ar
Feedback
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

الذهاب إلى القناة على Telegram
195
المشتركون
-124 ساعات
-27 أيام
-330 أيام
أرشيف المشاركات
Deputat so‘rovi: "Jilisuv" MFYdagi yo‘llarni ta’mirlash masalasi nazoratga olindi Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi depu
Deputat so‘rovi: "Jilisuv" MFYdagi yo‘llarni ta’mirlash masalasi nazoratga olindi Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi deputati, 25-Jilisuv saylov okrugi deputati Omonov Abdinazar Ovchiyevich tomonidan "Jilisuv" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi murojaatlari asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Murojaatlarni joyida o‘rganish jarayonida hududdagi ichki ko‘chalar ta’mirga muhtojligi, ayniqsa, yog‘ingarchilik mavsumida aholi va transport vositalari harakati uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirayotgani ma’lum bo‘ldi. Aholiga munosib turmush sharoitini yaratish hamda ushbu muammolarni bosqichma-bosqich hal etish maqsadida deputat so‘rovida quyidagi ishlar nazarda tutilgan: 1 450 metr masofadagi ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish; 1 200 metr uzunlikdagi asosiy qatnov yo‘llarini asfaltlashtirish ishlarini manzilli dasturga kiritish. Murojaatda ko‘tarilgan ushbu masalalarni amaliy hal etish va tegishli dasturlarga kiritish bo‘yicha tuman hokimining o'rinbosari F.Usmonovga deputatlik so'rovi yuborildi va ijrosi deputat tomonidan nazoratga olindi. 💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | 📹YouTube

Deputat so‘rovi: "Jilisuv" MFYdagi yo‘llarni ta’mirlash masalasi nazoratga olindi Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi depu
Deputat so‘rovi: "Jilisuv" MFYdagi yo‘llarni ta’mirlash masalasi nazoratga olindi Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi deputati, 25-Jilisuv saylov okrugi deputati Omonov Abdinazar Ovchiyevich tomonidan "Jilisuv" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi murojaatlari asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Murojaatlarni joyida o‘rganish jarayonida hududdagi ichki ko‘chalar ta’mirga muhtojligi, ayniqsa, yog‘ingarchilik mavsumida aholi va transport vositalari harakati uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirayotgani ma’lum bo‘ldi. Aholiga munosib turmush sharoitini yaratish hamda ushbu muammolarni bosqichma-bosqich hal etish maqsadida deputat so‘rovida quyidagi ishlar nazarda tutilgan: 1 450 metr masofadagi ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish; 1 200 metr uzunlikdagi asosiy qatnov yo‘llarini asfaltlashtirish ishlarini manzilli dasturga kiritish. Murojaatda ko‘tarilgan ushbu masalalarni amaliy hal etish va tegishli dasturlarga kiritish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga so‘rov xati yuborildi va ijrosi deputat tomonidan nazoratga olindi.

Anhor ko‘chasi ta’mirlanadi Deputat Razzoqova Dilorom Sattorovna mahalla faollari va aholi bilan birgalikda Sariosiyo MFY Anh
Anhor ko‘chasi ta’mirlanadi Deputat Razzoqova Dilorom Sattorovna mahalla faollari va aholi bilan birgalikda Sariosiyo MFY Anhor ko‘chasidagi holati joyida ko‘zdan kechirdi. Ko‘cha uzoq yildan buyon ta'mirlanmaganligi sababli, ayniqsa, yog‘ingarchilikda o‘quvchilar va haydovchilar uchun noqulaylik tug‘dirmoqda. Aholi uzog‘ini yaqin qilish uchun bu yerning 3 km qismini asfaltlash zarur. Ushbu masalaga amaliy yechim topish maqsadida deputat tomonidan tuman hokimligiga deputatlik so‘rovi yuborildi. 💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | 📹YouTube

NURAFSHON MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI VA AMALIY CHORALAR BELGILANDI Aholi farovonligini oshirish, hududlar infratuzil
+4
NURAFSHON MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI VA AMALIY CHORALAR BELGILANDI Aholi farovonligini oshirish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolardan tushayotgan murojaatlarga o‘z vaqtida yechim topish tuman Kengashi deputatlarining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Xususan, Qorabuloq saylov okrugi deputati A.Do‘stov, Surum saylov okrugi deputati A.Rasulov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari J.Ergashev va O.Nosirovlar birgalikda "Nurafshon" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishib, hudud aholisini qiynab kelayotgan masalalarni atrofliroq o‘rgandilar. O‘rganishlar davomida mas’ullar "Nurafshon" MFYga qarashli Ochamayli qishlog‘ida bo‘lib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatni bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdilar. Ma’lum bo‘lishicha, qishloqdagi 35-sonli umumta’lim maktabiga olib boruvchi yo‘lning 250 metr qismi asfalt qilinmay qolganligi sababli aholi va o‘quvchilar qatnovida qator qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Bu holat mahalliy aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani aniqlandi. Ta’kidlash joizki, ushbu ko‘chaning kirish qismidagi 100 metr masofa hamda oxirgi hududlari ilgari asfaltlashtirilgan bo‘lib, faqat o‘rta qismi ta’mirtalab holatda qolgan. Mazkur ko‘chada harakatlanish xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘lning ta’mirtalab 250 metr qismini to‘liq asfaltlashtirish masalasini ijobiy hal etish maqsadida deputat A.Rasulov tomonidan tuman hokimligiga rasmiy deputatlik so‘rovi kiritildi. Shuningdek, ushbu ko‘cha mahallada "Namunali ko‘cha" sifatida tanlab olingan bo‘lib, bu yerda aholi tomonidan ishkom (voish)lar barpo etilgan va hudud ko‘rkiga ko‘rk qo‘shilgan. Ko‘chaning kechki paytlarda ham yoritilgan va xavfsiz bo‘lishini ta’minlash, obodonlashtirish ishlarini mantiqiy yakuniga yetkazish maqsadida ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga ham deputatlik so‘rovi yuborildi. Fuqarolar murojaatlari va deputatlik so‘rovlarining ijrosi tuman Kengashi deputatlari hamda kotibiyat mutaxassislari tomonidan nazoratga olindi. Hududlarda bu kabi amaliy va o‘rganuv ishlari izchil davom ettiriladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻

АҲОЛИ БАНДЛИГИ ВА МУАММОЛАР ЕЧИМИ – МУҲИМ КУН ТАРТИБИДА Халқ билан очиқ ва самимий мулоқот қилиш, аҳоли томонидан кўтарилаётган муаммоларни жойида ўрганиш ҳамда уларга ижобий ечим топиш депутатлик фаолиятининг энг устувор йўналишларидан биридир. Шу мақсадда, Варганза сайлов округи депутати Раджабова Зулайхо Нарзиқуловна ҳамда туман Кенгаши котибият мутахассиси О.Носиров томонидан тумандаги "Варганза" ва "Боғибаланд" маҳалла фуқаролар йиғинларида кенг қамровли ўрганишлар ва учрашувлар ўтказилди. Ташриф давомида дастлаб маҳаллаларда ташкил этилган "еттилик" тизими фаолияти билан яқиндан танишилди. Ҳудудлар аҳволи, инфратузилма ривожи ва ободончилик ишлари кўздан кечирилди. Шунга кўра, "хонадонбай" ва "кўчама-кўча" юрган ҳолда аҳоли билан бевосита учрашувлар ташкил этилиб, фуқароларни қийнаб келаётган долзарб муаммолар эшитилди ва рўйхатга олинди. 🔎 "Аҳоли бандлиги тўғрисида"ги Қонун ижроси таҳлил қилинди Ўрганишларнинг алоҳида қисми Ўзбекистон Республикасининг "Аҳоли бандлиги тўғрисида"ги Қонуни ижросини таъминлаш масалаларига бағишланди. Жойдаги масъуллар билан биргаликда қуйидаги муҳим йўналишлар атрофлича кўриб чиқилди: Ишсизлар баланси ва ягона база: Қонуннинг 15-моддаси талабларидан келиб чиқиб, маҳаллада иш қидираётган ва ишсиз деб эътироф этилган шахсларнинг аниқ рўйхати шакллантирилгани ва шаффоф юритилаётгани текширилди. Аҳолининг даромад манбалари: Рўйхатдаги фуқароларнинг қанчаси ҳақиқатда доимий даромад манбаига эга эмаслиги ҳамда қанчаси норасмий секторда меҳнат қилаётгани чуқур таҳлил қилинди. Маҳалла "еттилиги" ҳамкорлиги: Ҳоким ёрдамчиси ва Ёшлар етакчиси билан ҳамкорликда йил бошидан бери ўтказилган хонадонларни хатловдан ўтказиш натижалари ҳамда аниқланган ишсизлар сони кўриб чиқилди. Аҳолига бўш иш ўринлари ҳақида ахборот бериш: Маҳалла ҳудудида жойлашган корхона ва ташкилотлардаги мавжуд вакансиялар тўғрисида аҳолини вақтида хабардор қилиш (маҳалла Telegram-гуруҳлари ва эълонлар тахтаси орқали) тизими ҳолати баҳоланди. Ишга жойлаштириш ва ярмаркалар: Маҳалла Кенгаши ва Бандликка кўмаклашиш маркази ҳамкорлигида фуқароларга берилган йўлланмалар сони ҳамда маҳаллада ўтказилган "Бўш иш ўринлари ярмаркалари"нинг аниқ натижадорлигига эътибор қаратилди. 📌 Муаммолар назоратга олинди Сайловчилар билан учрашувлар ва хонадонбай ўрганишлар давомида аниқланган барча масалалар ва фуқаролар мурожаатлари умумлаштирилди. Ушбу муаммоларни қисқа муддатларда ва ижобий ҳал этиш мақсадида тумандаги мутасадди ташкилот ва идораларга депутатлик сўровлари юборилди. Ижро жараёни депутат томонидан тўлиқ назоратга олинди. #24_тавсия_пости #Иш_Режа_Ижроси #ҚонунҒИжроси Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг 💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | 📹YouTube

“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди Мустақиллигимизнинг 35 йиллик шо
+6
“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди Мустақиллигимизнинг 35 йиллик шонли санаси юртимиз ҳаётидаги улкан тарихий воқеа сифатида кенг нишонланмоқда. Бу қутлуғ айём арафасида Ватан тараққиётига муносиб ҳисса қўшиб келаётган юртдошларимизнинг меҳнати ва фидойилиги юксак эътироф этилмоқда. Вилоят ҳокимлиги мажлислар залида “Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони билан тақдирланган вилоят Кенгаши депутатларига мазкур юксак эътирофни топширишга бағишланган тантанали тадбир бўлиб ўтди.
Унда вилоят ҳокими Муротжон Азимов иштирок этиб, эсдалик нишонларини Президентимиз номларидан тантанали равишда ўз эгаларига топширди.
Тантанали маросимда эсдалик нишонига муносиб кўрилганлар ўзларига билдирилган юксак эътибордан мамнунлигини билдириб, мамлакатимиз тараққиёти, халқимиз фаровонлиги ва Ватанимиз равнақи йўлида бундан буён ҳам сидқидилдан хизмат қилишларини таъкидладилар. Эсдалик нишони билан тақдирланган барча юртдошларимизни ушбу юксак эътироф билан самимий муборакбод этамиз! 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 😎 Facebook | 😎 Instagram | 😎 X | 😎 You Tube

"Hurmatli saylovchilar! Bu hafta qaysi mahalladagi muammoni bevosita joyiga chiqib oʻrganaylik?"
Anonymous voting

"Hurmatli saylovchilar! Bu hafta qaysi mahalladagi muammoni bevosita joyiga chiqib oʻrganaylik?"
Anonymous voting

"Hurmatli saylovchilar! Bu hafta qaysi mahalladagi muammoni bevosita joyiga chiqib oʻrganaylik?"
Anonymous voting

#Qonun_ijrosi "Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan h
#Qonun_ijrosi "Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-937-son Qonun boʻyicha tayyorlangan 5 ta muhim savol-javobli test. 😎 O'zingizni sinab ko'ring!Testni boshlash

Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining QARORI bilan tasdiqlandi KITOB TUMANI EKOLOGIYA VA IQLIM O'ZGARISHI BO'LIMI: 2026
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining QARORI bilan tasdiqlandi KITOB TUMANI EKOLOGIYA VA IQLIM O'ZGARISHI BO'LIMI: 2026 YILNING 6 OYI MOBAYNIDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARI TO'G'RISIDA HISOBOT Kitob tumani Ekologiya boʻlimi: 2026-yilning 6 oylik sarmoyasi va natijalari Kitob tumani Ekologiya va iqlim oʻzgarishi boʻlimi tomonidan 2026-yilning 1-yarim yilligida atrof-muhitni muhofaza qilish borasida koʻplab amaliy ishlar bajarildi. Yashillik: "Yashil makon" loyihasi doirasida 554,88 ming dona koʻchat ekilib, reja 116,8 foizga bajarildi hamda Navroʻz MFYda 1,6 gektarli yangi jamoat parki barpo etildi. Nazorat: Oʻtkazilgan 108 ta reyd davomida 257 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 1,1 mlrd soʻmdan ortiq jarima va kompensatsiyalar belgilandi, 8 ta korxona faoliyati sud orqali toʻxtatildi. Natija: EDO.IJRO.UZ orqali kelib tushgan 48 ta fuqaro murojaatining barchasi (100%) ijobiy yechimini topdi. Kitob tumanida tabiatni muhofaza qilish va yashil hududlarni kengaytirish ishlari izchil davom etadi. #Kengash #Qarori #Tasdiqlandi

Maktabga olib boruvchi yaroqsiz yoʻl taʼmirlanadimi? Deputat soʻrov kiritdi Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashidagi Qorabul
Maktabga olib boruvchi yaroqsiz yoʻl taʼmirlanadimi? Deputat soʻrov kiritdi Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashidagi Qorabuloq saylov okrugi deputati Doʻstov Akmaljon Fazliddinovich tomonidan "Qorabuloq" mahalla fuqarolar yigʻinidagi dolzarb muammo yuzasidan tegishli masʼullarga deputatlik soʻrovi yuborildi. Oʻrganishlar davomida maʼlum boʻlishicha, mazkur mahalladagi maktabga olib boruvchi asosiy yoʻlning 900 metr qismi yaroqsiz holga kelib qolgan. Ushbu qisqa, ammo strategik ahamiyatga ega boʻlgan yoʻldagi nosozlik sababli yogʻingarchilik kunlarida katta koʻlmaklar va loy hosil boʻlmoqda. Bu holat har kuni ushbu yoʻldan foydalanuvchi yuzlab oʻquvchilar, oʻqituvchilar hamda ota-onalarning harakatlanishi uchun jiddiy noqulayliklar tugʻdirmoqda. Shu munosabat bilan, deputat Akmaljon Doʻstov tomonidan oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash va aholiga qulaylik yaratish maqsadida "Qorabuloq" MFYdagi maktabga olib boruvchi 900 metr nosoz yoʻl qismini qisqa muddatlarda asfaltlashtirish (taʼmirlash) choralarini koʻrish boʻyicha masʼul tashkilotlarga deputatlik soʻrovi kiritildi. Masala yechimi deputat nazoratiga olindi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻 💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | 📹YouTube

Aholi murojaati deputat eʼtiborida: Yoʻl va elektr taʼminotidagi muammolar yechim kutmoqda Xalq deputatlari Kitob tuman Kenga
Aholi murojaati deputat eʼtiborida: Yoʻl va elektr taʼminotidagi muammolar yechim kutmoqda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi Panji saylov okrugi deputati Ismoilov Maxmud Siddiqovich tomonidan Panji mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi infratuzilma muammolarini bartaraf etish hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovlari yuborildi. Saylovchilar bilan uchrashuvlar va joylardagi oʻrganishlar davomida fuqarolar tomonidan infratuzilma bilan bogʻliq muhim masalalar koʻtarilgan edi. Soʻrovlarda quyidagi masalalar aks etgan: Yoʻl infratuzilmasini yaxshilash: Panji MFY Bogʻichorbogʻ koʻchasi va Chigʻatoy qishlogʻini bogʻlovchi 1 km uzunlikdagi yoʻlni shagʻallashtirish boʻyicha tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik soʻrovi yuborildi. Elektr taʼminotini barqarorlashtirish: Bogʻichorbogʻ koʻchasida elektr taʼminoti sifatini oshirish, eskirgan va yaroqsiz ustunlarni almashtirish maqsadida 35 dona yangi beton simyogʻoch (ustun) ajratish va oʻrnatish yuzasidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik soʻrovi yuborildi. Ushbu soʻrovlar ijrosi va koʻtarilgan muammolarning amaliy yechimi deputat Maxmud Ismoilov tomonidan toʻliq nazoratga olindi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | 📹YouTube

