uz
Feedback
Ixtiyor Margʻiloniy

Ixtiyor Margʻiloniy

Kanalga Telegram’da o‘tish

Islomshunoslik akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi, PhD, Ixtiyor Baxtiyorjon o‘g‘lining shaxsiy blogi @margiloniy_bot https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=74eb459cb4194b

Ko'proq ko'rsatish
3 044
Obunachilar
+124 soatlar
-287 kunlar
+2630 kunlar
Postlar arxiv
Qur’oni karimdagi eng o‘rta so‘z «وَلْيَتَلَطَّفْ» bo‘lib, uning ma’nosi “muloyim bo‘lsin” deganidir. Go‘yo bu ishora bizga muloyimlik va lutf eng mo‘tadil, o‘rta yo‘l ekanini uqtirayotgandek. #quronshunoslik

photo content
+3

Arzimasakda, bizni ham munosib koʻrishibdi. Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!
Arzimasakda, bizni ham munosib koʻrishibdi. Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

maturidijournal.org Ushbu saytda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilayotgan “Moturidiylik” jurnalidagi ilmiy maqolalar bilan tanishishingiz mumkin.

Ba’zan og‘riq seni sindirish uchun emas, balki qo‘lingdan tutib, qalbing aslida bo‘lishi kerak bo‘lgan joyga qaytarish uchun keladi.
Muhammad Qudumiy

photo content
+4

Ba’zan og‘riq seni sindirish uchun emas, balki qo‘lingdan tutib, qalbing aslida bo‘lishi kerak bo‘lgan joyga qaytarish uchun keladi.
Muhammad Qudumiy

Uylanmoqchi bo‘lib yurgan paytlarimda o‘zimni dunyodagi "eng kelishgan yigit" deb o‘ylardim. Hozir esa o‘sha paytdagi rasmlarimni ko‘rib, meni tanlagan xotinimga rahmat aytyapman 😄 Shuning uchun, hurmatli bo‘ydoqlar, o‘zingizga katta baho berib yubormanglar))

"Dunyoning oxiri boylarning tashvishi. Biz kambag‘allarga esa haftaning oxiriga yetib olishning o‘zi kifoya!"
Italiyalik dehqonning so‘zidan

Umar ibn Abdulaziz bir kuni masjidga kirdi. Masjid qorong‘i bo‘lib, ichida bir kishi uxlab yotgan edi. Umar uni ko‘rmagani sababli oyog‘i bilan turtib yubordi. Shunda haligi kishi: “Bu nimasi, eshakmisan?” dedi. Umar unga: “Yo‘q, men Umarman”, dedi. Umaring mulozimi: “Ey mo‘minlar amiri, u sizni “eshak” deb haqorat qildi”, dedi. Shunda Umar: “U “Eshakmisan?” deb so‘radi, men esa savoliga javob berdim”, dedi. Odamlarga ularning xulqi bilan emas, o‘zingning xulqing bilan muomala qil!! #husnixulq

Farazdaq aytadi: “Agar oliyjanob insonni aldamoqchi bo‘lsang, u seni aldaganingni bilsa ham, o‘zini aldangandek tutadi”. Ya’ni, olijanob inson ba’zan aldovni sezsa ham, yaxshiligi sababli buni oshkor qilmaydi. Ayniqsa, bu xislat oila mustahkamligi uchun juda muhim hisoblanadi. #oliyjanoblik

Mahr oʻrniga kitob Alouddin Samarqandiy "Tuhfatul-fuqaho" nomli fiqhiy asar yozgan edi. Shogirdi Abu Bakr Kosoniy unga "Badoiʼ as-sanoiʼ" nomli ajoyib sharh bitib, ustoziga taqdim qildi. Ustoz sharhdan shu qadar mamnun boʻldiki, oʻz qizi Fotimani unga nikohlab berdi va shu kitobni mahr oʻrnida qabul qildi. Shundan beri xalq orasida "ustozining Tuhfasini sharhlab, qizini oldi" degan ibora yuradi. #allomalar

