📚CHDPU Akademik litseyi
Kanalga Telegram’da o‘tish
Chirchiq Davlat pedagogika universiteti Akademik litseyi rasmiy kanali 📞 Matbuot xizmati: +998 (70) 716-57-41 ✉️ E-mail: chdpial@inbox.uz 📲Facebook: www.fb.com/chdpial 🌎 Rasmiy sayt: www.chdpial.uz Taklif va mulohazalar: @Orifjon86
Ko'proq ko'rsatish878
Obunachilar
-324 soatlar
-217 kun
-8130 kun
Postlar arxiv
Repost from MARKAZ XABARLARI
+1
♟G‘ALABAAAAAAAAAAA!!!!
🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🇮🇳Hindiston ustidan g‘alaba qozondi va Shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadam bo‘lib oldi!
Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov hamda Shamsiddin Vohidov durang o‘z partiyalarida o‘ynadi. Barchasi Nodirbek Yakubbayev hamda Nihol Sarin o‘rtasidagi jangda hal bo‘ldi. Qiyin vaziyatda qolgan Nodirbek raqibiga tuzoq qo‘ydi va g‘alabani ilib ketdi! Nodirbek — qahramon!!!
Repost from Segment.uz
Самарқандда ўтаётган 46-Бутунжаҳон шахмат олимпиадасида Ўзбекистон терма жамоаси Ҳиндистон устидан 2,5:1,5 ҳисобида ғалаба қозонди.
Нодирбек Абдусатторов, Жавоҳир Синдаров ва Шамсиддин Воҳидов ўз партияларини дуранг билан якунлади. Учрашув тақдири Нодирбек Якуббаев ва Ниҳал Сарин ўртасидаги партияда ҳал бўлди.
Мураккаб вазиятда Якуббаев рақибига тузоқ қўйиб, ғалабани илиб кетди ва Ўзбекистонга ҳал қилувчи очкони олиб келди.
Telegram | Instagram | Facebook
Repost from Ta'lim nazorati
⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish nega tez yopilmoqda?
So‘nggi kunlarda milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish ayrim hududlarda qisqa vaqt ichida yopilib qolgani yuzasidan murojaatlar ko‘paydi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi ushbu holatga munosabat bildirib, imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tish endilikda har bir hudud uchun belgilangan o‘tirish o‘rinlari sonidan kelib chiqib amalga oshirilishini ma’lum qildi.
Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan joriy etilgan.
Qarorga ko‘ra:
“Test sinovini o‘tkazish joyi, muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni va sanasi Agentlik tomonidan belgilanadi hamda Agentlikning rasmiy veb-sayti va YIDXP orqali e’lon qilinadi. Bunda talabgorlar muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soniga muvofiq YIDXP orqali ro‘yxatga olinadi”.Bu nimani anglatadi? Sodda qilib aytganda, milliy sertifikat imtihoniga ro‘yxatdan o‘tishda faqat ariza topshirishning oxirgi muddati emas, balki hudud uchun ajratilgan joylar soni ham ahamiyatga ega. Masalan, muayyan viloyat yoki shaharda imtihon uchun ajratilgan barcha o‘rinlar band bo‘lsa, umumiy ro‘yxatdan o‘tish muddati hali tugamagan bo‘lsa ham, o‘sha hudud bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish yopilishi mumkin. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning ikkinchi yarmi uchun: sentyabrda — 125 753 ta; oktyabrda — 129 535 ta; noyabrda — 112 335 ta; dekabrda — 128 680 ta; jami 496 303 ta o‘tirish o‘rni belgilangan. Shuningdek, milliy sertifikat imtihonlari soni ham oshirilmoqda. 2026-yil sentyabr–dekabr oylarida matematika, kimyo, geografiya, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan ikki martadan, huquqshunoslik fanidan esa bir marta — jami 15 ta imtihon o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Taqqoslash uchun, 2025-yilning sentyabr–dekabr oylarida jami 11 ta imtihon o‘tkazilgan va ularda 255 217 nafar talabgor ishtirok etgan. Agentlikning ta’kidlashicha, hududlar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari sonining belgilanishi talabgorlar ishtirokini cheklashga qaratilmagan. Bunday tartib imtihonlarni mavjud bino, texnik vositalar, xodimlar va nazorat imkoniyatlaridan kelib chiqib sifatli tashkil etish, hududlar bo‘yicha yuklamani taqsimlash hamda natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilish uchun joriy etilgan. Demak, milliy sertifikat imtihoniga kirishni rejalashtirayotgan talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishni oxirgi kunlarga qoldirmasligi maqsadga muvofiq. Chunki tanlangan hududdagi o‘rinlar avvalroq to‘lib qolishi mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Repost from Ta'lim nazorati
#Rasmiy_munosabat
❗️Milliy sertifikat imtihonlariga muayyan hudud boʻyicha oʻtirish oʻrinlari soniga ro'yxatga olinadi
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sertifikatlash tizimidagi imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar yuzasidan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Ma’lumki, sertifikat imtihonlariga tashkiliy jihatdan sifatli, benuqson tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazishda adolat, shaffoflik va talabgorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish, natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining-2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Aynan mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, test sinovlarini o‘tkazish joyi, muayyan hududlar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni hamda imtihon sanalari belgilanadi.
