ch
Feedback
JO'YBORI KALON.UZ

JO'YBORI KALON.UZ

前往频道在 Telegram

Бухоро вилояти "Жўйбори Калон" аёл-қизлар ўрта махсус ислом таълим муассасаси juyborikalon.uz веб-сайтининг расмий телеграм канали

显示更多
4 394
订阅者
-824 小时
-127 天
-17230 天
帖子存档
#ҳикмат Беҳожатлик ҳақида: «Агар бутун уммат тўпланиб, бирон манфаат етказмоқчи бўлса ҳам, фақатгина Аллоҳ сенга ёзиб қўйган
#ҳикмат Беҳожатлик ҳақида: «Агар бутун уммат тўпланиб, бирон манфаат етказмоқчи бўлса ҳам, фақатгина Аллоҳ сенга ёзиб қўйган нарсани етказа оладилар». Хотиржамлик ҳақида: «Агар бутун уммат тўпланиб, бирон зарар етказмоқчи бўлса ҳам, фақатгина Аллоҳ сенга ёзиб қўйган нарсани етказа оладилар». Аллоҳнинг қадарига таслимият ҳақида: «Қаламлар кўтарилган ва саҳифалар қуриган».   ✍️ Адҳам Шарқовий. ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

Repost from Muslim/podcast.uz
#Muslim_podcast  📱🗣SHIFO BOʼLUVCHI SАLOVАTLАR QАYSILАR? 🎙Ekspert: Bahodirjon domla Bahromjon o’g’li – Toshkent islom instituti "Hadis va islom tarixi fanlari" kafedrasi katta o‘qituvchisi 🎞Toʼliq👉FULL HD: @Muslim_podcast_uz da koʼring! 📝 Mazkur podcast Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining 2026-yil 9-sentaybrdagi 02-07/7320-sonli xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

🌷Улуғ гуноҳларни кечира оладиган киши ҳақиқий ҳалимдир. Изоҳ. Демак том маънода ҳалим бўлиш ўзига нисбатан қилинган энг катт
🌷Улуғ гуноҳларни кечира оладиган киши ҳақиқий ҳалимдир. Изоҳ. Демак том маънода ҳалим бўлиш ўзига нисбатан қилинган энг катта айбни ҳам кечира олиш билан белгиланади. Бу инсон учун жуда оғир шарт. Инсон баъзан энг катта айб нарида турсин, энг кичкина айбни ҳам унута олмай қийналади. Айниқса, ўзига нисбатан қилинган бу хато яқинларидан содир бўлса. Кутилмаган зарба, гарчи кучсиз бўлса ҳам бир муддат гангиратиб қўйишга етарли. Шунинг учун ҳам ҳалимлик сифати билан номланиб бўлмайди, балки у қозонилади. Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳалим эдилар. Чунки у зот Парвардигорининг: «(Эй Муҳаммад алайхиссалом), Менинг (турли гуноҳ-маъсиятлар қилиш билан) ўз жонларига жиноят қилган бандаларимга айтинг: «Оллоҳнинг раҳмат – марҳаматидан ноумид бўлмангиз! Албатта Оллоҳ (ўзи хоҳлаган бандаларининг) барча гуноҳларини мағфират қилур. Албатта Унинг Ўзигина Мағфиратли Меҳрибондир» (Зумар, 53) оятини зиммаларига олиб, умматга етказдилар. Шеър: Инсонларга қилгил яхшилик, Забт эт қалблар, аяма жонни. Не замондан бери ҳамиша Яхшилик қул қилур инсонни. Ёмонликнинг нақд қаршисида Кечиришинг қад ростлаб турсин. Сендан умид этган кишига Ёрдамчи бўл, у ўсиб-унсин. Ҳақиқий ҳур саналур, инон, Инсонларга ёрдамчи инсон. Изоҳ. Яхшилик яхшиликларга сабаб бўлади. Яхшилик яхшилик қилувчига куч ва виқор бағишлайди. Бу куч, бу виқор билан қанча ёмонлар яхшига айланади, қанча ёрдамга муҳтожларнинг қадди ростланади. Акси бўлса, бундай қалб гина-кудуратга, кек-хусуматга макон бўлади, майда-чуйда эҳтиросларга ўралашиб қолади. Шайтонга қўл бўлиб, ўч ва ғазаб етовида қолган бу кимсани энди озод инсон дейиш мумкинми?! 📚“Унвонул баён”дан. ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

