uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

Jöybori kalon.uz

Jöybori kalon.uz

Kanalga Telegram’da o‘tish

Buxoro viloyati "Jöybori Kalon" ayol-qizlar örta maxsus islom ta’lim muassasasi jöyborikalon.uz veb-saytining rasmiy telegram kanali

Ko'proq ko'rsatish
4 285
Obunachilar
-124 soatlar
-177 kun
-9530 kun
Postlar arxiv
#кун_дуоси Маъноси: «Аллоҳнинг исми ила, Аллоҳим, бизни шайтондан ва шайтонни Сен бизга ризқ қилиб берган фарзандимиздан йиро
#кун_дуоси Маъноси: «Аллоҳнинг исми ила, Аллоҳим, бизни шайтондан ва шайтонни Сен бизга ризқ қилиб берган фарзандимиздан йироқ қилгин». Муҳаммадбобур Муҳиддиновнинг «Жаннат боғлари» китобидан ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

МУНАЖЖИМЛИК ҲАРОМ #қисқа_савол_жавоблар ❓CАВОЛ: Мунажжимлар башоратига ишонса бўладими? Яқинда турмуш қурамиз, балиқ буржи билан балиқ буржи тўғри келмас экан. Нима қилсак бўлади? 💬 ЖАВОБ: Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳим. Мунажжимлик ҳаром, унга ишониб бўлмайди. Балиқ- салиқ деган гап йўқ. Тақдирга имон келтирган инсон фол, бурж, мунажжимларга ишонмайди. Тавфиқ Аллоҳдан. Ўзбекистон мусулмонлари идораси фатво ҳайъати. ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

#MirArabOliyMadrasasi #XalqaroAnjuman #SofAqida #Tasavvuf 📢 MIR ARAB OLIY MADRASASIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN! 🏛 Oliy
#MirArabOliyMadrasasi #XalqaroAnjuman #SofAqida #Tasavvuf 📢 MIR ARAB OLIY MADRASASIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-noyabrdagi 01-07/4860-son xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 10-noyabr kuni Mir Arab oliy madrasasida «Globallashuv davrida sof aqida va tasavvuf masalalari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi. 🌐Anjumanda globallashuv sharoitida sof aqidani asrash, tasavvufning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati, diniy ekstremizmga qarshi ma’rifiy yondashuvlar hamda yoshlar tarbiyasining dolzarb masalalari muhokama qilinadi. 📚 Anjuman ikki yo‘nalishda tashkil etiladi: 🔹 Sof aqida: muammolar va yechimlar. 🔹 Tasavvuf: ma’naviy meros va zamonaviylik. ✏️Maqola va tezislar 2026-yil 1-noyabrga qadar qabul qilinadi. 📍Manzil: Buxoro shahri, Mir Arab oliy madrasasi. ✉️Elektron pochta: oliy.madrasa@mail.ru ✨Ilmiy muloqot, ma’naviy meros va zamonaviy tafakkur uyg‘unlashadigan nufuzli anjumanga barcha olim va tadqiqotchilarni taklif etamiz! ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

#долзарб #сунъий_интеллект 🛡 Киберқаллоблардан огоҳ бўлинг! ©️ МОҲИРБЕК
Мир Араб олий мадрасаси матбуот хизмати рақамли ассистенти
✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