Shundan kelib chiqqan holda 2026-yilning ikkinchi yarmi uchun, ya’ni sentyabr oyida 125 753 ta, oktyabr oyida 129 535 ta, noyabr oyida 112 335 ta va dekabr oyida 128 680 ta, jami 496 303 ta o‘tirish o‘rni belgilangan.
Shu bilan birga, milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish davriyligi ham-oshirilmoqda. Xususan, 2026-yil sentyabr-dekabr oylarida matematika, kimyo, geografiya, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan 2 martadan, huquqshunoslik fanidan 1 marta, jami 15 ta imtihon o‘tkazilishi rejalashtirilgan (2025-yil-sentyabr-dekabr-oylarida jami 11 ta imtihon o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 255 217 nafar talabgor ishtirok etgan).
Hududlar kesimida o‘tirish o‘rinlarini belgilash talabgorlarning imtihonda ishtirok etishini cheklash, to‘lovlarni kamaytirish yoki yuqori natija ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan talabgorlar sonini sun’iy ravishda qisqartirish maqsadini ko‘zlamaydi. Mazkur tartibning maqsadi mavjud infratuzilma, texnik vositalar, xodimlar va nazorat resurslaridan oqilona foydalangan holda imtihonlarni barqaror va sifatli tashkil etish, hududlar bo‘yicha yuklamani maqbul taqsimlash hamda natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlashdan iboratdir.
Bilim va malakalarni baholash agentligi
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
O'quvchilarga tavsiya etiluvchi motivatsion soʻzlar.
1.Bilim olish azob deb o'ylaysanmi?
Yoʻq, u vaqtinchalikdir,bilmaslik azobi esa - bir umrlikdir.
2.Hayot bu faqat bilim olish degani emas,ammo,lekin,biroq agar sen hayotning shu qismidan ham oʻta olmasang va nolisang,unda savol tugʻiladi: Sen o'zi nimaga qodirsan ?!
3.Vaqt to'htamaydi,uni to'htatishga ham urinma,faqat undan unumli foydalanishga o'rgan.
4.Sening maoshing hajmi bu sening bilimingga nisbatan proporsionaldir.
5.Zoʻr gʻayrat va shijoat yigʻindisi bu rohatdir !
🖥 Windows 1.0 dan 11 gacha
#windows #texnologiya
🫡 @it_ishkal — Har qanday muammoning yechimi
Repost from Alisher Sadullaev
+2
Samarqandda shaxmat afsonasini qarshi oldik
Jahon shaxmatining zabardast vakili, sobiq jahon chempioni va FIDE faoliyatida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan Vishvanatan Anand Samarqandda.
Bu nom bir necha avlod shaxmatchilariga ta’sir ko‘rsatgan, zamonaviy shaxmat taraqqiyotida alohida o‘rin tutadigan voqelik.