#Maqola 💥ILM – JANNAT YO‘LI, USTOZ – UNGA YO‘LBOSHCHI Insoniyat yaralibdiki, qorong‘ulikdan yorug‘likka, jaholatdan ma’rifat
#Maqola 💥ILM – JANNAT YO‘LI, USTOZ – UNGA YO‘LBOSHCHI
Insoniyat yaralibdiki, qorong‘ulikdan yorug‘likka, jaholatdan ma’rifatga intilib yashaydi. Bu yo‘lda insonni yuksaltiradigan eng buyuk ne’matlardan biri – ilm. Ilm yo‘lini yoritadigan, insonning qo‘lidan tutib, uni ma’rifat sari boshlaydigan zot esa ustozdir. Ilm oddiy ma’lumotlar yig‘indisi yoki kitoblarda bitilgan qoidalargina emas. U inson qalbini munavvar etadigan, tafakkurini teranlashtiradigan, dunyoqarashini kengaytiradigan ma’naviy qudratdir. Ilm tufayli inson o‘zligini anglaydi, yaxshini yomondan, haqni nohaqdan ajratishga o‘rganadi. Shu bois ham qadimdan ilm egalari jamiyatning eng e’zozli kishilari qatorida qadrlangan. Muqaddas dinimizda ham ilmga alohida e’tibor qaratilgan. Ilm talabida yo‘lga chiqqan kishining qadami ulug‘lanib, uning sa’y-harakati yuksak fazilat sifatida e’tirof etiladi. Chunki haqiqiy ilm insonni faqat dunyoviy muvaffaqiyatga emas, balki ezgulikka, komillikka va saodatga yetaklaydi. Ilm inson uchun ikki dunyo obodligiga xizmat qiladigan bebaho boylikdir. Ammo ilm yo‘li hamisha ham oson va ravon emas. Ulkan ummonda kemaga mohir yo‘lboshchi zarur bo‘lganidek, ilm olamida ham insonga ustoz kerak. Ustoz shogirdiga faqat bilim berib qolmaydi. U uning tafakkurini shakllantiradi, qalbiga ezgulik urug‘ini qadab, odob, mas’uliyat, vatanparvarlik va insoniylik fazilatlarinisingdiradi. Shuning uchun xalqimiz ustozni hamisha ulug‘lab kelgan. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ustoz haqqini benihoya yuksak baholab: “Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila”, deya ta’kidlagan. Darhaqiqat, ustozning birgina sabog‘i ortida qancha mehnat, sabr va fidoyilik mujassam. U shogirdiga bilim berar ekan, unga umrining bir bo‘lagini, qalb qo‘rini va yillar davomida orttirgan tajribasini ham baxsh etadi. Shu sababli ustoz mehnatining qiymatini hech qanday moddiy mezon bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Tarixga nazartashlasak, buyuk siymolar hayotida ustoz vamurabbiylarning alohida o‘rin tutganini ko‘ramiz. Ilm-fan, adabiyot, davlat boshqaruvi yoki boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishgan insonlarning kamolotida ularga yo‘l ko‘rsatgan ustozlarning hissasi bor. Amir Temur ham pir-u ustozlarni e’zozlagan, ularning maslahat va nasihatlariga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lgan. Zero, ustozga hurmat – ilmga hurmat, ilmga hurmat esa insonning o‘z kelajagiga bo‘lgan e’tiboridir. Bugun zamon o‘zgardi. Axborot texnologiyalari rivojlandi, internet orqali son-sanoqsiz kitoblar, ma’ruzalar va turli ma’lumotlardan bir zumda foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shunday bir davrda: “Endi ustozga ehtiyoj bormi?” degan savoltug‘ilishi tabiiy. Javob esa oddiy: texnologiya ma’lumot bera oladi, ammo ustozning o‘rnini bosa olmaydi.Chunki ma’lumot bilan ilm bir narsa emas. Axborot ko‘pligi insonni bilimli qilib qo‘ymaydi. Uni saralash, tahlil qilish, to‘g‘ri xulosa chiqarish va eng muhimi, egallangan bilimni ezgu maqsad yo‘lida qo‘llashni o‘rganish kerak. Ana shu jarayonda ustozning o‘rni beqiyosdir. Internet savolga javob topib berishi mumkin, ammo shogird qalbiga odob, mas’uliyat, mehr vama’naviyatni singdira olmaydi. Bugungi yoshlarimizningilmli, ma’rifatli va yuksak tafakkur sohibi bo‘lib voyaga yetishi mamlakatimiz kelajagini belgilaydi. Zero, davlatning qudrati faqat moddiy boyliklari bilan emas, balki uning ilmli insonlari, ma’rifatli avlodi va fidoyi ustozlari bilan ham o‘lchanadi. Ilm – insonni jaholat zulmatidan ma’rifat nuriga olib chiquvchi munavvar yo‘l. Ustoz esa ana shu yo‘lda adashmasligimiz uchun qo‘limizdan tutib, manzil sari boshlaydigan yo‘lboshchidir. Shunday ekan, bizga birharf bo‘lsa-da o‘rgatgan, yaxshi bilan yomonni tanitgan, hayot yo‘limizda to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatgan ustozlarimizni qadrlashimiz lozim. Zero, ilm insonni yuksaltiradi, ustoz esa ana shu yuksaklikka eltuvchi yo‘lni ko‘rsatadi.  
✍️Maftuna Inoyatova, Yoshlar bo‘limi bilan ishlash uslubchisi ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

