq va xavfsiz o‘yinchoq. Kichkintoy uni bemalol ushlab ko‘rishi va yonida o‘tirgan onasi bu o‘yinchoqning yordamida stressdan xalos bo‘layotganini tomosha qilishi mumkin. Rostdan ham, ko‘plab onalar ushbu buyum yordamida asablarini tinchlantirishni yoqtirishlarini aniqlaganmiz 🙂 Bola sal ulg‘aygach, tugmalarni bosishni, tortishni, turli tovushlarni tinglashni va o‘z harakatlari natijasida nimadir sodir bo‘layotganini tushunishni o‘rganadi. Keyin esa – undan ham ko‘prog‘ini. Farzandingiz uni uzoq vaqt o‘rganishi, har safar yangi bir narsani kashf etishi mumkin, ayniqsa, onasi uni «bizikub» bilan o‘ynashning yangi usullari haqida o‘ylashga undab tursa 🟣 Matodan yasalgan sensorli koptokchalar Bu 6 oylik go‘dakning narsalarni ushlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ajoyib mashq vositasidir. G‘adir-budur va silliq sirtli koptokchalar taktil sezgilarni rag‘batlantiradi, ularni ushlab olish esa oson ish emas! Kichkintoy ularni bir qo‘lidan ikkinchisiga olishni, siqishni va qo‘yib yuborishni o‘rganadi. Qolaversa, ularni otish ham qulay va xavfsiz – axir, bola baribir o‘yinchoqlarini irg‘itadi, shunday ekan, u o‘ziga xos “polga otish uchun mo‘ljallangan to‘plam”ga ega bo‘la qolsin. Ikki yoshga to‘lganda esa bu koptokchalar faol o‘yinlar uchun ayni muddao bo‘lib, ularni irg‘itish, ilib olish, tepish va bir-biriga dumalatib o‘ynash mumkin. 🟣 «Shitir-shitir» kitobcha Bu 6 oylikdan boshlab bolani “o‘qish” bilan tanishtirishning ajoyib usulidir. Yorqin rasmlar, kitobni har varaqlagandagi shitir-shitir ovozi, chiyildoqlar va ichidagi xavfsiz ko‘zguchalar sizga yordam beradi. Uni g‘ijimlash, tishlash, tomosha qilish va shitir-shitir ovozni eshitish mumkin. Kattaroq yoshdagi bolalar uchun esa bu ona yoki otaning qo‘lida jonlanadigan hikoyasi bor haqiqiy kitob ekanligi tushunarli bo‘ladi. Agar hikoya bolakayga yoqib qolsa, u siz bilan birga uni qayta-qayta “o‘qishi” mumkin. 🟣 Sudraladigan o‘yinchoq Bu yerda biz ipga bog‘langan o‘yinchoqni, ya’ni “tortgandim, yurib ketdi-ya!” degan taassurot beradigan o‘yinchoqni nazarda tutyapmiz. Olti oylikda bu shunchaki ko‘zdan kechirish, ushlab ko‘rish va shaqirlashini eshitish mumkin bo‘lgan yana bir qiziqarli buyumdir. Bola bir yoshga yaqinlashib, yurishni boshlaganida esa, o‘yinchoq ilk qadamlar uchun eng yaxshi hamrohga aylanishi mumkin. Bola uni o‘z ortidan tortsa, o‘yinchoq yuradi, turli tovushlar chiqarib, bolani yanada ko‘proq yurishga undaydi. Ikki yoshga kelib bu o‘yinchoq butun uy bo‘ylab olib yurish, ichiga kubiklar va qo‘g‘irchoqlarni yuklash mumkin bo‘lgan to‘laqonli transport vositasiga aylanadi. 🟣 Rezina hayvonchalar to‘plami Olti oylik bola uchun bu – chaynashga mo‘ljallangan, qolaversa, tishlagich moslamalar to‘plamidir. 1-1,5 yoshda esa zoologiya bo‘yicha ilk saboqlar uchun ko‘rgazmali qurol bo‘lib xizmat qiladi. “Mana bu sigircha – u “mu-u” deydi”, “bu esa kuchukcha – u uyni qo‘riqlaydi”. 2 yoshda, xuddi qo‘g‘irchoq yoki mashinalar kabi, rolli o‘yinlar uchun rekvizitga aylanadi. Ular bilan sahna ko‘rinishlarini qo‘yamiz, ularni ovqatlantiramiz, uxlatamiz, davolaymiz. Bu o‘yinchoqlar nutq, tasavvur va hissiy intellektni rivojlantiradi. Va hech qanday batareykalar kerak emas! #nutrilak_oyinlar 0+ Mutaxassis maslahati talab qilinadi.

#нутрилак_лайфхак 0+ Необходима консультация специалиста.
+3
#нутрилак_лайфхак 0+ Необходима консультация специалиста.