Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali
Відкрити в Telegram
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati Murojaat uchun: t.me/ToshkentFVBB?direct:
Показати більше3 282
Підписники
+324 години
Немає даних7 днів
+7730 день
Архів дописів
+9
Qutqaruvchilar ko‘pkurashi g‘oliblari Favqulodda vaziyatlar vazirining maxsus sovg‘asi bilan taqdirlandi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi Maxsus qutqaruv otryadlari o‘rtasida o‘tkazilgan Qutqaruvchilar ko‘pkurashi bo‘yicha Respublika birinchiligi o‘z yakuniga yetdi. To‘rt kun davom etgan musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 15 ta terma jamoa qutqaruvchilik kasbining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Batafsil...
—
Қутқарувчилар кўпкураши ғолиблари Фавқулодда вазиятлар вазирининг махсус совғаси билан тақдирланди
Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ туманида Фавқулодда вазиятлар вазирлиги тизимидаги Махсус қутқарув отрядлари ўртасида ўтказилган Қутқарувчилар кўпкураши бўйича Республика биринчилиги ўз якунига етди. Тўрт кун давом этган мусобақада мамлакатимизнинг турли ҳудудларидан ташриф буюрган 15 та терма жамоа қутқарувчилик касбининг энг муҳим йўналишлари бўйича ўзаро беллашди. Батафсил...
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
+3
🌿 Tabiatni asrash – barchamizning muqaddas burchimiz
Bugun, 1-avgust kuni Toshkent shahar FVBB harbiy xizmatchilari ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar doirasida Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida harbiy xizmatchilar muzeydagi noyob flora va fauna namunalari, geologik eksponatlar hamda mamlakatimizning boy tabiiy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tabiatni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof-muhitni muhofaza qilishning ahamiyati yuzasidan qimmatli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
Mazkur tashrif harbiy xizmatchilarning ekologik bilim va dunyoqarashini kengaytirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamda ma'naviy-ma'rifiy tarbiyani yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
👇 Obuna bo‘lishni unutmang
📱 @ToshkentFVBB
📱 Instagram
📱ToshkentFVBB.uz
Joriy yilning 5-iyuldan 5-sentyabrga qadar respublikada yoz mavsumida yongʻinlarni oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 60 kun” tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Issiqlik elektr stansiyalari AJ
👇 Obuna bo‘lishni unutmang
📱 @ToshkentFVBB
📱 Instagram
📱ToshkentFVBB.uz
Toshkent shahar FVBB tomonidan, “JASORAT VA MATONAT” MUSOBAQASIDA KUCHLILAR SARALANDI
👇 Obuna bo‘lishni unutmang
📱 @ToshkentFVBB
📱 Instagram
📱ToshkentFVBB.uz
Kelajak qutqaruvchilari amaliyotda.
Bugun, 31-iyul kuni Toshkent shaharFVBB tomonidan yozgi mavsumda fuqarolar xavfsizligini ta'minlash hamda suv havzalarida ko'ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida yosh volontyorlar uchun maxsus amaliy va nazariy mashg'ulotlar o'tkazildi.
Tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad — yoshlar o'rtasida ko'ngillilik harakatini rivojlantirish, ularning favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakat qilish ko'nikmalarini oshirish hamda shahar suv havzalarida aholi xavfsizligini ta'minlashga ko'maklashishdan iborat.
📌 Foydali xabar: Cho'milish faqat maxsus ajratilgan va qutqaruvchilar nazoratidagi xavfsiz maskanlarda ruxsat etiladi. Qoidalarga amal qiling va o'z hayotingizni xavfga qo'ymang!
👇 Obuna bo‘lishni unutmang
📱 @ToshkentFVBB
📱 Instagram
📱ToshkentFVBB.uz
🔰 Chilonzor tumanida avtomobilda sodir bo‘lgan yong‘in bo'yicha ma’lumot.
