en
Feedback
📚CHDPU Akademik litseyi

📚CHDPU Akademik litseyi

Open in Telegram

Chirchiq Davlat pedagogika universiteti Akademik litseyi rasmiy kanali 📞 Matbuot xizmati: +998 (70) 716-57-41 ✉️ E-mail: chdpial@inbox.uz 📲Facebook: www.fb.com/chdpial 🌎 Rasmiy sayt: www.chdpial.uz Taklif va mulohazalar: @Orifjon86

Show more
923
Subscribers
-624 hours
-157 days
-7830 days
Posts Archive
Repost from TRM Metodik yordam
#Bolalar_xavfsizligi #Ogoh_bola #Raqamli_xavfsizlik 🌐 Internetdagi xavfsizlik qoidalari Internet — bilim olish, muloqot qilish va yangi narsalarni o‘rganish uchun katta imkoniyatlar yaratadigan qiziqarli olam. Biroq undan foydalanishda turli xavf va firibgarliklarga duch kelish mumkin. Internetdagi xavflarni tanish va shubhali vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutish muhim:
➖ Noma’lum ilovalarga ishonmang. Ilovani o‘rnatishdan oldin uning kim tomonidan yaratilgani, izohlari va boshqa foydalanuvchilar fikrlarini tekshirib ko‘ring. ➖ Kuchli paroldan foydalaning. Parolda ism, tug‘ilgan sana yoki oson topiladigan boshqa ma’lumotlardan foydalanmang. Turli akkauntlar uchun bir xil parolni ishlatmaslikka harakat qiling. ➖ Ikki bosqichli himoyani yoqing. Ushbu funksiya akkauntingizga begona shaxslarning kirishidan qo‘shimcha himoya qiladi. ➖ Login, parol va tasdiqlash kodlarini boshqalar bilan bo‘lishmang. Hatto tanish insonlardan kelgan so‘rovlarda ham bunday ma’lumotlarni yuborishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘ring.
📌 Internetda xavfsizlik faqat shubhali havolalardan saqlanish bilan cheklanmaydi. Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, akkauntlarni mustahkamlash va raqamli odatlarga e’tibor berish ham muhim. Oqilona foydalaning, ma’lumotlaringizni asrang va raqamli muhitda xavfsiz bo‘ling! © Taʼlimni rivojlantirish markazi Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika

#Ovozli_chat #Milliy_sertifikat 2026-yilning 2-yarmida chet tili va umumta'lim fanlaridan o‘tkaziladigan sertifikat imtihonlari bo‘yicha 2026-yil 4-sentyabr kuni o‘tkazilgan ovozli chatning audioyozuvi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi 📝 Oliy ta’lim ta
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov
Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi
📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi. 👨‍💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin. 📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

📅 2026-yil 3-sentabr kuni Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Yong‘indan ogohlik” oyligi doirasida y
+3
📅 2026-yil 3-sentabr kuni Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Yong‘indan ogohlik” oyligi doirasida yong‘inlar va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. 🤝 Uchrashuvda litseyning YOBIBD o‘rinbosari, CHQBT rahbari, shuningdek, Chirchiq shahar FVB Tezkor bo‘linma boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik J. Baxromov ishtirok etdi. 📌 Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga: 🔹 kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish; 🔹 mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish; 🔹 favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish; 🔹 birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish; 🔹 yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish; 🔹 yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularning salbiy oqibatlari haqida zarur tushuncha va tavsiyalar berildi. ✅ Bunday targ‘ibot-tashviqot tadbirlari yoshlarning hayot xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidal

✅ Yangi o'quv yilining ilk kunidan o'quvchilar uchun akademik litsey o'qituvchilari tomonidan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻl
+4
✅ Yangi o'quv yilining ilk kunidan o'quvchilar uchun akademik litsey o'qituvchilari tomonidan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusidagi kelajak darslari o'tkazildi. O'quv jarayoni aniq dars rejalari asosida yuqori sa'viyada tashkil etilmoqda. @chdpial

2-sentabrdan Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyida 2026/2027 o'quv yiliga start berildi. ✅Chirchiq davla
+8
2-sentabrdan Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyida 2026/2027 o'quv yiliga start berildi. ✅Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik liseyida Respublikamiz mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi 2026-2027 o'quv yilining boshlanishiga bag'ishlangan "YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 1 va 2-bosqich o‘quvchilari, litsey jamoasi hamda ota-onalar ishtirok etishdi. Tadbirni akademik litsey direktori D.U.Zakirov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni bugungi bayram va Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi. O‘z navbatida o‘tgan o‘quv yilida yuqori natijalar bilan nufuzli oliy o‘quv yurtlariga kirgan bitiruvchilarining guruh rahbarlariga tashakkur bildirildi, hamda bu yilgi bitiruvchilarga ham katta ishonch bildirdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigi o'qib eshittirildi. @chdpial

