cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

O'tkirbek Sobirov

🔴 TEDx Speaker | YouTuber - Master of International Education 🇺🇿 Jahongashta o'zbek o'g'loni

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
612
Obunachilar
-224 soatlar
-67 kunlar
-830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Hozir bor - keyin yo‘q Talabalik paytlarimda kursdosh oshnalar, yotoqxonadagi aka-ukalar, xonadosh birodarlarim "O‘qishni tugatsak, yo‘q bo‘lib ketmaylik, bir-birimizdan xabar olib turamiz-a? Do‘stligimiz unutilib ketmasin! Har doim ko‘rishib turamiz" deb aytishardi. Men ularga o‘qishni tugatgach hozirgiday mehr-oqibat bo‘lmasligini, hamma o‘zini yo‘lidan yurib, hatto xol-ahvoli so‘ragani ham vaqt topa olmasligini va hali oldimizdagi umrimizda yetarlicha muammolar va tashvishlar chiqib, o‘z vaqtida eng qadrli bo‘lib ulgurgan bu xotiralar faqat yodda saqlanishini, agar kimdir ulardan, umuman, xabar olmasa ham xafa bo‘lib yurmasliklarini tushuntirib chiqqandim. O‘qishni tugatganimga bir yil bo‘libdi. Universitetdagi birodarlarimdan faqat bir necha qadrdonlar yo‘qlab turishadi. Men ko‘pchiliklarini yo‘qlayman: ulgurganimcha. Hozir ko‘pchilik oila qurish bilan band. Kimdir chet elga ketadigan holatda. Yana boshqalar o‘z karyerasini boshlab olgan. Kimdir o‘z qishlog‘iga qaytgan. Bu yerda yana bir narsani aytaman: "Universitetdagi qadrdonlar, albatta, yana to‘planishadi, bir kun yana ko‘rishish nasib qiladi. Talabalik paytlarini eslab kulishadi. Ayni vaqtlarda oilali bo‘lib, moliyaviy holatini yaxshilab olish barcha yigitlarning maqsadi. Hali hamma bir-birini izlab qoladi. Odam odamga kerak bo‘ladi. Talabalik yillarimni qiziqarli va sarguzashtlarga boy o‘tishida sababchi bo‘lgan birodarlarim doimo sog‘-omon bo‘lsin! @srsobirov
Hammasini ko'rsatish...
Yoshligingdan qilsang odat qariguncha o‘rganursan, Qarigangda qilsang odat o‘rganguncha ko‘milursan! @srsobirov
Hammasini ko'rsatish...
Мактуб Салом акажоним Рустам ака. Саломатчиликлариз жойидами. Болалар ҳаммаси тинчми. Умида опам хам яхшими. Жўжа катта бўлиб қолгандир. Карамди хам тугатгандирсиз. Ҳа яхши. Ўзингиз тинч юрсангиз ҳаммаси бўлади. Сардорбек ука қолесан, яхши юрибсанми. Уйдаги ишлардан чарчамаяпсанми. Ҳа ука чидагин ҳаммаси зўр бўлади. Сардор яхши ўқигин ва хар куни тринирофка қилгин ўзинга фойда. Худо хохласа сени ҳам хизматга жўнатаман. Хизмат зўр ука, кайф. Хозирдан шу нарсаларга тайёргарлик кўрсанг қийналмайсан. Сенга гапим шу. Бўпти ука хайр. Ўткирбек ука яхшимисан. Тинч юрипсанми. Ха ука айтган нарсанг эсимда. Баҳорда май ойларида ўзим билан обораман. Хўппи ука. Рустам ака энди мен айтсам. Карантинда ҳаво алмашиб жиндай бошида қийналувдим. Ҳозир 1-постда хизмат қилаяпман. Бу ерда хамма нарса етарли. Спорт тренажорлари, бокс, футбол ва бошқа нарсалар билан шуғулланаяпмиз. Эрталабда, кечки пайт. Мастеримиз Ховаслик Одил ака. Ўзи руқапашник. Қўлидан келган барча нарсаларни ўргатяпти. Ахволим яхши, зўр уйдагиларга салом айтинг тинчман. Аммо оғир тошларни умуман кўтарганим ёқ. Рустам ака, бундан хижолат бўлманг. Бўпти хайр. 7.06.06
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Menga o‘xshaydigan bolani topsangiz, dadamni topgan bo‘lasiz. Dadamning 15 yoshdagi vinetkasi. Haqiqiy sodda bolalik: telefonlarsiz, virtual hayotsiz. Faqat real hayotda yashagan bolalar hayoti. Motivatsiya, shaxsiy rivojlanish kabi so‘zlar ishlatilmagan bolalik! @srsobirov
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Menga o‘xshaydigan bolani topsangiz, dadamni topgan bo‘lasiz. Dadamning 15 yoshdagi vinetkasi. Haqiqiy sodda bolalik: telefonlarsiz, virtual hayotsiz. Faqat real hayotda yashagan bolalar hayoti. Motivatsiya, shaxsiy rivojlanish kabi so‘zlar ishlatilmagan bolalik! @srsobirov
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Fonida etni titratadigan yoki motiv beradigan musiqa ostida ishlangan har qanday video insonni bir necha soniyalarga osmonga olib chiqib qo‘yadi va birdaniga yerga "irg‘itadi". @srsobirov
Hammasini ko'rsatish...
O‘zingiz ham bilasiz Chiqindilarni yerga emas, maxsus idishlarga tashlashni eslash uchun kitob o‘qib chiqish shart emas. Harakat qilish kerakligini eslash yoki vaqt o‘tib borayotganligini yodga olish uchun reels ko‘rish shart emas. To‘g‘ri ovqatlanishni o‘rganish uchun, sport bilan shug‘ullanish uchun videolar tomosha qilish shart emas. O‘zingiz ham bilasiz. Virtual dunyodagi foydali suhbatlar, gaplar insonlarga yo‘riqnoma bo‘lib ulgurdi. Kishi anglang oladi: nima to‘g‘ri-noto‘g‘riligini. Foydali videolar iste'moli aniq qarorlar qilishga to‘sqinlik qiladi. Bir kunda 30 ta foydali video ko‘ring - o‘zgarmaysiz. 30 kun o‘zingiz bilan qat'iy gaplashing - qaytib eski holatga qaytmaysiz. Qalb xotirjam bo‘lmaguncha kurashadi, miyya ming xil tajribani hech qachon ko‘tara olmaydi. O‘zingizga o‘zingiz sizni tezroq o‘zgartirishga yordam beradi. Mega kontentlar davri boshlanib bo‘ldi. Va bu juda ham xavfli. @srsobirov
Hammasini ko'rsatish...
Toshkentni eslab Eng ko‘p qadrdonlarim bilan Toshkentda tanishganman. Eng yorqin xotiralar ham Toshkentda bo‘ldi. Birinchi oyligimni ham poytaxtda ishlab topganman. Talabalik yillarimni kulib eslayman. Ayniqsa, yotoqxonadagi yigitlarga osh qilib beraman deb har xil mahallalarga kirib "qozon-o‘choq" berib turing deb yurganlarim rosa qiziqarli bo‘lgan. Turli tadbirlarda, grantlarda yutganimda onamga xabar bersam, o‘sha kuni kayfiyatim a'lo bo‘lib yurardi. O‘sha erishilgan yutuqlar hozir uyda turibdi: ochib qaramayman ham. Lekin xotiralar har kuni "tekshiriladi"- yaxshi bo‘lganligi uchun! Birinchi $2000 imni ham Toshkentda topdim. U ham bo‘lsa, o‘zimning qadrdon hobbiyim - YouTube sabab. Toshkent doim qadrdon bo‘lib qolaveradi; shunchaki tarbiyalaydi. Hozircha faqat biror ish bilan borsam kerak. Kelajakda nasib qilsa, yana borarman ma'lum bir muddatga. Havosi ham bir kun kelib yaxshilanib qolar nasib qilsa. @srsobirov
Hammasini ko'rsatish...
🔥 17
Juda og‘ir mavzu Lekin akam tomonidan sodda va aniq jumlalar bilan tushuntirilgan. Men keyinroq fikr bildiraman. Bu videoni ko‘pchilik ko‘rishi kerak. Agar shaxsiy blogingiz bo‘lsa, ulashib qo‘ysangiz, ba'zi odamlar ko‘rib, to‘g‘ri xulosa chiqarib, farzandini o‘qishi uchun harakat qilsa, shundan xursand bo‘lar edik.
Millionlarni yonib ketadigan materiallarga sarflashdan ko‘ra butun umri davomida foyda keltiradigan ilmga sarflash eng to‘g‘ri yo‘l emasmi?
Bugun 19:45 da premyera bo‘ladi. Fikringizni bildirib ketarsiz. Akamdan birinchi bo‘lib kutaman ) https://youtu.be/vyzMo5nJJp0?si=5Vng-jGmlw7pExCF @srsobirov
Hammasini ko'rsatish...
QIZ BOLA 20 GA KIRSA, VAHIMA BOSHLANADI...

