Onalar maktabi/Школа мам🤱
Открыть в Telegram
☝️Единственный официальный канал Nutrilak в Узбекистане! Если Вы будущая или настоящая мама, канал поможет Вам найти много ценной информации по уходу и здоровому развитию вашего малыша. 👩⚕️Cлужба поддержки клиентов Nutrilak - @OnaMaktChat
Больше4 102
Подписчики
+2024 часа
-117 дней
+18430 день
Архив постов
У вас получается не копить злость, а вовремя выплескивать ее?
🧠🧠🧠🧠
«Шмяк!» – почему разрешить ребенку швырнуть слайм на пол полезнее, чем ругать
Дети, как и взрослые, злятся. И часто – по-крупному, еще сильнее взрослых. Но взрослые запрещают кричать, драться и ломать игрушки. И вроде бы правильно запрещают, но куда девать злость?
Держите способ, который не разрушает ничего вокруг, но отлично выпускает пар. И да, он работает и для мамы тоже!
📌 Что делать
Купите или сделайте сами плотный слайм (главное, чтобы он не оставлял жирных пятен). А лучше – несколько, чтобы их можно было разложить по дому. И договоритесь с ребенком: «Когда ты злишься, ты не можешь кидаться машинками или книгами. Но ты можешь взять один из этих слаймов – и швырнуть его на пол изо всей силы. Столько раз, сколько захочешь».
📌 Почему это работает
- Слайм не отскочит и не разобьет вазу. Он глухо шлепнется и останется лежать на месте
- Характерный «шмяк» и сила удара дают телу сигнал «напряжение вышло». Злость проходит физически – именно так, как это естественнее всего для нашего тела
- Это честно! Вы не говорите «не злись», это же все равно невозможно. Вы говорите «злись, но вот как это делать без вреда»
- И самое вкусное: в следующий раз, когда вы сами захотите стукнуть кулаком по столу, швырните этот слайм. Помогает – проверено. К тому же покажете ребенку отличный пример, как это работает
❗️ Один важный момент!
Если ребенок все еще тянет все в рот, лучше взять другой безопасный предмет: например, маленький мешочек с крупой. Идея та же, а риск меньше.
Как вам идея? Будете делать «шмяк»? 😉
#нутрилак_психология
0+
Необходима консультация специалиста.
Siz-chi, jahlni ichga yutmasdan, vaqtida socha olasizmi?
«Shilp!» – nega bolaga slaymni polga otishiga ruxsat berish uni urishishdan ko‘ra foydaliroq?
Bolalar ham kattalar kabi jahli chiqadi. Ko‘pincha esa kattalarnikidan ham qattiqroq. Ammo kattalar ularga baqirishni, urishishni va o‘yinchoqlarni sindirishni taqiqlaydi. Bu to‘g‘ridek tuyuladi-yu, ammo bola unda jahlini qanday ifodalaydi?
Hech narsaga ziyon yetkazmaydigan, lekin bola jahli chiqqanda alamini olishga a’lo darajada yordam beradigan bir usul bor. Aytgancha, u onalar uchun ham ishlaydi!
📌 Nima qilish kerak?
Slaym sotib oling yoki o‘zingiz yasang (asosiysi, u yog‘li dog‘ qoldirmasin). Yaxshisi, bir nechta yasab, uyning turli joylariga qo‘yib chiqing. Va bola bilan quyidagicha kelishib oling: «Jahling chiqqanda, mashina yoki kitoblaringni otish mumkin emas. Lekin mana bu slaymlardan birini olib, polga bor kuching bilan, xohlaganingcha va qayta-qayta otishing mumkin».
📌 Bu usul nimasi bilan foydali?
- Slaym sakrab ketib, guldonni sindirib qo‘ymaydi. U «shilp» etib tushadi va joyida qoladi.
- O‘ziga xos «shilp» etgan ovoz va zarba kuchi tanaga «zo‘riqish chiqib ketdi» degan signal beradi. Jahl jismonan bosiladi – bu bizning tanamiz uchun eng tabiiy usuldir.
