Ixtiyor Margʻiloniy
Відкрити в Telegram
Islomshunoslik akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi, PhD, Ixtiyor Baxtiyorjon o‘g‘lining shaxsiy blogi @margiloniy_bot https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=74eb459cb4194b
Показати більше2 825
Підписники
-724 години
+347 днів
+14630 день
Архів дописів
2 825
Dunyo uch kundan iborat:
1. Kecha. U o'tdi va ortga qaytmaydi.
2. Ertaga. Unga yetishing noma'lum.
3. Bugun. Senga tegishlisi faqat shu. Bugunni g'animat bilib, yaxshi amallar qil.
Hasan Basriy#hayot yot
2 825
Bu nafs qurgʻur koʻprogʻini istayverarkan. “MTJ Jahon chempionatiga chiqsa boʻldi, bitta marojna yeb kelsak ham mayli”, deb bong urayotgan shu nafs, endi guruh bosqichidan ham chiqishini istayapti.
Nafs hamma sohada shunaqa: yana… yana… deyaveradi))
2 825
🎙 “Talqin va tafakkur” ruknida telepodkast
📌 Mavzu: "Hanafiylik haqida haqiqatlar"
📴 Vaqti: Bugun, 25-iyun soat 14:00 da "O'zbekiston" telekanali, ertaga 26-iyun soat 13:00 da "Madaniyat va ma’rifat" telekanali orqali efirga uzatiladi.
2 825
Venesuelada 7,1 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Hodisa oqibatida o‘n minglab kishilar halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Alloh asrasin!
2 825
Imom Moturidiy hazratlari “Kitob at-tavhid” asarida insonda hosil boʻladigan ilhom hech qanday bilim vositasi boʻlmasligini ta’kidlagan. Ya’ni, kimdir “menga falon narsa ilhom boʻldi, demak shunday boʻladi” desa, qabul qilinmaydi.
Hazratning gaplari toʻgʻriligini amalda koʻrib turibmiz))
#moturidiy
2 825
Vaqtingizni ushbu uch narsaga sarflamang:
1. O‘tgan ishga afsuslanishga. Chunki ular qaytib kelmaydi!
2. O‘zingizni boshqalar bilan solishtirishga. Chunki buning foydasi yo‘q!
3. Hamma insonni rozi qilishga urinishga. Chunki buning iloji yo‘q!
#hayot
#tajriba
2 825
5:0 hisobida yutqazganimiz alam qilmasligi uchun Germaniyaning Braziliyani 7:1 hisobida mag‘lub etganini eslang. Shunday kuchli jamoalar ham ba’zan yirik hisobda yutqazadi. Shuning uchun siqilmanglar.
Bugun biz haqimizda butun dunyo gapirdi. NatijadabO‘zbekiston yanada mashhur bo‘ldi.
Muhimi go‘zal ishtirok, azizlar. Yigitlarimizga katta rahmat! 👏
2 825
Repost from Tezkor Yangiliklar ⚡
Биринчи марта футбол кўраётган ўзбек аёли😁
Группаларга улашиб қўйинг)
👉 @tyxuzbek - энг тезкор ва махфий хабарлар каналига аъзо бўлинг!
2 825
Oʻyinni hissiyotlarga berilmasdan tomosha qiling. Misol uchun, sharhlovchilar oʻyinni juda xolis sharhlashyapti.
Ya’ni:
Vatanga muhabbat + raqibni kim ekanini unutmaslik.
2 825
Insonning ongi yuksalgani sayin, u yanada mehribonroq bo‘lib boradi. Aqliy teranlikni his qilgan odam hech kimga ozor bera olmaydi. Zero, har qanday yomonlikning ildizi jaholatdir!
#ong #jaholat
2 825
Bir kun kelib Jahon chempionatida mana shunday yulduzlarga qarshi o‘ynashimizni hech kim tasavvur qilmagan bo‘lsa kerak.
Bugun bizni butun dunyo tomosha qiladi, desak xato bo‘lmaydi. Chunki Ronalduning muxlislari Messinikidan ko‘proq. Natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, biz foydadamiz. Futbolchilarimiz bugun yanada mashhur bo‘ladi, yurtimiz nomi butun dunyodagi telekanallarda, insonlar og‘zida baralla yangraydi.
Futbolchilarimiz JChga chiqib, qanday foyda olib kelganini hamma tushungandek, menimcha.
Endi, biz ularni yutsak nima bo‘lishini tasavvur qilavering!
Alloh futbolchilarimizning yuzlarini yorugʻ qilsin!
#futbol
2 825
Barchaga yoqish uchun o‘zingizni o‘zgartirishingiz shart emas. Qora qahva ham shirin emas, ammo uni sevuvchilar ko‘p.
2 825
Dunyo nima?
Bir kishi Ali roziyallohu anhuga: “Ey mo‘minlar amiri, bizga dunyoni ta’riflab bering”, dedi.
Shunda u zot aytdilar:
“Avvali mashaqqat, oxiri esa yo‘qlik (fano) bo‘lgan bir diyorni qanday ham ta’riflay olardim?!Uning halolida hisob, haromida esa azob bor. Kim unda boy-badavlat bo‘lsa, fitnaga (sinovga) uchraydi, kim unda faqir-muhtoj bo‘lsa, mahzun bo‘ladi”.
#dunyo
2 825
Hasadchi inson sendagi ne’mat o‘zida bo‘lishini emas, balki uni senda umuman boʻlmasligini istaydi.
#Hasad
2 825
Muvaffaqiyatli insonlar inqirozlarni yakun deb emas, balki yangicha fikrlash va yangi imkoniyatlar yaratish uchun boshlanish nuqtasi deb biladi.
#muvaffaqiyat
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