✅ Истиғфорлардан бири.. Ибн Умар розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: “Биз Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васалламни битта ўтири
✅ Истиғфорлардан бири.. Ибн Умар розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: “Биз Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васалламни битта ўтиришда юз марта “Роббиғфирлий ватуб ъалаййа, иннака антат таввабур роҳийм”, деб айтганларини санадик”. Ибн Можа ривояти. Маъноси: Эй Роббим! Мени гуноҳларимни кечир, тавба-тазарруларимни қабул эт! Шубҳасиз, Сен тавбаларни Қабул қилгувчи, Раҳмлисан! ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

#Muslim_podcast  📱🗣DUNYODА TАSHVISHI АRITILGАN KISHI KIM EDI? 🎙Ekspert: Bahodirjon domla Bahromjon o’g’li – Toshkent islom instituti "Hadis va islom tarixi fanlari" kafedrasi katta o‘qituvchisi 🎞Toʼliq👉FULL HD: @Muslim_podcast_uz da koʼring! 📝 Mazkur podcast Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining 2026-yil 9-sentaybrdagi 02-07/7320-sonli xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

Каҳф сурасидаги 7 "раҳмат": 1. "Роббимиз, бизга Ўз ҳузурингдан раҳмат бергин" (10 оят). 2. "Роббингиз сизга Ўз раҳматини таратур" (16 оят). 3. "Роббинг сермағфират, раҳм-шафқат соҳиби бўлган Зотдир" (58 оят). 4. "Биз унга Ўз даргоҳимиздан раҳмат ва Ўз тарафимиздан илм ўргатган эдик" (65 оят). 5. "Бас, Роббилари унинг бадалига уларга ундан кўра яхшироғини, аҳли солиҳроқ ва раҳмлироғини беришни ирода қилди" (81 оят). 6. "Бу Аллоҳнинг раҳмати ила бўлди" (82 оят). 7. "Бу – Роббимнинг раҳматидандир" (98 оят). Жума куни Каҳф сурасини ўқисангиз, сурадаги ушбу етти раҳмат Сизга кейинги жумагача кифоя қилади. Сизга Аллоҳнинг раҳмати ёғилсин! ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва баракатуҳ! 💐🕊Жума муборак! 🕊💐 🌼Дилда иймон, тилда бўлсин зикр саловат. 🌸Ибодатлар г
Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва баракатуҳ! 💐🕊Жума муборак! 🕊💐 🌼Дилда иймон, тилда бўлсин зикр саловат. 🌸Ибодатлар гуноҳларга бўлсин каффорат. 🌺Ҳажга бориб Байтуллоҳни айланг зиёрат. 🪻Борар манзилингиз бўлсин Фирдавси Жаннат. ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва баракатуҳ! 💐🕊Жума муборак! 🕊💐 🌼Дилда иймон, тилда бўлсин зикр саловат. 🌸Ибодатлар г
Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва баракатуҳ! 💐🕊Жума муборак! 🕊💐 🌼Дилда иймон, тилда бўлсин зикр саловат. 🌸Ибодатлар гуноҳларга бўлсин каффорат. 🌺Ҳажга бориб Байтуллоҳни айланг зиёрат. 🪻Борар манзилингиз бўлсин Фирдавси Жаннат. ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

Repost from Muslim.uz