#Maqola ⚡️⚡️⚡️MILLATLARARO TOTUVLIK — ISLOM DININING INSONIYLIK VA HAMJIHATLIK TA’LIMOTI
Turli millat va elat vakillarining bir zaminda ahil-inoq yaşaşi, bir-birining tili, madaniyati, urf-odati va e’tiqodini hurmat qilişi esa yuksak insoniy fazilatlardan biridir. Zero, millatlar totuvligi — şunçaki birga yaşaş emas, balki bir-birini anglaş, qadrlash va umumiy ezgu maqsadlar yölida birlaşiş madaniyatidir. Bu borada islom dinining insonparvarlikka asoslangan ta’limoti alohida ahamiyat kasb etadi. Qur’oni karimning Hujurot surasi, 13-oyatida şunday marhamat qilinadi: “Ey insonlar! Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik hamda bir-biringiz bilan tanişişingiz uçun sizlarni xalqlar va qabilalar qilib qöydik. Albatta, Alloh nazdida eng hurmatliroğingiz taqvodorroğingizdir”. Uşbu oyatda insonlarning turli millat va elatlarga mansubligi ustunlik yoki kamsitiş uçun emas, balki özaro tanişiş, hamkorlik qiliş va bir-birini anglaş uçun ekani çuqur ifoda etilgan. Demak, islom ta’limotiga köra, insonning qadri uning millati, tili yoki ijtimoiy kelib çiqişi bilan emas, balki odobi, ezgu amallari va taqvosi bilan belgilanadi. Payğambarimiz Muhammad alayhissalomning hayot yöllari ham bağrikenglik va adolatning yorqin namunasidir. U zot turli e’tiqod vakillariga nisbatan hurmat, insof va adolat bilan munosabatda bölişni tarğib etganlar. Islomda inson şa’nini ulug‘laş, qöşniga yaxşilik qiliş, muhtojga yordam beriş, omonatga xiyonat qilmaslik va jamiyatda tinçlikni asraş muhim qadriyatlar sifatida e’tirof etiladi. Millatlararo totuvlikning mohiyati ham aynan şu tamoyillarda namoyon böladi. Çunki bağrikenglik — özga millat vakillariga şunçaki toqat qiliş emas, balki ularning insoniy qadrini tan oliş, huquqlarini hurmat qiliş va özaro işonç muhitini qaror toptirişdir. Asrlar davomida Buxoro zaminida turli millat va din vakillari ahil-inoq yaşab, ilm-fan, hunarmandçilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga munosib hissa qöşib kelgan. Bu zaminda şakllangan ma’rifat muhiti, özaro hurmat va bağrikenglik an’analari xalqimizning boy ma’naviy merosiga aylangan. Buxoroning tarixiy qiyofasi, mahallalari va madaniy hayotida turli xalqlar örtasidagi döstlik riştalari öz ifodasini topgan. Bugungi kunda ham mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni mustahkamlash davlat va jamiyat hayotining muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi. Turli millat vakillarining yagona Vatan ravnaqi yölida birlaşişi, milliy qadriyatlarini asrab-avaylaşi, diniy e’tiqodini erkin amalga oşirişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar jamiyatda özaro işonç va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, yoş avlod qalbida boşqa millat vakillariga nisbatan hurmat, bağrikenglik, mehr-oqibat va murosa madaniyatini şakllantiriş dolzarb ahamiyatga ega. Zero, millatlararo adovat va diniy murosasizlikka qarşi eng kuçli ma’naviy qurol — bu ma’rifat, sog‘lom e’tiqod va yuksak insoniy tarbiyadir. Islom dinining asl mohiyati ham insonni ezgulikka çorlash, qalblarda mehr-muhabbatni qaror toptiriş, jamiyatda adolat va tinçlikni mustahkamlashdan iborat. Şu bois diniy qadriyatlarni töğri anglaş, ularni millatlararo döstlik va hamjihatlik ğoyalari bilan uyg‘unlashtirish bugun ham muhim ma’naviy vazifadir. Xulosa qilib aytganda, millatlar totuvligi — jamiyatning ma’naviy boyligi, tinçlik va taraqqiyotning mustahkam kafolatidir. Qalblarda özaro hurmat, ongda ma’rifat, munosabatlarda adolat qaror topgan joyda nizoga örin qolmaydi. Zero, turli-tumanlik — insonlar örtasidagi tafovut emas, balki insoniyat hayotining boyligi. Uni qadrlash esa har birimizning ma’naviy burchimizdir.
✍️Inobat Oçilova ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

#muftiy_minbari Танамизнинг ҳам ҳаққи бор 🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

