Ochiq muloqot 2026
Kanalga Telegram’da o‘tish
Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
1 076
Obunachilar
-6224 soatlar
-3707 kun
-1 61930 kun
Postlar arxiv
1 066
👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!
Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.
«Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan? 👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan. 👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! OCHIQ MULOQOT 2026
1 066
Repost from Turonbank
+9
🇺🇿Ohangaronda ishlab chiqarish korxonalari bilan ochiq muloqotlar o’tkazildi
Ohangaron tumani hokimi Bahromjon Norqobilov hamda Turonbank Boshqaruv Raisi Chori Mirzayev Ohangaron tumanidagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Jumladan, turli salqin ichimliklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Zalalmowafaq FZ” MChJ, “Egida Simaks”, “Poly Faktor”, “Premier Elektrotech” va “Sammix Naslchilik” korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
🏦 Uchrashuvlar davomida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.
👉Uchrashuv haqida batafsil👈
📨 Telegram 👨 Facebook
🖼 Instagram 👍 YouTube
1 066
Repost from UzA | Rasmiy kanal
OCHIQ MULOQOT: turizm sohasida tadbirkorlar qanday muammolarga duch kelmoqda?
Toshkent shahrida turizm, mehmonxona va umumiy ovqatlanish sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Telegram kanallarimiz
📱Mobil ilova 👉 iOS | Android
1 066
🔈DIQQAT, TADBIRKORLAR! «OCHIQ MULOQOT 2026»GA TAYYORGARLIK DAVOM ETMOQDA!
Biznesingizda muammo bormi yoki tizimli yechimga ega taklif? Ularni qonun loyihasiga aylantirish imkoniyatini boy bermang. Respublika shtabida 40 dan ortiq vazirlik va idoralar ekspertlari Sizga ko‘mak berishga tayyor.
📞 Qisqa raqamlar: 1100, 1094
👍 Telegram bot: @ochiqmuloqot2026_bot
Shoshiling, o‘z kelajagingizni bugundan o‘zgartiring!
OCHIQ MULOQOT 2026
1 066
Repost from Biznes-ombudsman
👍 No-comment: Tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotga tayyorgarlik qizg‘in pallada!
Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida respublika bo‘ylab izchil ishlar olib borilmoqda.
Xususan, bugun – 3-iyun kuni Toshkent shahrida Biznes-ombudsman devoni hamda Bektemir tumani hokimligi vakillari ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida biznes vakillari o‘z faoliyatlarida duch kelayotgan muammolarni bayon etib, soha qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashdilar.
🔈Hurmatli tadbirkorlar! Agar sizda ham biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar yoki faoliyatingizga to‘sqinlik qilayotgan muammolar bo‘lsa, quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qiling: Ishonch telefonlari (24/7): 1100 va 1094 👍 @biznesombudsmanrasmiy_bot 👍 @ochiqmuloqot2026_bot 👍 https://business.gov.uz/ 👍 my.chamber.uzEng so‘nggi va tezkor yangiliklarni rasmiy @Ochiqmuloqot2026 Telegram-kanalida kuzatib boring. Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 066
Repost from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
+8
#JARAYON
📍 Bugun Sirdaryo viloyatida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Videokonferensiyaaloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas’ullari hamda sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan yer maydonlaridan foydalanish, obyektlarning funksional toifasini o‘zgartirish, qurilish hujjatlarini rasmiylashtirish, bosh rejaga oid masalalar hamda turar joy qurilishi bilan bog‘liq qator taklif va murojaatlar ko‘tarildi.
🔴 Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda masalalarni qonunchilik doirasida ko‘rib chiqish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
1 066
+5
👍 Jizzax viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi
Bugun Biznes-ombudsman Jizzax viloyati shu’basi rahbari S.Usmanov hamda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Zafar Azimov boshchiligida tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni, xususan, yer ajratish va uni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalarni hal etishga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda Respublika Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari, Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, Markaziy bank, Kadastr agentligi, Soliq boshqarmasi vakillari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yer munosabatlari sohasida yuzaga kelayotgan muammolar, amaliy takliflar hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Xususan, tadbirkorlik faoliyati uchun yer uchastkalarini ajratish, yerga boʻlgan egalik huquqini eʼtirof etish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tadbirkorlarga tegishli boʻlgan yer va bino-inshootlar maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq va kadastr organlari bazalarida oʻzaro muvofiqlashtirish, qishloq xoʻjaligi faoliyati uchun yangi tizim asosida yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish yoʻnalishlari boʻyicha masalalar koʻrib chiqildi.