- Bu adolatli yondashuv! Siz «jahling chiqmasin» demayapsiz, chunki buning iloji yo‘q. Siz «jahl qilaver, lekin buni zararsiz qanday qilish mumkinligini o‘rgatyapman» deyapsiz.
- Eng qizig‘i: keyingi safar o‘zingiz stolga musht urgingiz kelganda, o‘sha slaymni oting. Yordam beradi – sinovdan o‘tgan. Qolaversa, bunga o‘zingiz amal qilib, bolaga ajoyib o‘rnak bo‘lasiz.
📌 Bir muhim jihat!
Agar bola hali ham hamma narsani og‘ziga soladigan bo‘lsa, boshqa xavfsiz buyumdan foydalangan ma’qul: masalan, yorma solingan kichik xaltacha. G‘oya o‘sha-o‘sha, ammo xavf kamroq.
Bu g‘oyaga qanday qaraysiz? «Shilp» qilib turamizmi? 😉
#nutrilak_psixologiya
0+
Mutaxassis maslahati talab qilinadi.
+6
💡💡💡
Автопутешествия с ребенком до 1 года 🔥
#нутрилак_лайфхак
0+
Необходима консультация специалиста.
+6
1 yoshgacha bo‘lgan bola bilan mashinada sayohat qilish 🔥
#nutrilak_layfxak
0+
Mutaxassis maslahati talab qilinadi.
+1
🥣🥣🥣
Фрукты в кашах Nutrilak® – действительно настоящие?
Если на упаковке написано «кусочки клубники», «хлопья яблока» – что это значит? Давайте разберемся, все несложно.
🍽 Если в составе указано «кусочки»
Это действительно кусочки фруктов и ягод. Их получают из зрелых, здоровых фруктов или ягод после очистки, резки и тепловой обработки путем высушивания. Для придания текстуры в состав кусочков могут быть добавлены сахар и крахмал. Например, кусочки банана, как и указано в скобках в составе каши с кусочками банана, – это измельченные бананы, к которым добавлено немного сахара и кукурузного крахмала, чтобы кусочки сохраняли свою форму при приготовлении каши. Это важно, поскольку именно не развалившиеся кусочки фруктов помогают ребенку учиться жевать.
🍽 Если в составе указано «хлопья»
Это мелко измельченные фрукты и ягоды, тоже полученные с помощью тепловой обработки путем высушивания. Хлопья, в отличие от кусочков, не требуют жевания – при приготовлении по инструкции они становятся практически той же консистенции, что и сама каша. Каши с хлопьями подходят для более младших детей, у которых навык жевания еще отсутствует.
Вот и все 🙂 Поэтому, если на упаковке наших каш вы видите название фрукта или ягоды – можете быть уверены, это действительно настоящие плоды, просто подготовленные оптимальным образом для конкретного возраста малыша.
#нутрилак_прикорм
0+
Необходима консультация специалиста.
+1
Nutrilak® bo‘tqasidagi mevalar haqiqatan ham haqiqiymi?
Agar mahsulot qadog‘ida «qulupnay bo‘lakchalari», «olma parrakchalari» degan yozuvni ko‘rsangiz, bu nimani anglatadi? Keling, birgalikda tushunib olamiz, aslida hammasi oddiy.
🍽 Tarkibida «bo‘laklar» deb ko‘rsatilgan bo‘lsa
Bular haqiqatdan ham meva va rezavorlar bo‘lakchalaridir. Ular pishgan, yaxshi ahvoldagi meva yoki rezavorlarni tozalash, kesish va issiqlik bilan ishlov berib, quritish yo‘li bilan olinadi. Bo‘lakchalarga ma’lum bir shakl berish uchun ularning tarkibiga shakar va kraxmal qo‘shilishi mumkin. Masalan, banan bo‘lakchalari qo‘shilgan bo‘tqaning tarkibida (qavs ichida ko‘rsatilganidek) maydalangan bananlar bo‘ladi. Bo‘tqa pishirilayotganda bo‘lakchalar o‘z shaklini saqlab qolishi uchun ularga ozroq shakar va makkajo‘xori kraxmali qo‘shiladi. Bu juda muhim, chunki aynan ezilib ketmagan meva bo‘lakchalari bolaga chaynashni o‘rganishga yordam beradi.
