cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

O'tkirbek Sobirov

🔴 TEDx Speaker | YouTuber - Master of International Education 🇺🇿 Jahongashta o'zbek o'g'loni

Больше
Рекламные посты
600
Подписчики
-124 часа
-67 дней
-1130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Ular o‘zgartirishmaydi Qaysi mavzularda kurs sotishni bilmay, "Hayotingizni tartiblashtirib beraman", "Siz o‘zingizni yo‘qotib qo‘ygansiz" deb odamlarni aldash odatga aylanib qoldi. "Shaxsiy rivojlanish" degan tushuncha shu darajada trendga chiqib ketdiki, odamlar o‘zlari bilan gaplashish o‘rniga o‘zlarini "hayot murabbiylar" deb biladiganlarga vaqtini, pulini, o‘zligini shundayligicha berib qo‘yishyapti. O‘zini hurmat qilgan odam hayotini aldamchi kurslarga bag‘ishlab, sarf qilib yubormaydi. Musulmon kishiga allaqachon hayot yo‘riqnomasi berilgan! Kurs sotadiganlar faqat boyib ketadi xolos, kurs sotib olsam hayotim yaxshilanadi deyayotganlar faqat vaqtinchalikka aldanib, keyin yana qulashda davom etishadi. Aldamchi falsafalarga ishonish yoshlikni isrof qilish bo‘ladi. @srsobirov
Показать все...
Uyga qaytganimga yarim yildan oshdi. Bu yil tugaguniga qadar 7-sinfdan boshlab to universitetni bitirgunimgacha sarflangan pullarni tiyin-tiyinigacha ishlab topmoqchiman nasib qilsa. Qishda, sovuqda topilgan pullarga o‘qiganman. Ta'lim uchun qilingan investitsiya bir kun qaytadi. @srsobirov
Показать все...
Ortga qaytib 11 yil musofirlikda yurib ta'lim oldim. Toshkentda o‘tgan hayotim eng ko‘p tajribalarga va hayot darslariga boy bo‘ldi. Qishloqqa qaytganimga yarim yilcha bo‘ldi. Oilam: onam, akam, singlillarim va jiyanim uchun qaytdim. Diplomni olib, endi chet elga ketsam, oilamni qachon ko‘raman degan savol tinchlik bermasdi. Saudiya Arabistoniga ishga taklif qilishdi bormadim: afsuslanmayman. Toshkentdagi ishimni tashlab keldim: yaxshilikka bo‘ldi. Ba'zilar "Sinibdi", "Toshkentga o‘rnasha olmabdi" degan gaplarni aytishadi. Motivatorlar esa "Komfort zonasiga tushib qolibdi " deb o‘ylashadi. Qaytdim. Chunki onamning xizmatida bo‘lishim kerak, duosini olishim kerak. Akamning ishlariga yordam berishim kerak: hech kimda yo‘q biznes-rejalari bor. Singlimning o‘qishi bor: o‘qitaman deb vada berganman. Yaxshi natijalar qilishi kerak: o‘zidan faxrlanishi kerak. Hammasini tashlab chet elga keta olmayman. Menda hammasi yaxshi. Uydaman: fikrlarni sayqallab turibman. Garchi qishloqdagi ma'naviy muhit menbop bo‘lmasa ham ularga e'tibor bermay yo‘lda davom etayapman. Qolganini YouTube'ga qaytganimda gaplashamiz. @srsobirov
Показать все...
Ulug‘ ayyom - Qurbon Hayiti bayramingiz muborak bo‘lsin! @srsobirov
Показать все...
Hozir bor - keyin yo‘q Talabalik paytlarimda kursdosh oshnalar, yotoqxonadagi aka-ukalar, xonadosh birodarlarim "O‘qishni tugatsak, yo‘q bo‘lib ketmaylik, bir-birimizdan xabar olib turamiz-a? Do‘stligimiz unutilib ketmasin! Har doim ko‘rishib turamiz" deb aytishardi. Men ularga o‘qishni tugatgach hozirgiday mehr-oqibat bo‘lmasligini, hamma o‘zini yo‘lidan yurib, hatto xol-ahvoli so‘ragani ham vaqt topa olmasligini va hali oldimizdagi umrimizda yetarlicha muammolar va tashvishlar chiqib, o‘z vaqtida eng qadrli bo‘lib