fa
Feedback
BuxDU •БухГУ •BukhSU

BuxDU •БухГУ •BukhSU

رفتن به کانال در Telegram

• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university Buxoro davlat universiteti Axborot xizmati bo'limi boshlig'i Otabek Jalolov @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14 +99865 221-26-85

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام BuxDU •БухГУ •BukhSU

کانال BuxDU •БухГУ •BukhSU (@buxdu_uz) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 16 356 مشترک است و جایگاه 12 164 را در دسته آموزش و رتبه 4 928 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 16 356 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 28 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 1 209 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -40 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 9.75% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 7.35% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 1 598 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 1 204 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 4 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university Buxoro davlat universiteti Axborot xizmati bo'limi boshlig'i Otabek Jalolov @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14 +99865 221-26-85

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 29 ژوئیه, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کرده‌اند.

16 356
مشترکین
-4024 ساعت
-1167 روز
+1 20930 روز
آرشیو پست ها
#Doʻstlik_festivali #uzb35 🟠30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan. Ushbu sana munosabati bilan Viloyat a
+4
#Doʻstlik_festivali #uzb35 🟠30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
Ushbu sana munosabati bilan Viloyat axborot kutubxona markazida "Yangi O'zbekiston do'stlik va insonparvarlik zamini" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Unda Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakilligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi, milliy madaniy markazlar, "Milliy Tiklanish" demokratik partiyasi viloyat Kengashi, Buxoro davlat universiteti va kutubxona xodimlari qatnashdi. Shuningdek "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi Azizbek Amonovning Yangi O'zbekiston do'stlik va insonparvarlik zamini nomli kitob taqdimoti ham o'tkazildi.
Bu sana Yangi O‘zbekistonda millatlararo totuvlik hamda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilayotgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir.
❤️Rasmiy sahifalarimiz
👍 Telegram | 👍 YouTube |👍 Instagram

Repost from Edu.uz
+8
#dayjest#ichki_turizm 🗣Oliygohlar talabalari uchun “Vatan bo‘ylab sayohat qil!” loyihasi doirasida ekskursiyalar tashkil etildi. Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning tarixiy-madaniy merosimizga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida “Vatan bo‘ylab sayohat qil!” loyihasi doirasida muzeylar, tarixiy obidalar, ziyoratgohlar va boshqa turizm maskanlariga ekskursiyalar tashkil etilmoqda.
Urganch davlat universiteti⁠Urganch davlat pedagogika instituti⁠ • Andijon davlat universiteti⁠ • Termiz davlat pedagogika instituti⁠ • Namangan davlat texnika universiteti⁠ • Namangan davlat texnika universiteti⁠ • Fargʻona davlat universiteti⁠ • Buxoro davlat universiteti⁠ • Andijon davlat tibbiyot instituti⁠ • Toshkent davlat transport universiteti⁠ • Buxoro davlat pedagogika instituti⁠ • Olmaliq davlat texnika instituti
Zero, o‘z tarixini anglagan, ajdodlari merosini qadrlagan yoshlar kelajakni yanada yuksak maqsadlar bilan bunyod etadi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

🇧🇾 🇺🇿 🎓Белорусский государственный университет наладит взаимодействие с тремя вузами Бухары. Так, на встрече сотрудников
🇧🇾 🇺🇿 🎓Белорусский государственный университет наладит взаимодействие с тремя вузами Бухары. Так, на встрече сотрудников БГУ с делегацией вузов Бухарской области договорились организовать совместные образовательные программы магистратуры. Кроме того, стороны проведут коллективные научные исследования в математике, биологии, юриспруденции, физике, сфере искусственного интеллекта и других областях.

