cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

Reklama postlari
4 525
Obunachilar
-1024 soatlar
-47 kunlar
+1130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Hammasini ko'rsatish...
😁 17 4👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Avvallari ish uchun CV jo'natganimda, ariza yozganimda yoki turli grantlarga hujjat jo'natganimda meni qabul qilmaganda hech qachon o'zimdan ayb qidirmas ekanman. "Men mukammalman, mana shuncha ish qilib qo'ydim, bilimim bor, ular o'zi ahmoq meni qadrimni bilmadi. Shundoq zo'r kadrdan quruq qoldi" deb xullas meni rad etganlarni ayblardim. Endi hozirgi aqlim bilan o'sha paytda aslida CV professional bo'lmaganini, intervyuda o'zimni to'gri tutmaganimni, o'zimni eng yaxshi variantimni ko'rsatib berolmaganimni bilyapman. Mana endi deyarli hamma topshirgan hujjatimga "ha" javobi keladi va endi men tanlayapman ish joyini. Vaqt o'tgan sari xatolaringni anglab yetish yaxshi narsa... Kanalda biror kun ishga topshirish sirlarini bo'lishaman😁
Hammasini ko'rsatish...
👍 64 12❤‍🔥 10🔥 7💯 4
Photo unavailableShow in Telegram
Yam yashil Koreyadan hammaga anyonghaseyooo 🤓 Hozir bitta kaaaatta muammo bilan kurashyapman, shunga kanalda kamnamoman. Imronbekni o'qishim sababli 3 kun boshqa odamda qoldirdim va shu 3 kun tinnnmay telefon ko'ribdi😭 Men deyarli hecham telefon ko'rsatmaganman. Uxlashida, ishtahasida, xarakterida muammo sezmasdim. Lekin shu 3 kunda juddayam injiq bo'lib qoldi😭😭😭 Xullas, yana rejimga qaytish bilan ovoramiz. Telefon bolaga qanchalik zarar ekanligini bilasizmi? Bolangizga yoki jiyaningizga telefon qo'yib bergan misiz? Telefondan qanday qutulish mumkin deb o'ylaysiz?
Hammasini ko'rsatish...
44👍 17🔥 6💯 6
APT metodi haqida bilasizmi? Instagramga shu haqida post qoʻydim. Foydali boʻladi, kirib koʻrib fikringizni qoldirib keting)
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 12🆒 2
Kecha kechki payt ovqatlanayotganda tiqilib qoldim. Umrimda birinchi marta bunaqa bo'lishi. 30 sekunddayoq miyamga kislorod yetib bormaganidan ratsional fikrlolmaydigan, gapirolmaydigan holatga tushib qoldim. Oilachamiz a'zolari ham nima bo'lganini tushunmay, yordam qilisholmadi. Yana 10 sekundda boshim judayam o'g'riy boshladi va men o'lib qolyapman deb o'yladim😳😳😳 Shu paytda hayolimga "bolam nima bo'ladi, erim kimga qoladi, uyim, orzuyim, ishim, maqsadlarim" degan narsalar kelmadi. Shunchaki, yetarlicha yaxshi amallar qilmaganimni, har bir vaqtim uchun so'ralganimda bekor sarflanganlari ko'pligini o'yladim. Va yana 10 sekunddan keyin o'tib ketti... O'lim bilan qanchalar yonma-yon yashashimizni esladim. Hammasi sekundlar ichida hal bo'lishi mumkinligini o'yladim. Yoshligimda onam o'ng yelkamda yaxshi amallarimni yozadigan farishtalar, chap yelkamda yomon amallarimni yozadigan farishtalar borligini aytgandilar. "Alloh seni osmondan kuzatmaydi, qalbingdan nima o'tayotganiniyam biladi" degandilar. Men har doim O'ng yelkamdagi farishtalar ko'proq narsa yozishi uchun ko'proq yaxshi ishlar qilgim kelardi. Ko'p kitob o'qisam, birovni xafa qilmasam, yomon so'zalr aytmasam, salom bersam hammasini yozishdimikan, chalg'ib qolishmadimikan deb yelkalarimga qarab qo'yardim. Yomon ish qilsam, "eh endi yomonliklarim haqidagi kitob to'lib qoladi" deb siqilardim. O'lganimizdan so'ng har bir yaxshi va yomon amalimiz taroziga qo'yilishini qaysi biri og'ir chiqsa, Jannat yoki Jahannamga tushishimizni hal qilishini ko'p o'ylardim. Urishqoq, dilozor o'rtoqlarimni ko'rsam "Unga yelkasidagi farishtalar haqida aytishmaganmikin? " deb ko'p o'ylardim. Men doim hamma fikrimni va ishimni nazorat qilib o'zimni ancha tarbiyalagandim. Ammo vaqt o'tdi, katta hayotga kirdik. Endi sen hammani ko'ngliga qaraydigan, beminnat yaxshillik qiladigan bo'lsang odamlar ezishdi, samimiy muomalani tushunmaydiganlar, samimiylikni ayyorlikka yo'yishdi va bora bora "yaxshi amallarim ko'paysin" deydigan bolalardan "yomonlik kam qilsam bo'ldi" deydigan kattalarga aylandik. Kimlardir esa allaqachon yelkasidagi farishtalarni ham unutgan. Dunyoda yomonlar bilan tenglashaman deb OXIRATNI unutganlar ko'p. Yoshligida ota-onasi farishtalar haqida gapirmaganlar yoki unutganlar diqqatiga, sizni har bir harakatingiz, amalingiz, xatto fikrlaringizni ham ko'rguvchi bor. Vaqtingizni, umringizni kimlarga va nimalarga sarflaganingiz uchun javob berasiz hali. Shularni unutmang. Live life fullest❤️ @Sojida_Karimova
Hammasini ko'rsatish...