30-iyul kuni soat 18:35 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Beshyag’och ko‘chasida avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borganida, shu atrofdagi fuqarolar tomonidan yong’in o’z vaqtida o’chirilgan.
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Yong’inga qarshi devor nima uchun kerak?
👇 Obuna bo‘lishni unutmang
📱 @ToshkentFVBB
📱 Instagram
📱ToshkentFVBB.uz
Repost from FVV Akademiyasi
🟦🟦🟦🟦🟦
📣 QABUL–2026 | MANDAT E'LON QILINDI
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan kirish test sinovlari yakunlari hamda mandat natijalari eʼlon qilindi.
👨🎓 Abituriyentlar o‘z test natijalari va tanlov yakunlari bilan quyidagi havola orqali tanishishlari mumkin.
🔗 Batafsil: mandat-2026
⚡ FVV Akademiyasiga oʻqishga qabul qilingan barcha abituriyentlarni samimiy tabriklaymiz!
📌 Eslatib oʻtamiz: Akademiyaga qabul qilingan abituriyentlar oʻzlari va yaqin qarindoshlari (ota-ona, aka-uka, opa-singil) ning pasport nusxalarini olib kelishlari lozim.
🤏Obuna bo‘lishni unutmang:
🌐 Boshqa yangiliklar 👇
🔍 Veb-sayt| ✅ Telegram|
📹Youtube
Repost from FVV Akademiyasi
🟦🟦🟦🟦🟦
📣 QABUL–2026 | MANDAT E'LON QILINDI
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan kirish test sinovlari yakunlari hamda mandat natijalari eʼlon qilindi.
👨🎓 Abituriyentlar o‘z test natijalari va tanlov yakunlari bilan quyidagi havola orqali tanishishlari mumkin.
🔗 Batafsil: mandat-2026
⚡ FVV Akademiyasiga oʻqishga qabul qilingan barcha abituriyentlarni samimiy tabriklaymiz!
📌 Eslatib oʻtamiz: Akademiyaga qabul qilingan abituriyentlar oʻzlari va yaqin qarindoshlari (ota-ona, aka-uka, opa-singil) ning pasport nusxalari.
🤏Obuna bo‘lishni unutmang:
🌐 Boshqa yangiliklar 👇
🔍 Veb-sayt| ✅ Telegram|
📹Youtube
#no_comment
Toshkent shahar FVBB tomonidan, poytaxtimizdagi volontyorlar bilan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
👇 Obuna bo‘lishni unutmang
📱 @ToshkentFVBB
📱 Instagram
📱ToshkentFVBB.uz
Chilonzor tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot
Bugun, 30-iyul kuni soat 14:41 da Toshkent shahri Chilonzor tumani, Cho’ponota koʻchasida joylashgan oziq-ovqat do’konida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushdi.
Xabarga koʻra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 14:46 da yetib borib, yongʻin soat 14:55 da qurshab olinib, 14:59 da toʻliq oʻchirildi.
Hodisa oqibatida jarohatlangan fuqarolar yoʻq.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
+9
🚨 Toshkent shahrida shaxsiy tarkib o‘rtasida Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni o‘tkazildi
Bugun, 30-iyul kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi tomonidan Zoom platformasi orqali poytaxtimizdagi hududiy boshqarma, bo‘lim va tarkibiy tuzilmalar ishtirokida navbatdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tashkil etildi.
Tadbirda FVV, Toshkent shahar FVBB, Harbiy prokuratura hamda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati mas’ul xodimlari qatnashdi.
📌 Yig‘ilishda quyidagi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi:
🔹 Xizmat va harbiy intizomni yanada mustahkamlash;
🔹 Huquqbuzarliklar hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish;
🔹 Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etish;
🔹 Xodimlarning huquqiy savodxonligi hamda mas’uliyatini oshirish.