Olis tog‘li hududdagi maktab muammosi deputat eʼborida: 88-sonli maktabda qanday kamchiliklar aniqlandi? Xalq deputatlari Kit
Olis tog‘li hududdagi maktab muammosi deputat eʼborida: 88-sonli maktabda qanday kamchiliklar aniqlandi? Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashidagi Koʻhsor saylov okrugi deputati Qodirov Odiljon Sohirovich tomonidan tumanning olis va togʻli hududida joylashgan 88-sonli umumtaʼlim maktabi faoliyati hamda undagi mavjud sharoitlar joyiga chiqqan holda atroflicha oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida taʼlim muassasasida oʻquv jarayonini koʻngildagidek tashkil etishga toʻsqinlik qilayotgan hamda taʼlim sifatiga bevosita salbiy taʼsir koʻrsatayotgan bir qator jiddiy infratuzilma muammolari yuzaga chiqdi. Asosiy muammolar va raqamlar: Sigʻim va oʻquvchilar soni mutanosib emas: Maktabning yangi binosi 2010-yilda 160 oʻquvchiga moʻljallab barpo etilgan. Biroq bugungi kunda bu yerda 325 nafar oʻquvchi taʼlim olmoqda (binoning amaldagi quvvatiga nisbatan 2 barobar koʻp). Eski binoning yaroqsizligi: Maktabning avvalgi eski binosi soʻnggi 10 yil davomida eskirib qolgani sababli, barcha oʻquvchilar majburan faqatgina bitta binoga sigʻishtirilgan. Sinf xonalari yetishmovchiligi va noqulayliklar: Oʻquvchilar meʼyordan ortiqligi tufayli darslar nafaqat 2 smenada tashkil etilmoqda, balki dars oʻtish uchun mutlaqo moʻljallanmagan oʻqituvchilar (oʻqituvchilar xonasi) va laboratoriya xonalarida ham mashgʻulotlar oʻtkazishga majbur boʻlinmoqda. Amaliy mashgʻulotlarning cheklanishi: Laboratoriya va yordamchi xonalarning majburan darsxonaga aylantirilgani bois, oʻquvchilarning laboratoriya va amaliy mashgʻulotlarni toʻliq oʻtash imkoniyati cheklanmoqda. Bu esa oʻz navbatida taʼlim sifati va samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda. Yuqoridagi xavotirli holatlarni eʼtiborga olib, olis togʻli hudud farzandlarining munosib va xavfsiz sharoitlarda taʼlim olishlarini taʼminlash, maktab uchun qoʻshimcha bino qurish yoki mavjud infratuzilmani yaxshilash choralarini koʻrish maqsadida deputat Odiljon Qodirov tomonidan Kitob tuman hokimligiga rasmiy deputatlik soʻrovi yuborildi. Masala ijrosi va beriladigan javob deputat tomonidan nazoratga olindi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻 💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | 📹YouTube

🇺🇿 Yangi O‘zbekiston — farovon mahalla bilan! Muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son Qarorlari ijrosi y
+4
🇺🇿 Yangi O‘zbekiston — farovon mahalla bilan! Muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son Qarorlari ijrosi yuzasidan Kitob tumanida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Xususan, tumandagi “og‘ir toifali” mahallalar ro‘yxatiga kiritilgan “Alaqo‘yliq” MFYda davlat dasturi asosida 3,5 kilometr uzunlikdagi yo‘lga asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur sa’y-harakatlar mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Eng quvonarlisi, ushbu bunyodkorlik ishlari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgani yurtdoshlarimizga o‘zgacha bayramona kayfiyat bag‘ishlamoqda.👏👏👏 🔍Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi 💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | 📹YouTube

Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi qarori ijrosi nazoratda Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining 2026-yil 17-iyundag
+1
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi qarori ijrosi nazoratda Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining 2026-yil 17-iyundagi VII-19-48-4-62-K/26-sonli qaroriga muvofiq, tumandagi hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda mahallalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Navbahor, Oqsuv, Katlos, Toshkent va Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻinlarida yangi mahalla binolarini barpo etish hamda zarur qurilish materiallarini sotib olish uchun 1 milliard 500 million soʻm mablagʻ ajratilgan edi. Mazkur ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi, bunyod etilayotgan obʼyektlardagi qurilish ishlarining borishi hamda ularning sifati nazoratdan oʻtkazildi. Oʻrganish jarayonida tuman Kengashi Kotibiyati mudiri Gʻ.Uzoqov hamda Kitob tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari I.Raxmonov ishtirok etib, mahallalarda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining holatini sinchiklab koʻzdan kechirishdi. Oʻrganishlar davomida qurilish materiallarining belgilangan standart va sifat talablariga mosligi, ishlarning jadvallarga rioya etilgan holda olib borilayotganligiga alohida eʼtibor qaratildi hamda masʼullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi. #deputatlarga #tavsiyalar #ish_reja_ijrosi #sessiya #qarori #nazorati 💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | 📹YouTube