Repost from Muslim.uz
#hafta_dayjesti #jumadan_jumagacha 📺 “ЖУМАДАН ЖУМАГАЧА” (06.11.2026) 00:00 Хабарлар анонси 01:59 Ўзбекистон делегациясининг Жидда шаҳридаги Ҳаж конференцияси ва кўргазмасидаги иштироки 02:42 Қатарда хаттотлик санъати бўйича икки давлат ҳамкорлиги муҳокамаси 03:24 Имом-хатиблар учун "Ботил даъволарга асосли раддиялар" номли янги медиа-қўлланма тақдимоти 03:56 Қорақалпоғистон, Қашқадарё ва Наманганда масжидлар ободонлиги ва хайрия тадбирлари 04:51 Ўзбекистонлик 20 нафар имом-хатибнинг Мисрдаги нуфузли ал-Азҳар мажмуасида малака ошириши 05:23 Диний таълим муассасаларига 2027-2028 ўқув йили учун кириш имтиҳонлари фанлари эълон қилинди 05:55 "Қуръони карим ва тажвид" ўқув курсларининг янги давра машғулотлари бошланди 06:42 4 нафар мадраса талабаси Қуръони каримни бир ўтиришда ёддан хатм қилди 07:30 Намангандаги масжидларда янги таҳоратхоналар фойдаланишга топширилди 08:15 Диний соҳа вакиллари ва талабалар ўртасидаги футбол мусобақалари 08:54 Замонавий фирибгарликлардан огоҳ бўлинг: мол-мулкни асраш борасидаги исломий кўрсатмалар ✅ Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати 📱ISHONCHLI VA RASMIY MANBA📲 OBUNA BO'LING ▶️ YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook

#DiniyBağrikenglikOyligi #Maqola DINIY BAĞRIKENGLIK — QALBLARNI BIRLAŞTIRUVÇI EZGULIK
Diniy bağrikenglik — o‘zga e’tiqodni hurmat qiliş, inson qadrini uluğlaş, turfa qaraşlar orasida hamjihatlikni asraş sanatidir. Uning zamirida bir haqiqat mujassam: insonning qadri uning qaysi dinga mansubligi bilan emas, avvalo, insoniyligi, ezgu amallari va boşqalarga munosabati bilan belgilanadi. Muqaddas kitoblarda ham insonni yaxşilikka çorlaş, adolatli böliş, bir-biriga mehr körsatiş kabi fazilatlarga alohida e’tibor qaratilgan. Zero, qalbidan iymon va vijdon nuri bor inson o‘zgalarning qadr-qimmatini poymol etmaydi, tinçlikka rahna solmaydi, aksinça, totuvlik va birdamlikka xizmat qiladi. Bugungi murakkab zamonda diniy bag‘rikenglikni asraş, yoş avlodni soğlom e’tiqod, ma’rifat va insonparvarlik ruhida tarbiyalaş har qaçongidan muhim. Çunki jaholatga qarşi ma’rifat, adovatga qarşi mehr, ayriliqqa qarşi hamjihatlik bilan javob beriş — barqaror jamiyatning ma’naviy tayançidir. Zero, tinçlik faqat osoyişta osmonda emas, inson qalbidagi xotirjamlikda ham namoyon bö’ladi. Qalblar bir-birini anglaşğan, e’tiqodlar hurmat qilingan, inson qadri uluğlangan yurtda hamjihatlik ildiz otadi, ezgulik esa avlodlardan avlodlarga meros bölib qoladi. Dunyoda dinlar, e’tiqodlar va diniy an’analar turliça bölişi mumkin. Ammo ularning ezgulik, rahm-şafqat, adolat, poklik va mehr-oqibat kabi umuminsoniy qadriyatlarga çorlovçi