🍽 Agar tarkibida «parraklar» deb ko‘rsatilgan bo‘lsa...
Bu — quritish yo‘li bilan, ya’ni issiqlik yordamida qayta ishlangan mayda to‘g‘ralgan meva va rezavorlardir. Bo‘lakchalardan farqli o‘laroq, parraklarni chaynash talab etilmaydi — yo‘riqnomaga muvofiq tayyorlanganda, ular deyarli bo‘tqaning o‘ziday bir xil quyuqlikka keladi. Parrakli bo‘tqalar hali chaynash ko‘nikmasi shakllanmagan kichik yoshdagi bolalar uchun mos keladi.
Bor gap shu 🙂 Shuning uchun, bo‘tqalarimiz qadog‘ida biror meva yoki rezavor nomini ko‘rsangiz, ishonchingiz komil bo‘lsin: bular haqiqatdan ham tabiiy mevalar bo‘lib, farzandingizning ma’lum bir yoshiga moslab, eng maqbul usulda tayyorlangan.
#nutrilak_qoshimcha_ovqat
0+
Mutaxassis maslahati talab qilinadi.
🧠🧠🧠🧠
«Список вещей, которые не подлежат обсуждению» – отличная идея, которую лучше использовать как можно раньше
Часто кажется, что воспитывать ребенка – значит каждый раз объяснять, почему так можно, а так нельзя. И это выматывает! Однако – что, если часть правил вообще не обсуждать? Не потому, что «я так сказала», а потому что это ценности, основы, на которых строится жизнь в вашей семье. И заложить их можно гораздо раньше, чем часто думают.
Система ценностей закладывается с самого раннего возраста. И если она сформирована правильно, это шикарная помощь в дальнейшем воспитании – в частности, в период кризиса 3 лет. У ребенка появляются четкие ориентиры: что всегда нужно делать, а что – ни в коем случае нельзя. Без торговли, без истерик и без бесконечных «почему».
✏️ Что помогает сформировать такие ориентиры
Три вещи, и все они простые, но не всегда легкие в исполнении.
1️⃣ Личный пример. Без него – никуда. Если мы говорим, что врать нельзя, а сами при ребенке по телефону говорим, что нас нет дома, – не сработает. Дети копируют действия, а не слова.
2️⃣ Понятность. Идеально, если самые важные для вас вещи укладываются в недлинный список. Вообще идеально – если этот список будет где-то в доступе, на грифельной доске на холодильнике, например. Конечно, ребенок пока не умеет читать, но ведь научится со временем! А пока это будет просто напоминание: правила есть, и они незыблемы.
3️⃣ Постоянство. Если что-то совсем нельзя, то нельзя. Не «сегодня нельзя, а завтра, потому что ты хорошо себя вел, можно». И наличие физически существующего списка здорово в этом помогает, в том числе и родителям. Правила – это серьезно!
✏️ Что может быть в списке?
- Нельзя бить других: ни маму, ни кошку, ни сверстника в песочнице
- Нельзя выбегать на дорогу
- Нельзя забирать чужое без спроса. Игрушку, печенье, телефон – все, что не твое
- Нужно мыть руки перед едой, даже если они выглядят чистыми
- Нужно чистить зубы утром и вечером, даже если очень устали и вообще некогда
Это, конечно, не полный список. У каждой семьи он свой. Но суть не в количестве пунктов, а в том, что эти пункты – не предмет торга.
А у вас есть вещи, которые в семье «не подлежат обсуждению»? Или вы сейчас на этапе переговоров?
#нутрилак_психология
0+
Необходима консультация специалиста.