✍️✍️✍️✍️✍️ 📘🇺🇿 Buxoro davlat universiteti rektoriga biriktirilgan Vobkent tumani Kosari MFYda istiqomat qiluvchi bitiruvch
+6
✍️✍️✍️✍️✍️ 📘🇺🇿 Buxoro davlat universiteti rektoriga biriktirilgan Vobkent tumani Kosari MFYda istiqomat qiluvchi bitiruvchi yoshlar bilan ularning bandligini ta'minlash, kasbiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash hamda munosib ish o'rinlariga yo'naltirish maqsadida amaliy va manzilli ishlar olib borilmoqda. Jarayon davomida bitiruvchilarning mutaxassisligi, qiziqishi va mehnat bozoridagi ehtiyojlardan kelib chiqib, ularni mavjud bo'sh ish o'rinlariga yo'naltirish, bandlikka ko'maklashish hamda kelgusidagi faoliyati yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. 🤝 Bunday uchrashuvlar bitiruvchi yoshlarning bandligini ta'minlash, ularning salohiyatini ro'yobga chiqarish va kelgusidagi mehnat faoliyatini qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ 📘Tadbirkorlik asoslari fani bitiruvchilar bandligiga qanday ta’sir qiladi? Prezident Shavkat Mirziyoyev yaqin
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ 📘Tadbirkorlik asoslari fani bitiruvchilar bandligiga qanday ta’sir qiladi? Prezident Shavkat Mirziyoyev yaqinda oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan taqdimot bilan tanishish chog’ida 2026 yilda respublika oliygohlarini 320 ming nafar talaba bitirishi kutilayotgani, shu bois yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida tizimli yondashuv zarurligi alohida ta’kidlandi. Xususan, oliygoh darajasida karyera markazlari faoliyatini kuchaytirish, "Bitiruvchi sifati indeksi" joriy etish, bitiruv loyihalari himoyasini ish beruvchi korxonalarda o‘tkazish, shuningdek aniq buyurtma asosida moslashuvchan dasturlar bilan kadrlar tayyorlashga qaratilgan dual ta’lim shaklini yo‘lga qo‘yish kabi tashabbuslar ilgari surildi. Batafsil Turobova Hulkar Rustamovna Yashil iqtisodiyot va agrobiznes kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

#qabul2026 #BuxDU 📘YANGI YO‘NALISH! DAVLAT TIZIMIDA KARYERA QURISH IMKONIYATI Buxoro davlat universitetida 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab yangi va istiqbolli yo‘nalish — Davlat auditi yo‘nalishiga qabul davom etmoqda! Ushbu yo‘nalishda siz: 🔹 davlat moliyaviy nazorati; 🔹 audit tekshiruvlari; 🔹 byudjet jarayonlari tahlili; 🔹 iqtisodiy xavfsizlik asoslari; 🔹 davlat resurslaridan samarali foydalanish mexanizmlarini o‘rganasiz. Bitiruvchilar uchun kasbiy imkoniyatlar: 🔸 Davlat audit organlari xodimi; 🔸 Moliyaviy nazorat mutaxassisi; 🔸 Auditor; 🔸 Iqtisodiy tahlilchi; 🔸 Davlat va moliya tizimi bo‘yicha ekspert; 🔸 Turli davlat idoralari va moliyaviy tashkilotlarda mutaxassis. 60411500 – Davlat auditi YANGI OCHILGAN YO‘NALISH — 2026/2027 o‘quv yilidan ilk qabul! 🚀 Davlat boshqaruvi va moliya tizimining markazida bo‘lishni istasangiz — bu yo‘nalish aynan siz uchun! 🎥 Yo‘nalish haqida videorolikni tomosha qiling va o‘z kelajagingizni tanlang. ➡️ Qiziqqan do‘stlaringizga ham ulashing! 🔗 Hujjat topshirish: my.uzbmb.uz Buxoro davlat universiteti — kelajak mutaxassislarini bugundan tayyorlaydi! 📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 65 221 25 87 +998 65 221 26 85 +998 65 221 29 06 +998 65 221 30 46 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

❗️Abituriyentlar eng ko‘p adashadigan tanlov bosqichida nimalarga eʼtibor berish kerak #abituriyent
Kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 25-iyuldan 8-avgustga qadar o‘zlari to‘plagan ballga mos ravishda oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashlari mumkin. Bu jarayon “avval test – so‘ng tanlov” tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Tanlov jarayonida test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos holda 5 tagacha oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi hamda har bir yo‘nalish uchun kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllari tanlanadi. Yo‘nalishlarni bir OTT doirasida ham, turli OTTlar kesimida ham tanlash imkoniyati mavjud.
Oliy ta’lim tashkiloti va yo‘nalish tanlashda tanlov ustuvorligini to‘g‘ri belgilash muhim ahamiyatga ega!
📹Ushbu video “Tanlov ustuvorligi nima?” deb so‘rayotgan abituriyentlar uchun. 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

🇺🇿 Прямо сейчас проходит встреча ректора БГУ Андрея Короля с коллегами из университетов Узбекистана. Повестка визита включа
+9
🇺🇿 Прямо сейчас проходит встреча ректора БГУ Андрея Короля с коллегами из университетов Узбекистана. Повестка визита включает обмен опытом в области образовательной деятельности, а также переговоры по вопросам академического и научного сотрудничества. ℹ️ Подробнее – скоро на сайте БГУ.