Ularni Samarqandda, FIDE 46-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasi doirasida kutib olishning o‘zi ushbu musobaqaning nufuzi, ko‘lami va ahamiyatini ko‘rsatadi.
Samarqanddagi Olimpiada yosh shaxmatchilarimiz uchun jahonning eng kuchlilarini yaqindan ko‘rish, ularning tajribasidan o‘rganish va yangi marralarni ko‘zlash uchun ham muhim imkoniyat.
Xush kelibsiz, Vishvanatan Anand!
@alisher_sadullaev
Repost from Alisher Sadullaev
Yurtboshimizning 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi qatnashchilariga tabrigi
@alisher_sadullaev
Repost from Times.uz
🇺🇿🇰🇷 “Бир дақиқа ҳам вақтингизни бекорга ўтказманг. 5 йил, 10–15 йил ўтади. Ўзбекистонни ким бошқаради? Сизлар”— Шавкат Мирзиёев Кореядаги ватандошлар билан суҳбатда. @times_officialuz
Repost from Edu.uz
“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” — maxsus infografiklar to‘plami“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan maxsus infografiklar to‘plami keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. To‘plam ma’ruzaning asosiy mazmun-mohiyatini, ustuvor g‘oyalari va tashabbuslarini tushunarli hamda ko‘rgazmali shaklda yetkazishga qaratilgan. Unda mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan muhim natijalar, asosiy ko‘rsatkichlar va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari, shu jumladan, yetti milliy dasturning mazmuni infografikalar orqali yoritib berilgan. To‘plamdan taqdimotlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’rifiy tadbirlarda ko‘rgazmali material sifatida foydalanish mumkin. U ma’ruzada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni izchil tushuntirishda qulay manba bo‘lib xizmat qiladi. To‘plam bilan tanishing va taqdimotlaringizda foydalaning! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from CHDPU | Rasmiy kanal
+2
Akkreditatsiya va ta’lim sifatini ta’minlashning xalqaro tajribasi muhokama qilinmoqda
Ayni vaqtda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusida xalqaro tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Chirchiq davlat pedagogika universiteti vakillari, oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, Germaniya, Buyuk Britaniya va Malayziyaning qator ekspertlari ishtirok etmoqda.
⏩Tadbir davomida oliy ta’limda akkreditatsiyaning o‘rni, xalqaro tajriba hamda ta’lim sifatini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilinmoqda. Xususan, akkreditatsiyani ta’lim tashkilotining belgilangan talablarga muvofiqligini baholash vositasi sifatida emas, balki ta’lim muassasasining rivojlanishi, natijadorligini oshirish va ta’lim sifatini doimiy takomillashtirishga xizmat qiluvchi muhim mexanizm sifatida takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.📷Universitet Axborot xizmati
❗️ Senat alifboda to‘rtta harfni o‘zgartirishni ma’qulladi
Bugun Oliy Majlis Senati lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirish kiritishga oid qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, alifbo 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi.
Amaldagi G‘ g‘, O‘ o‘, Sh sh, Ch ch harflari mos ravishda Ğ ğ, Ö ö, Ş ş, Ç ç shaklida yoziladi.
Senatorlar yangi alifbo “bir tovush — bir harf” tamoyiliga mos kelishi, shuningdek, kompyuter, smartfon, qidiruv tizimlari va raqamli texnologiyalarda o‘zbek tilidan foydalanishni qulaylashtirishini ta’kidladi.
Qonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifboda rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishiga to‘sqinlik qilinmaydi. Ayrim peshlavha, ko‘rsatkich va ramziy belgilar esa yaroqsiz holga kelguniga qadar foydalanilishi mumkin.
Qonun qabul qilingan kundan olti oy o‘tib kuchga kiradi.
Bizni kuzatib boring👇😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Repost from Fan olimpiadalari markazi | Rasmiy kanal
#Asosiy_olimpiada
#Maktab_bosqichi
ASOSIY OLIMPIADANING MAKTAB BOSQICHI BO'YICHA TAVSIYALAR!