ulgurgan bu xotiralar faqat yodda saqlanishini, agar kimdir ulardan, umuman, xabar olmasa ham xafa bo‘lib yurmasliklarini tushuntirib chiqqandim. O‘qishni tugatganimga bir yil bo‘libdi. Universitetdagi birodarlarimdan faqat bir necha qadrdonlar yo‘qlab turishadi. Men ko‘pchiliklarini yo‘qlayman: ulgurganimcha. Hozir ko‘pchilik oila qurish bilan band. Kimdir chet elga ketadigan holatda. Yana boshqalar o‘z karyerasini boshlab olgan. Kimdir o‘z qishlog‘iga qaytgan. Bu yerda yana bir narsani aytaman: "Universitetdagi qadrdonlar, albatta, yana to‘planishadi, bir kun yana ko‘rishish nasib qiladi. Talabalik paytlarini eslab kulishadi. Ayni vaqtlarda oilali bo‘lib, moliyaviy holatini yaxshilab olish barcha yigitlarning maqsadi. Hali hamma bir-birini izlab qoladi. Odam odamga kerak bo‘ladi. Talabalik yillarimni qiziqarli va sarguzashtlarga boy o‘tishida sababchi bo‘lgan birodarlarim doimo sog‘-omon bo‘lsin! @srsobirov
Показать все...
Yoshligingdan qilsang odat qariguncha o‘rganursan, Qarigangda qilsang odat o‘rganguncha ko‘milursan! @srsobirov
Показать все...
Мактуб Салом акажоним Рустам ака. Саломатчиликлариз жойидами. Болалар ҳаммаси тинчми. Умида опам хам яхшими. Жўжа катта бўлиб қолгандир. Карамди хам тугатгандирсиз. Ҳа яхши. Ўзингиз тинч юрсангиз ҳаммаси бўлади. Сардорбек ука қолесан, яхши юрибсанми. Уйдаги ишлардан чарчамаяпсанми. Ҳа ука чидагин ҳаммаси зўр бўлади. Сардор яхши ўқигин ва хар куни тринирофка қилгин ўзинга фойда. Худо хохласа сени ҳам хизматга жўнатаман. Хизмат зўр ука, кайф. Хозирдан шу нарсаларга тайёргарлик кўрсанг қийналмайсан. Сенга гапим шу. Бўпти ука хайр. Ўткирбек ука яхшимисан. Тинч юрипсанми. Ха ука айтган нарсанг эсимда. Баҳорда май ойларида ўзим билан обораман. Хўппи ука. Рустам ака энди мен айтсам. Карантинда ҳаво алмашиб жиндай бошида қийналувдим. Ҳозир 1-постда хизмат қилаяпман. Бу ерда хамма нарса етарли. Спорт тренажорлари, бокс, футбол ва бошқа нарсалар билан шуғулланаяпмиз. Эрталабда, кечки пайт. Мастеримиз Ховаслик Одил ака. Ўзи руқапашник. Қўлидан келган барча нарсаларни ўргатяпти. Ахволим яхши, зўр уйдагиларга салом айтинг тинчман. Аммо оғир тошларни умуман кўтарганим ёқ. Рустам ака, бундан хижолат бўлманг. Бўпти хайр. 7.06.06
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Menga o‘xshaydigan bolani topsangiz, dadamni topgan bo‘lasiz. Dadamning 15 yoshdagi vinetkasi. Haqiqiy sodda bolalik: telefonlarsiz, virtual hayotsiz. Faqat real hayotda yashagan bolalar hayoti. Motivatsiya, shaxsiy rivojlanish kabi so‘zlar ishlatilmagan bolalik! @srsobirov
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Menga o‘xshaydigan bolani topsangiz, dadamni topgan bo‘lasiz. Dadamning 15 yoshdagi vinetkasi. Haqiqiy sodda bolalik: telefonlarsiz, virtual hayotsiz. Faqat real hayotda yashagan bolalar hayoti. Motivatsiya, shaxsiy rivojlanish kabi so‘zlar ishlatilmagan bolalik! @srsobirov
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Fonida etni titratadigan yoki motiv beradigan musiqa ostida ishlangan har qanday video insonni bir necha soniyalarga osmonga olib chiqib qo‘yadi va birdaniga yerga "irg‘itadi". @srsobirov
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.