jihatlari mushtarakdir. Islom ta’limotida ham inson qadrini uluğlaş, adolatli böliş, yaxşilik qiliş va boşqalarga ozor yetkazmaslik muhim fazilatlar sifatida e’tirof etiladi. Qur’oni karimdagi “Dinda zo‘rlaş yo‘q”(Baqara surasi, 256-oyat) mazmunidagi hikmat insonning e’tiqod tanlaş erkinligiga hurmat bilan qarash zarurligini anglatadi. Bu tamoyil diniy bag‘rikenglikning ma’naviy asoslaridan biridir. Aslida, bag‘rikenglik o‘z e’tiqodidan voz keçiş emas, balki özgalarning e’tiqodini kamsitmaslik, ularning qadr-qimmati va huquqlarini hurmat qilişdir. Çunki iymon insonni kibrga emas, kamtarlikka, adovatga emas, mehrga, jaholatga emas, ma’rifatga yetaklaşi lozim. Bugungi globallaşuv davrida yoşlarni diniy bilimlarni töğri anglaşga, mutaassiblik va yot ğoyalar ta’siridan himoyalanişga, turli e’tiqod vakillari bilan madaniyatli muloqot qilişga örgatiş alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada oila, ta’lim muassasalari va jamoatçilikning hamkorligi muhimdir. Zero, e’tiqod insonni ezgulikka Boşlasa, bag‘rikenglik uning qalbidagi nurni jamiyat hayotiga olib çıqadi. Turfa e’tiqodlar örtasidagi hurmat, millatlar orasidagi do‘stlik va insonlar qalbidagi hamjihatlik esa tinçlikning mustahkam poydevoridir. 🏛 BUXORO — MA’RIFAT VA BAĞRIKENGLIK GAHVORASI E’tiqodlar rang-barangligi, ma’rifat mushtarakligi va inson qadrini uluğlaş — Buxoroning asrlar oşa yaşab kelayotgan ma’naviy qiyofasidir. Islom tamadduni tarixida alohida örin tutgan bu şahar VIII asrdan boşlab yirik madaniy va diniy markaz sifatida yuksala bordi. Ayniqsa, IX-XVI asrlarda Buxoro islom ilohiyoti va tasavvuf ta’limotining muhim markazlaridan biriga aylandi. Manbalardagi ma’lumotlarda ham şaharda ikki yuzdan ortiq masjid va yuzdan ziyod madrasa mavjud bölgani qayd etiladi. Bu raqamlar Buxoroning nafaqat ibodat, balki ilm va tafakkur markazi sifatidagi tarixiy maqomini ham namoyon etadi. Bu zamindan yetişib çıqgan buyuk allomalar, ulamolar va mutafakkirlar islom ma’rifati rivojiga beqiyos hissa qöşdilar. Imom Buxoriyning hadis ilmidagi buyuk merosi, Bahouddin Naqşbandning "Dil ba yoru, dast ba kor" hikmati, tasavvuf ahlining poklik, halollik va kamtarlik haqidagi qaraşlari inson ma’naviyatini yuksaltirişga xizmat qilib kelmoqda. Şaharda asrlar davomida turli diniy jamoalar, jumladan, buxoro yahudiylari ham o‘z diniy va madaniy an’analarini saqlab kelgan. Eski mahalladagi tarixiy sinagoga bu köp qatlamli tarixning muhim yodgorliklaridan biridir. Bu holat Buxoroning turli madaniyat va e’tiqodlar tutaşgan tarixiy makon bölganini körsatadi.
✍️Ta’lim muassasasi matbuot xizmati ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