💯 92❤‍🔥 34👍 13🔥 7 5
Yangi ochilayotgan kursda sizga o'zgachaaa nimadir va'da qilmayman. Atigi 30 kunda umuman boshqa, ilmli, o'zingizga ishonch bilan gapiroladigan, hamma narsani biladigan odamga aylanib qolmaysiz. Darsda men beradigan ma'lumotlardan kerak bo'lsa 10, 100 barobar zo'rlarini You tubedan Native speakerlardan topa olasiz, agar qunt bilan qidirsangiz. Men shunchaki 30 kun O'ZINGIZ harakat qilsangiz, hamma topshiriqni bajarsangizgina o'zgarish bo'lishini, o'sishingizni va'da qila olaman xolos. Kursda nazorat qilamiz deyapmanu, lekin u nazorat ham oddiy telegramdan nazorat xolos.Telefoningizni yo'qotsangiz, internetni yoqmasangiz yoki telegramga kirmasangiz, u nazorat ham yo'q hisob. Baribir hammasi o'zingizga bog'liq ekanligini tushuning. Hech qachon ilm yo'li osonlik bilan bo'lmagan. Men 0 dan boshlab IELTS 7 gacha 2 yil umuman ish qilmasdan, birorta odamga qo'shilmasdan, normal uyqusiz, yotvolib o'qiganman. Kechasi 12, 1 gacha dars qilib, ertalabdan yana kursga ketardim. Uyda birortayam uy ishi qilmaganman. Kutubxonada hamma telefon o'ynab, bir-biri bilan likillab sevishib yurgandayam kitobdan boshimni ko'tarmasdan o'qiganimdayam 2 yil deganda 7 olganman. Siz 30 kunlikkina ONLINE KURSCHADAN buyuuuuk narsa kutmang. Nafaqat mani kursimdan, boshqa offline va online kurslardan ham toki o'zingiz mas'uliyatni olib o'qimaguningizcha hech narsa kutmang. IELTSdan 9 olgan expertlarni kursidayam qatnashib ko'rdim, online kurslarimga ideya olish uchun, o'zim nimadir o'rganish uchun qatnashdim. Lekin ulardayam "wooow" deydigan narsa yo'q. Faqatgina bergan topshiriqlarini, maslahatlarini o'z vaqtida qilsanggina, zo'r o'zgarish ko'rasan. Start controlling your life❤️ @Sojida_Karimova
Hammasini ko'rsatish...
👍 45🔥 14 11❤‍🔥 4🆒 3
Hammasini narxlarini e'lon qildim. Savollar bo'lsa qoldiring. Javob beraman❤️
Hammasini ko'rsatish...
👍 17❤‍🔥 4🔥 2🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
General English - Grammatikadan eng kerakli qoidalarni takrorlash; - Advanced grammar lessons; - Har kunlik yangi so’zlar (boshqa kursdagilardan ko’proq, chunki bu Vocabulary uchun kurs;) - Videodarslar; - Grammatik mashqlar uchun feedback; - Har kunlik topshiriqlar nazorati va feedbacklar; - 2 marta jonli dars; - Google quiz; - Asosiysi: Qattiq nazorat Davomiyligi: 30 kun Kimlar uchun: Grammatikadan muammosi bor, advanced grammarni bilmaydigan, Intermediate darajadan yuqorilar uchun; Narxi: 299 000
Hammasini ko'rsatish...
👍 9❤‍🔥 4 1🔥 1💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Master Speaking - Haftada 1 marta discussion club; - Haftada 1 marta MOCK test; - Kurs davomida 2 marta jonli dars; - Videodarslar; - Har kunlik topshiriqlar va ularning nazorati; - 2024-yilda tushadigan actual savollarga tayyorgarlik; - Har kunlik topshiriqlarga individual feedback; - Yangi so’zlar, idiomalar; - Speakingni o’stirish uchun metodlar; - Asosiysi: kurs davomida qattiq nazorat; Davomiyligi 30 kun Kimlar uchun: Speaking darajasi 5+ lar uchun; Narxi: 299 000 Kursga yozilish uchun @Sojida_Teacher_Manager ga yozing. Darslar 26-Iyuldan
Hammasini ko'rsatish...
👍 10❤‍🔥 2 2🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Master Writing - Har bir essay turi bo’yicha video darslar; - 2 marta jonli dars; - Har kunlik yozma topshiriqlar; - Kurs davomida 50+ essay tekshirib, feedback beriladi; - Individual assistant o’qituvchi nazorati; - Kurs davomida qat’iy nazorat; - Yangi so’zlar bo’yicha Google quiz; - Insholar tahlili Davomiyligi: 30 kun IELTS Writingdan umuman xabari yo’qlar ham qatnashishi mumkin. Hammasi noldan boshlanadi. Kurs davomida Writing darajangizni +2 ga oshira olasiz; Narxi: 249 000 Kursga yozilish uchun @Sojida_Teacher_Manager ga yozing. Darslar 26-Iyuldan
Hammasini ko'rsatish...
👍 11🔥 4❤‍🔥 3 2
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.