«Muhokama qilinmaydigan narsalar ro‘yxati» — bu juda ajoyib g‘oya bo‘lib, uni imkon qadar ertaroq qo‘llagan ma’qul
Ko‘pincha, bola tarbiyasi har safar nima uchun bunday qilish mumkin-u, nega bunisi mumkin emasligini tushuntirishdan iboratdek tuyuladi. Bu esa kishini holdan toydiradi! Xo‘sh, agar qoidalarning bir qismi umuman muhokama qilinmasa-chi? Bu «men shunday dedim» deganingiz uchun emas, balki bular sizning oilangizdagi hayot poydevori bo‘lgan qadriyatlar va asoslar bo‘lgani uchundir. Ularga asos solishni esa ko‘pchilik o‘ylaganidan ancha ertaroq amalga oshirish mumkin.
Qadriyatlar tizimi insonga eng yoshligidanoq singdiriladi. Agar u to‘g‘ri shakllantirilsa, keyingi tarbiyada, xususan, 3 yoshlik inqirozi davrida katta yordam beradi. Bolada aniq tushunchalar paydo bo‘ladi: nimalarni doim qilish kerak-u, nimalarni aslo mumkin emas. Hech qanday «savdolashish»larsiz, xarxashalarsiz va cheksiz «nima uchun»larsiz.
✏️ Bunday yo‘l-yo‘riqlarni shakllantirishga nima yordam beradi?
Uchta narsa yordam beradi. Ularning bari oddiy, lekin har doim ham amal qilish oson emas.
1️⃣ Shaxsiy o‘rnak. Busiz iloji yo‘q. Agar yolg‘on gapirish yaramaydi, desak-u, o‘zimiz bolaning oldida telefonda «uyda emasman» desak, bu natija bermaydi. Bolalar so‘zlardan emas, harakatlardan nusxa oladi.
2️⃣ Tushunarlilik. Siz uchun eng muhim qadriyatlar qisqa bir ro‘yxatga sig‘sa, ayni muddao bo‘ladi. Agar bu ro‘yxat ko‘zga ko‘rinadigan joyda, masalan, muzlatkich ustidagi doskachada tursa, nur ustiga a’lo nur. Albatta, bola hozircha o‘qishni bilmaydi, lekin vaqt o‘tib o‘rganib olishi muqarrar! Hozircha esa bu shunchaki bir eslatma bo‘lib turadi: qoidalar bor va ular o‘zgarmasdir.
3️⃣ Izchillik. Agar nimadir mutlaqo mumkin bo‘lmasa, demak, mumkin emas. «Bugun mumkin emas, ertaga esa o‘zingni yaxshi tutganing uchun mayli» degan gap bo‘lmasligi kerak. Shu o‘rinda, qo‘l ostida turadigan ro‘yxatning borligi, jumladan, ota-onalarning o‘ziga ham katta yordam beradi. Qoidalar – bu jiddiy masala!
✏️ Ro‘yxatda nimalar bo‘lishi mumkin?
- Boshqalarni urish mumkin emas: na onani, na mushukni, na bolalar maydonchasidagi tengdoshni.
- Yo‘lga yugurib chiqish mumkin emas.
- Birovning narsasini so‘roqsiz olish mumkin emas. O‘yinchoq, pechene, telefon — o‘zingizniki bo‘lmagan har qanday narsani.
- Ovqatlanishdan oldin qo‘llarni yuvish kerak, hatto ular toza ko‘rinsa ham.
- Ertalab va kechqurun, juda charchagan bo‘lsangiz ham yoki umuman vaqt bo‘lmasa ham, tishlarni tozalash kerak.
Bu, albatta, to‘liq ro‘yxat emas. Har bir oilaning o‘z qoidalari bor. Ammo gap bandlar sonida emas, balki bu qoidalarning muhokama qilinmasligidadir.
Sizning oilangizda ham “muhokamasiz qabul qilinadigan” qoidalar bormi? Yoki hozir «kelishuvlar» bosqichidamisiz?
#nutrilak_psixologiya
0+
Mutaxassis maslahati talab qilinadi.
💡💡💡
Вакуумные мешки для хранения сезонных вещей – за и против
Вот уже и лето – а очень может быть, что куртки, свитера и шапки все еще занимают самые удобные места в шкафу, на полках и вешалках. Мы посмотрели в сторону вакуумных мешков для сезонного хранения – вроде бы удобно, но есть нюансы. Делимся разбором.