Repost from bukhari.uz
#Видеолар #Раддия ⁉️ НИЯТ ТЎҒРИ БЎЛСА, ҲАР БИР АМАЛ ИБОДАТДИР! 👤 Шайх Рамазон Бутий 🎞 👉 YouTube да: https://youtu.be/8yEubfu7Szs ♾(TAS-IX) HD да: 👇 👇 👇 bukhari.uz/?p=53811 Видео Ўзбекистон Республикаси Дин ишлари бўйича қўмитанинг хулосаси асосида тайёрланди. Яқинларингизга улашинг! ✅️https://t.me/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35 🫥https://taplink.cc/bukhariuz

#Dual_talim Bugun 6-noyabr kuni ta’lim muassasasining 3-kurs talabalari Mirzo Uluğbek MFYda “Jaholatga qarşi ma’rifat” tarğib
+4
#Dual_talim Bugun 6-noyabr kuni ta’lim muassasasining 3-kurs talabalari Mirzo Uluğbek MFYda  “Jaholatga qarşi ma’rifat” tarğibot tadbirlarida kuzatuvçi-amaliyotçi sifatida qatnaşişdi. ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

+9
#ЯНГИЛИКЛАР_ВАҚТИ #Идора_вакилликлар_фаолияти
🇺🇿 Қорақалпоғистонда диний соҳа вакиллари иштирокида муҳим йиғилиш бўлиб ўтди
...Мажлисда ижро интизомига қатъий риоя қилиш, фуқаролар мурожаатлари билан ишлаш тизимини такомиллаштириш ҳамда халқ билан мулоқотни кучайтириш масалалари кўриб чиқилди. Шунингдек, иштирокчиларга Хоразм вилоятининг илғор иш тажрибасини Қорақалпоғистон шароитида қўллаш бўйича тавсиялар берилди... ➡️ Батафсил
🗣 Сурхондарё ва Намангандаги масжидларда таҳоратхоналар фойдаланишга топширилди
...Сурхондарё вилоятидаги жоме масжидларда намозхонлар учун 5 та замонавий таҳоратхона янгидан барпо этилиб, фойдаланишга топширилди. Шунингдек, Наманган вилояти Уйчи туманидаги “Худойберди Эшон” жоме масжидининг таҳоратхонаси ҳам қайта таъмирланиб, намозхонларга қулай шарт-шароитлар яратилди... ➡️ Батафсил (Сурхондарё) ➡️ Батафсил (Наманган)
📍 Қашқадарёда намунавий тадбир ва имом-хатиблар учрашуви бўлиб ўтди
...Қамаши туманида оила муқаддаслиги ҳамда ажримларнинг олдини олишга бағишланган сайёр тадбир ўтказилиб, эҳтиёжмандларга хайриялар тарқатилди. Шунингдек, Китоб туманида вилоят бош имом-хатиби иштирокида ўтказилган учрашувда замонавий имом қиёфаси, аҳоли билан ишлаш ва жума маърузалари мазмунини бойитиш бўйича долзарб вазифалар белгилаб берилди... ➡️ Батафсил
🗣 Тошкент шаҳрида имом-хатиблар учун «Маърифат соати» ўтказилди
...Пойтахтимиздаги Ёшлар марказида ўтказилган тадбирда диний соҳа ходимларининг тартиб-интизоми, масъулияти ва муомала маданиятини ошириш масалалари муҳокама қилинди. Тадбир сўнгида туманлар бош имом-хатибларига амалга оширилган хайрия ва диний-маърифий ишлар акс этган махсус фотоальбомлар тантанали равишда топширилди... ➡️ Батафсил
🗣 Бухоро шаҳрида кенг кўламли сайёр тадбир ва хайрия ишлари амалга оширилди
...“Дилкушо” масжидида бошланган сайёр тадбир доирасида ишчи гуруҳ томонидан 28 та масжид ва 20 та маҳалладаги эҳтиёжманд оилалар ҳолидан хабар олиниб, хайр-эҳсонлар улашилди. Шу билан бирга, оилавий низоларни бартараф этиш чоралари кўрилиб, "Аёллар мурувват уйи"га ҳам саховат ёрдамлари кўрсатилди... ➡️ Батафсил
📊 Сирдарёда масжид мутавалли ва ҳисобчилари учун ўқув семинари ўтказилди
...Тадбирда масжидларнинг молия-хўжалик фаолиятига масъул бўлган ходимларнинг молиявий саводхонлигини ошириш ва маблағлардан мақсадли фойдаланиш масалалари муҳокама қилинди. Иштирокчиларга ҳисоб-китоб ҳужжатларини қонуний юритиш ва шаффофликни таъминлаш бўйича амалий тавсиялар берилди... ➡️ Батафсил #дайжест 📝 Баҳриддин Хушбоқов 🖌Баҳром Икромов ✅ Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати 📱ISHONCHLI VA RASMIY MANBA📲 OBUNA BO'LING ▶️ YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook

🏛 BUXORO. BUYUK TARIXDAN KUCH OLIB, YANGI TARAQQIYOT SARI Prezidentimizning Buxoro viloyatiga taşrifi — yangi imkoniyatlar,
🏛 BUXORO. BUYUK TARIXDAN KUCH OLIB, YANGI TARAQQIYOT SARI Prezidentimizning Buxoro viloyatiga taşrifi — yangi imkoniyatlar, bunyodkorlik va ma’rifat sari muhim qadam böldi desam adaşmağan bölaman. 2026-yil 3–4-noyabr kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga amalga oşirgan amaliy taşrifi viloyat hayotidagi muhim voqealardan biri böldi. Mazkur taşrif davomida qadimiy va hamişa navqiron Buxoroning tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylaş, iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltiriş, aholi turmuş farovonligini oşiriş hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Taşrifning Bahouddin Naqşband maqbarasi ziyoratidan başlangani bejiz emas. Buxoro azaldan islom dini, ilm-fan, tasavvuf va ma’rifat beşiklaridan biri sifatida dunyoga tanilgan. Bu zaminda yetişib çıqgan buyuk allomalarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi bugungi kunda ham öz ahamiyatini yöqotmagan. Davlatimiz rahbari ziyorat davomida xalqimizga tinçlik va farovonlik tilab duo qildi. Şuningdek, Buxoroning ma’rifatli islom taraqqiyotidagi tarixiy örnini ta’kidlab, buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosini çuqur örganiş va undan yoşlar tarbiyasida samarali foydalanış zarurligini qayd etdi. Ayniqsa, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va boşta uluğ allomalarimizning ilmiy merosini davom ettiriş, yoş avlodni şu ruhda tarbiyalash muhim vazifa ekanligi alohida ta’kidlandi. Taşrif doirasida Buxoro şahridagi tarixiy obidalar, jumladan, Qöşmadrasa ansamblini restavratsiya qiliş işlari bilan ham tanişildi. Bu kabi tarixiy obidalar nafaqat me’moriy yodgorlik, balki xalqimizning kö’p asrlik ilmiy va ma’naviy salohiyatini namoyon etuvçi bebaho merosdir. 2027-yil — Buxoro uçun yangi imkoniyatlar va yuksalış yili böladi degan umiddaman. Alohida ta’kidlaş joizki, 2027-yil Buxoro viloyati hayotida öziga xos ahamiyat kasb etişi kutilmoqda. Kelgusi yilda Buxoroda yirik xalqaro sammitlar va nufuzli tadbirlarni ötkaziş rejalaştirilgan. Şu bois viloyat infratuzilmasini takomillaştiriş, tarixiy obidalarni obodonlaştiriş, zamonaviy turizm maskanlarini barpo etiş hamda mehmonlarga munosib şaroit yaratiş borasida keng kölamli işlar olib borilmoqda. 2027-yil Buxoroning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oşiriş, uning boy tarixiy-madaniy merosini dünyoga keng tanitiş uçun muhim imkoniyatlar davri böladi. Bu jarayonda qadimiy Buxoro özining ming yillik tarixi, islomiy-ma’rifiy merosi va zamonaviy taraqqiyot salohiyati bilan yana bir bor jahon hamjamiyati e’tiborini qozonışi şubhasiz. Buxoroning kelajagini uning boy tarixiy merosi va zamonaviy taraqqiyotini uyğunlaştirgan holda tasavvur etiş mumkin. Bugun viloyatda amalga oşirilayotgan keng kölamli bunyodkorlik işlari, yangi loyihalar va xalqaro hamkorlik aloqalari qadimiy zaminning yanada rivojlanışiga xizmat qiladi. Biz, ayniqsa, ta’lim va ma’naviyat sohasi vakillari uçun Prezidentimizning buyuk ajdodlarimiz merosini örganiş, yoşlarni ilm-ma’rifat ruhida tarbiyalaş borasidagi fikrlari alohida ahamiyatga ega. Zero, yoş avlod qalbidan milliy qadriyatlar, Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat va ilmga intiliş tuyğularini şakllantiriş bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridandir. Qadimiy Buxoro özining boy tarixi, buyuk allomalari va bugungi bunyodkorlik işlari bilan yangi taraqqiyot sari dadil odimlamoqda. Ajdodlarimizdan qolgan bebaho merosni asrab-avaylaş, uni kelajak avlodga yetkaziş va zamon bilan hamnafas ravişda rivojlantiriş barchamizning şarafli burçimizdir. ✍️Maftuna Inoyatova “Jöybori Kalon” ayol-qizlar örta mahsus islom ta’lim muassasasi Yoşlar bölimi uslubçisi ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

🌙✨ Ilm yo‘lida qilingan har bir ehson — oxirat uchun bitmas xazinadir. Sizning kichik hissangiz ham bir talabaning ilm olish
🌙✨ Ilm yo‘lida qilingan har bir ehson — oxirat uchun bitmas xazinadir. Sizning kichik hissangiz ham bir talabaning ilm olishiga, Qur’on va din xizmatiga sabab bo‘lishi mumkin. 🤍 🤲 Alloh taolo qilgan sadaqalaringizni dargohida qabul aylasin, rizqingizga baraka va qalbingizga xotirjamlik ato etsin. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 🌐Facebook  | 🪐 Juyborikalon.uz  ✨Ижтимоий тармоқларда бизни кузатинг: ▶️You Tube | 🌐Instagram|🌐@juyborikalon

