Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali
Kanalga Telegram’da o‘tish
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati Murojaat uchun: t.me/ToshkentFVBB?direct:
Ko'proq ko'rsatish3 391
Obunachilar
+424 soatlar
+197 kun
+4430 kun
Postlar arxiv
+1
🔰 Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yong’in to‘g‘risida ma’lumot
Bugun, 29-sentyabr kuni soat 16:54 da Toshkent shahar Yashnobod tumani, Mahtumquli ko'chasida turar-joy majmuasining tagida joylashgan umumiy ovqatlanish joyining dudburonida yong’in chiqayotganligi bo‘yicha Toshkent shahar FVBB xabar kelib tushdi.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, yong’in soat 17:10 da o’chirildi.
Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo’q
⚠️ Toshkent shahar FVBB ogohlikga chaqiradi
Is gazidan ehtiyot bo‘ling
Boshqa yangiliklarni
✅ https://t.me/ToshkentFVBB
+7
Yakshanba — madaniy hordiq kuni
Bugun, 27-sentyabir kuni Toshkent shahar FVBB hududiy boshqarma, bo‘lim va tarkibiy tuzilmalarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ishtirokida “Yakshanba — madaniy hordiq kuni” doirasida kitobxonlik, tosh ko‘tarish, sport o‘yinlari, shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ostona”, “Vatan” va “Temur” badiiy filmlari namoyish etildi.Mazkur tadbirlar harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamoaviylik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
#Bu_qiziq
Favqulodda vaziyatlar vazirligi zamonaviy qutqaruv texnikalari bilan jihozlangan. Ushbu videolavhada yong‘in o‘chirish avtonarvonining imkoniyatlari va qanday vazifalarni bajarishi haqida ma'lumot berilgan.
—
#Это_интересно
МЧС оснащено современной спасательной техникой. В этом видеоролике мы вам расскажем о том, какие задачи способна выполнять пожарная автолестница.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
⚡️ Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining minbaridagi Saida Mirziyoyevaning nutqi xalqaro hamjamiyat va nufuzli anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida bo'ldi.
"Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor."https://t.me/Rasmiy_axborot_official
+5
HARBIY XIZMATCHILAR BILAN AMALIY MASHG‘ULOT O‘TKAZILDI
Bugun, 26-sentyabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining alohida topshirig‘iga asosan Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi 16-QQda harbiy xizmatchilar bilan Qurolli Kuchlarning Umumharbiy nizomlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilarga harbiycha salomlashish, safdan chiqish va safga qaytish, yakka tartibda hamda guruh tarkibida harakatlanish kabi saf tayyorgarligi elementlari amaliy tarzda o‘rgatildi. Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilarning saf intizomi, buyruqlarni to‘g‘ri va aniq bajarishi hamda xizmat davomida harbiy nizom talablariga qat’iy rioya etishiga alohida e’tibor qaratildi.Mazkur mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarning saf tayyorgarligi va intizomini mustahkamlash, xizmat vazifalarini belgilangan tartibda bajarish ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Repost from Rasmiy axborot
⚡ Muhammedaliga Prezident sovg‘asi va minnatdorlik maktubi topshirildi
Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammedali ismli bolaning samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan videosi ko‘pchilikning e’tiborini tortgan edi.
💬 Prezidentimiz bolaning murojaatini ko‘rib, uning samimiy tilaklaridan mamnun bo‘lganini bildirgan hamda Muhammedaliga minnatdorlik maktubini yo‘llagan.Bugun ushbu maktub hamda Prezident sovg‘alari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay O‘rinbayev Prezidentimizning samimiy maktubini o‘qib eshittirdi. 🎗 Shuningdek, Muhammedaliga, uning ota-onasi va tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga Prezident sovg‘alari topshirildi. Bolakayning tarbiyachisi Gulbahar Saparovaga esa Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumi qarori bilan «Vatan fidoyisi» ko‘krak nishoni berildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
+5
KITOB — MA’NAVIYAT MANBAI
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasida harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Ermetova Dilorom G‘anibayevna bosh boshqarmada tashkil etilgan kutubxonaga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish, harbiy xizmatchilarni mutolaaga keng jalb etish yuzasidan fikr almashildi.Shuningdek, tashrif buyurgan mutaxassis tomonidan kutubxonaga turli janrdagi badiiy va ma’rifiy kitoblar sovg‘a qilindi. Mazkur kitoblar harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Kitob — ma’naviyat manbai, tafakkur va kamolot kaliti!
