uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

BuxDU •БухГУ •BukhSU

BuxDU •БухГУ •BukhSU

Kanalga Telegram’da o‘tish

• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university Buxoro davlat universiteti Axborot xizmati bo'limi boshlig'i Otabek Jalolov @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14 +99865 221-26-85

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali BuxDU •БухГУ •BukhSU analitikasi

BuxDU •БухГУ •BukhSU (@buxdu_uz) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 17 972 obunachidan iborat bo'lib, Taʼlim toifasida 11 305-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 4 487-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 17 972 obunachiga ega bo‘ldi.

17 Oktabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -744 ga, so‘nggi 24 soatda esa -69 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 9.38% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 7.13% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 1 689 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 1 285 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 5 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university Buxoro davlat universiteti Axborot xizmati bo'limi boshlig'i Otabek Jalolov @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14 +99865 221-26-85”

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 18 Oktabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Taʼlim toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

17 972
Obunachilar
-6924 soatlar
-7507 kun
-74430 kun
Postlar arxiv
XALQARO ILMIY-NAZARIY KONFERENSIYA | “Yer boshqaruvi, atrof-muhit va chiqindilar: markaziy osiyoda ta’lim va biznes uyg‘unlig
XALQARO ILMIY-NAZARIY KONFERENSIYA | “Yer boshqaruvi, atrof-muhit va chiqindilar: markaziy osiyoda ta’lim va biznes uyg‘unligi” 2026-yil 19-20-oktabr kunlari Buxoro davlat universitetida Tabiiy fanlar va agroinnovatsiyalar ilmiy-tadqiqot instituti Ekologiya, geografiya va tibbiyot asoslari kafedrasi tashabbusi bilan mazkur dolzarb mavzudagi xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Konferensiyada mahalliy va xorijiy yetuk olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda xalqaro hamkor OTM vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan: 🔹 Obidjon Xamidov — Buxoro davlat universiteti rektori 🔹 Javier Rodrigo Ilarri — Valensiya politexnika universiteti professori, Loyiha koordinatori 🔹 Zhanar Shortanbayeva — Al Farobiy nomidagi Qazog’iston milliy universiteti, professor 🔹 Abdullayev Sardor — Samarqand davlat universiteti dotsenti 🔹 Eleni Christodoulou Toxqui — Kipr universiteti, professor 🔹 Francisco javier pallares rubio — Valensiya politexnika universiteti professori 🔹Zulfiya Haqnazarova — “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti dotsenti 🔹Luis Manuel SANCHEZ-RUIZ — Valensiya politexnika universiteti professori va boshqa nufuzli xalqaro hamkorlar. 📍 Manzil: Buxoro davlat universiteti, bosh bino, katta yig‘ingohi 📝 Ro‘yxatdan o‘tish: 09:00 dan 🕘 Boshlanish vaqti: 09:30 📞 Telefon: +998 91 445-88-55 📧 E-mail: yoqubxolov80@gmail.com Barcha professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda iqtidorli talabalarni ushbu nufuzli xalqaro ilmiy konferensiyada faol ishtirok etishga chorlaymiz! ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube

✍️✍️✍️✍️✍️ 7-TALABALAR TURAR JOYIDA YOSHLAR HOLIDAN XABAR OLINDI! 📘 Buxoro davlat universitetida talaba-yoshlar uchun yarati
+9
✍️✍️✍️✍️✍️ 7-TALABALAR TURAR JOYIDA YOSHLAR HOLIDAN XABAR OLINDI! 📘 Buxoro davlat universitetida talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda mavjud muammolarini o‘z vaqtida aniqlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda. Shu maqsadda Talabalar turar joyi direktori V. Nusratov, universitet profilaktika inspektori, podpolkovnik Sh. Qurbonov hamda katta leytenant A. G‘ulomov boshchiligida 7-talabalar turar joyida yashovchi talabalar holidan xabar olindi. Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, TTJdagi ichki tartib-qoidalarga rioya etilishi hamda xavfsizlik masalalari o‘rganildi. Talabalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi va profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. 🎯 Mazkur tashrifdan ko‘zlangan maqsad — talabalar turar joyida osoyishtalikni ta’minlash, sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda yoshlar uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratishdan iborat. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube

Repost from Edu.uz
#diqqat_tanlov “O‘zbekiston-Turkiya” xalqaro qo‘shma tanlovi davom etmoqda! TUBITAK bilan hamkorlikdagi tanlovga quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar topshirishingiz mumkin:
1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari - Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari; 2. Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi - Qishloq xo‘jaligi, Veterinariya va chorvachilik fanlari; 3. Tibbiyot - Tibbiyot; 4. Ilg‘or materiallar texnologiyalari - Texnika, Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiya vа nanotexnologiyalar; 5. Fizika - Matematika, fizika va mexanika fanlari.
✅ Ilmiy loyihalar loyiha.ilmiy.uz orqali Turkiya tarafidan http://uidb-pbs.tubitak.gov.tr/ orqali 2026-yilning 14-dekabriga qadar (shu kuni ham 23:55 gacha) faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐 Batafsil Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

✍️✍️✍️✍️✍️ 📘Buxoro davlat univerditetida raqamlashtirish va xavfsizlik yo‘nalishidagi ishlar yuzasidan hisobot ko‘rgazmasi t
+3
✍️✍️✍️✍️✍️ 📘Buxoro davlat univerditetida raqamlashtirish va xavfsizlik yo‘nalishidagi ishlar yuzasidan hisobot ko‘rgazmasi tashkil etildi Buxoro davlat universitetida raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, shuningdek, “Xavfsiz shahar” va “Xavfsiz talaba” loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada universitetda raqamli texnologiyalarni joriy etish, xavfsizlikni ta’minlash hamda mazkur loyihalar doirasida olib borilayotgan ishlar va erishilgan natijalar aks ettirildi. Mazkur ko‘rgazma universitetda raqamlashtirish jarayonlarini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish hamda xavfsiz muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni namoyish etishga xizmat qiladi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube

Repost from ZAMON | RASMIY
09:00 17.10.2026 Buxoroda Ozarbayjon madaniyati kunlari #Buxoro muxbir: Madrahim Turdiyev https://t.me/zamon_lavhalar

✍️✍️✍️✍️✍️ 📘Tadbirkorlik imkoniyatlari — talabalar nigohida 2026-yil 16-oktabr kuni Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot v
+2
✍️✍️✍️✍️✍️ 📘Tadbirkorlik imkoniyatlari — talabalar nigohida 2026-yil 16-oktabr kuni Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakultetida Turizm va mehmonxona xo‘jaligi kafedrasi professori D.B. O‘roqova boshchiligida “Tadbirkorlik asoslari” fani doirasida navbatdagi amaliy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda “Garden Plaza” mehmonxonasi rahbari Laziz Nozimovich Ramazonov ishtirok etib, 11-4GHTF-23 guruhi talabalari bilan “Hozirgi zamonda tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar” mavzusida ochiq va mazmunli muloqot olib bordi. Muloqot davomida bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish va mehmonxona biznesida muvaffaqiyatga erishish omillari, tashabbuskorlik, mijozlar bilan ishlash madaniyati hamda zamonaviy biznesni boshqarish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassisidan bevosita javob olish, amaliy tajriba bilan yaqindan tanishish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun muhim tavsiyalarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur uchrashuv nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, talabalarda tadbirkorlik tafakkuri va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qildi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube

🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦 “Zukko kitobxon” tanlovining Rektor kubogi saralash bosqichi yakunlandi! 📘👍 Buxoro davlat universit
+6
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦 “Zukko kitobxon” tanlovining Rektor kubogi saralash bosqichi yakunlandi! 📘👍 Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi tomonidan talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan "Zukko kitobxon Rektor kubogi" bahslarning dastlabki bosqichi yuqori saviyada va qizg‘in kurashlar ostida bo‘lib o‘tdi. Saralash bosqichida jami 400 dan ortiq faol va intiluvchan talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar o‘zbek adabiyotining durdona asarlari bo‘lmish: 1.Abdulla Qodiriy — “O‘tkan kunlar” 2.Cho‘lpon — “Kecha va kunduz” romanlari asosida tuzilgan savollar bo‘yicha bellashdilar. ▶️Kuchli raqobat va murosasiz bahslar natijasida eng yuqori natijani qayd etgan 31 ta jamoa yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Yarim finalga yo‘l olgan jamoalar: 1. IRFON 2. QAQNUS 3. YUKSALISH 4. TURON 5. FILOLOGLAR 6. VICTORY 7. BOOKBRAIN 8. ETERNA 9. ZIRVE 10. MINDSTORM 11. VERITAS 12. TAFAKKUR AHLI 13. ELITE 14. EVRIKA 15. O‘ZBEGIM 16. LIDERLAR 17. ZUKKO YURISTLAR 18. RENESSANS 19. SHARQ YULDUZLARI 20. SPECTRUM 21. SMART READERS 22. INFINITY 23. BOOKWORM 24. FINDAS 25. MA’RIFAT 26. PARADOX I 27. PARADOX II 28. PATRUL 29. TARAQQIY 30. BOOKLOVERS 31. DREAM READERS
Navbatdagi bosqichda jamoalar quyidagi asarlar yuzasidan o‘zaro bahs olib boradilar: 1. Abdulla Qodiriy — “Mehrobdan chayon” 2. Oybek — “Navoiy” 3. G‘afur G‘ulom — “Shum bola” Barcha yarim finalchi jamoalarga keyingi bosqichda yuksak tafakkur, teran bilim hamda omad tilaymiz! ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube

🏐🏐🏐🏐 📘Sport maydonida shijoat, mahorat va g‘alabaga intilish! Buxoro davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talabalar o‘rtasida guruhlararo fakultet bosqichi sport musobaqalari davom etmoqda. Davlat auditi fakulteti talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning jismoniy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan musobaqalar tashkil etildi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube

✍️✍️✍️✍️✍️ 📘BuxDUda “Yosh kitobxonlar” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi Buxoro davlat universitetida “Do‘stlik” f
+6
✍️✍️✍️✍️✍️ 📘BuxDUda “Yosh kitobxonlar” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi Buxoro davlat universitetida “Do‘stlik” festivali doirasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Biz Yangi O‘zbekiston farzandimiz!” mavzusidagi “Yosh kitobxonlar” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 30 ga yaqin jamoa ishtirok etib, kitobxonlik madaniyati, adabiy bilimlari hamda jadid bobolarimiz hayoti va ijodiga oid bilimlarini namoyish etdi. Tanlov ikki shart asosida tashkil etildi: 1-shart — “Men yoqtirgan asar”. Jamoaning bir nafar a’zosi o‘zi sevib o‘qigan asar haqida 3 daqiqa davomida qisqacha annotatsiya taqdim etdi. 2-shart — “Eng kitobxon jamoa”. Ishtirokchilar 10 nafar jadid ajdodimizning hayoti va ijodiga oid savol-javoblarda bellashdilar. Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi: 🥇 1-o‘rin — “FITRAT” jamoasi, Filologiya fakulteti. 🥈 2-o‘rin — “YUSTITSIYA” jamoasi, Yuridik fakulteti. 🥉 3-o‘rin — “IRFON” jamoasi, Filologiya fakulteti. G‘olib jamoalarni muborakbod etamiz! Bunday intellektual bellashuvlar yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy adabiy merosimizni chuqur o‘rganish hamda jadid bobolarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube

BuxDU va mahalla hamkorligi: yoshlar tarbiyasi va huquqbuzarliklar profilaktikasi muhokama qilindi Buxoro davlat universiteti
+4
BuxDU va mahalla hamkorligi: yoshlar tarbiyasi va huquqbuzarliklar profilaktikasi muhokama qilindi Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti “Yashil iqtisodiyot va agrobiznes” kafedrasi katta o‘qituvchisi F.K. Saidova tomonidan “Sharq Yulduzi” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif amalga oshirilib, mahalla faollari bilan davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvda mahalla yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faoli shtirok etdi.
Davra suhbati davomida talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish hamda yoshlar tarbiyasida oliy ta’lim muassasasi va mahalla hamkorligini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mahallada istiqomat qilayotgan yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari o‘rganilib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud masalalarga yechim topish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Uchrashuv yakunida yoshlar bilan ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Mazkur tashrif universitet va mahalla o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularning har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube

✍️✍️✍️✍️✍️ 📘Bitiruvchilar bandligini ta’minlash — e’tibor markazida Buxoro davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili bitiru
+2
✍️✍️✍️✍️✍️ 📘Bitiruvchilar bandligini ta’minlash — e’tibor markazida Buxoro davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda mutaxassisligi bo‘yicha mehnat faoliyatini boshlashiga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu maqsadda universitetning Sun’iy intellekt va axborot xavfsizligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Qorako‘l tumani “Tashabbus” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi bitiruvchi Choriqulov Mirjalol Norqo‘lovichning bandligini ta’minlash masalasini o‘rganish uchun uning yashash manzilida bo‘ldilar. Tashrif davomida mahalla faollari, bitiruvchi va uning ota-onasi bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud imkoniyatlar hamda kelgusidagi mehnat faoliyati yuzasidan fikr almashildi. Universitetda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashishga qaratilgan manzilli ishlar davom ettiriladi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube

✍️✍️✍️✍️✍️ 📘 BuxDU rektori talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar bilan tanishdi Buxoro davlat universitetida talaba-yosh
+3
✍️✍️✍️✍️✍️ 📘 BuxDU rektori talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar bilan tanishdi Buxoro davlat universitetida talaba-yoshlarning munosib sharoitlarda yashashi, sifatli ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Xamidov talabalar turar joyida bo‘lib, talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida turar joydagi xonalarning holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, mavjud maishiy qulayliklar hamda talabalarning kundalik ehtiyojlari uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalar turar joyida ozodalik va tartibni saqlash, xavfsizlik talablariga amal qilish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube

✍️✍️✍️✍️✍️ 📘 BuxDU Axborot-resurs markazi - bilim va zamonaviy imkoniyatlar maskani Buxoro davlat universitetida talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishi, mustaqil bilimlarini oshirishi va ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlashda Axborot-resurs markazi muhim o‘rin tutadi. Markaz talabalarning dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishi, mutaxassislik fanlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashi, ilmiy adabiyotlar bilan ishlashi hamda mustaqil izlanish olib borishi uchun zarur axborot manbalaridan foydalanishga xizmat qilmoqda. Axborot-resurs markazi faoliyatida raqamli xizmatlarni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, universitetning main.buxdu.uz platformasi orqali kitob olish jarayonining raqamlashtirilgani talabalarga qo‘shimcha qulaylik yaratmoqda. Mazkur tizim yordamida kitob olish bilan bog‘liq ortiqcha hujjatbozlik va tashkiliy jarayonlar qisqartirilib, kutubxona xizmatlaridan foydalanish yanada soddalashtirilmoqda. Shuningdek, Axborot-resurs markazi talabalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish, ilmiy tafakkur va mustaqil fikrlash salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladigan muhim ma’rifiy maskan hisoblanadi. BuxDU Axborot-resurs markazi - nafaqat kitob va axborot manbalaridan foydalanish, balki bilim olish, izlanish va intellektual kamolot sari intilish uchun keng imkoniyatlar yaratadigan maskandir. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube

#sport Joriy yilning 16-22 oktabr kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahri VOLEYBOL sporti bo'yicha U20 O'zbeki
+1
#sport Joriy yilning 16-22 oktabr kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahri VOLEYBOL sporti bo'yicha U20 O'zbekiston kubogi musobaqasiga mezbonlik qiladi. Musobaqaning birinchi kuni jadvaliga asosan Buxoro davlat universitetining vc BuxDU voleybol jamoasi guruh bosqichida quyidagi kuchli jamoalarga qarshi bahs olib borishadi: O'g'il bolalar vc BuxDU - Navoiy viloyati Qiz bolalar vc BuxDU - Xorazm viloati Voleybolchi o'g'il va qizlarimizga bugungi hamda keyingi o'yinlariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