#tabrik #ustozlar_va_murabbiylar_kuni
Муфтий ҳазратлари ўзлари таълим олган мактаб жамоаси ва азиз устозларига эҳтиром кўрсатдилар
1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни муборак бўлсин! 📲 ОБУНА БЎЛИНГ ✅ ВА УЛАШИНГ🗣

#Muslim_podcast  📱🗣QАYSI SАLOVАTLАRNI АYTISH АVZАL? 🎙Ekspert: Bahodirjon domla Bahromjon o’g’li – Toshkent islom instituti "Hadis va islom tarixi fanlari" kafedrasi katta o‘qituvchisi 🎞Toʼliq👉FULL HD: @Muslim_podcast_uz da koʼring! 📝 Mazkur podcast Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining 2026-yil 9-sentaybrdagi 02-07/7320-sonli xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

#1Oktyabr #UstozlarBayrami 🌸🌸🌸ILM VA MA’RIFAT ULASHUVCHI ZAHMATKASH USTOZLARIMIZGA EHTIROM! 1-oktabr — Ustoz va murabbiyla
+4
#1Oktyabr #UstozlarBayrami 🌸🌸🌸ILM VA MA’RIFAT ULASHUVCHI ZAHMATKASH USTOZLARIMIZGA EHTIROM! 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining barcha muhtaram o‘qituvchi va murabbiylarini samimiy muborakbod etamiz! Ustozlik — shunchaki kasb emas, balki qalblarga ma’rifat urug‘ini qadavchi, insonni ma’naviy kamolot sari yetaklovchi ulug‘ va sharafli mas’uliyatdir. Talaba-qizlarimizga muqaddas dinimiz axloqini, Qur’on va hadis ilmlarini, odob-axloq hamda zamonaviy bilimlarni chuqur o‘rgatib kelayotgan fidoyi ustozlarimizning mehnati har qanday tahsinga loyiqdir. ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

#1Oktyabr #UstozlarBayrami #JuyboriKalon 🌹🌹BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, AZIZ USTOZLAR!🌹🌹 ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

#Oktyabr #UstozlarBayrami 🌿USTOZ — ILM VA MA’RIFAT YO‘LINING RAHNAMOSI Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! ✨✨✨Muh
#Oktyabr #UstozlarBayrami 🌿USTOZ — ILM VA MA’RIFAT YO‘LINING RAHNAMOSI Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! ✨✨✨Muhtaram ustoz va murabbiylar!✨✨✨ Sizlarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Ilm o‘rgatish, yosh avlod qalbiga odob, ma’rifat va ezgulik urug‘ini qadash — ulug‘ va sharafli xizmatdir. Ustozning bergan ilmi, go‘zal nasihati va ibratli hayoti shogird kamoliga yo‘l ochadigan bebaho merosdir. Alloh taolo ilm yo‘lidagi xolis xizmatlaringizni qabul aylab, mehnatlaringizga baraka ato etsin. Siz tarbiyalagan shogirdlarning ilmi, odobi va ezgu amallari ikki dunyo saodatiga sabab bo‘lsin. Robbim ilmingizni ziyoda, umringizni barakali, qalbingizni xotirjam qilsin! Kamoli ehtirom ila, Oygul Sharipova “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi direktori ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

