Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
Kanalga Telegram’da o‘tish
https://www.facebook.com/share/p/1BcoEVGtAH/ https://www.instagram.com/p/DbGFnt-Cgvk/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA== https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=xzYLGHTzsEPsp5Bx Murojaat uchun: @gulomuzoqov
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
197
Obunachilar
+324 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kun
-230 kun
Postlar arxiv
DEPUTAT QABULI
👤 DEPUTAT: Uzoqov G‘ulom Baxronovich Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati (“Xalqlar do‘stligi” saylov okrugi)
🔈 SANA: 3-Sentyabr Chorshanba kuni
⏰ VAQT: Soat 10:00 da
📍 MANZIL: “Ulug‘bek” MFY binosi
🎯 QABUL MAQSADI:
Aholi murojaatlari va muammolarini tinglash
Aholidan taklif va tashabbuslarni qabul qilish
Masalalarni joyida va deputatlik so‘rovlari orqali hal etish
💬 Murojaat va takliflaringiz bo‘lsa, qabulda faol ishtirok eting!
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
+7
📚Kitob tumanidagi barcha maktablarga 1-sinf o'quvchilari uchun "Prezident sovg‘a"lari yetkazib berildi
Yangi o‘quv yili arafasida Kitob tumanidagi 1-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “Prezident sovg‘alari” to‘plamlari yetkazib berildi.
Mazkur sovg‘a to‘plami birinchi sinfga qadam qo‘yayotgan o‘quvchilar uchun zarur bo‘lgan 12 turdagi o‘quv qurollarini o‘z ichiga oladi. Jumladan, o‘quv sumkasi, 12 ta daftar, ruchka, 2 ta oddiy qalam, rangli qalamlar to‘plami, rangli qog‘oz, plastilin, rasm daftari, 2 ta o‘chirg‘ich, rangli akvarel bo‘yoqlari, yelim va qalamdon mavjud.🇺🇿 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bu yilgi “Prezident sovg‘alari” tarkibiga davlat ramzlari tasvirlangan brelok ham kiritilgan. Ushbu tashabbus yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, davlat ramzlariga hurmat va yurt bilan faxrlanish tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 🏫Ta’kidlash joiz, mazkur sovg‘a to‘plamlari tumandagi 98 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablariga to‘liq yetkazib berildi. ✅ Ma’lumot o‘rnida: joriy o‘quv yilida Kitob tumanida 5 835 nafar o‘g‘il-qiz ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yishi kutilmoqda. Ularning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun ta’lim muassasalari zarur darsliklar, o‘quv qurollari hamda maktab jihozlari bilan ta’minlangan. 🔍Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | ✅Twitter | 📹YouTube
+8
Xalqlar do‘stligi MFYda deputat va mas’ullar ijtimoy-iqtisodiy holat hamda aholi bandligini o‘rgandilar
Viloyat Kengashi deputati J. Raxmonov, tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘. Uzoqov, kotibiyat mutaxassislari J. Ergashev, O. Nosirov hamda Ekspert guruhi a’zosi A. Mirzayevlar Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, MFY raisi va hokim yordamchisi bilan birgalikda hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini har taraflama o‘rgandilar.
O‘rganishlar davomida MFY oqsoqoli J. Xamrayev hamrohligida ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi xonadonlariga birma-bir kirildi hamda saylovchilar bilan samimiy va ochiq muloqotlar, uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlar hamda ko‘chama-ko‘cha yurish davomida aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Tashrif davomida «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan quyidagi muhim savolnoma yo‘nalishlari asosida batafsil va atroflicha o‘rganishlar olib borildi:
Ishsizlar balansi va ularning aniq hisobi: Mahallada ishsizlar balansi qanday yuritilayotgani, Qonunning 15-moddasiga muvofiq ish qidirayotgan shaxslar va ishsizlarning aniq hamda shaffof ro‘yxati shakllantirilgani ko‘rib chiqildi.
Daromad manbai va norasmiy bandlik: Mahalladagi «ishsiz» deb ro‘yxatga olingan fuqarolarning qanchasi haqiqatda hech qanday daromad manbaiga ega emasligi hamda ularning qanchasi norasmiy sekorda mehnat qilayotganligi aniqlandi.
Xatlov natijalari va bandlik holati: Hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda yil boshidan beri nechta xonadon xatlovdan o‘tkazilgani hamda mazkur xatlovlar natijasida aniq nechta ishsiz fuqaro ro‘yxatga olingani o‘rganildi.
Aholini ishga joylashtirish choralari: Mahalla kengashi tomonidan Bandlikka ko‘maklashish markazi bilan birgalikda va hamkorlikda nechta fuqaroga munosib ishga joylashishi uchun rasmiy yo‘llanmalar berilgani tahlil qilindi.
Kasb-hunarga o‘qitish va malaka oshirish: Mahalladagi ishsiz xotin-qizlar va yoshlarning qanchasi Qonunning 19-moddasiga muvofiq kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslariga yo‘naltirilgani va qamrab olingani ko‘rib chiqildi.
«Usta-shogird» an’anasi va subsidiyalar: Mahalla hududida «Usta-shogird» an’anasi asosida hunar o‘rganayotgan yoshlar soni va ularga zarur subsidiyalar ajratish jarayonida mahallaning ishtiroki hamda ko‘mak darajasi baholandi.
Jamoat ishlari: Mahallani obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlariga nechta ishsiz fuqaro haq to‘lanadigan vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etilganligi o‘rganildi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining bandligini ta’minlash borasidagi bu kabi amaliy va manzilli o‘rganishlar hududda izchil davom ettirilmoqda.
#24_tavsiya
#ish_reja_ijrosi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
https://t.me/kitob_tuman_Kengashi
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
“Xalqlar Doʻstligi” MFYda amaliy ishlar boshlandi: Deputat soʻrovi oʻz natijasini berdi!
Joriy yilning 25-avgust kuni Xalqlar Doʻstligi saylov okrugi deputati Gʻulom Baxronovich Uzoqov tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida muhim deputatlik soʻrovi yuborilgan edi.
Ushbu soʻrov “Xalqlar Doʻstligi” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Doʻstlik koʻchasining 280 metr qismiga beton qoplamasi yotqizish ishlarini tashkil etish, mahalla drayveri va aholining koʻp yillik murojaatlarini hal etishga qaratilgan edi.
📌 Natija va amaliy jarayon:
Deputatlik soʻroviga tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tezkor va ijobiy munosabat bildirilib, amaliy ishlar rasman boshlandi!
Soʻrovda soʻralgan 15 tonna sement ajratildi hamda hozirda koʻchaga sifatli beton qoplamasini yotqizish boʻyicha qurilish va obodonlashtirish jarayonlari jadal olib borilmoqda.
Yoʻl infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ushbu amaliy saʼy-harakatlar natijasida hududda qatnov sezilarli darajada qulaylashadi va fuqarolarimiz uchun xavfsiz hamda ravon harakatlanish sharoiti yaratiladi.
✨ El manfaati yoʻlidagi amaliy ishlar va ijobiy oʻzgarishlar izchil davom etadi!
#DeputatSoʻrovi #XalqlarDoʻstligi #Obodonlashtirish #AmaliyNatija #YoʻlInfratuzilmasi #Kitob
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
YAGONA VATAN — YAGONA XALQ, YAGONA MAQSAD!
Bugun Kitob tuman Axborot-resurs markazida Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Kitob tuman kengashi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz» shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston XDP Kitob tuman kengashi raisi Zilola Norova, Xalq deputatlari tuman Kengashi Makrid saylov okrugi deputati G.Kenjayeva soʻzga chiqib, mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va inson qadrini yuksaltirish borasidagi ezgu ishlar haqida atroflicha toʻxtaldi.
Z. Norova oʻz soʻzida yurtimiz taraqqiyoti, xalq farovonligi va jamiyatda ijtimoiy adolatni taʼminlashda har bir fuqaroning faolligi muhim ekanini taʼkidlab, «Yagona Vatan, yagona xalq» gʻoyasi atrofida birlashib, yangi hayot va munosib kelajakni birgalikda barpo etish zarurligini qayd etdi.
Shuningdek, yoshlarni maʼnaviy-ma meʼrifiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bilim olishi va jamiyat hayotida faol ishtirokini taʼminlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, bugungi yangilanishlar va yurtimizning yorugʻ kelajagi haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
✨ Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin! Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va buyuk kelajak sari birgalikda odimlaylik!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
🏛 YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI – 2030 STRATEGIYASI IJROSI: KITOB TUMANIDA 15 TA MAHALLADA KUTUBXONA TASHKIL ETILADI!
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik va huquqiy savodxonligini oshirish borasida muhim qadam tashlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon hamda Qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida "Yoshlar daftari" jamg‘armasi hisobidan 190,000,000 (bir yuz to‘qson million) so‘m mablag‘ ajratilishi ma'qullandi.
📊 ASOSIY KO‘RSATKICHLAR VA MAQSADLAR:
🔹Ajratilgan mablag‘: 190 000 000 so‘m
🔹Manba: "Yoshlar daftari" jamg‘armasi
🔹Asosiy maqsad: Tumandagi 15 ta mahallada namunali kutubxonalar tashkil etish, yangi kitoblar xarid qilish va "Besh muhim tashabbus" tadbirlarini moliyalashtirish.
⚖️ NAZORAT VA MAS'ULLAR:
Mablag‘larning o‘z vaqtida, maqsadli va samarali sarflanishi tuman hokimining o‘rinbosari B. Murodov hamda Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Sh. Samatov zimmasiga yuklatildi. Shuningdek, jarayon Tuman G‘aznachilik xizmati bo‘linmasi va Kengashning doimiy komissiyasi tomonidan qat'iy nazorat qilib boriladi.
✨ Yoshlarimiz intellektual salohiyatini oshirish hamda ma'rifatli jamiyat sari tashlangan navbatdagi dadil qadam qutlug' bo'lsin!
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