👥👥👥👥👥👥 📘BuxDU va Belarus davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi ✅Belarus Respublikasida
+5
👥👥👥👥👥👥 📘BuxDU va Belarus davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi ✅Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov ushbu mamlakatning eng nufuzli va yetakchi oliygohlaridan biri bo'lgan Belarus davlat universitetiga (BDU) tashrif buyurdi. Mazkur uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.
Muloqot davomida BuxDU va BDU o‘rtasida tabiiy va gumanitar fanlar yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish hamda talabalar uchun akademik mobillik dasturlarini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar jahon reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan ushbu nufuzli universitetning o‘quv jarayonlarini raqamlashtirish va ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish borasidagi ilg‘or tajribalarini Buxoro davlat universiteti faoliyatiga tatbiq etish yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuv yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, xususan, Scopus va Web of Science bazalariga kiruvchi jurnallarda qo‘shma maqolalar chop etish hamda xalqaro grant loyihalarida birgalikda ishtirok etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Belarus davlat universiteti rahbariyati BuxDU bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirib, kelgusidagi amaliy qadamlarni belgilab oldilar. Mazkur tashrif universitetning xalqaro akademik nufuzini oshirishda navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Facebook

Repost from Edu.uz
#diqqat_tanlov Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda Badiiy akademiya hamkorligida “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlovning asosiy maqsadi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini zamonaviy turistik sovg‘a sifatida targ‘ib qilish, hududlardagi ijodkorlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda turistlar uchun ixcham, sifatli va hamyonbop esdalik sovg‘alari namunalarini yaratishdan iborat.
☄️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan dizaynerlar, rassomlar, ijodkor yoshlar hamda “Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan hunarmandlar belgilangan tartibda onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. G‘olib deb topilgan har bir ishtirokchi 5 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.   Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: Dizaynerlar uchun: https://forms.gle/ac9gqAeHZLKoHaRa8  ⏺Hunarmandlar uchun: https://forms.gle/MQ6XX6og9jjJVNKp7 ❗️Arizalar birinchi bosqich uchun 16-avgustga qadar, ikkinchi bosqich uchun esa 20-sentabrga qadar qabul qilinadi.
“Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha NIZOM  Hunarmandchilik mahsulotlari bo‘yicha ko‘rik-tanlov talablari  Yo‘nalishlar bo‘yicha talablar jadvali
🌐 Batafsil Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

👥👥👥👥👥👥 📘BuxDU va Belarus davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi ✅Belarus Respublikasida
+5
👥👥👥👥👥👥 📘BuxDU va Belarus davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi ✅Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov ushbu mamlakatning eng nufuzli va yetakchi oliygohlaridan biri bo'lgan Belarus davlat universitetiga (BDU) tashrif buyurdi. Mazkur uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.
Muloqot davomida BuxDU va BDU o‘rtasida tabiiy va gumanitar fanlar yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish hamda talabalar uchun akademik mobillik dasturlarini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar jahon reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan ushbu nufuzli universitetning o‘quv jarayonlarini raqamlashtirish va ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish borasidagi ilg‘or tajribalarini Buxoro davlat universiteti faoliyatiga tatbiq etish yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuv yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, xususan, Scopus va Web of Science bazalariga kiruvchi jurnallarda qo‘shma maqolalar chop etish hamda xalqaro grant loyihalarida birgalikda ishtirok etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Belarus davlat universiteti rahbariyati BuxDU bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirib, kelgusidagi amaliy qadamlarni belgilab oldilar. Mazkur tashrif universitetning xalqaro akademik nufuzini oshirishda navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Facebook