✨ Яқинларингизни Жума айёми билан табрикланг! ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook | Juyborikalon.uz ▶️You Tube |
+6
✨ Яқинларингизни Жума айёми билан табрикланг! ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

#tabrik 🌙 АССАЛОМУ АЛАЙКУМ, ЖУМА МУБОРАК! ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

#кун_дуоси Маъноси: «Азаматли Аллоҳ, Унинг карамли юзи ва қадимий султони ила тошбўрон қилинган шайтоннинг шарридан паноҳ тил
#кун_дуоси Маъноси: «Азаматли Аллоҳ, Унинг карамли юзи ва қадимий султони ила тошбўрон қилинган шайтоннинг шарридан паноҳ тилайман». Муҳаммадбобур Муҳиддиновнинг «Жаннат боғлари» китобидан ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

❗️Özbekistonda ekstremizm uçun javobgarlik va unga qarşi kuraş tartibi özgardi Prezident bu böyiça qonunni imzoladi. Asosiy özgarişlar: ➖ “Ekstremizm” tuşunçasi aniqlaştirildi Hujjatlaridagi “diniy ekstremizm” sözlari “ekstremizm” sözi bilan almaştirildi. “Ekstremizm” tuşunçasiga ta’rif berildi. ➖ Javobgarlik choralari özgardi Ekstremistik, separatistik va aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan materiallarni tayyorlaş yoki tarqatiş maqsadida saqlaş, şuningdek ekstremistik, terrorçilik taşkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatiş yoxud namoyiş etiş maqsadida tayyorlaş, saqlaş uçun: ▪️fuqarolarga — BHMning 50 baravaridan 100 baravarigaça (22-44 mln söm); ▪️mansabdor şaxslarga — 100 baravaridan 150 baravarigaça (44-66 mln söm) jarima yoki 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi. Şuningdek, ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlarda iştirok etiş 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi. ➖ Ekstremistik taşkilotlar, materiallar (manbalar)ning elektron reyestri yuritiladi Reyestr Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylaştiriladi va hamma tanişib çiqişi uçun oçiq hisoblanadi.   Unga quyidagilar kiritiladi:   🔹 ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan faoliyati töxtatib turilgan taşkilotlar; 🔹 ekstremistik taşkilot deb topilgan taşkilotlar; 🔹 ekstremistik material deb topilgan materiallar; 🔹 telekommunikatsiyalar yoki Internet tarmoğidagi tizimli ravişda (1 yil mobaynida 2 va undan ortiq marotaba) ekstremistik materiallar joylaştirilgan va tarqatilgan elektron manbalar. ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

ҲОВЛИДА ДАРАХТ ҚУРИСА БАРАКА КЕТАДИМИ? #қисқа_савол_жавоблар ❓CАВОЛ: Ҳовлида дарахт қуриса барака кетадими? Уни кесиш керакми? 💬 ЖАВОБ: Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳим. Ислом динида инсон, ҳайвон ва ҳатто ўсимликларга ҳам яхши парвариш қилинишга катта аҳамият қаратилган. Дарахтлар ҳам вақти-соати келиб қурийди. Яхши парваришга қарамасдан қуриб қолса, уни кесиб ташлаб, зарурат бўлса, ўрнига бошқасини экилади. Ҳеч қандай барака унга боғлиқ эмас. Бу тушунчалар жоҳилият асоратларидан. Баракани ато этувчи ёлғиз Аллоҳ. Тавфиқ Аллоҳдан. Ўзбекистон мусулмонлари идораси фатво ҳайъати. ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

#muftiy_minbari Қўл остингиздагиларга масъулсиз 🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

#mutolaa #ogohlik #isgazi ❗️ИС ГАЗИ – КЎЗГА КЎРИНМАС ХАВФ! БЕПАРВОЛИК ҲАЁТГА ЗОМИН БЎЛМАСИН! 🗣Аллоҳ таоло инсонга беҳисоб не
#mutolaa #ogohlik #isgazi ❗️ИС ГАЗИ – КЎЗГА КЎРИНМАС ХАВФ! БЕПАРВОЛИК ҲАЁТГА ЗОМИН БЎЛМАСИН! 🗣Аллоҳ таоло инсонга беҳисоб неъматлар ато этган. Бу неъматлар орасида энг улуғларидан бири — ҳаёт ва саломатликдир. Зеро, инсон ҳаёти омонат, уни асраш эса ҳар биримизнинг бурчимиздир.
📖 Аллоҳ таоло Қуръони каримда марҳамат қилади: ﴿وَلَا تُلْقُوا بِأَيْدِيكُمْ إِلَى التَّهْلُكَةِ﴾ «Ўзингизни ҳалокатга дучор қилманг» (Бақара сураси, 195-оят).
🏃 Совуқ кунлар бошланиши билан хонадонларда иситиш воситаларидан фойдаланиш кўпаяди. Электр иситгичлар, газ печлари ва бошқа иситиш қурилмалари кундалик эҳтиёжга айланади. ❗️Афсуски, хавфсизлик қоидаларига риоя қилмаслик оқибатида ёнғин, газ чақнаши ҳамда ис газидан заҳарланиш каби фожиали ҳолатлар юзага келмоқда. Бунинг энг ачинарли томони – айрим ҳолларда инсонлар, ҳатто бегуноҳ гўдаклар ҳам ҳаётдан кўз юммоқда.  
⏺ИС ГАЗИДАН САҚЛАНИШ УЧУН ҚУЙИДАГИЛАРГА АМАЛ ҚИЛИНГ! ✅Газ ва иситиш қурилмаларини мунтазам текширтириб туринг. ✅Носоз иситиш ускуналаридан фойдаланманг. ✅Газ жиҳозларини ёқилган ҳолда назоратсиз қолдирманг. ✅Мўриларни мавсум бошланишидан олдин тозалатинг ва созлигини текширинг. ✅Хонада ҳаво алмашинуви учун зарур шароит яратинг. ✅Газ плитасидан хонани иситиш мақсадида фойдаланманг. ✅Уйқуга ётишдан олдин иситиш воситалари ва электр жиҳозларининг хавфсизлигини текширинг. ✅Ис гази датчигини ўрнатишга эътибор беринг. ❗️ Эсда тутинг! Ис гази рангсиз ва ҳидсиз бўлиб, инсон уни сезмаслиги мумкин. Шунинг учун хавфсизлик чораларини олдиндан кўриш жуда муҳим. 📿 Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Ётишдан олдин чироқларингизни ўчиринг. Чунки сичқон пиликни тортиб олиб, хонадон аҳлини ёқиб юбориши мумкин” (Имом Бухорий ривояти). 💬 Ушбу ҳадис бизга оддий кўринган эҳтиёт чоралари ҳам инсон ҳаётини асраб қолиши мумкинлигини ўргатади. ✅Демак, хавфсизлик қоидаларига риоя қилиш нафақат ўз ҳаётимизни, балки оиламиз, фарзандларимиз ва қўни-қўшниларимизнинг ҳаётини асраш ҳамдир.   ❓ХАВФ СЕЗИЛГАНДА НИМА ҚИЛИШ КЕРАК? Агар газ ҳиди ёки ис газидан заҳарланиш аломатлари сезилса: ✅Дарҳол барчани хавфсиз жойга, очиқ ҳавога олиб чиқинг. ✅Электр чироқлари ва жиҳозларини ёқманг ёки ўчирманг, очиқ оловдан фойдаланманг. ✅Хавфсиз бўлса, газ таъминотини тўхтатинг ва эшик-деразаларни очинг. ✅Ташқарига чиққач, 112 ёки 104 рақамига қўнғироқ қилинг. ✅Заҳарланган инсонга зудлик билан тиббий ёрдам чақиринг. 💬 Азизлар! Бир лаҳзалик бепарволик бир умрлик пушаймонга сабаб бўлмасин.   ⏺ Ушбу маълумотни яқинларингиз ва қўни-қўшниларингизга ҳам улашинг. Балки, айнан шу огоҳлантириш кимнингдир ҳаётини сақлаб қолар. 🤲 Аллоҳ таоло хонадонларимизни, фарзандларимизни ва барча яқинларимизни турли офат ва балолардан Ўз паноҳида асрасин!
✅ Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати 📱ISHONCHLI VA RASMIY MANBA📲 OBUNA BO'LING ▶️ YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook