uk
Feedback
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Відкрити в Telegram

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
203
Підписники
+224 години
-27 днів
-930 день
Архів дописів
"Qizil" va "Sariq" hududlar bilan ishlash strategiyasi Tahlil davomida quyidagi masalalarga alohida urg‘u berish samara berad
+1
"Qizil" va "Sariq" hududlar bilan ishlash strategiyasi
Tahlil davomida quyidagi masalalarga alohida urg‘u berish samara beradi:
Ishsizlik va bandlik: Jinoyat sodir etilishiga ko‘pincha bandlik ta'minlanmagani sabab bo‘ladi. "Qizil" hududlardagi ishsiz yoshlar va xotin-qizlar ro‘yxatini shakllantirib, ularni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta'minlash.
Profilaktik nazorat: Muqaddam sudlanganlar, huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bor shaxslar bilan alohida, manzilli ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish.
Tungi nazorat va infratuzilma: Hududlardagi ko‘chalarni yoritish, videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va tungi vaqtlarda profilaktika inspektorlari hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
👥 "Mahalla yettiligi" faoliyatining samaradorligi
Mahallada jinoyatchilik barham topishi yettilikning (mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, soliq inspektori va ijtimoiy xodim) qanchalik hamjihatlikda ishlashiga bog‘liq. #24_tavsiya #ish_reja_ijrosi KENGASH

Yangi bunyod etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati oʻrganildi Makrid mahalla fuqarolar yigʻini “Xasantepa” qishlogʻ
+7
Yangi bunyod etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati oʻrganildi Makrid mahalla fuqarolar yigʻini “Xasantepa” qishlogʻida yangidan tashkil etilgan, 120 oʻringa moʻljallangan 37-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yaqindagina foydalanishga topshirilgan edi. Bugun kotibiyat mudiri Gʻ.Uzoqov hamda mutaxassis J.Ergashevlar ushbu muassasaga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Oʻrganish davomida yangi bogʻchada bolajonlarning taʼlim-tarbiya olishlari, sogʻlom ulgʻayishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy jihozlanish darajasi hamda tarbiyachilarning ish jarayonlari koʻzdan kechirildi. Kelgusida muassasa faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. #ish_reja_ijrosi #kotibiyat #mudirining #ish_rejasi #24_tavsiya DEPUTATLAR_FAOLIYATI

🏛 Sessiya kun tartibidagi masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinmoqda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashin
+2
🏛 Sessiya kun tartibidagi masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinmoqda
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritiladigan masalalar Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
Mazkur yig‘ilishda kun tartibidagi masalalarni huquqiy jihatdan tahlil qilish va aholi manfaatlariga mosligini taʼminlash maqsadida “Madad” NTT mutaxassisi S.Usmonov bilan yaqin hamkorlikda ish olib borilmoqda.
Yig‘ilish davomida komissiya aʼzolari va soha mutaxassislari tomonidan bildirilgan taklif hamda tavsiyalar sessiya muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilgan. #Ish_reja_ijrosi #Kotibiyat_mudirining_ish_rejasi #sessiya_oldi_muhokamalar #Madad #NTT #hamkorlik DEPUTATLAR_FAOLIYATI

📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Qodirov Sobir Xakimovich tomonida
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Qodirov Sobir Xakimovich tomonidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. 📩 Deputatlik so‘roviga Kitob tumani Obodonlashtirish bo‘limi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.

PQ-141-sonli qaror ijrosi: “Bogʻbon” MFYdagi maktabda oʻrganish ishlari olib borildi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
+7
PQ-141-sonli qaror ijrosi: “Bogʻbon” MFYdagi maktabda oʻrganish ishlari olib borildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-141-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur qaror doirasida “Bogʻbon” MFYdagi 13-sonli umumtaʼlim maktabida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 220 oʻrinli qoʻshimcha bino hamda zamonaviy sport zali qurilishi jarayonlari joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Oʻrganish ishlarida:
Gʻ.Uzoqov—Tuman Kengashi kotibiyati mudiri;
O.Nosirov—Yoshlar maslahat guruhi aʼzosi;
S.Usmonov—“Madad” NTT mutaxassisi ishtirok etdilar.
Ishchi guruh tomonidan qurilish ishlarining borishi, loyiha sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan zarur tavsiyalar berilib, ijrosi nazoratga olindi. #Kotibiyat #mudirining #ish #rejasi #sessiya #oldi #o'rganish #24_tavsiya DEPUTATLAR_FAOLIYATI

Deputat soʻrovi: Yoʻl muammolari hal etilmoqda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Doʻstov Akmaljon Fazliddinovich tomon
Deputat soʻrovi: Yoʻl muammolari hal etilmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Doʻstov Akmaljon Fazliddinovich tomonidan hududdagi infratuzilmani yaxshilash maqsadida tuman hokimligiga muhim deputatlik soʻrovi yuborildi.
Soʻrovda quyidagi dolzarb masalalarni hal etish va mablagʻ ajratish soʻralgan:
📍 “Palandara” MFY: Deyshqon hamda Yangi qishloq qishloqlarini bogʻlovchi 1 km 800 metr yoʻlni asfaltlashtirish;
📍 “Qorabuloq” MFY: Maktabga olib boruvchi yoʻlning 900 metr qismini asfaltlashtirish.
Aholi farovonligi va qishloqlarimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshadigan ushbu loyihalar ijrosi qatʼiy nazoratga olinadi. Xalq manfaati — bosh mezonimiz! DEPUTATLAR_FAOLIYATI

Bozorlardagi narx-navo barqarorligi o‘rganildi Aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi va ularning yetarlilig
+8
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi o‘rganildi
Aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi va ularning yetarliligi holati 17-saylov okrugi deputati L.Nosirova, mutaxassis J.Ergashev hamda Yoshlar maslahat guruhi a'zosi O.Nosirovlar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Monitoring davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Go‘sht, un, yog‘, guruch va poliz mahsulotlarining narxlari hamda zaxirasi ko‘zdan kechirildi.
Sun’iy taqchillik va narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish choralari tahlil qilindi.
Sotuvchilar bilan aholi uchun qulay sharoitlar va adolatli narxlarni saqlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berilib, deputatlik va jamoatchilik nazorati davom ettirilishi belgilandi. #Ish_reja_ijrosi #24_tavsiya DEPUTATLAR_FAOLIYATI

Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining 17-Bogʻbon saylov okrugi deputati L.Nosirova, Kengash mutaxassisi J.Ergashev hamda
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining 17-Bogʻbon saylov okrugi deputati L.Nosirova, Kengash mutaxassisi J.Ergashev hamda Yoshlar maslahat guruhi a'zosi O.Nosirov ishtirokida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar va muloqotlar qizgʻin davom etmoqda. Loyihaga Yoshlar maslahat guruhi a'zosining ham jalb etilishi yoshlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlash, ularning taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda yozgi taʼtil davrida yosh avlod vakillarining boʻsh vaqtini yanada unumli va mazmunli tashkil etish imkonini bermoqda. Hozirda ishchi guruh tomonidan hududlardagi yoshlar bandligi, ularni toʻgaraklarga jalb etish hamda aholini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni joyida oʻrganish va bartaraf etish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. #ish_reja_ijrosi #Yoshlar #maslahat #guruhi #24_tavsiya #posti DEPUTATLAR_FAOLIYATI

photo content
+9

🛣 Yoʻl infratuzilmasini yaxshilash — ustuvor vazifa Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Razzoqova Dilorom Sattoro
🛣 Yoʻl infratuzilmasini yaxshilash — ustuvor vazifa
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Razzoqova Dilorom Sattorovna tomonidan hududlardagi yoʻllarni taʼmirlash va aholiga munosib turmush sharoitini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, Sariosiyo MFY, Sarisoy qishlogʻi aholisi tomonidan Anhor boʻyi koʻchasini taʼmirlash yuzasidan murojaat kelib tushgan edi.
Mazkur murojaat asosida, ushbu koʻchaning 1 km 500 metr qismini asfaltlashtirish masalasida tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik soʻrovi yuborildi.
Qishloq koʻchalarini ravon qilish va aholining uzogʻini yaqin qilishga qaratilgan ushbu masalaning ijrosi deputat tomonidan toʻliq nazoratga olingan.
DEPUTATLAR_FAOLIYATI

⚡️ Aholi muammolari e’tiborda: Oyoqchi MFYda yangi transformator oʻrnatiladi Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati T
⚡️ Aholi muammolari e’tiborda: Oyoqchi MFYda yangi transformator oʻrnatiladi
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Turayev Najmiddin Isroilovich tomonidan hududdagi dolzarb muammolarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Oyoqchi MFY, Yuqori oyoqchi qishlogʻi aholisi tomonidan elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash va hududga yangi transformator oʻrnatishda amaliy yordam berish yuzasidan murojaat kelib tushgan edi.
Ushbu masalani ijobiy hal etish, aholini qishin-yozin barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Kitob tuman hokimligiga deputatlik soʻrovi yuborildi.
Aholi farovonligi va qishloq infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ushbu masalaning ijrosi deputat tomonidan toʻliq nazoratga olingan.
DEPUTATLAR_FAOLIYATI

🛣 Ulug‘bek mahallasida ichki yo‘llar asfalt qilinmoqda: Deputat so‘rovi amalda! Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, ahol
+4
🛣 Ulug‘bek mahallasida ichki yo‘llar asfalt qilinmoqda: Deputat so‘rovi amalda!
Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish borasidagi amaliy ishlar davom etmoqda.
“Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘inidagi uzoq vaqtdan beri ta’mirtalab bo‘lib kelayotgan yo‘llarning 500 metrga yaqin qismiga bugungi kunda asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
📌 Natijaga qanday erishildi?
Mazkur muammo hudud aholisining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan edi. Tuman Kengashi deputati G‘.Uzoqov saylovchilar murojaatidan so‘ng ushbu masalani ijobiy hal etish maqsadida tuman hokimining o‘rinbosari F.Usmonovga asoslantirilgan deputatlik so‘rovi yuborgan edi.
Olib borilgan tizimli hamkorlik va deputatlik nazorati natijasida bugun hududda yo‘lsozlar tomonidan amaliy ishlar boshlab yuborildi
Yo‘llar ravonligi — manzillar yaqinligi va aholi roziligining bosh omilidir. Hududdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi ishlar deputatlarimiz e’tiborida qoladi
DEPUTAT

Kitob tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda Yozgi ta’til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtini m
+9
Kitob tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
Yozgi ta’til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, fan, axborot texnologiyalari, kasb-hunar hamda ijodiy yo‘nalishlardagi mashg‘ulotlarga keng jalb etish maqsadida tumanimizda “Dolzarb 90 kun” loyihasi izchil amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida 12-Bashir saylov okrugi deputati R.G'afurov hamda O‘zMTDP tuman kengashi raisi G.Sattorova hamkorligida tumandagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lishdi.
O‘rganish davomida:
Maktabda loyiha asosida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati yaqindan ko‘zdan kechirildi;
O‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’tilni samarali o‘tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi;
Yoshlarning qiziqishlari va kelgusidagi rejalari borasida samimiy suhbat tashkil etildi.
Bu kabi amaliy o‘rganishlar va yoshlar bilan muloqotlar tumanimiz bo‘ylab davom etadi. #sessiya_o'rganish #ish_reja_ijrosi #Qonun #ijrosi DEPUTATLAR_FAOLIYATI

Beshariq saylov okrugida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi — doimiy
+7
Beshariq saylov okrugida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi — doimiy e’tiborda. Tuman Kengashi deputati N.Ochilova, mutaxassis O.Nosirov hamda “Milliy tiklanish” DP raisi G.Sattorova hamkorligida “Beshariq” saylov okrugi hududidagi Oila shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi.
Tashrif davomida OSHPda yaratilgan sharoitlar hamda aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati yaqindan ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, uchrashuvda “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati bo‘yicha targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.
Aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi bunday tadbirlar davom etadi.
#MilliyTiklanish #hakorlik #DeputatNazorati #Tibbiyot #ish_reja_ijrosi #qonun_targ'iboti #24_tavsiya_poasti DEPUTATLAR_FAOLIYATI

Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritil
+3
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalarning ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganishlar olib borilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qarorining tumandagi ijrosi ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida “Charmgar” MFY hududidagi asosiy yo‘l qismining chetiga 3 km masofada lotoklar (ariqchalar) o‘rnatish ishlari olib borilayotganligi ko‘zdan kechirildi.
Mazkur jarayonda Kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, mutaxassis J.Ergashev
, hududiy deputat Z.Norova hamda Ekspert guruhi a’zosi O.Nosirov ishtirok etib, qurilish ishlarining borishi va loyiha doirasidagi vazifalarni atroflicha o‘rgandilar.
#24_tavsiya #ish_reja_ijrosi #kotibiyat_mudirining_ish_rejasi #Ekspert_guruhi #Qaror_ijrosi DEPUTATLAR_FAOLIYATI

Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritil
+6
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalarning ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganishlar olib borildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qarorining tumandagi ijrosi ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida “Bog‘bon” MFY hududida joylashgan 11-umumta’lim maktabi uchun qurilayotgan 330 o‘rinli qo‘shimcha bino barcha talablarga mos ravishda barpo etilayotganligi tahlil qilindi.
Mazkur jarayonda Kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, mutaxassis J.Ergashev hamda Ekspert guruhi a’zosi O.Nosirov ishtirok etib, qurilish ishlarining borishi va loyiha doirasidagi vazifalarni atroflicha o‘rgandilar.
#24_tavsiya #ish_reja_ijrosi #kotibiyat_mudirining_ish_rejasi #Ekspert_guruhi #Qaror_ijrosi DEPUTATLAR_FAOLIYATI

Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Nasirova Lobar Alixonovna tomonidan
Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Nasirova Lobar Alixonovna tomonidan “Bog'bon” mahalla fuqarolar yig'ini, Beruniy katta yo'l ko'chasi aholisining murojaati asosida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda ushbu ko'chaning maktab olib boruvchi katta yo'l qismiga piyodalar yo'lagi qurish masalasi ilgari surilgan.
DEPUTAT_FAOLIYATI

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Boboyev Azimjon Shukrullayevich tomonidan hududlardagi infratuzilmani yaxshila
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Boboyev Azimjon Shukrullayevich tomonidan hududlardagi infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, deputat tomonidan “Iskana” MFY hududida joylashgan Iskana hamda Govxona qishloqlarini ishki ko'chalarini shag'allashtirishmasalasida tuman Obodonlashtirish bo‘limiga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi.
Masalaning ijrosi deputat nazoratiga olindi.
DEPUTATLAR_FAOLIYATI

📊 Kitob tuman Kengashi faoliyati raqamlarda (2026-yil) Tuman Kengashi tomonidan joriy yil boshidan buyon ochiqlik va aholi m
📊 Kitob tuman Kengashi faoliyati raqamlarda (2026-yil)
Tuman Kengashi tomonidan joriy yil boshidan buyon ochiqlik va aholi manfaatlarini ta’minlash yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirildi:
🎥 6 ta sessiya — barchasi ijtimoiy tarmoqlarda onlayn (jonli) efirga uzatildi.
📄 48 ta qaror — tuman hayotiga oid muhim xujjatlar qabul qilinib, kengash.gov.uz saytida e’lon qilindi.
📈 54% hisobotlar — qabul qilingan qarorlarning 26 tasi mutasaddilarning hisobotlari va faoliyati tahliliga qaratildi.
🚀 17 ta tashabbus — qarorlarning qariyb uchdan bir qismi bevosita siyosiy partiyalar deputatlik guruhlari tomonidan ilgari surildi.
Barcha qarorlar va sessiyalar tafsiloti bilan xalq deputatlari tuman Kengashining rasmiy sahifalarida tanishib borishingiz mumkin. DEPUTATLAR_FAOLIYATI Kengash qarorlarini kuzatib borish uchun 👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻 https://kengash.gov.uz/dashboard/news

KITOB TUMAN KENGASHI DEPUTATLARI FAOLIYATI TAHLILI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashida xalq birdamligi va hudud farovonli
KITOB TUMAN KENGASHI DEPUTATLARI FAOLIYATI TAHLILI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashida xalq birdamligi va hudud farovonligi yo‘lida 25 nafar deputat samarali faoliyat olib bormoqda.
Deputatlar tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni hal etish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida turli mas’ul tashkilot hamda idoralarga jami 115 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan.
📌 So‘rovlar ijrosining umumiy holati:
105 ta so‘rovga qonuniy belgilangan muddatlarda atroflicha javob qaytarildi;
4 ta so‘rovga tegishli tashkilotlar tomonidan muddatidan kechikib javob berilgan;
6 ta deputatlik so‘rovi hozirda mas’ullarning o‘rganish jarayonida turibdi.
💡 Ijrosi ta’minlangan so‘rovlar (109 ta) natijasi qanday bo‘ldi?
43 tasi — joyida ijobiy hal etilib, o‘z yechimini topdi;
🛠 39 tasi — bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, amaliy ishlar boshlab yuborildi;
📅 27 tasi — moliyaviy va muddat talab etganligi bois, 2027-yilgi davlat dasturlariga kiritilishi rejalashtirildi.
DEPUTATLAR_FAOLIYATI