Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali
Открыть в Telegram
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati Murojaat uchun: t.me/ToshkentFVBB?direct:
Больше3 468
Подписчики
+724 часа
-87 дней
+8030 дней
Архив постов
Toshkent shahar FVBB tomonidan hududiy boshqarma boʻlimlarining qutqaruv qismlarida yangi ishga kirgan harbiy xizmatchilar bilan boshlangʻich tayyorgarlik oʻquv kurslari tashkil etilmoqda.
Tafsilotlar lavhada.
👇 Obuna bo‘lishni unutmang
📱 @ToshkentFVBB
📱 Instagram
+6
BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK MASHG‘ULOTLARI
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xizmatga yangi qabul qilingan harbiy xizmatchilar uchun Favqulodda vaziyatlar akademiyasida belgilangan o‘quv dasturi asosida boshlang‘ich tayyorgarlik mashg‘ulotlari izchil tashkil etilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilarning nazariy bilimlari mustahkamlanib, amaliy ko‘nikmalari shakllantirilmoqda. Asosiy e’tibor ularning kasbiy mahoratini oshirish hamda kelgusida xizmat vazifalarini samarali va mas’uliyat bilan bajarishga tayyorlashga qaratilmoqda.
🔰 Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan yong‘in haqida rasmiy ma’lumot
Joriy yilning 24-oktabr kuni soat 01:33 da Toshkent shahar FVBBga Uchtepa tumani, Yusuf Sakkokiy ko‘chasida joylashgan turar-joy majmuasidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushdi.
Xabar asosida yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘inni soat 01:52 da bartaraf etishdi.
Yong‘in oqibatida xonadonning uy jihozlari zararlangan. Voqea joyida bir nafar fuqaroning jasadi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hodisa sabablari va boshqa tafsilotlarni aniqlash bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
+8
HARBIY XIZMATCHILAR BILAN JISMONIY MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILDI
Bugun, 23-oktyabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi harbiy xizmatchilari bilan kun tartibiga muvofiq jismoniy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida futbol, voleybol, tosh ko‘tarish hamda jismoniy chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashqlar bajarildi. Mazkur mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi va chidamliligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
+6
Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikramov Belarus Respublikasiga tashrif doirasida belaruslik hamkasbi Vadim Sinyavskiy bilan uchrashdi
Ikki mamlakat favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlari uchrashuv davomida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Tomonlar o‘zaro hamkorlik yildan-yilga mustahkamlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidladilar.Qisqa vaqt ichida kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyati, yoshlar bilan ishlash, yong‘in-qutqaruv sportini rivojlantirish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirildi. Batafsil...
—
Министр по чрезвычайным ситуациям Азизбек Икрамов провёл встречу со своим белорусским коллегой Вадимом Синявским в рамках поездки делегации МЧС Узбекистана в Республику Беларусь
Поприветствовав друг друга, главы спасательных ведомств двух стран приступили к обсуждению новых контуров сотрудничества в деле защиты населения и территорий от чрезвычайных ситуаций. С особым удовлетворением стороны отметили, что взаимодействие из года в год только укрепляется. За короткий период времени реализовано множество совместных проектов в деле подготовки кадров, научно-исследовательской деятельности, работе с молодёжью, развития пожарно-спасательного спорта и другим приоритетным направлениям. Подробно...
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
Bektemir tumanida bir xonadonning xavfsizligi ta’minlandi.
Tafsilotlar lavhada
👇 Obuna bo‘lishni unutmang
📱 @ToshkentFVBB
📱 Instagram
📱ToshkentFVBB.uz
+4
YANGI ISHGA QABUL QILINGAN HARBIY XIZMATCHILAR BILAN O‘QUV MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILMOQDA
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarma va bo‘limlarning qutqaruv qismlarida yangi ishga qabul qilingan harbiy xizmatchilar uchun boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.
Tasdiqlangan o‘quv jadvali asosida bosh boshqarma mas’ul xodimlari tomonidan harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish, shuningdek, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlar olib borilmoqda.Mazkur o‘quv kurslari harbiy xizmatchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, xizmat vazifalarini samarali bajarish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
+9
MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT DARSI
Bugun, 23-oktyabr kuni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining hududiy boshqarma, bo‘lim va tarkibiy tuzilmalarida “Favqulodda vaziyatlar vazirligida amalga oshirilgan islohotlar va rivojlanishning yangi bosqichga ko‘tarilishi” mavzusida ma’naviyat va ma’rifat darslari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarda vazirlik tizimidagi islohotlar, soha rivoji va aholi xavfsizligini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar yoritildi. Dars yakunida harbiy xizmatchilarning kasbiy mahorati, Vatanga sadoqati va xizmat burchiga mas’uliyatini yanada oshirish muhimligi ta’kidlandi
Belgilangan rejaga ko‘ra favqulotda vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlash hamda jabrlanganlarga tez yordam ko‘rsatish, moddiy boyliklarni saqlab qolish bo‘yicha ishchi xodimlarning tezkor va to‘g‘ri harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi taktik mashg‘ulotlar “Bo‘zsuv” inshootida o‘tkazildi.