🎓 Nega aynan BuxDU magistraturasi? Chunki bu yerda bilim imkoniyatga, imkoniyat esa muvaffaqiyatga aylanadi! 📢 Buxoro davla
🎓 Nega aynan BuxDU magistraturasi? Chunki bu yerda bilim imkoniyatga, imkoniyat esa muvaffaqiyatga aylanadi! 📢 Buxoro davlat universiteti 2026/2027-o‘quv yili magistratura mutaxassisliklariga hujjatlar qabuli davom etmoqda!
Magistratura mutaxassisliklari va qabul kvotalari Iqtisodiyot, biznes va moliya • Davlat auditi va moliyaviy nazorat — 10 ta • Bioiqtisodiyot — 6 ta • Biznesni boshqarish (MBA, kechki) — 5 ta • Biznes-tahlil — 5 ta Huquq va siyosat • Biznes huquqi (kunduzgi) — 10 ta • Biznes huquqi (kechki) — 10 ta • Amaliy siyosatshunoslik — 10 ta Gumanitar fanlar va tarix • Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (kechki) — 10 ta • Arxeologiya — 5 ta Sport va jismoniy tarbiya • Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (kechki) — 5 ta • Adaptiv jismoniy tarbiya va sport — 5 ta Qishloq xo‘jaligi va texnologiya • Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi — 5 ta
📄 Hujjat topshirish uchun: ✔️ Bakalavr diplomi ✔️ Tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro chet tilini bilish sertifikati 🌐 Arizalar faqat my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.Hujjat topshirishning so‘nggi muddati — 30-IYUL! 🚀 Bugun qabul qilgan qaroringiz ertangi ilmiy va kasbiy muvaffaqiyatingizning poydevori bo‘lishi mumkin. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🔗 Ariza topshirish: https://my.edu.uz Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

#kiberogohlik #xavfsiz_va_soglom_yurt Telegramda "Road24" nomli xavfli virusli fayl tarqalmoqda! Soxta xabarlarda goʻyoki "jarimalar uchun 100% chegirma beriladi" degan va'dalar bilan .apk formatidagi zararli fayllar yuborilmoqda. ❌ Faylni yuklab olmang va oʻrnatmang! Telegram | Instagram | Youtube

#Mustaqillik35 🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube

👥👥👥👥👥👥 📘Ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi: Belarus davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasi bilan akademik hamkorlik yangi bo
+9
👥👥👥👥👥👥 📘Ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi: Belarus davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasi bilan akademik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi ✅Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi delegatsiya ushbu mamlakatning eng nufuzli agrar oliygohlaridan biri - Belarus davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasiga (BSXA) tashrif buyurdi. Mazkur uchrashuv davlatimiz rahbarining Belarusga amalga oshirgan oliy darajadagi tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash hamda ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni amaliy mazmun bilan boyitish maqsadida tashkil etildi. 🔵Akademiya rahbariyati, xususan, birinchi prorektor Andrey Kolmikov bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida zamonaviy qishloq xo‘jaligi ta’limini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tomonlar agrar sohadagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma dasturlarni (double degree) kengaytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligini rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Belaruslik mutaxassislar Buxoro davlat universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan aloqalar eng yaxshi ta’lim amaliyotlarini birlashtirish hamda zamonaviy agrar fanni rivojlantirishda muhim omil bo‘lishini e’tirof etdilar. ⚙️Uchrashuvning mantiqiy yakuni sifatida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur hujjat ilmiy-tadqiqot faoliyatini kuchaytirish, innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish hamda oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash yuzasidan istiqbolli imkoniyatlarni yaratadi. Ushbu strategik sheriklik universitetning xalqaro akademik maydondagi nufuzini yanada yuksaltirishga hamda agrar soha uchun jahon standartlari darajasidagi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Mazkur nufuzli hamkorlik Belarus davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasi ijtimoiy tarmoqlarida batafsil yoritildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Facebook

Repost from УО БГСХА
💫ВМЕСТЕ — К ОБЩЕЙ ЦЕЛИ💫 🏛Сегодня с ,официальным визитом академию посетила делегация Бухарского государственного университе
+8
💫ВМЕСТЕ — К ОБЩЕЙ ЦЕЛИ💫 🏛Сегодня с ,официальным визитом академию посетила делегация Бухарского государственного университета.Смотрите ФОТО◀️ 🎓 В центре внимания — развитие образовательного и научного сотрудничества, обмен опытом, запуск совместных программ подготовки специалистов и реализация перспективных международных проектов. 🌾 Первый проректор БГСХА Андрей Колмыков отметил, что академия открыта для сотрудничества, которое помогает объединять лучшие образовательные практики и развивать современную аграрную науку. 🤝 Главным итогом встречи стало подписание соглашения о сотрудничестве, которое открывает новые возможности для студентов, преподавателей и ученых двух вузов. 🌾Подробнее baa.byПОДПИСЫВАЙСЯ НА АКАДЕМИЮ И БУДЬ В КУРСЕ!