Repost from Muslim/podcast.uz
#Muslim_podcast  📱🗣UNITILGАN SUNNАTLАRNI QАYTА TIRILTIRISH FАZILАTI 🎙Ekspert: Bahodirjon domla Bahromjon o’g’li – Toshkent islom instituti "Hadis va islom tarixi fanlari" kafedrasi katta o‘qituvchisi 🎞Toʼliq👉FULL HD: @Muslim_podcast_uz da koʼring! 📝 Mazkur podcast Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining 2026-yil 9-sentaybrdagi 02-07/7320-sonli xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

🌸«Қуръонни ўрганган кишининг қиймати юксалур, фиқҳни ўрганган кишининг қадри олий, ҳадис жамлаганнинг ҳужжати қувватли, ҳисо
🌸«Қуръонни ўрганган кишининг қиймати юксалур, фиқҳни ўрганган кишининг қадри олий, ҳадис жамлаганнинг ҳужжати қувватли, ҳисоб ўрганган кишининг фикри гўзал, луғат ўрганган кишининг табиати дақиқ бўлур. Нафсининг ёмонликларидан ҳимояланмаган кишининг илми унга фойда бермас». ✍️Имом Шофеий раҳматуллоҳи алайҳ ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

#Bugun Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh Bugun haftaning chorshanba kuni 🗓30 sentyabr, 2026 yil 🗓19 rabius sani
#Bugun Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh Bugun haftaning chorshanba kuni 🗓30 sentyabr, 2026 yil 🗓19 rabius saniy, 1448 yil ☀️Bugungi kun har birimiz uchun mazmunli va barakali kunlardan bo‘lsin!🤲 ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

Xotiralar har doim qadrli. Ba’zan yig‘lagan kunlarimizni eslab kulamiz, ba’zan esa kulgan kunlarimizni eslab yig‘laymiz. Hayo
Xotiralar har doim qadrli. Ba’zan yig‘lagan kunlarimizni eslab kulamiz, ba’zan esa kulgan kunlarimizni eslab yig‘laymiz. Hayot shunday. ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

#Manaviyat_soati #Taqdirlash ✨ISLOM — TINCHLIK DINI Bugun, 29-sentabr kuni “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta
+3
#Manaviyat_soati #Taqdirlash ✨ISLOM — TINCHLIK DINI Bugun, 29-sentabr kuni “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talaba-qizlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Islom— tinchlik dini” mavzusida navbatdagi ma’naviyat soati o‘tkazildi. Tadbir yakunida ushbu ezgu g‘oyaning mantiqiy davomi sifatida o‘tkazilgan “Yagona Vatan — umumiy mas’uliyatimiz” mavzusidagi maqola va insholar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. ✨Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating: 🌐Facebook  | Juyborikalon.uz  ▶️You Tube | 🌐Instagram ✅@juyborikalon

#Muslim_podcast  📱🗣RASULULLOH YAXSHI KO'RGAN TAOMNI YAXSHI KO'RISHLIK FAZILATI! 🎙Ekspert: Bahodirjon domla Bahromjon o’g’li – Toshkent islom instituti "Hadis va islom tarixi fanlari" kafedrasi katta o‘qituvchisi 🎞Toʼliq👉FULL HD: @Muslim_podcast_uz da koʼring! 📝 Mazkur podcast Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining 2026-yil 9-sentaybrdagi 02-07/7320-sonli xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