Bunday ochiq muloqotlarning muntazam tashkil etilishi tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolarni tezkor hal etish, biznes uchun yanada qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.
OCHIQ MULOQOT 2026
1 066
📍 Toshkent shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2-iyun kuni Toshkent shahrida sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori o‘rinbosari Ilhomjon Pardayev, Raqamli transformatsiya markazi, Agentlikning hududiy loyiha ofisi vakillari, “O‘zbekekspertiza” AJ, tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi.
Ochiq muloqotda 70 ta korxonadan 82 nafar ishtirokchi qatnashdi. Shuningdek, 13 ta hududiy studiya orqali 236 nafar ishtirokchi jarayonga onlayn ulandi. Umumiy hisobda tadbir 300 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi. Muloqot davomida sanoat kooperatsiyasi, davlat xaridlari tizimi, mahalliylashtirish imkoniyatlari hamda tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan amaliy muammolar muhokama qilindi.✔️ Uchrashuv davomida 15 ta korxona tomonidan 25 ta muammo va taklif bildirildi. Shundan 8 ta korxonaning 12 ta muammosi muloqot jarayonida hal etildi. Qolgan 10 ta muammo va 3 ta taklif tegishli tashkilotlar hamda mas’ul ijrochilarga yo‘naltirildi. Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni amaliy hal etishning samarali mexanizmi hisoblanadi.
Savol va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin.🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
1 066
Repost from KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿
+9
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV VA OCHIQ MULOQOT📝Bugun Konimex tumani hokimligida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Eldor Hazratqulov, tuman hokimining oʻrinbosari - invеstisiyalar, sanoat va savdo boʻlimi boshligʻi Shaxarbek Egamkulov, Biznes-ombudsman devonining Navoiy viloyati sho'basi rahbari B.Mirzayev va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 📝Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad hududdagi tadbirkorlik subyektlarini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, ularning faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish hamda biznes yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. 📝Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan yer ajratish, kredit mablag‘lari, infratuzilma bilan bog‘liq masalalar, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, soliq tizimi, huquqiy himoya hamda boshqa yo‘nalishlarda murojaatlar va takliflar bildirildi. 📝Har bir tadbirkorning murojaati mutasaddi rahbarlar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi. 📝Ta’kidlanganidek, tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda investitsion muhitni yanada yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi. 📝Uchrashuv yakunida tadbirkorlar bilan bunday ochiq muloqotlarni muntazam ravishda tashkil etish muhimligi qayd etildi. ✈️ Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati
1 066
Repost from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#DIQQAT
📍 Sirdaryolik qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi tadbirkorlari diqqatiga!
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari qurilish sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.
💬 Muloqot davomida:
— sohadagi mavjud muammolar;
— tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar;
— taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.
Manzil: Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi binosi
🕖Vaqt: 18:00
📞 Ro’yxatdan o’tish uchun aloqa: (67) 227-88-06
Sohadagi barcha tadbirkorlar taklif etiladi!
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
1 066
Repost from Iqtisodiyot va moliya vazirligi
+1
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣
⏺Jizzax viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi
Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yer munosabatlari sohasida yuzaga kelayotgan muammolar, amaliy takliflar hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Xususan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha masalalar koʻrib chiqildi:
☑️tadbirkorlik faoliyati uchun yer uchastkalarini ajratish;
☑️yerga boʻlgan egalik huquqini eʼtirof etish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
☑️tadbirkorlarga tegishli boʻlgan yer va bino-inshootlar maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq va kadastr organlari bazalarida oʻzaro muvofiqlashtirish;
☑️qishloq xoʻjaligi faoliyati uchun yangi tizim asosida yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish.
Muloqot davomida koʻtarilgan masalalarni hal etish, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflarni amaliyotga joriy qilish hamda tegishli qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.