📢 Sentabr oyi davomida Asosiy olimpiadaning maktab bosqichi Respublikamizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-10-11-sinf o‘quvchilari va akademik litsey hamda kasbiy ta'lim tashkilotlarining 1-2-bosqich oʻquvchilari o‘rtasida start oladi.
Agar maktab bosqichida:
➡️ olimpiada belgilangan tartibda o‘tkazilmasa;
➡️ adolatsizlik yoki xolislikka zid holatlar kuzatilsa;
➡️ nazorat materiallarining maxfiyligi buzilsa;
➡️ boshqa tartib-qoidabuzarliklar aniqlansa, ushbu holatlar bo‘yicha @Murojaat_FOM_bot Telegram boti orqali murojaat qilishingiz mumkin.
📼 Batafsil videolavhada.
Olimpiadada faol ishtirok eting!
✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube
DIQQAT!
CHDPU AKADEMIK LITSEYI DIREKTORIGA MUROJAAT!
Xabaringiz bor, CHDPU akademik litseyimizda barcha jamoa a’zolari oʻrtasida oʻzaro hurmat muhitini yaratish, o'quvchilarni oʻylantirayotgan muammolarni hal etish, ularning takliflarini chuqur oʻrganish, pedagog va ishchi xodimlarning faoliyatlari davomida uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish va jamoaviy muhit mustahkamligini yanada oshirish maqsadida oʻqituvchi-pedagoglar va o'quvchilarning Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi direktori Zakirov Doniyor Utkirovich bilan anonim tarzda online muloqoti tashkil etildi.
Marhamat! Sizda CHDPU akademik litseyi faoliyatiga doir taklif hamda e'tirozlar bo'lsa tog’ridan-to’g’ri CHDPU akademik litseyi direktoriga:
@ChdpialdirektorBot
manzili orqali xabar yo’llang!
Sizning fikringiz biz uchun juda muhim va biz Sizni qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz. Bu sotqinlik emas, bu jinoyat emas, bu yanada yaxshi bo‘lish uchun kichik bir qadam, bu Sizu-bizning kelajagimiz!
LEKIN, HAR QANDAY VAZIYATGA VIJDONAN BAHO BERIB, XOLIS VA ALBATTA TUHMATDAN YIROQ BO'LGAN HOLATDA FIKR BILDIRISHINGIZNI ILTIMOS QILAMIZ!
Repost from Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Bir yil. Bir maqsad. Sifatli ta’lim sari bir qadam
Bugun Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etilganiga 1 yil to‘ldi.
Bir yil — vaqt nuqtayi nazaridan qisqa davr. Ammo shu vaqt ichida ta’lim sifatini ta’minlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida qator muhim ishlar amalga oshirildi.
Raqamlashtirish, akkreditatsiya jarayonlarini takomillashtirish, ta’lim dasturlari sifatini baholash, bitiruvchilar natijalarini tahlil qilish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish — bularning barchasi sifatli ta’lim uchun yagona tizimni shakllantirish maqsadiga xizmat qilmoqda.
Bu bir yil — erishilgan natijalar sarhisobi emas, balki katta maqsadlar sari yo‘lning boshlanishi.
Oldimizda yana ko‘p vazifalar, yangi marralar va eng muhimi — ta’lim sifatini yanada oshirishdek katta maqsad turibdi.
1 yillik faoliyatimizning eng muhim lahzalarini videorolikda muhrladik.
Bir yil birga bo'lganingiz uchun rahmat!
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
🎓 Akademik litseyda o‘qiysizmi?
Unda EMIS aynan siz uchun!
⏱️ Dars jadvalini qidirib vaqt yo‘qotmaysiz;
📊 Davomatingizni real vaqtda kuzatasiz;
📱 Baholaringizni doimiy kuzatib borasiz;
✅Fanlardan topshiriqlarni tizim orqali olasiz;
🔔 Muhim yangiliklar va e’lonlardan ham birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lasiz;
📈 O‘qish jarayoningiz ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘lasiz.
✨Barchasi bitta tizimda — qulay va tez. EMIS bilan o‘qishni osonlashtiring!
⬇️ Google Play yoki App Store'dan yuklab oling.
Android | iOS
📱Telegram | 📱Instagram