Repost from Edu.uz
#qutlov Aziz yurtdoshlar! Jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🇺🇿 Oliy taʼlim, fan va innov
#qutlov Aziz yurtdoshlar! Jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🇺🇿 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi siz, aziz vatandoshlarimizni jonajon yurtimiz — O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi! Bu shonli sana — erkinlik va ozodlik, xalqimizning matonati, buyuk bunyodkorlik salohiyati hamda orzu-umidlarining yorqin timsolidir. Jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz ruhi hamisha baland, xonadonlaringizda tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, farovonlik va fayzu baraka bardavom bo‘lsin! Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringizda ulkan zafarlar, yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilaymiz! Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch va xalqimiz farovon bo‘lsin! 🇺🇿 Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabri
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigi
Aziz farzandlarim! Qadrli ustoz va murabbiylar! Hurmatli ota-onalar! Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman. Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman. Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin! Hurmatli bayram ishtirokchilari! Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli Yangi O‘zbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Ana shunday muhitda ulg‘ayib, kamolga yetayotgan, o‘qish, kasbiy ta’lim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan o‘g‘il-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir. Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini ko‘ramiz. Ularning har birini gurkirab o‘sadigan azim daraxt, yorug‘ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalash – muqaddas vazifamizdir. Hech shubhasiz, bunday ulug‘ maqsadlarga yetishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bag‘ridan katta hayotga yo‘llanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilg‘or mutaxassislarni jalb etamiz. Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Go‘zal yoshlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, g‘oya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil o‘rganing. Izlanish va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuyg‘ulari bilan yashang! Shu yo‘lda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin do‘st va maslahatchi deb biling! Sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlab, har bir o‘quv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bo‘lishini tilayman. Bilimlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz farzandlarim!   Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Старт нового учебного года! 💥 Дорогие учащиеся, администрация академического лицея поздравляет вас с новым 2026-2027 учебным годом. ❗️Просим учащихся 2 курса и поступивших на 1 курс подойти на занятия 2 сентября не позднее 8:15. Явка в лицей только в установленном порядке (белый верх, черный низ) с соблюдением этических норм внешнего вида и с наличием учебных принадлежностей. @chdpial

#o‘quv_jarayoni 📢Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi 1-2-bosqich o‘quvchilari diqqatiga! 🔰 Chirchiq da
#o‘quv_jarayoni 📢Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi 1-2-bosqich o‘quvchilari diqqatiga! 🔰 Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyida 2026/2027-oʻquv yili 2-sentyabrdan boshlanadi. ✅ Shu sababli belgilangan muddatlarda, o‘quvchi imidjiga mos ko‘rinishda akademik litseyga tashrif buyurishingiz lozim ekanligini eslatib o‘tamiz! 💠 Akademik litseyda dars jarayonlari 1 smenada tashkil etiladi. ❗️ 2-sentabr kuni soat 8:15 da CHDPU akademik litseyiga yetib kelishingiz kerak. 📍Manzil: Chirchiq shahar, Sh.Rashidov ko’chasi 24-uy. (Mo’ljal: Chirchiq dehqon bozori, Indenim savdo markazi). Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi lokatsiyasi ustiga bosing va manzilini bilib oling. @chdpial

#mustaqillik #35yil Bayram shukuhi: Nurafshon osmonida bayramona mushaklar Nurafshon shahridagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida O
+9
#mustaqillik #35yil Bayram shukuhi: Nurafshon osmonida bayramona mushaklar Nurafshon shahridagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram marosimi o‘zining eng yorqin va ta’sirchan lahzalari bilan yakunlandi. Vatan madhi, milliy san’atimiz va istiqlol tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan rang-barang konsert dasturi tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tantanada dronlar shousi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Musaffo osmonimizni bezagan mushakbozlik bayramga o‘ziga xos fayz va unutilmas zavq bag‘ishladi. Osmondagi rang-barang shu’lalar go‘yo xalqimizning ezgu orzu-niyatlari, ertangi kunga ishonchi va yurt kelajagiga bo‘lgan umidlarining yorqin timsoliga aylandi. Yashasin mustaqil O‘zbekiston! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram

#mustaqillik #35yil #onlayn_reportaj «Vatan taqdiri — barchamizni birlashtiradigan oliy qadriyat!» Tantanali marosimda Toshke
#mustaqillik #35yil #onlayn_reportaj «Vatan taqdiri — barchamizni birlashtiradigan oliy qadriyat!» Tantanali marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Viloyat hokimi o‘z tabrigida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar, aholi farovonligini oshirish borasidagi ishlar haqida to‘xtaldi. Shuningdek, Toshkent viloyatining iqtisodiy salohiyati ortib borayotgani, yangi investitsiya loyihalari, ish o‘rinlari, zamonaviy uy-joylar va obod mahallalar barpo etilayotgani, Nurafshon shahri yangi taraqqiyot markaziga aylanib borayotgani qayd etildi. Yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratilar ekan, ularni mustahkam bilim, zamonaviy kasb va tafakkurni egallashga, tadbirkorlikka intilishga, xorijiy tillarni o‘rganishga va o‘z salohiyatini Vatan taraqqiyotiga bag‘ishlashga da’vat etdi. «Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!» — deya tilak bildirdi viloyat hokimi. Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram

📢 DIQQAT, E’LON! 2026/2027-o‘quv yili Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyida o‘quv jarayonlari 2026-yil
📢 DIQQAT, E’LON! 2026/2027-o‘quv yili Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyida o‘quv jarayonlari 2026-yil 2-sentyabrdan boshlanadi. Shu munosabat bilan barcha o‘quvchilardan: 🔹 dars mashg‘ulotlariga belgilangan o‘quvchi formasida kelish; 🔹 soat 08:00 ga qadar akademik litsey binosida bo‘lish talab etiladi. 📌 2-sentyabr kuni guruh rahbarlari bilan tashkiliy uchrashuv hamda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkaziladi. Barcha o‘quvchilardan belgilangan vaqtga rioya qilish, tashqi ko‘rinish va kiyinish madaniyatiga amal qilish hamda tadbirda faol ishtirok etish so‘raladi. @chdpial

Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ o‘ttiz besh yillik bayrami katta iftixor va tantana bilan nishonlandi. — C огромной гордостью, торжественно отпраздновано 35-летие независимости нашей священной Родины. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezidentimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrla
Prezidentimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarurligini ta’kidladi.   Shu bois, ta’limga sifat va mazmun olib kirilib, muallimning obro‘-e’tibori tiklanmoqda, daromadi oshirib borilmoqda.   O‘tgan o‘n yilda aholi 8 millionga ko‘paygan sharoitda ham maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetkazildi. Maktablarda 1,5 million qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi.   Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar tashkil etilgani farzandlarimizga yetakchi xorijiy ta’lim maskanlaridan kam bo‘lmagan darajada chuqur bilim olish imkonini berdi. Yoshlarga xorijiy tillar va kasb-hunar o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratildi.   Oliygohlarda o‘qish uchun qulay sharoitlar kengayishi hisobiga talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi. Yoshlarda bilim olishga ishtiyoq kuchayib, ota-onalar uchun farzandini oliy ma’lumotli qilish faqat orzu emas, erishsa bo‘ladigan maqsadga aylandi.  
Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani – Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi. Bilimli qizlar – bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat deganidir,
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

Repost from Alisher Sadullaev
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.   Prezidentimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarurligini ta’kidladi.   Shu bois, ta’limga sifat va mazmun olib kirilib, muallimning obro‘-e’tibori tiklanmoqda, daromadi oshirib borilmoqda.   O‘tgan o‘n yilda aholi 8 millionga ko‘paygan sharoitda ham maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetkazildi. Maktablarda 1,5 million qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi.   Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar tashkil etilgani farzandlarimizga yetakchi xorijiy ta’lim maskanlaridan kam bo‘lmagan darajada chuqur bilim olish imkonini berdi. Yoshlarga xorijiy tillar va kasb-hunar o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratildi.   Oliygohlarda o‘qish uchun qulay sharoitlar kengayishi hisobiga talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi. Yoshlarda bilim olishga ishtiyoq kuchayib, ota-onalar uchun farzandini oliy ma’lumotli qilish faqat orzu emas, erishsa bo‘ladigan maqsadga aylandi.   – Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani – Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi. Bilimli qizlar – bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat deganidir, – dedi davlatimiz rahbari. @alisher_sadullaev

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomo
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling: — Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам: Telegram Youtube Facebook Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Chet tillaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Chet tilini bilish darajasini aniqla
Chet tillaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari avgust, sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi. 🧑‍💻 Bunda nemis va fransuz tillaridan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi (kompyuterda olinadi). 🆔 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 🧑‍💻 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Umumta'lim fanlarini bilish da
Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. 🆔 Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin. 🧑‍💻 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🤔 Super-kontrakt? Qaror qabul qilishga shoshilmang! 👍 Toshkent shahridagi Adju universiteti xalqaro ta’lim, xorijiy dasturlar va chet elda o‘qish imkoniyatlarini taklif etadi — bunda to‘lov narxi O‘zbekiston OTMlaridagi super-kontraktdan qariyb ikki baravar arzonroq bo‘lishi mumkin. ✅ Kelajagingiz uchun xalqaro imkoniyatlarni tanlang — Adjuni tanlang! 🌟 Batafsil: info.ajou.uz 📝 Hujjatlar admission.ajou.uz havolasi orqali topshiriladi. 📞 Murojaat uchun telefon: +998712086969 📆 Kirish imtihoni — 26-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. ➖➖➖ 🤔 Суперконтракт? Не спешите с решением! 👍 Университет Аджу в городе Ташкент предлагает международное образование, зарубежные программы и возможности обучения за границей — при этом стоимость может быть почти в два раза ниже суперконтракта в вузах Узбекистана. ✅ Выбирайте международные возможности для своего будущего — выбирайте Аджу! 🌟 Подробнее: info.ajou.uz 📝 Подача документов осуществляется по ссылке: admission.ajou.uz. 📞 Звоните: +998712086969 📆 Вступительный экзамен — 26 августа