Qiz farzandga hali maktabni bitirmasidan oldin sep yig‘ishni boshlash biz o‘zbeklarning eng katta xatolaridan biri deb hisoblayman. Qizining ta'lim olishi uchun investitsiya qilishga yaramaydi, lekin bozorga borib eng qimmat materiallarni olishga usta. Albatta, bu hamma oilalarga ham tegishli emas. 18 kirishi bilan, to‘yga harakatni boshlaydi. O‘ylaydiki, agar 20 yoshgacha turmushga bermasa, ''o‘tirib qoladi'' yoki ''er kelmay qoladi''. Bu o‘rinda yagona qaror faqat otalarda bo‘lishi kerak. Otalargina qizlarining kelajagi uchun harakat qilishi mumkin. ''Tezroq uzating'' deydigan amma-xolalarning, mahallaning gapiga umuman e'tibor bermasdan faqat qiz farzandlarning kelajagi uchun investitsiya qilish kerak, ularni ilmga, kitob o‘qishga undash kerak. Albatta, bu gaplar hammaga ham to‘g‘ri kelmaydi. Lekin juda ko‘p qishloqdagi oilalar aynan mana shunday muammolar ichida yashaydi. Qizni o‘qitish degani uni erkin qo‘yish degani ham emas ) O‘z fikringizni bildiring, videoni ko‘pchilikka yetib borishiga o‘z hissangizni qo‘shing. Bizni kuzatib boring:

https://t.me/talabapodcast

https://youtube.com/@talabapodcast

https://instagram.com/talabapodcast

O‘tkirbek Sobirov blogi:

https://t.me/srsobirov

🔥 27
Vizalar haqida videolar boshlamoqchiman. Birinchi o‘rinda Shengen vizasini hech qanday agentliklarsiz olish haqida video bo‘ladi. Vizalar bo‘yicha yangi rubrikamiz shu yerda boshlanadi: https://youtube.com/@talabapodcast @srsobirov
Hammasini ko'rsatish...
🔥 27