➕ Плюсы
- Места становится заметно больше. Объем вещей уменьшается в два-три раза – это видно сразу. Вместо горы курток получаются плоские «кирпичи», которые легко задвинуть на антресоль
- Вещи не пылятся и не пахнут. Мешок герметичен: ни вредители, ни запахи внутрь не проникнут
- Мешки недорогие и продаются в любом хозяйственном магазине. А если с ними аккуратно обращаться, то они еще и многоразовые
➖ Минусы
- Мешки должны быть качественными, иначе они будут пропускать влагу, пыль, запахи и могут вздуться
- Вещи должны быть идеально сухими и чистыми. В противном случае при их «расконсервации» можно увидеть очень неприятную картину в виде плесени
- После вакуумирования вещи будут помятыми. Синтепон и шерсть потом долго восстанавливаются – иногда потребуется стирка или отпаривание
- Не все можно упаковывать. Пуховые куртки и подушки от длительного сжатия теряют свои свойства. Производители часто пишут, что вакуум для них не рекомендуется
📌 В итоге Наш опыт – вот такой, достаточно противоречивый. Будет здорово, если напишете, какие выводы сделали вы, когда сами использовали вакуумные мешки? Тогда другим читателям будет несложно определиться, подходит им этот метод или нет.#нутрилак_лайфхак 0+ Необходима консультация специалиста.
Kiyimlarni saqlash uchun vakuumli paketlardan foydalanasizmi?
Mavsumiy kiyimlarni saqlash uchun vakuumli xaltalar: afzallik va kamchiliklari
Mana, yoz ham keldi-yu, ammo kurtka, sviter va qalin bosh kiyimlar hamon shkafning eng qulay javon va ilgichlarini band qilib turgan bo‘lishi mumkin. Biz mavsumiy saqlashga mo‘ljallangan vakuumli xaltalarga e’tibor qaratdik – ulardan foydalanish qulaydek tuyulsa-da, o‘ziga yarasha nozik jihatlari bor. Shu haqda o‘z tahlillarimiz bilan bo‘lishmoqchimiz.
➕ Afzalliklari
- Joy ancha tejaladi. Kiyimlarning hajmi ikki-uch barobar kichrayadi – bu darhol ko‘zga tashlanadi. Bir uyum kurtka o‘rniga, antresolga bemalol sig‘adigan yassi «g‘ishtlar» hosil bo‘ladi.
- Kiyimlar chang bo‘lmaydi va begona hidlarni o‘ziga olmaydi. Xalta germetik bo‘lgani uchun ichkariga na zararkunandalar, na hidlar kira oladi.
- Xaltalar arzon va har qanday xo‘jalik do‘konida sotiladi. Agar avaylab ishlatilsa, ulardan ko‘p marta foydalanish mumkin.
➖ Kamchiliklari
- Qoplar sifatli bo‘lishi shart, aks holda ular namlik, chang va hidlarni o‘tkazib yuborishi, shuningdek, shishib qolishi mumkin.
- Kiyimlar mutlaqo quruq va toza bo‘lishi kerak. Aks holda, ularni ochganingizda «mog‘or bosgan» holdagi juda noxush manzaraga duch kelishingiz mumkin.
- Vakuumlangandan so‘ng kiyimlar g‘ijim bo‘lib qoladi. Sintepon va jun keyin ancha vaqt o‘tib o‘z holiga keladi — ba’zida ularni yuvish yoki bug‘ yordamida tekislash talab etiladi.
- Hamma narsani ham bu usulda saqlab bo‘lmaydi. Patli kurtkalar va yostiqlar uzoq vaqt siqilib turishi oqibatida o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi. Ishlab chiqaruvchilar ko‘pincha bunday buyumlar uchun vakuum tavsiya etilmasligini yozib qo‘yishadi.