+4
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov poytaxt metropolitenini yong‘in xavfsizligi nuqtai nazaridan ko‘zdan kechirdi
Bugun, 25-sentabr kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikramov poytaxt metropolitenining bir nechta bekatlarida bo‘ldi. Vazir metropoliten xodimlari bilan suhbatlashdi, transport faoliyati jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni yong‘in xavfsizligi nuqtai nazaridan tekshirdi. Toshkent metropolitenida yong‘in va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olishning eng zamonaviy va ishonchli tizimi mavjudligi qayd etildi.
—
Министр по чрезвычайным ситуациям генерал-майор Азизбек Икрамов осмотрел столичный метрополитен на предмет пожарной безопасности
Сегодня, 25 сентября глава МЧС Азизбек Икрамов побывал на нескольких станциях столичной подземки. Министр поговорил с персоналом метрополитена, проверил на предмет пожарной безопасности объекты, имеющие ключевое значение в процессе функционирования транспорта. Было отмечено, что в ташкентском метрополитене функционирует самая современная и надёжная система предупреждения пожаров и других видов ЧС.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
Repost from Rasmiy axborot
+4
💝 Saida Mirziyoyeva: O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – yosh avlod
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) rahbari Diene Keyta bilan uchrashdi.
Muloqotda demografik barqarorlikni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish va yosh avlod uchun keng imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
“O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – uning yosh avlodi”, - dedi Saida Mirziyoyeva.Ushbu salohiyat kelgusida demografik dividend manbaiga aylanishi uchun, avvalo, insonning, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga bugundan investitsiya kiritish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, demografik jarayonlarni uzoq muddatli va manzilli rejalashtirish maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotgani qayd etildi. Mamlakat kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo insonlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar bilan belgilanadi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Bugun, Chilonzor buyum bozorining (Ippodrom) bir nechta savdo bloklari elektr ta’minotidan uzildi. Mazkur obyektda Toshkent shahar FVBB mutaxassislari tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalarining bir qator qo‘pol buzilishlari aniqlangan bo‘lib, ular inson hayoti va salomatligiga xavf solishi mumkin. Bozorning elektr ta’minotidan qisman uzilishi sud qarori asosida amalga oshirildi. Aniqlangan barcha kamchiliklar bartaraf etilgach, savdo bloklarida elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
—
С сегодняшнего дня несколько торговых рядов Чиланзарского вещевого рынка (Ипподром) отключены от электропитания. На данном объекте специалисты ГУЧС города Ташкента выявили ряд грубейших нарушений правил пожарной безопасности, которые несут угрозу здоровью и жизни людей. Основанием для частичного отключения рынка от электропитания послужило решение суда. После того, как все недостатки будут устранены, электропитание на торговых рядах будет восстановлено.
“Bunday holatlarda tanish-bilishchilik qilish qonunga xilof bo‘lib, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.”
Agarda FVV tizimida korrupsion holatlarga guvoh bo’lsangiz 1109-ishonch raqamlariga xabar bering
👇 Obuna bo‘lishni unutmang
📱 @ToshkentFVBB
📱 Instagram
📱ToshkentFVBB.uz
+3
Bugun, 23-sentyabr kuni Sergeli tumani FVB tomonidan, “Missionerlik — O‘zbekiston tinchligi va barqarorligiga tahdid” mavzusida ma’naviyat darsi o‘tkazildi.
Unda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, hushyorlik va milliy qadriyatlarni asrash masalalari ta’kidlandi.
Tadbir doirasida ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati e’tirof etilgan Qahhorova Hafiza Murodovna nafaqaga kuzatildi. Hamkasblari unga ezgu tilaklar bildirishdi.
Tinchlikni asrash — barchamizning sharafli burchimiz!
Fidokorona xizmat esa — ehtirom va hurmatga munosibdir!