👍👍👍👍👍👍👍 📘 BuxDUda talabalarni kitob bilan ta’minlash jarayoni raqamlashtirildi! Buxoro davlat universitetida ta’lim jarayoniga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish, talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, main.buxdu.uz platformasi orqali talabalarning kutubxonadan kitob olish jarayoni raqamlashtirildi. Endilikda talabalar mazkur elektron tizim yordamida ortiqcha hujjatlar rasmiylashtirmasdan, vaqt va kuch sarfini kamaytirgan holda kitob olish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. Ushbu raqamli yechim kutubxona xizmatlaridan foydalanish jarayonini soddalashtirish, talabalarga qo‘shimcha qulaylik yaratish hamda kitob berish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni yanada samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, kitob olish jarayonida ortiqcha qog‘ozbozlik va takroriy murojaatlarga ehtiyoj kamayib, talabalar uchun qulay, tezkor va zamonaviy xizmat ko‘rsatish tizimi shakllanmoqda. Buxoro davlat universitetida amalga oshirilayotgan bunday raqamli tashabbuslar ta’lim muhitini yanada takomillashtirish, talabalarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish va universitet xizmatlarining ochiqligi hamda samaradorligini oshirishga qaratilgan. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube

📰 “BUXORO UNIVERSITETI” GAZETASINING YANGI SONI NASHRDAN CHIQDI! 📌 Yangi sonda o‘qing:
🇦🇿 BUXDUDA OZARBAYJON KUNLARI: ILM-MA’RIFAT VA SAN’AT TUTASHUVI Diplomatik uchrashuvlar, Ozarbayjonshunoslik markazining ochilishi va ikki xalq do‘stligini tarannum etgan madaniy tadbirlar. 📚 XXI ASR ADABIYOTI: YANGI DAVR, YANGI TALQINLAR BuxDU va Bolgariyaning Sofiya universiteti hamkorligidagi xalqaro konferensiyada qanday masalalar muhokama qilindi? ✍️ UNIVERSITETIMIZDA MA’RIFAT VA IJOD UCHRASHUVI Sirojiddin Raupov, Najmiddin Turon va Zikrillo Ne’matov bilan unutilmas ijodiy uchrashuv. 🏅 2026-YILGI NOBEL: KIMLAR VA NIMA UCHUN? Dunyo e’tiboridagi mukofotlar, ilmiy kashfiyotlar va insoniyat kelajagini o‘zgartirayotgan g‘oyalar. 🧠 MIYAMIZ YOMON XABARLARNI QANDAY “HAZM” QILADI? Nega salbiy xabarlar diqqatimizni tezroq tortadi? Axborot oqimida ruhiy xotirjamlikni qanday saqlash mumkin?
📬 Gazetamizda sizning ham maqolangiz chiqishi mumkin. Materiallaringizni @buxdunews kanaliga yoki @zuhro0792 akkauntiga yuboring. Maqola chop etish bepul. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube

✍️✍️✍️✍️✍️ 📘TALABALAR IJARA XONADONLARI O‘RGANILDI! Buxoro davlat universiteti Sport va san’at fakulteti dekani A.E. Sattoro
+2
✍️✍️✍️✍️✍️ 📘TALABALAR IJARA XONADONLARI O‘RGANILDI! Buxoro davlat universiteti Sport va san’at fakulteti dekani A.E. Sattorov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.S. Samadov hamda fakultet tyutorlari tomonidan ijarada istiqomat qilayotgan talabalar yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida ijara xonadonlariga tashrif buyurildi. Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlarning sanitariya-gigiyena holati hamda xavfsizlik talablari o‘rganildi. Shuningdek, talabalarning muammolari va takliflari tinglanib, ularga zarur tavsiyalar berildi. Asosiy maqsad — talabalarning munosib yashash sharoitlarini ta’minlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish hamda doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdan iborat. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube

Repost from Edu.uz
“Milliy kitobxonlik harakati” — mutolaa, bilim va 50 ming dollar mukofot Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu dastur o‘quvchilarni kitob mutolaasiga chorlaydi. Ishtirokchilar belgilangan kitoblarni o‘qib, test va erkin suhbatdan o'tadi hamda insho yozadi va bosqichma-bosqich o‘z bilimlarinii namoyon etadi.
Dastur quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: ➖ Uch toifada ishtirok — 1–5-sinflar uchun 20 ta, 6–8 va 9–11-sinflar uchun 50 tadan kitob belgilangan. Ishtirokchilar test va erkin suhbatdan o'tadi hamda insho yozadi. ➖ G‘oliblarga mukofot — 1–5-sinflar qimmatbaho sovgʻa va diplom bilan taqdirlanadi, 6–8 va 9–11-sinf toifalarining respublika bosqichida 1-o‘rin uchun 50 ming, 2-o‘rin uchun 30 ming, 3-o‘rin uchun 15 ming AQSh dollari beriladi. ➖ Alohida e’tirof — ustozlar, maktablar va oilalar uchun ham mukofotlar bor. Beshta nominatsiyaning har biri bo‘yicha 10 ming AQSh dollaridan beriladi.
😊 Dastur doirasida o‘qish uchun belgilangan barcha kitoblar “Mutolaa” platformasida mavjud. 📱Ilovani yuklab olish uchun havola: • Play Market / App Store Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/234132 👉 Adabiyotlar ro‘yxati 👉 Nizom Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

✍️✍️✍️✍️✍️ 📘 BuxDUda “O‘zbek tili bilimdoni” hamda “O‘zbek tilida yozilgan eng yaxshi insho va esse” tanlovlari bo‘lib o‘tdi
+6
✍️✍️✍️✍️✍️ 📘 BuxDUda “O‘zbek tili bilimdoni” hamda “O‘zbek tilida yozilgan eng yaxshi insho va esse” tanlovlari bo‘lib o‘tdi Buxoro davlat universitetida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “O‘zbek tili bilimdoni” hamda “O‘zbek tilida yozilgan eng yaxshi insho va esse” tanlovlari tashkil etildi. Tanlovlardan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada yuksaltirish, talabalarning ona tiliga bo‘lgan hurmatini mustahkamlash, savodxonligi, mustaqil fikrlashi va ijodiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat. “O‘zbek tili bilimdoni” tanlovi test sinovlari shaklida o‘tkazildi. Ishtirokchilarga o‘zbek tilining imlo va punktuatsiya qoidalari, leksikologiya, frazeologiya, morfologiya, sintaksis, adabiy til me’yorlari, nutq madaniyati hamda til tarixiga oid 25 ta test savoli taqdim etildi. Talabalarga test topshiriqlarini bajarish uchun 20 daqiqa vaqt ajratildi. Har bir to‘g‘ri javob 4 ball bilan baholanib, maksimal natija 100 ballni tashkil etdi. Ushbu sinovlar orqali ishtirokchilarning ona tili bo‘yicha nazariy bilimlari, savodxonligi va til me’yorlarini amaliy qo‘llash ko‘nikmalari baholandi. Shuningdek, “O‘zbek tili — milliy o‘zligim, ma’naviy boyligim va kelajagim” mavzusida o‘tkazilgan eng yaxshi insho va esse tanlovida talabalar ona tilining milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy merosimiz va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi qarashlarini yozma ijodiy ishlari orqali namoyon etdilar. Ijodiy ishlarni baholashda mavzuning mazmunan yoritilishi, mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv, imloviy savodxonlik va uslubiy mahorat kabi mezonlarga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tanlovlar talaba-yoshlarning ona tilimizga bo‘lgan ehtiromini yanada oshirish, ularning bilim va iste’dodini yuzaga chiqarish hamda davlat tilining jamiyat hayotidagi mavqeyini mustahkamlashga xizmat qildi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube