es
Feedback
Ixtiyor Margʻiloniy

Ixtiyor Margʻiloniy

Ir al canal en Telegram

Islomshunoslik akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi, PhD, Ixtiyor Baxtiyorjon o‘g‘lining shaxsiy blogi @margiloniy_bot https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=74eb459cb4194b

Mostrar más
3 015
Suscriptores
-524 horas
+67 días
+19230 días
Archivo de publicaciones
Haqiqiy rizq nima? Rizq faqat mol-dunyo emas. Ba'zan u go‘zal xulq va husn-jamol, ba'zan teran aql va vazminlikdir. Ba'zan solih(a) turmush o‘rtog‘i, qarindoshlar yoki ahil oila rizq bo‘ladi. Ba'zan foydali ilm, uzoq umr, musaffo qalb, insonlarga mehr ulashish, xotirjamlik yoki saxovatli qo‘llar eng katta ne'matdir. Ba'zan esa taqvo, obro‘-e'tibor va o‘z ahli orasida xavfsiz, xotirjam hayot kechirish ham rizq sanaladi. Shunday ekan, rizqni faqat boylik bilan o‘lchamang. Allohning har bir ne'mati o‘ziga xos rizqdir. #rizq

Insonning aqli uning soʻzidan, nasabi esa uning amallaridan bilinadi.
Imom Movardiy

Hayotda shunday insonlarni uchratasizki, ularning vazifasi sizning sabringizni sinovdan o'tkazish bo'ladi. #sabr

Jahon chempionati kubogiga oʻxshagan narsalarni yasaydigan insonlar kerak. Masala, kitob, maqbara kabilarni shunday hajmda kubokka oxshash qilib qaysi soha insonlar tayyorlaydi? Bilgichlar hoy devoringlar. Bot orqali | Anonim tarzda

Mol-dunyo va farzandlarning ko‘pligi Allohning roziligiga ham, kishining dinda yaxshi ekaniga ham dalil emas.
Imom Moturidiy
#moturidiy

Sabrli boʻlaver. Agar maqsadga erishish oson bo‘lganida, unga hamma erishgan bo‘lardi. #sabr

Bir donishmand o‘g‘liga shunday nasihat qildi: – Ey o‘g‘lim, hayoting davomida uch narsadan aslo voz kechma: Eng yaxshi taomni yeyishdan, eng yaxshi to‘shakda uxlashdan, eng yaxshi uylarda yashashdan. Shunda o‘g‘il so'radi: – Biz kambagʻal bo‘lsak, buni qanday uddalayman? Donishmand javob qildi: – Agar faqat qorning ochganda ovqatlanadigan bo‘lsang, yeyayotgan narsang eng yaxshi taom bo‘ladi. Agar mehnat qilib, charchoq bilan uxlasang, yotog‘ing eng yaxshi to‘shakka aylanadi. Agar odamlarga chiroyli muomala qilsang, ularning qalblarida yashaysan va shu orqali eng yaxshi uylarda yashagan bo‘lasan. #nasihat #haqiqat

Repost from MOTURIDIY PODCAST
#moturidiypodcast IMOM MOTURIDIY YO'LCHI YULDUZ 🎙 Ixtiyor Abdurahmonov Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi, PhD
📝 Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi.
📌Bizni kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Bugun, 24-iyul kuni “Movarounnahr sivilizatsiyasi” hujjatli filmini tomosha qiling! 🎬 “Sevimli” telekanalida — soat 21:00 (o‘zbek tilida). Film O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, yurtimiz madaniy merosi va buyuk ajdodlarimiz ilmiy-ma’rifiy merosiga bag‘ishlangan.

1. Yaxshi farzand. 2. Yaxshi ota yoki ona. 3. Yaxshi er yoki xotin. 4. Yaxshi do‘st. 5. Yaxshi hamroh. 6. Yaxshi xodim yoki rahbar. 7. Yaxshi qo‘shni. 8. Va yana boshqa ko‘plab fazilatlar. Asl insoniylik ana shu fazilatlarning barchasini o‘zida jamlashga intilishdir. Shunday insonlar borki, ularda bu xislatlarning deyarli barchasi mujassam. Ularni ko‘rib havas qilasiz, o‘rnak olasiz. Har birimiz kamchilikka yo'l qo'yayotgan jihatlarimizda bugungidan yaxshiroq inson bo‘lishga harakat qilishimiz kerak. Siz qanday fikrdasiz? Bot orqali | Anonim tarzda

Hayot menga koʻp ishlar (kishilar)ga beparvo boʻlishni oʻrgatmoqda. #tajriba

Nimani istayotganingizni tushunmayapman. Sizlarga foydasi tegadi, degan umidda xorijiy matnlarni tarjima qilaman, klassik manbalardan noyob ma’lumotlarni saralab taqdim etaman. Negadir bunday postlar unchalik yoqmaydi. Ammo oddiy bir choynakning rasmiga juda ko‘p layk va izoh berildi. Sizlar juda qiziqsizlar. Demak, yozganlarimizning bitta choynakchalik ham qadri yo'q ekan-d?!”
Anbiyo Yildirim
#haqiqat

Sizlarga instagramdan video olib keldim. Bir baholab beringlarchi😊😊 https://www.instagram.com/reel/DbIyOygqHEX/?igsh=MW1meW53ZTU2NXpiNA==

“Shunday odamlar borki, agar sendan ellikta hikmatli soʻz eshitsa ham, ulardan bittasini yodida saqlamaydi. Ammo bir marta xato qilsang, oʻsha xatoni yodlab olib, qaysi majlisga bormasin, uni boshqalarga aytib yuradi”.
Imom Xattobiy

Oldin dardlarimiz haqida gaplashardik. Endi esa bir-birimizga dard bo‘lib qoldik.
Muhammad Subhiy

Agar seni nuqsonli odam yomonlasa, bu aslida sening komil ekaningga guvohlikdir.
Shoir Mutanabbi’
#komillik

Toshkent islom institutining ilk magistrantlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 million so‘m pul mukofoti sertifikatlari topshirildi. #etibor

Bir ayol erini do‘stlari bilan ko‘chaga chiqishiga ruxsat bermabdi. Shunda er unga aytarmish: “Esingda bo‘lsin, bir ayol mushugini qamab qo‘ygani sababli do‘zaxga tushgan... Sherni qamab qoʻyib, holing nima kecharkina?!” #latifa

Nega bedorsiz? Bot orqali | Anonim tarzda

Shu kunlardagi issiqdan nolimasak ham boʻladi. Boshqa davlatlar, ayniqsa, ekvatorga yaqin mamlakatlarni koʻrsangiz ayni damda ularda “jahannam” boʻladi. Dubaylik bir tanishimiz: “Bizda yilning olti oyida koʻchaga chiqish umuman imkonsiz, jahannamning oʻzginasi boʻladi”. Bizning yurtlarda esa koʻchaga chiqib boʻlmaydigan darajadagi issiq deyarli boʻlmaydi. #issiq