+9
HARBIY XIZMATCHILAR BILAN AMALIY MASHG‘ULOT O‘TKAZILDI
Bugun, 25-sentyabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining alohida topshirig‘iga asosan Chilonzor tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida harbiy xizmatchilar bilan Qurolli Kuchlarning Umumharbiy nizomlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida harbiy xizmatchilarga yakka tartibda va guruh tarkibida harakatlanish, tez-tez yurish, harbiycha salomlashish hamda safdan chiqish va safga qaytish kabi saf tayyorgarligi elementlari amaliy tarzda o‘rgatildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning saf intizomiga rioya qilishi, komandalarni to‘g‘ri va aniq bajarishi hamda xizmat davomida harbiy nizom talablariga qat’iy amal qilishi yuzasidan amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi.Mazkur mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarning saf tayyorgarligi va intizomini mustahkamlash, xizmat vazifalarini belgilangan tartibda bajarish ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
+9
MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT DARSI
Bugun, 25-sentyabr kuni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari, bo‘limlari va tarkibiy tuzilmalarida “Missionerlik - O'zbekiston tinchligi va barqarorligiga tahdid” mavzusida ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘tkazildi.
Tadbir davomida ommaviy madaniyatning jamiyat, ayniqsa, yoshlar dunyoqarashi va ma’naviy-axloqiy qarashlariga ta’siri, uning ijobiy va salbiy jihatlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va ma’naviy merosimizni asrab-avaylash, turli yot g‘oyalarga nisbatan sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Dars yakunida xodimlarda milliy g‘urur, ma’naviy immunitet, Vatanga sadoqat va yuksak axloqiy fazilatlarni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
+9
MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT DARSI
Bugun, 25-sentyabr kuni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari, bo‘limlari va tarkibiy tuzilmalarida “Missionerlik - O'zbekiston tinchligi va barqarorligiga tahdid” mavzusida ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘tkazildi.
Tadbir davomida ommaviy madaniyatning jamiyat, ayniqsa, yoshlar dunyoqarashi va ma’naviy-axloqiy qarashlariga ta’siri, uning ijobiy va salbiy jihatlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va ma’naviy merosimizni asrab-avaylash, turli yot g‘oyalarga nisbatan sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Dars yakunida xodimlarda milliy g‘urur, ma’naviy immunitet, Vatanga sadoqat va yuksak axloqiy fazilatlarni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
Repost from Saida Mirziyoyeva
Nyu-Yorkda “BlackRock” rahbariyati — kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, “Global Infrastructure Partners” raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Xatami bilan uchrashdik.
Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildik. “BlackRock” ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.
AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashdik.
O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda.
—
В Нью-Йорке встретилась с руководством BlackRock в лице Роберта Капито, президента компании, Томаса Донилона, вице-председателя, Адебайо Огунлеси, председателя и главного исполнительного директора Global Infrastructure Partners, и Чарльза Хатами, глобального руководителя Группы финансовых и стратегических инвесторов компании и руководителя по Ближнему Востоку.
Мы обсудили запуск Ташкентского международного финансового центра в 2027 году. BlackRock помогает с формированием концепции и структуры Центра.
На нашем совместном круглом столе с представителями деловых кругов Америки обсудили перспективы развития Узбекистана и региона на ближайшие десятилетия.
Узбекистан открывается для крупных качественных инвестиций.
Repost from Rasmiy axborot
+3
📌 O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda mamlakat oldida turgan yakuniy vazifalar mohokama qilindii.
Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi jarayon 2023 yildan boshlab yangi sur’at kasb etdi. Shu davrdan muzokaralar jadallashib, 2026 yil iyul holatiga ko‘ra, JSTga qo‘shilish bo‘yicha Ishchi guruhning 13 ta yig‘ilishi o‘tkazildi. Bugungi kunga qadar JSTga a’zo 35 davlat bilan bozorlarni ochish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar boshlangan bo‘lib, 33 ta davlat bilan muzokaralar yakunlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikning qariyb 200 ta hujjati JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirildi.
Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim,-deydi S.Mirziyoyeva.JSTga a’zolik — yangi imkoniyatlar sari yo‘l. Bu jarayon O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro savdo tizimiga yanada chuqur integratsiyalashuvi uchun muhim qadamdir. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Bektemir tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot
1 dona 1000 m3 sig‘imli (rezervuar) 12-15 p/m (pogona metrda) tashqi qoplamasi yongan