Chorshanba kuni boshlangan ish Burhoniddin Margʻinoniyning otasi darsni doim chorshanba kuni boshlar edi. Oʻgʻli ham umr boʻyi shu odatni saqlab qoldi va sababini soʻraganlarga qisqagina javob berardi: "Otam shunday qilar edi". Keyinchalik u ustozidan eshitgan bir hadisni ham keltirgan: "Chorshanba kuni boshlangan har qanday ish, albatta, tugallanadi". Kichkina odat, ammo uning ortida ustoz anʼanasiga sadoqat bor. #allomalar

Bugun ertalab xursandchilik xabari keldi. O‘tgan oy bo‘lib o‘tgan I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida misrlik yo
Bugun ertalab xursandchilik xabari keldi. O‘tgan oy bo‘lib o‘tgan I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida misrlik yozuvchi Abbud Mustafo bilan tanishgan edik. Suhbat davomida u arab tilida ko‘plab romanlar yozganini aytdi. Shunda undan Imom Moturidiy haqida ham arab tilida roman yozishini iltimos qilgan edik. U bu taklifni xursandchilik bilan qabul qilib, allomaning hayotiga oid manbalarni so‘ragan edi. Biz unga arab tilidagi kerakli adabiyotlarni yubordik. Bugun esa u Imom Moturidiy haqidagi romanning dastlabki qoralamasini yozib tugatganini xushxabar qildi. Demak, endi Imom Moturidiy haqida arab tilida ham roman yaratiladi. Avval alloma haqida o‘zbek va turk tillarida romanlar nashr etilgan. O‘zbek tilidagi romanni Luqmon Bo‘rixon, turk tilidagisini esa Mursel Gundo‘g‘du yozgan. Keyinchalik turk tilidagi roman Imom Moturidiy markazi (Oybek Sotvoldiyev) tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. #moturidiy

🎖️ Prezidentimizning "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan bir qator diniy-ma’rifiy soha vakillari mukofotlandi. Batafsil

Oʻn uch yil roʻza tutib yozilgan kitob Burhoniddin Margʻinoniy (1117–1197) hanafiy fiqhining eng mashhur kitobi "al-Hidoya"ni oʻn uch yil davomida yozgan. Manbalarda aytilishicha, u shu butun muddat mobaynida doimo roʻza tutib turgan. Qizigʻi shundaki, avval u sakkiz jildli katta sharh yozgan edi. Keyin odamlar bunchalik yirik kitobni oʻqimay qoʻyishidan xavotirlanib, uni qaytadan, oʻrtacha hajmda yozib chiqdi. Aynan shu qisqartirilgan variant sakkiz asrdan beri oʻqilib kelmoqda. Burhoniddin Margʻinoniy Rishtonda tug'ilgan, Margʻinonda ta'lim olgan va Samarqandda faoliyat olib borib, o'sha yerda vafot etgan. #Allomalar

“Agar men tuproq ostida bo‘lsamu, so‘ng sen meni chorlasang, suyaklarim chirib, kukun bo‘lib ketgan bo‘lsa ham, sening ovozingga "labbay" deb javob berardim”.
Bashshor ibn Burd
#muhabbat

Burhoniddin Margʻinoniy maqbarasi. Samarqand, Chokardiza qabristoni.
Burhoniddin Margʻinoniy maqbarasi. Samarqand, Chokardiza qabristoni.

Samarqand viloyati hokimi bilan uchrashdik.

Imom Moturidiy majmuasi ilm-fan va ma’rifat markaziga aylanadi Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev O‘zbekiston Respublikas
+2
Imom Moturidiy majmuasi ilm-fan va ma’rifat markaziga aylanadi Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbariyati bilan uchrashib, majmuani rivojlantirish bo‘yicha takliflarni muhokama qildi. 👉Batafsil Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Telegram | Instagram | Facebook