Tadbir yakunida shaxsiy tarkibga qonunchilik talablariga amal qilish va o‘z xizmat burchini sidqidildan bajarish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
👇 Obuna bo‘lishni unutmang
📱 @ToshkentFVBB
📱 Instagram
📱ToshkentFVBB.uz
+2
🏆 JAMOALAR ORASIDA G’OLIBLIKGA ENG MUNOSIBLAR ANIQLANDI!
Bugun poytaxtimizda otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida "Jasorat va matonat" musobaqasining Toshkent shahar bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Ushbu musobaqa yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhini oshirish, jismoniy va ma'naviy salohiyatini hamda jamoaviy hamjihatligini mustahkamlashga qaratildi.
🔹 Musobaqa rakursida:
Toshkentning 12 ta tumanidan 100 ga yaqin yoshlar qatnashdi;
Ishtirokchilar 5 ta shart bo‘yicha kuch, chaqqonlik va zukkolikda bellashishdi.
🏁 Yakuniy natijalar va g‘oliblar:
🥇 1-o‘rin — Sergeli tumani jamoasi
🥈 2-o‘rin — Yashnobod tumani jamoasi
🥉 3-o‘rin — Bektemir tumani jamoasi
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.
✨ Yoshlarning jasorati va Vatanga sadoqatini namoyon etgan ushbu musobaqa kelgusi katta yutuqlar uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.
👇 Obuna bo‘lishni unutmang
📱 @ToshkentFVBB
📱 Instagram
📱ToshkentFVBB.uz
Olmazor tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot
Bugun, 29-iyul kuni soat 18:10 da Toshkent shahri Olmazor tumani, “Allon” MFY, Farobiy koʻchasida joylashgan shaxsiy xonadonda yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushdi.
Xabarga koʻra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 18:17 da yetib borib, yongʻin soat 18:27 da qurshab olinib, 18:41 da toʻliq oʻchirildi.
Hodisa oqibatida jarohatlangan fuqarolar yoʻq.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
#FVV_va_Volontyorlar
Volontyorlar aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilishda faol ishtirok etmoqda. Bugun volontyorlar Toshkent shahar FVBB xodimlari bilan hamkorlikda «Dolzarb 60 kun» profilaktika tadbirlari doirasida xonadonma-xonadon yurib, tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borishdi.
__
#МЧС_И_Волонтёры
Волонтёры принимают активное участие в деле защиты населения и территорий от чрезвычайных ситуаций. Сегодня волонтёры, совместно с сотрудниками ГУЧС города Ташкента, совершили подворовой обход в рамках профилактических мероприятий "Актуальные 60 дней".
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
+5
📚 «Kitob o‘qigan odamning dunyoqarashi keng, ma’naviyati boy bo‘ladi»
Bugun, 28-iyul kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, uning hududiy boshqarma, bo‘limlari hamda tarkibiy tuzilmalarining harbiy xizmatchilari va xizmatchilari ishtirokida navbatdagi kitob savdo-yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlikda, Prezidentimizning 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son «Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash hamda «Besh muhim tashabbus» doirasida o‘tkazildi.
Yarmarkada xodimlarga turli janrdagi va boy mazmunga ega bo‘lgan badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy kitoblar havola etildi.
✨ Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: «Dunyoni kim boshqaradi? Kim ko‘p kitob o‘qisa, dunyoni o‘sha boshqaradi!».
Kitobxonlik tadbirlari shaxsiy tarkibning ma’naviy salohiyatini yüksaltirish va kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
👇 Obuna bo‘lishni unutmang
📱 @ToshkentFVBB
📱 Instagram
📱ToshkentFVBB.uz
Bugun "Mahalla" telekanalining "Kun nafasi" ko‘rsatuvida jonli efir orqali “Poytaxtimizda "Dolzarb 60 kun" tadbiri bo'yicha profilaktik suhbat o‘tkazildi.
👇 Obuna bo‘lishni unutmang
📱 @ToshkentFVBB
📱 Instagram
📱ToshkentFVBB.uz