📌 Xulosa Bizning tajribamiz ana shunday, ancha ziddiyatli bo‘ldi. Agar siz ham vakuumli xaltalardan foydalangan bo‘lsangiz, qanday xulosaga kelganingizni yozib qoldirsangiz, ajoyib ish bo‘lardi. Shunda boshqa o‘quvchilarga bu usul o‘zlariga mos keladimi yoki yo‘qmi, degan qarorga kelish osonlashadi.#nutrilak_layfxak 0+ Mutaxassis maslahati talab qilinadi.
💡💡💡
«Я вижу красный кубик» – игра-лайфхак для вечерней уборки
Вечером, когда игрушки разбросаны, а сил уговаривать малыша убрать их – уже нет, попробуйте превратить уборку в игру. Метод особенно хорош тем, что может сработать даже с малышами, которые только начинают говорить.
🧸 Как играть
1. Мама занимает стратегически важную позицию – на стуле (чтобы было видно всю комнату) около комода с игрушками, куда их надо убирать
2. Вы начинаете: «Я вижу… красный кубик! Сможешь найти?» Ребенок ищет и приносит его вам. Ваша задача – похвалить «охотника» и сразу класть добычу на место
3. Постепенно игру можно усложнять. Например, «Я вижу что-то круглое и синее» или «Найди две машинки»
Понятно, что ребенок не уберет таким способом вообще все игрушки. Хотя шансы есть даже на это. К тому же: - Игра снимает ваше напряжение «Надо заставить ребенка убраться» / «Надо убирать в своей комнате». Теперь это общее приключение, а не унылая обязанность - Ребенок тренирует внимание, цвета, формы и речь, даже не замечая этогоПопробуете сегодня вечером? P.S. Если ребенок еще слишком маленький даже для такой игры – сохраните себе этот пост, он вам пригодится очень скоро! #нутрилак_лайфхак 0+ Необходима консультация специалиста.
Sizda-chi, o‘yinchoqlarni yig‘ishtirish ishlari qanday ketyapti?
«Men qizil kubikni ko‘ryapman» – kechki yig‘ishtirish uchun o‘yin-layfxak
Kechqurun o‘yinchoqlar sochilib yotgan va bolakayni ularni yig‘ishtirishga ko‘ndirishga madoringiz qolmagan bo‘lsa, yig‘ishtirishni o‘yinga aylantirib ko‘ring. Bu usul, ayniqsa, endi gapirishni o‘rganayotgan kichkintoylar bilan ham qo‘l kelishi bilan ahamiyatlidir.
🧸 Qanday o‘ynaladi?
1. Ona strategik muhim joyni egallaydi – o‘yinchoqlarni solish kerak bo‘lgan komod yonidagi stulga o‘tiradi (butun xonani ko‘rib turish uchun).
2. Siz quyidagi tarzda boshlaysiz: «Men... qizil kubikni ko‘ryapman! Topa olasanmi?» Bola uni qidirib topib, sizga olib keladi. Sizning vazifangiz – «ovchi»ni maqtash va o‘ljani darhol joyiga qo‘yish.
3. O‘yinni asta-sekin murakkablashtirish mumkin. Masalan, «Men yumaloq va ko‘k rangli nimanidir ko‘ryapman» yoki «Ikkita mashinani top».
Albatta, bu usul bilan bola barcha o‘yinchoqlarni yig‘ishtirib qo‘ymaydi. Lekin buning ham iloji bor. Qolaversa: - O‘yin sizdagi «Bolani yig‘ishtirishga majburlash kerak» yoki «Xonangni yig‘ishtirishing kerak» degan taranglikni yo‘qotadi. Endi bu zerikarli majburiyat emas, balki ona-bola uchun umumiy sarguzashtdir. - Bola o‘zi sezmagan holda ranglarni, shakllarni ajratish ko‘nikmalari, diqqatini va nutqini mashq qildiradi.Bugun kechqurun sinab ko‘rasizmi? P.S. Agar farzandingiz bunday o‘yin uchun ham hali juda kichik bo‘lsa, ushbu postni saqlab qo‘ying, u yaqin orada sizga albatta asqotadi! #nutrilak_layfxak 0+ Mutaxassis maslahati talab qilinadi.
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