#ochiq_muloqot #tadbirkorlar #yer_munosabatlari
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
1 066
+9
👍 Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: muammolar o‘rganilib, amaliy yechimlar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish hamda tadbirkorlik subyektlarining muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Sh.Shukurov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Surxondaryo viloyatidagi shu’basi bosh inspektori A.Bahramov ishtirok etib, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar, murojaatlar va takliflarni tingladi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
Tadbirda 44 nafardan ortiq tadbirkor ishtirok etib, o‘z faoliyati davomida duch kelayotgan muammolar va takliflarini bevosita mutasaddilarga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Sayyor qabul davomida murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar esa belgilangan tartibda nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur sayyor qabul tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish hamda davlat organlari bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlashga xizmat qildi.
OCHIQ MULOQOT 2026
1 066
+6
👍 Namanganda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot va sayyor qabul tashkil etildi
Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish, tadbirkorlarning taklif va muammolarini o‘rganish maqsadida Biznes ombudsman devonining Namangan viloyati sho'basi va Namangan viloyat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda Namangan tuman hokimligi binosida tadbirkorlar bilan "ochiq muloqot" o'tkazildi.Tadbirda tadbirkorlik subyektlarining taklif va muammolari tinglanib, ularga PF–100-son Farmonida nazarda tutilgan yangi imkoniyatlar, tadbirkorlik faoliyatini tekshirish va ular bilan muloqot o'tkazishning yangi tartiblari belgilangan PF-63-son Farmon bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. OCHIQ MULOQOT 2026
1 066
Repost from Biznes-ombudsman
+2
#faoliyat
👍 Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boshlandi
Ayni vaqtda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan “Tadbirkorlar va Hunarmandalar” markazi binosida kichik va o‘rta biznes subyektlari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirlarda Biznes-ombudsman devoni, Savdo-sanoat palatasi hamda Sirdaryo viloyati hokimligi vakillari ishtirok etmoqda.
📞Tadbirkorlar 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilishlari mumkin!
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 066
👍 Murojaatlar qanday hal bo‘lmoqda?
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan Respublika shtabi kelib tushayotgan har bir murojaatni qat’iy nazoratga olgan.
Tezkor munosabat tizimi tufayli tadbirkorlardan kelib tushayotgan muammolar, xususan, infratuzilmaga ulanish va kommunal sohalardagi to‘siqlar mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zudlik bilan o‘rganilmoqda va qisqa muddatlarda amaliy yechimlar topilmoqda.🔈 Hurmatli tadbirkorlar! Agar sizning ham faoliyatingizda muammolar bo‘lsa yoki biznes muhitini yaxshilash, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, Respublika shtabiga murojaat qiling: 📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari 👍@ochiqmuloqot2026_bot OCHIQ MULOQOT 2026
1 066
Repost from Uzbektourism.uz
+9
Buxoroda turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S. Bobokalonov hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari ishtirokida Buxoro viloyatida turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
—
Open dialogue with tourism industry entrepreneurs held in Bukhara
An open dialogue with entrepreneurs operating in the tourism sector was held in Bukhara with the participation of S. Bobokalonov, Deputy Chairman of the Tourism Committee of the Republic of Uzbekistan, and representatives of the Ministry of Economy and Finance.
—
В Бухаре состоялся открытый диалог с субъектами предпринимательства в сфере туризма
При участии заместителя председателя Комитета по туризму Республики Узбекистан С. Бобокалонова и представителей Министерства экономики и финансов в Бухаре был организован открытый диалог с предпринимателями, осуществляющими деятельность в сфере туризма.
Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
1 066
👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!
Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.
«Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan? 👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan. 👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! OCHIQ MULOQOT 2026
1 066
Repost from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
+5
#JARAYON
📍Surxondaryo viloyatida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Videokonferensiya aloqa shaklida tashkil etilgan ochiq muloqotda vazirlik mas’ullari, hududiy tashkilotlar rahbarlari hamda Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan qurilish jarayonlarini tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirish, loyiha va ekspertiza ishlari samaradorligini oshirish, ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi hamda kommunal xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.
Shuningdek, qurilish sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, loyiha tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, energiya tejamkor yechimlardan foydalanishni kengaytirish hamda sohada tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
🔴Ochiq muloqot yakunida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