Unda uchta holat — yong‘in yuzaga kelganda, zilzila vaqtida hamda inshoot hududiga noqonuniy kirishga urinishlar bo‘lganda ko‘riladigan choralar bo‘yicha xodimlarning shayligi yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.
Tadbir favqulotda vaziyatlar hamda sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Instagram | Facebook|Website | Cabinet | Chat|YouTube
BRIFING
“ISITISH MAVSUMINI XAVFSIZ BOSHLAYLIK”
Bugun Uchtepa tumani hokimligida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan 2026-yil 1–31-oktabr kunlari Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Isitish mavsumini xavfsiz boshlaylik” oyligi doirasida brifing tashkil etildi.
Kuz-qish mavsumida aholining gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji ortishi munosabati bilan oylik davomida favqulodda vaziyatlar, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan fuqarolardan xonadonlardagi mo‘rikonlarni muntazam tozalash, isitish moslamalarining sozligini tekshirish hamda nosoz va nostandart, qo‘lbola isitish qurilmalaridan foydalanmaslik so‘raladi.
Uchtepa tumani aholisi va mehmonlarini mazkur oylikda faol ishtirok etishga chaqiramiz.
Unutmang! Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish orqali o‘zingiz va yaqinlaringiz hayoti hamda mol-mulkini asrab qolasiz.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
🌍 Web-site 📱 telegram 📱 facebook 📸 instagram 📹 youtube
+9
Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni
Bugun. 22-oktabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi hududiy boshqarma, bo‘lim va tarkibiy tuzilmalarida “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminarda xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish, korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarning profilaktikasi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish va xizmat transport vositalaridan xavfsiz foydalanish yuzasidan tushuntirishlar berildi.Tadbir yakunida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, xizmat intizomini mustahkamlash va sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Repost from N/a
+9
Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni
Bugun. 22-oktabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi hududiy boshqarma, bo‘lim va tarkibiy tuzilmalarida “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminarda xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish, korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarning profilaktikasi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish va xizmat transport vositalaridan xavfsiz foydalanish yuzasidan tushuntirishlar berildi.Tadbir yakunida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, xizmat intizomini mustahkamlash va sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
+1
Joriy yilning 13–18-oktyabr kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida WAKO boshchiligida hamda O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi tashkilotchiligida “Uzbekistan Kickboxing World Cup 2026” Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning 48 dan ortiq mamlakatidan 2 530 nafardan ziyod sportchi va rasmiy delegatsiyalar ishtirok etgan musobaqada Toshkent shahar FVB harbiy xizmatchisi, kichik serjant Erkinov Javohirbek Jaloliddin o‘g‘li 91+ vazn toifasida ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Fursatdan foydalanib, hamkasbimizni ushbu muvaffaqiyat bilan qizg‘in muborakbod etib, kelgusida tashkil etiladigan musobaqalarda ham omad va zafarlar tilaymiz.
Toshkent shahar FVBB tomonidan hududiy boshqarma boʻlimlarining qutqaruv qismlarida yangi ishga kirgan harbiy xizmatchilar bilan boshlangʻich tayyorgarlik oʻquv kurslari tashkil etilmoqda.
Tafsilotlar lavhada.
Toshkent shahar FVBB tomonidan hududiy boshqarma boʻlimlarining qutqaruv qismlarida yangi ishga kirgan harbiy xizmatchilar bilan boshlangʻich tayyorgarlik oʻquv kurslari tashkil etilmoqda.
Tafsilotlar lavhada.
⚠️ Qish mavsumini betalofat o'tkazish uchun yuqoridagi tavsiyaga amal qiling.
👇 Obuna bo‘lishni unutmang
📱 @ToshkentFVBB
📱 Instagram
#Noyob_kadrlar
Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnik bazasi jadal sur’atlarda modernizatsiya qilinmoqda. FVV Akademiyasida maxsus uskunalar, maketlar va robototexnika vositalari bilan jihozlangan zamonaviy o‘quv laboratoriyasi o‘z faoliyatini boshladi.
—
#Уникальные_кадры
Материально-техническая база МЧС стремительно модернизируется. В Академии МЧС начала работу современная учебная лаборатория, которая оснащены специальным оборудованием, макетами и робототехникой.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram | 📱X.com
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
—
Праздничное поздравление народу Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident huzurida Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish tizimini takomillashtirish, suv omborlari va ularga tutash hududlardan foydalanishni tartibga solish hamda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan taqdimoti boʻlib oʻtdi.
—
Президент ҳузурида Фавқулодда вазиятлар вазирлигининг фавқулодда вазиятларга тезкор жавоб бериш тизимини такомиллаштириш, сув омборлари ва уларга туташ ҳудудлардан фойдаланишни тартибга солиш ҳамда хавфсизликни таъминлаш юзасидан тақдимоти бўлиб ўтди.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram | 📱X.com
